Suspenziya dori shakli sifatida. Suspenziya turg‘unliligiga ta’sir etuvchi omillar. Ma’ruza maqsadi


Download 38.32 Kb.
bet1/6
Sana12.12.2022
Hajmi38.32 Kb.
#993483
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suspenziya dori shakli sifatida
1 ИЮН БОЛАЛАР КУНИГА БАГИШЛАНГАН БАЙРАМ, Shaxzod, Билеты МТ Заочники, Нептун, 3 uz Qadimgi Gretsiya tarixi , ipnd-reference-sheet-turtle-methods, lelang ENGLISH - Copy, дип.раб.Управления .ЭМС., ОРТИКОВ Т.Ж. курс иши, «fizika va kimyo» kafеdrasi T. f n. dotsеnt M. T. Xalilov, Full Stack, Бир миллион дастурчи жавоблари, umumiy tasviriy faoliyat, tabiat, Австрия (Габсбурглар) империяси XVII асрнинг иккинчи ярми -ХХ ас

Suspenziya dori shakli sifatida. Suspenziya turg‘unliligiga ta’sir etuvchi omillar.
Ma’ruza maqsadi: Suspenziya ta’rifi, xosil bo’lish yo’llari va umumiy texnologiyasi. Suspenziya turg’unligiga ta’sir etuvchi omillar (flokulyasiya, sedimentasiya, zarrachalarning cho’kish tezligi, zarrachalar o’lchamining kattalashuvi)
Reja:
1. Suspenziyalar dori turi sifatida.
2.Suspenziyalar ta’rifi, hosil bo’lish yo’llari.
3.Stabilizatorlar, suspenziyalarni stabillash sharoitlari.
4.Gidrofil va gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash.
5.Suspenziyalar turg’unligiga ta’sir etuvchi sabablar.
6.Suspenziyalar sifatini aniqlash.
Tayanch atama va iboralar: flokulyasiya, sedimentasiya, zarrachalarning cho’kish tezligi, zarrachalar o’lchamining kattalashuvi.
Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo’lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers muxitdan iborat. qattiq moddalarning suspenziyadagi zarrachalar kattaligi 0,1 dan — 1 mkm gacha, ko’pol dispers suspenziyalarda 1 mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida ko’pincha suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo’lib, suvda juda kam eriydigan yoki amalda erimaydigan preparatlardan tashqil topadi. Suspenziya hosil bo’lishidagi asosiy omil eruvchanlik bo’lib, shu xususda moddalar eruvchanligini o’zgartirishi mumkin bo’lgan quyidagi hollarda ham suspenziya hosil bo’ladi.
Suspenziya lotincha dispergere tarqalmoq so’zidan olingan bo’lib, qattiq faza zarrachalari dispers muxitda osilma holida tarqalgan bo’ladi.

  1. Dispers faza dispers muhitda erimasa

  2. Eritma tarkibidagi modda miqdori eruvchanlik chegarasidan ortiq bo’lsa.

  3. Ikki xil tabiatli erituvchining qo’shilishidan moddaning eruvchanligi

yomonlashsa.(Zarracha yiriklashi kuzatilada)

  1. Eritmada erigan moddalarning kimyoviy reaksiyasi natijasida erimaydigan yangi modda yuzaga kelsa.

Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo’ljallangan dori moddalar bo’lib, bu dori turlari murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko’p uchraydi va ularni amaliyotda mikstura deb ham yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yuqori darajada disperslangan (maydalangan) bo’lib, kukunlarga nisbatan organizmga tezrok so’riladi va samarali davolash xususiyati bo’ladi.

Download 38.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling