Sutka
Sutka — Yerning oʻz oʻqi atrofida 1 marta
aylanish davriga teng boʻlgan vaqt
oʻlchov birligi.
Sutka quyosh sutkasi (24 soat) va yulduz
sutkasi (23 soat 56 minut 4 sekund) kabi
turlarga ajratiladi.
Hayotda koʻpincha sutka kun deb ham
yuritiladi.
Bir sutka 24 soat(1440 minut, 86400
sekund)dan iborat. Sutka kunduz va tun,
ertalab va kechqurundan tashkil topgan.
Kecha-kunduz, sutka - 24 soatga teng
vaqt oʻlchov birligi. Yerning yulduzlarga
nisbatan bir marta aylanib chiqish davri
Yulduz sutkasiga va Quyoshga nisbatan
aylanish davri Quyosh sutkasiga bulinadi.
Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi
tengkunlik nuqtasidan ikkita ketma-ket
yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari
orasidagi vaqtga teng . Yulduz sutkasi
haqiqiy (pretsessiya va nutatsiya hisobga
olinsa) va oʻrtacha (faqat pretsessiya
hisobga olinsa) yulduz sutkalariga
ajraladi. Bahorgi tengkunlik sutkasi
nuqtasining pretsession harakati taʼsirida
oʻrtacha yulduz sutkasi Yerning oʻz oʻqi
atrofida haqiqiy aylanish davridan 0,0084
sekundga qisqa. Nutatsiya taʼsirida
haqiqiy yulduz sutkasining uzunligi
oʻzgarib turadi. Quyosh bir sutka
davomida osmon sferasida 1° sharqqa
to-mon siljiydi. Shu sababli, yulduz
sutkasi bilan amalda vaqtni oʻlchash
noqulay boʻlib, u kun va tunning
almashinishi bilan toʻgʻri kelmaydi.
Shuning uchun Kuyosh sutkasida uning
ikkala ketma-ket pastki (yarim tun)
kulminatsiyasi oraligʻidagi vaqt olinadi.
Quyosh sutkasi ham haqiqiy va oʻrtacha
Quyosh sutkalariga boʻlinadi. Quyosh
sutkasining uzunligi esa yarim tun
(haqiqiy Quyosh sutkasida haqiqiy
Quyoshning pastki kulminatsiyasi;
oʻrtacha Quyosh sutkasida esa
Quyoshning soxta pastki kulminatsiyasi)
dan boshlab hisoblanadi. Yer orbitasining
ellipssimonligi va ekvatorning ekliptikaga
ogʻishganligi tufayli haqiqiy Quyosh
sutkasi ham doimiy emas va yil
davomida 24 soat 3 min 36 s (sentyabr
oʻrtalarida) dan 24 soat 4 min 27 s
(dekabr oxirida) gacha oʻzgarib turadi.
Shuning uchun Quyoshning ekvator
buyicha yil davomida doimiy burchak
tezlik bilan harakat qiluvchi oʻrtacha
Quyosh sutkasi (24 soat 3 min 56,55536
s yulduz sutkasi) olinadi. Tropik yil
366,2422 yulduz sutkasi yoki 365,2422
Quyosh sutkasidan iborat.
[1]
Vaqt o'lchov birliklari
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Shuningdek, qarang:
Manbalar
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Sutka&oldid=2053308
"
dan olindi
So‘nggi tahrir 18 kunlar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |