Sutemizuvchilar sinfi. Xaltalilarning xilma-xilligi


Download 31.5 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1220909
Bog'liq
Mamajonova Zulfiya Maxamadjonovna


Sutemizuvchilar sinfi.Xaltalilarning xilma-xilligi.
Andijon viloyat Shahrixon tumani 68-umumta'lim maktabi Biologiya fani o'qituvchisi Mamajonova Zulfiya Maxamadjonovna
Anotatsiya:Ushbu maqolada Sutemizuvchilar sinfi vakillaridan bo'lgan xaltalilar haqida hamda,xaltali bo'ri,xaltali olmaxonlar,xaltali borsiqlar haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Sutemizuvchilar sinfi,xaltalilar,umurtqalilar,sinodontlar,boʻrtiqlilar,yo'ldoshlilar,hasharotxoʻrlar,kloakalilar.
Sutemizuvchilar (Mammalia), umurtqali hayvonlar sinfi. Trias oxirida yirtqich sudralib yuruvchilar — sinodontlardan kelib chiqqan. Sinodontlar bir guruhidan koʻp boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), ikkinchisidan kloakalilar paydo boʻlgan. Koʻp boʻrtiqlilardan Yura davrida pantoteriyalar, ulardan esa hozirgi xaltalilar va yoʻldoshlilar vujudga kelganligi taxmin qilinadi.Sutemizuvchilarning tashqi koʻrinishi va oʻlchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxoʻrlardan) uz. 4 sm, vazni 1,2 g kelsa, quruklikda yashovchi eng yirik hayvon — afrika filining balandligi 4,5 m, vazni 7,5 t ga yaqin. Hozirgi hayvonlar orasida eng yirigi koʻk kitning uzunligi 33 m, vazni 150 tonna .Sutemizuvchilar boʻyin umurtqalarining 7 ta boʻlishi, tishlarining har xil tuzilganligi, ular chuqurchalar (alveolalar)da joylashganligi, pastki jagʻi faqat tish suyaklaridan iboratligi, oʻrta qulogʻi boʻshligʻida 3 ta eshitish suyakchasining va soʻlagida kraxmalni parchalovchi ferment borligi bilan boshqa umurtqalilardan farq qiladi. Sut emizuvchilarning yumshoq labi ovqatni olish vazifasini bajaradi. Ichagi murakkab tuzilgan, baʼzi Sut emizuvchilar ning oshqozoni koʻp boʻlmali. Oʻpkasi alveolalardan iborat. Tana boʻshligʻining diafragma yordamida koʻkrak va qorin boʻshligʻiga boʻlinishi nafas olishini jadallashtiradi. Yuragi 4 kamerali; faqat chap aorta yoyi saqlanib qolgan. Sutemizuvchilar issiq qonli — gomoyoterm hayvonlar; arteriya va vena qoni toʻliq ajralgan. Eritrotsitlari yetilgan davrida yadrosiz. Ayirish sistemasi chanoq buyragidan iborat. Bosh miyasi yirik, uning oldingi qismi (yarimsharlari) poʻstloq xrsil qiladi. Sutemizuvchilarning murakkab nerv faoliyati va xulqatvori yarimsharlar poʻstlogʻining kuchli rivojlanganligi bilan boglik. Hid bilish, kurih, eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Hiqildogʻi murakkab tuzilgan; unda ovoz paylari joylashgan. Tashqi quloq rivojlangan. Sut emizuvchilar ateriyalar va teriyalar (tirik tugʻuvchilar) kenja sinflariga ajratiladi. Ateriyalar proteriyalar (qirilib ketgan trikonodont va kloakalilar turkumlari) va alloteriyalarga (qirilib ketgan koʻp boʻrtiqlilar turkumi); teriyalar esa 3 boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), xaltalilar va yoʻddoshlilarga boʻlinadi. Xaltalilarga 1 turkum, yoʻldoshlilarga hozirgi 17—23 va qadimda qirilib ketgan 12 turkum kiradi. Hozirgi Sutemizuvchilar 4000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Issiq qonliligi, tanasining yung bilan qoplanganligi (suvda yashovchilar terisi ostida qalin yogʻ qatlamining boʻlishi), nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishi (sut bilan boqishi, himoya qilishi, tarbiyalashi) va boshqa turli xil moslanishga ega boʻlishi tufayli Sutemizuvchilar yer yuzidagi Shimoliy qutbdan tortib Antarktida qirgʻoqlarigacha boʻlgan barcha hududlarni egallagan.Sutemizuvchilar qadimdan odam hayotida katta ahamiyatga ega boʻlgan. Koʻpchilik Sutemizuvchilar ovlangan. Bir qancha turlari xonakilashtirilib, ulardan oziqovqat manbai, ishchi kuchi yoki qoʻriqchi sifatida foydalanib kelinadi. 20-asr dan moʻynali Sutmizuvchilarni xonakilashtirish, ulardan lab. hayvonlari sifatida foydalanish boshlandi. Bir qancha Sutemizuvchilar qishloq xoʻjaligi ekinlari, oʻrmonchilik (ayrim kemiruvchilar) va chorvachilikka (asosan, yirtqichlar) ziyon keltiradi. Ayrim Sutemizuvchilar (asosan, kemiruvchilar) oʻlat, tulyaremiya, quturish va boshqa ogʻir yuqumli kasalliklarning tarqalishida ishtirok etadi.Odam faoliyati taʼsirida Sutemizuvchilarning bir qancha turlari soni kamayib, ayrim turlari yoʻqolib bormoqda. 17-asr boshidan hozirgacha Sutemizuvchilar ning 63 turi (1,3%) qirilib ketgan. Rejasiz ovlash, qishloq xoʻjaligi. ekinlari, xonaki va ov hayvonlarini muhofaza qilish maqsadida qirish, ular yashash joyining buzilishi va qisqarishi, introduksiya qilingan turlar taʼsiri yoki tabiiy omillar Sutemizuvchilar soni kamayib ketishining asosiy sabablari hisoblanadi. Sutemizuvchilarning 230 turi va 91 kenja turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan. Shuning bilan birga ayrim sinantrop Sut emizuvchilar areali va soni ortib bormoqda. Sutemizuvchilarning 7 turi (jumladan Prjevalskiy oti, David bugʻusi) faqat tutqunlikda yoki yarim tutqunlikda (zubr, okdum gnu) saqlanib qolgan. Sutemizuvchilar ni muhofaza qilishda noyob turlarning ovlanishini taqiqlash, ularning yashash joyini saklab qolish, milliy bogʻlar, qoʻriqxonalar va buyurtma qoʻriqxonalar tashkil etish, tutqunlikda koʻpaytirish orqali hayvonlarni reakklimatizatsiya kilish (qaytadan tabiiy arealiga qaytarish) katta ahamiyatga ega. Qoʻriqxonalar tashkil etish orqali zubr, qulin, buxoro bugʻusi (xongul), yoʻlbars, leopard va boshqa hayvonlar saqlanib qoldi; saygʻoq, sobol, bobyor va boshqa soni qayta tiklandi.
Xaltalilar (Metatheria), qopchiqlilar — tirik tugʻuvchi sut emizuvchilar infrasinfi (ayrim maʼlumotlarga koʻra, turkum). Gavdasining uzunligi 4 sm dan 160 sm gacha. Koʻpchilik Xaltalilar urgʻochisida bolasi xalta ichida rivojlanadi. Xalta ichida sut bezlari soʻrgʻichi boʻladi. Bosh miyasi tuban tuzilgan. Yoʻldosh (bandikutdan tashqari) hosil boʻlmaydi. Boʻgozlik davri 12,5—45 kun, bolasi nimjon (uzunligi 0,5—3 sm) tugʻiladi, koʻpincha xaltasi ichidagi sut bezi soʻrgʻichiga yopishib olib, 250 kun davomida rivojlanadi. Sut maxsus muskullar yordamida bolasi ogʻziga siqib chiqarib turiladi. 1 turkumi va 9 oilasi (opossiumlar, yirtqich Xaltalilar, xaltali chumolixoʻrlar, xaltali koʻrsichqonlar, bandikutlar, vombatlar, kengurular va boshqalar) mavjud. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineya, Janubiy Markaziy va Shimoliy Amerika, ayrim Katta zond orolida tarqalgan. Yangi Zelandiyada ham iqlimlashtirilgan. Raqobat kiluvchi yoʻldoshli sut emizuvchilarning boʻlmasligi tufayli Xaltalilar Avstraliyada ular bilan konvergent belgilarga ega boʻlgan bir qator formalarni hosil qilgan. Xaltalilar turlar soni (2400 ga yaqin) boʻyicha hozirgi sut emizuvchilarning 6%ini tashkil etadi. Lekin ular adaptiv radiatsiya jihatdan qolgan barcha sut emizuvchilar kabi xilma-xil. Ayrim turlari qishloq xoʻjaligiga ziyon keltiradi. Bir qancha turlari terisi va goʻshti uchun ovlanadi. 21 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.Xaltali boʻri, Tasmaniya boʻrisi (Thylacinus cynocephalus) — yirtqich xaltalilarga mansub sut emizuvchi hayvon. Gavdasining uz. 100—130 sm, dumi 50—65 sm. Tanasi choʻziq, oyokdari uzun, orqa oyoqlarida 1 barmogʻi yoʻq. Xaltayei tanasining keyingi qismida ochiladi, sut soʻrgʻichlari 4 ta. Qoziq va oziq tishlari kuchli rivojlangan. Dingo (yovvoyi it) tarqalmasidan oldin Avstraliyaning barcha hududlarida yashagan. Yevropaliklar Avstraliyani kashf etganida faqat Tasmaniya orolida daraxtzorlarda qolganligi aniklangan (2 nomi shundan). 2—4 ta dan bolalagan. Xaltali boʻri soʻnggi marta 20 asrning 40-yillarida uchratilgan. Hozir kirilib ketgan boʻlishi mumkin. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.Xaltali olmaxonlar (Petaurus) — kuskuslar oilasiga mansub xaltali sutemizuvchilar. Tanasining uzunligi 12— 32 sm, dumi 15—48 sm. Oldingi va keyingi oyoqlari orasi teri parda bilan tutashgan. 4 turi bor. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineya orolida tarqalgan. Daraxtda yashaydi. Oyoqlari orasidagi teri pardasini yozib, shoxdan shoxga yoki bir daraxtdan ikkinchisiga 70 m gacha parvoz kiladi.Oʻrmalovchi xaltalilar, kus kussimonlar, possumalar — xaltali sut emizuvchilar oilasi. Uzunligi 6 sm dan 82 sm gacha. Dumi ilashuvchi, baʼzan rudimentar. Panjalari tutuvchi, tirnoklari kuchli egilgan. 1 ta, baʼzan 2 ta (1 va 2) barmogʻi boshqalari qarshisida joylashgan. Orqa oyoqlarining 2 va 3 barmoqlari oʻrtasida pardasi bor. Ayrim turlarining oldingi va keyingi oyoqlari oʻrtasida teri parda tortilgan. Teri parda daraxtdan daraxtga sakrab oʻtishga yordam beradi. Xaltasining teshigi oldingi tomonga (koalada orqaga) ochiladi. Asosan, oʻsimlikxoʻr, ayrim turlari hasharotxur yoki hamma narsalarni yeyaveradi. Yilda 1—2-marta 1—4 tadan bolalaydi.Xaltali boʻrsiqlar, bandi kutlar (Peramilidae) — xaltali sut emizuvchilar oilasi. Tanasining uzunligi 17—50 sm, dumi 9—26 sm, vazni 4,7 kg . Oldingi oyoqlarida 2—4 barmoqlari uzun va kuchli tirnoqli; orqa oyoqlaridagi 2 va 3barmoqlari yopishib oʻsgan boʻlib, faqat tirnoqlari ajralib turadi. Bu tirnoqlar yordamida yungini tozalaydi. Xaltasi tanasining keyingi qismida pastga qarab ochiladi. Xaltayailar orasida yoʻldoshga ega boʻlgan yagona vakil hisoblanadi. Embrioni xuddi haqiqiy yoʻldoshlilar singari implantatsiya boʻladi. 17—19 turi maʼlum. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineya va boshqa orolda tarqalgan. Quruqlikda sakrab harakatlanadi. Koʻpchiligi hasharotxoʻr. Yilda 1 marta 2—8 bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri qisqa — 12,5 kun. Ayrim Xaltali boʻrsiqlar terisi va goʻshti uchun ovlangan. Soni juda kamayib ketgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
Biologiya 10-sinf darsligi A.G'ofurov,A.Abdukarimov
Biologiyadan qo’llanma.
Biologiya 7-sinf darsligi O.Mavlonov
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling