Suv ostida sakson ming kilometr


Download 9.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/45
Sana21.12.2019
Hajmi9.02 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
75523

М

А

К



Т

А

В



K

U

T



U

B

X



O

N

A



S

I

t)  Jyul  Vern



Suv ostida sakson 

ming kilometr

J Y U L   V E K \

SI V  OSTIDA 

SAKSOIV  MING 

KILOMETR

R o m a n

«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA

 

AKSIYADORLIK KOMPANIYASI

 

BOSH TAHRIRIYATI

 

TOSHKENT -   2 0 1 6



UO‘K 821.512.133-3 

КВК 84(4Fr)

V -47

Т а г j i m о n 



SA’DULLA KAROMATOV

T a h r i r   h a y ’ a t i

Otabek G'ULOMOV (rahbar),

Ahror AHMEDOV (rahbar o'rinbosari), 

Ravshan JUMABOYEV, Alisher IBODINOV, 

Nizom KOMILOV, Tohir MALIK, Erkin MALIKOV, 

Anvar OBIDJON, Xudoyberdi TO'XTABOYEV, 

Barnobek ESHPO'LATOV (hay’at kotibi).

V 47 


Vem, 

Jyul


Suv  ostida  sakson  ming  kilometr:  Roman/ 

J.Vern;  tarjimon  S.Karomatov;  rassom  M.  Sa­

moylov.  -   Т.:  «Sharq»,  2016.  -   552  b .-  (Jahon 

sarguzasht adabiyoti)

R a s s o m  

M. Samoylov

I. Karomatov,  Sa'dulla (tarjimon)



II.

 Samoylov,  M. (rassom)



UO‘K 821.512.133-3

 

KBK 84(4Fr)



© «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi 

Bosh tahririyati,  2007,  2012,  2014,2016.

BIRINCHI QISM

B i r i n  c hi   b o b  

HARAKATDAGI  SUVOSTI  QOYASI

1866-yil  hanuz  odamlar  xotirasidan  ko'taril- 

magan  g'aroyib voqealar bilan  mashhur bo'lib  qol- 

di.  Bu voqealar  haqidagi  mishmishlar butun  dunyo 

xalqlari o'rtasida qiziqish uyg'otdi va port shaharlar 

aholisini tashvishlantirib  qoydi,  dengizchilarni  esa 

hayajonga  soldi.  Savdogarlar,  kema  egalari,  kapi- 

tanlar,  shkiperlar1,  harbiy  dengizchilar,  hatto  Eski 

va Yangi dunyodagi bir qancha davlatlaming huku- 

matlarini  ham kamdan kam  uchraydigan bu hodisa 

juda qiziqtirib qoydi.

0 ‘sha yili bir necha kemalarda kishilar dengizda 

qandaydir  uzun,  duksimon  bir  narsani  ko'rishdi.  U 

hajmi  va  tez  harakat  qilishi  jihatidan  kitdan  ustun 

turar; ba’zan yorqin yog'du taratardi.

Turli  kemalarning  bort  jurnallaridagi  yozuvlar 

bu  narsa yoki  mavjudotning tashqi  qiyofasini  ifoda 

etishda  bir-biridan  juda  kam  farq  qilar  edi.  Uning 

misli  ko'rilmagan  darajada  tez  harakat  qilishini 

ham  bir  xilda  qayd  etar  edilar.  Boshda  uni  kit  deb 

o'ylashdi.  Ammo  fanga  ma’lum  turli  xil  kitlarning 

birortasi bu qadar katta bo'lmagan.  Kyuve ham, La- 

seped ham, Dyumeril ham, Katrfaj2 ham o‘z ko'zlari 

bilan ko'rmaguncha, shunday bahaybat maxluqning 

mavjudligiga ishonmagan bo'lur edilar.

Bu  mavjudotni  o‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rgan  ba’zi  bir 

kishilar  uning  uzunligini  ikki  yuz  ingliz  futi3  deb



Shkiper -   harbiy kemada kema anjomlari mudiri.



Kyuve,  Laseped, Dyumeril, Katrfaj -  naturalist olimlar.

3 Bir ingliz futi 3 0 ,4  santim etrga tengdir.

5


chamalashdi,  lekin  bu  juda  kichraytirib  aytish  edi, 

albatta.  Boshqalar  esa  uning  uzunligini  uch  mil- 

ya,  enini  bir  milya  deb,  shubhasiz,  haddan  tash- 

qari  mubolag'a  qilib  yuborgan  edilar.  Bu  bir-birini 

inkor  qiladigan  gaplarga  qaramay,  ko‘p  sonli  ax- 

borotlardan  xulosa  chiqarib,  shuni  dadil  aytish 

mumkinki,  bordi-yu  shunday  bahaybat  maxluq 

mavjud bo'lgan taqdirda ham u hozirgacha  zoolog- 

larga  ma’lum  bo'lgan  hayvonlardan  beqiyos  dara- 

jada  kattadir.  Shuningdek,  uning  mavjudligi  ham 

shubhasizdir,  bu  haqda  so‘z  bo'lishi  mumkin  emas 

edi.  Tabiiyki,  insonga  xos  bo'lgan  sirli  hodisalarga 

qiziqish ishtiyoqi natijasida, butun dunyo bu xabar- 

lardan larzaga kelgan edi.

1866-yilning 20-iyulida Kalkuttadagi kemachilik 

shirkatiga  qarashli  «Gubernator  Xiginson»  kemasi 

suzib  ketayotgan  bu  bahaybat  maxluqni  Avstrali- 

yaning  sharqiy  qirg‘og‘iga yaqin bir yerda uchratib 

qoldi.

Boshda kapitan Bekker xaritaga tushmagan  suv- 



osti  qoyasiga  duch  keldim,  deb  oyladi.  Uning geo- 

grafik  koordinatlarini  aniq  belgilab  olishga  endi 

kirishmoqchi  bo'lib  turganida,  to ‘satdan  bu  g'alati 

narsaning  ostidan  ikkita  suv  ustuni  yuz  ellik  fut 

balandlikka  vashillab  otilib  chiqdi.  Agar bu  suvosti 

geyzeri1 bo'lmasa,  unda  «Gubernator Xiginson» ke­

masi  burun  kataklaridan  bug‘  aralash  suv  otadigan 

allaqanday  noma’lum  dengiz  maxluqiga  duch  kel- 

gani aniq.

1866-yilning  23-iyulida  bu  g a la ti  mavjudotni 

Tinch  okeanida Vest-Indiya va  Tinch  okean kema­

chilik  shirkatiga  qarashli  «Xristofor  Kolumb»  ke- 

masidagilar  uchratib  qolishdi.  Bu  g'alati  kit  chin-



Geyzerlar -   issiq  suv manbalari  bo'lib,  u  m a’lum  bir  muddat- 

gacha (25 minutdan 3 soatgacha) issiq suv va bug'  otib turadi.

6


dan  ham  juda  katta tezlik bilan harakat  qilar  ekan. 

Chunki uch kun mobaynida  «Gubernator Xiginson» 

va  «Xristofor  Kolumb»dagilar  uni  yer  sharining 

oralig'i yetti yuz  dengiz milyasiga teng bo'lgan ma- 

sofadagi ikki nuqtasida ko‘rishdi.

0 ‘n  besh  kundan  keyin  Milliy  kompaniyaning 

«Gelvetsiya»  va  «Royal  Meyl»  kompaniyasining 

«Xanaan»  kemalari  Atlantika  okeanida  -   Ameri- 

ka  bilan  Yevropaning  o‘rtasida  uchrashib,  bu  ba- 

haybat  maxluqni  shimoliy  kenglikning  42-gradus 

15-minutida va  g'arbiy uzunlikning  60-gradus  35- 

minutida (Grinvichdan) ko'rdilar. Har ikkala kema- 

ning kapitanlari bu maxluqning uzunligini kamida 

uch yuz  ellik ingliz  futi  deb  chamalashdi.  Forshte- 

venidan1  arxershtevenigacha2  har birining  uzunli- 

gi  uch  yuz  yigirma  besh  fut  keladigan  «Xanaan» 

va  «Gelvetsiya»  kemalari  undan  kichik  edi.  Aleut 

orollari  atrofida  uchraydigan  eng  yirik  kitlarning 

uzunligi  esa  hech  qachon  bir yuz  o£n  besh  futdan 

oshmagan.

!  Ketma-ket  kelib  turgan  bu  axborotlar,  Atlanti­

ka  okeani  orqali  qatnaydigan  «Pereyra»  kemasida- 

gilarning ham  bahaybat  maxluqni  ko'rgani,  «Etna» 

kpmasi  u  bilan  to'qnashgani  haqidagi  xabarlar  va 

nihoyat,  uch  machtali  fransuz  harbiy  yelkan  ke- 

masi  «Normandiya»  ofitserlari  tomonidan  tuzilgan 

protokol  va  ingliz  admiralligiga  «Lord  Klayd»  ke- 

masi  komandiri  Fits-Jems  yuborgan  batafsil  hiso- 

bot  -   mana  shularning  hammasi  jamoatchilik  fik- 

rini  ostin-ustun  qilib yubordi.  Ba’zi  mamlakatlarda 

bu  favqulodda  voqeani  gapirib  kulishardi.  Ammo



Forshteven -  кеша tagto'sinining kema burniga kelib taqaladi- 

gan uch qismi.



Arxershteven  -   tagto'sinning kema  quyrug'iga  kelib  taqaladi- 

gan qismi.

7


Angliya,  Amerika va  Germaniya  singari  davlatlarda 

bunga juda qiziqib qolgan edilar.

Barcha  poytaxtlarda  bahaybat  maxluq  haqidagi 

gaplar  asosiy  suhbat  mavzuyi  bo'lib  qoldi.  U  haqi- 

da  estradalarda  qo'shiq  kuylashardi,  jurnallarda 

karikaturalar  bosilardi,  hatto  uni  teatr  tomoshala- 

rida  tasvirlab  ko'rsatishdi.  Barcha  gazetalarda  o‘zi 

chindan  ham  mavjud  bo'lgan,  ammo  xayolan  tas- 

virlangan  bahaybat  maxluqlar  surati  -   qutb  atrofi- 

dagi  suvlarda yuradigan  dahshatli  oq kitdan tortib, 

goyo  changaliga  besh  yuz  tonnalik  kemani  olib, 

dengiz  qa’riga  garq qila oladigan afsonaviy sakkiz- 

oyoqlargacha  paydo  bo‘la  boshladi.  Arxivlardan 

eski  hujjatlar  -   Aristotel,  Pliniylarning1  bahaybat 

dengiz  maxluqlari bo'lishi mumkinligi haqidagi  qa- 

dimiy  guvohnomalari,  Norvegiya  dengizchilarining 

hikoyalari,  Paul  Geggedning axborotlari va  nihoyat 

rostgoyligiga  hech  kim  shubha  qilmaydigan  Xa- 

ringtonning  1857-yilda  juda  katta bahaybat  dengiz 

ilonini  ko'rgani  to‘g‘risida  aytganlari  zudlik  bilan 

qidirib topildi.

0 ‘sha  kezlarda  olimlar  jamoatchiligi  orasida,  il- 

miy  jurnallarda  ishonuvchilar  va  ishonmovchilar 

o'rtasida  tinimsiz  tortishuvlar  qizg'in  tus  olib  ket- 

di.  Bahaybat  maxluq  to‘g‘risidagi  masala  hamma- 

ning xayolini  band  qilib  qoydi.  Ana  shu tortishuv­

lar vaqtida  qanchadan  qancha  siyohlar daryo bo'lib 

oqdi.


Olti  oy  davomida  bu  kurash  goh  u,  goh  bu  to- 

mon  fikrini  ifodalab,  davom  etib  turdi.  Tuturiqsiz 

matbuot  «Braziliya  geografiya  institutining  ax- 

boroti»da,  «Berlin  Fanlar  akademiyasining  sol-





Aristotel  -   qadimgi  Gretsiyaning buyuk  olim va  mutafakkirla- 

ridan biri  (eramizgacha  3 8 4 -322-y illar). 

Kay Sekund Pliniy  -   rimlik 

yozuvchi va olim (eramizgacha 23-79-y illar).

8


nomasi»da,  Vashingtondagi  Smit  institutining  jur- 

nalida  bosilgan  maqolalarni,  «Hind  arxipelagi»  va 

Petermanning  «Axboroti»  singari  nufuzli  jurnal- 

lardagi  munozaralami  va  Yevropadagi  eng  yaxshi 

jumallarning  ilmiy  xronikalarini  masxaralab  chiq- 

di.  Jurnalistlar  Linneyning1  maxluq  mavjudligini 

inkor  etuvchilardan  biri  keltirgan:  «Tabiat  ovsar- 

larni  yaratmaydi»  degan  mashhur  iborasini  pesh 

qilib,  «mast-alast  dengizchilar  tasawuridagina 

yaratiladigan  bahaybat  narsalarni  tabiat  yaratdi», 

deb,  unga  til  tekkizmaslikka  zo‘r  berib  olimlarni 

ko‘ndirmoqchi  bo'lardilar.  Nihoyat,  ommalashgan 

satirik  haftalikda  maxluq  eng  taniqli  yozuvchi  qa- 

lami  bilan  shu  qadar  hajv  qilindiki,  ommaviy  kul- 

gidan  so‘ng  uning  tarafdorlari  chekinishga  majbur 

bo'ldilar.  Shunday qilib,  kuchli  so‘z  oyin i  fan usti- 

dan g o lib  chiqdi.

1867-yilning dastlabki oylari davomida bahaybat 

maxluq  masalasi  qaytib  qo‘zg‘almas  qilib  ko'mib 

tashlanganday  bo‘ldi.  Ammo  shu  orada  gazetxon- 

larga  yangi  faktlar  kelib  yetdi.  Endi  gap  qanday- 

dir  mavhum  bir  ilmiy  muammoni  hal  etish  ustida 

emas,  balki  juda  jiddiy  va  tamomila  real  xavfga 

qarshi  kurash  ustida  borar  edi.  Bahaybat  maxluq 

yana  orolcha,  cho'qqi,  suvosti  qoyasi  deb,  ammo 

qoya  bo'lganda  ham  harakatdagi,  tutqich  bermas, 

jumboqli qoya tarzida tilga olina boshladi.

1867-yilning  25-martiga  o‘tar  kechasi  Monreal 

okean  kompaniyasiga  qarashli  «Moraviya»  kema- 

si  kenglikning  27-gradus  30-minutida  va  uzunlik- 

ning  72-gradus  15-minutida  hech  qanday  xarita- 

ga  tushmagan  qoyaga  urildi.  «Moraviya»  orqadan 

esayotgan  shamol  va  to‘rt  yuz  quwatli  mashina



LinneyKarl (1 7 0 7 -1 7 7 8 )  -   shved naturalisti.

9


yordamida  o‘n  uch  uzel1  tezlikda  suzayotgan  edi. 

Kema korpusi o‘ta mustahkam bo'lmaganida,  shun- 

day katta  tezlikda  shiddat  bilan  kelib  urilish  kema 

uchun ham,  undagi ikki yuz  o‘ttiz yetti yo'lovchi va 

komanda  uchun  ham  halokatli  tugashi  turgan  gap 

edi.


Bu  to'qnashuv  ertalab  soat  beshda  sodir  bo'ldi. 

Kun  endi  yorishayotgan  edi.  Oorovulda  turgan  ofi- 

tserlar  bortga  yugurib  bordilar.  Ular  okean  sathini 

sinchiklab  ko'zdan  kechirishdi.  Biroq  qudratli  paro- 

xod  parragi  zarbidan  hosil  bo'ladigani  kabi  uch  ka- 

belt2  masofada  ko'tarilayotgan  kuchli  to'lqindan 

bo‘lak hech qanday shubhali narsa sezishmadi. «Mo- 

raviya»  bu  yerning  aniq  koordinatlarini  belgilab  ol- 

gach,  yo'lida  yana  davom  etdi.  Bu  to'qnashuvda 

kemaning tashqi tomoni  shikastlanmagan edi,  bino- 

barin, «Moraviya»ning komanda sostavi kema suvos- 

ti  qoyasiga  urildimi yoki  cho'kib  qolgan biror kema- 

gami degan masala ustida rosa bosh qotirishdi.

,  Portga  kelib  quruq  dokka  chiqib  olgach,  «Mo- 

raviya»ning tag yog'ochi shikastlangani aniqlandi.

Uch haftadan keyin xuddi  shu tarzda yana  o'sha 

hoi  qaytarilmaganida,  bu  g‘alati'voqea  ham  aw al- 

gilari  singari  oradan  ko‘p  o'tmay  ипщЩЬ'  ketgan 

bo‘lur  edi.  Faqat bu  gal  shikastlangan  kema  mash- 

hur  kemachilik  shirkatiga  qarashli  bo'lgani  uchun 

bu  voqea  bir  zumda  hamma  yoqqa  yoyilib,  butun 

dunyoda shov-shuvga sabab bo'ldi.

Kemalari  Yevropa  bilan  Amerika  orasida  bi- 

rinchi  bo‘lib  qatnay  boshlagan  ingliz  kemachisi 

Kyunardning  nomi  hammaga  ma’lum  bo'lsa  kerak.

1  Y a’ni  soatiga  o ‘n  uch  dengiz  milyasi.  Bir  dengiz  milyasi  -  

1852 m.

2  Kabelt  -   uncha  katta  bo'lmagan  masofalarni  o'lchaydigan 

dengiz o'lchovi (taxm inan 200 metr).

10


Kyunard  kemachiligining  yigirma  yetti  yillik  faoli- 

yatida  uning kemalari  Atlantika  okeanini  ikki  ming 

martadan ko'proq kesib o'tgan shu vaqt ichida biror 

marta  ham  kech  qolmagan,  kema  qatnovini  biror 

marta  bekor  qilmagan,  unga  ishonib  topshirilgan 

xat-xabarlardan  birontasini  yo'qotmagan  edi.  Kyu­

nard  kemachiligining  obro'-e’tibori  shu  qadar  zo‘r 

ediki,  u  raqobatdan  ham  cho'chimasdi.  Bu  hodisa 

ana shu kompaniyaning eng yaxshi kemalaridan biri 

bilan sodir bo'lgani uchun ham zudlik bilan hamma 

yoqqa tarqaldi.

1867-yilning  13-aprelida  dengiz  sathi  oynaday 

silliq  va  sira  shamol  yo‘q  edi.  Shu  kuni  «Shotlan- 

diya»  g'arbiy  uzunlikning  15-gradusi  12-minutida 

va  shimoliy  kenglikning  45-gradusi  37-minutida 

suzib  borar edi.  Ming quwatli  mashina  kemani  o‘n 

uch-u yuzdan qirq uch uzel tezlikda olib ketayotgan 

edi.  «Shotlandiya» parraklari soat tebratkichiday bir 

maromda aylanib, suvni yorib borardi.

Tushdan  keyin  choy  ichib  o'tirishgandi,  «Shot­

landiya»  kemasi  o‘ng  tomondagi  parrakdan  ancha 

narida  bir  narsaning xiyol  urilishidan yengil  tebra- 

nib oldi.

Bu zarb shu qadar kuchsiz bo'ldiki, tryumdan:

«Tryumga  suv  kirdi.  Cho'kyapmiz!»  -   degan 

qichqiriqlar  eshitilmaganda,  bunga  kema  palu- 

basidagilar e’tibor ham bermagan bo'lardilar.

Yo'lovchilarning  sarosimaga  tushishi  tabiiy  edi, 

albatta. Ammo kapitan Anderson ularni tinchlantir- 

di.  Darhaqiqat,  suv  o'tkazmaydigan  devorlar  bilan 

yetti hujraga ajratilgan «Shotlandiya» kemasi uchun 

suv o'tkazadigan bitta teshik uncha xavfli emas edi.

Kapitan  Anderson  zudlik  bilan  tryumga  tushib, 

beshinchi  hujraga  suv  kirganini  aniqladi.  Suv  oqi- 

mining  tezligiga  qaraganda  kema  durustgina  te­

l l


shilganga  o‘xshardi,  yaxshiyamki,  bu  hujrada  bug 

qozonlari yoqilmas edi.

Kapitan  Anderson  mashinani  to'xtatishga  far- 

moyish  berib,  matroslardan  biriga  suvga  tushishni 

buyurdi.  Matros kema korpusida eni  ikki metr kela- 

digan teshik borligini  ma’lum qildi.  Bunday teshik- 

ni  dengizda turib  tuzatish  haqida  so‘z  bo'lishi  ham 

mumkin  emas.  Shuning  uchun  ham  «Shotlandiya» 

parraklari  suvga  yarim  botgan  holda  bir  amallab 

yo'lida davom etdi.

0 ‘sha  paytda  kema  Klir  burunidan  uch  yuz 

milya narida bo'lib, Liverpul portiga uch kun kechi- 

kib  keldi.  Bu  hodisa  butun  Angliyani  qattiq  tash- 

vishga solib qoygan edi.

«Shotlandiya»ni  quruq  dokka  olib  chiqishib, 

kompaniya injenerlari uni ko'zdan kechirishdi.  Ular 

o‘z ko'zlariga ishongilari kelmasdi: kemaning qaye- 

rigacha  suvga  cho'kib  turganini  ko'rsatadigan  chi- 

ziqdan  ikki  yarim  metr  pastda  kema  korpusi  teng 

yonli  uchburchak  shaklida  teshilgan  edi.  Kema 

teshilgan  joyning atrofi  atayin  silliqlanganday tep- 

tekis.  Aftidan,  kema  korpusini  teshgan  asbob  juda 

mustahkam bo'lsa kerak.

Kemaning qalinligi  to ‘rt  santimetr keladigan te- 

mir qoplamasini  teshgan asbob  qanday qilib undan 

chiqdi ekan, buni sira tushunib bo'lmas edi...

«Shotlandiya»  bilan  sodir  bo'lgan  hodisa  kishi- 

laming  so'nayotgan  qiziqishini  qayta  avj  oldirib 

yubordi.  Shu  daqiqadan  boshlab  noma’lum  sabab- 

lar  bilan  dengizda  sodir  bo'lgan  butun  halokatlar- 

ni  bahaybat  maxluqqa  olib  borib  taqayveradigan 

bo'lishdi.  Dengiz  statistikasi  bo'yicha  har  yili  ha- 

lokatga  uchraydigan  uch  ming  kemadan  kami- 

da  ikki  yuztasi  «noma’lum  yo'qolganlar»  qatoriga 

qo‘shilishini  hisobga  olganda,  tabiiyki,  afsonaviy

12


bahaybat  maxluqning  gunohi  kun  sayin  og'irlashib 

boraverdi.

Adolatdanmi,  yo'qmi,  ko‘ngilsizliklarning  bar- 

chasi uchun javobgarlikni bahaybat maxluqqa yuklay 

boshlagan jahon jamoatchiligi qit’alararo xabarlarga 

ko‘ra,  u  tobora  ko'proq  xavf  tug'dirayotganidan 

tashvishlanib,  dengizni  qaysi  yo‘l  bilan  bo‘lmasin 

bu dahshatli mavjudotdan xoli etishni talab etdi.



I к к in chi  b o b  

TARAFDOR VA QARSHILAR

Yuqorida  qayd  etilgan voqealar  sodir bo‘lib  tur­

gan  kezlarda  men  Shimoliy Amerikaning  Nebraska 

shtatining odamzod qadami yetmagan yerlarida ke- 

zib yurgan  edim.  Fransiya  hukumati  meni  bu  ilmiy 

ekspeditsiyaga  naturalist  hamda  Parijdagi  tabiiyot 

tarixi .muzeyi  qoshidagi  adyunkt-professor  sifatida 

yuborgan edi.

1  Nebraskada  o'tkazilgan  olti  oy  mobaynida  juda 

qimmatli  kolleksiyalar  to'plab,  1867-yilning  mart 

oyi  oxirlarida  Nyu-Yorkka  qaytdim.  Fransiyaga 

birinchi  maylarda  qaytishim  kerak  edi.  Shuning 

Uchun  qolgan  vaqt  ichida  o'zimning  mineralogik 

hamda botanik va zoologik kolleksiyalarimni tartib- 

ga solmoqchi bo'ldim.

Men jamoatchilikni tashvishlantirayotgan bu vo- 

qealardan, albatta, xabardor edim. Axir butun gaze- 

ta  va  jumallarning  sahifalari  dengizdagi  bahaybat 

maxluq  haqidagi  xabarlar  bilan  to'lib-toshgan  bir 

paytda  boshqacha  bo'lishi  ham  mumkinmidi?  Bu 

jumboq menda ham qiziqish uyg'otdi.

Hodisalarni  qanday  sharhlashni  bilmay,  o'zimni 

har  tomonga  urardim.  Bunda,  albatta,  bir  sir  bor:

13


har bir narsaga shubha bilan qaraydigan odam ham 

«Shotlandiya»ning teshilgan bortini  ko'rgach,  bun- 

ga ishonchi komil bo'ladi.

Butun  Nyu-York  hayajonda  edi.  Voqeadan  un- 

cha  xabardor  bo'lmagan  kishilarning  suzar  orol- 

cha,  tutqich  bermas  suvosti  qoyasi  degan  farazlari 

e’tibordan tushib  qoldi.  Chindan ham  o'sha  suzuv- 

chi  qoyaning  qudratli  mashinasi  bo'lmasa  qanday 

qilib bunaqa tezlik bilan harakat qilishiga  aql  bovar 

qilmasdi.

Bir  vaqtlar  cho'kkan  ulkan  kemalardan  biri  suv 

betiga chiqib qalqib yuribdi,  degan taxmin ham qo- 

lib ketdi, chunki bunday kemalar katta tezlikda oqib 

yurolmas edi.

Shunday  qilib,  masalani  hal  etishning  haqiqat- 

ga yaqin  ikki  yo'li  qoldi:  bahaybat  maxluq,  yo  juda 

katta jonivor, yoki  favqulodda kuchli dvigatelli  suv­

osti kemasi.

Bu  so‘nggi,  haqiqatga  birmuncha  yaqin  taxmin 

ham har ikkala yarim sharda o'tkazilgan tekshirish- 

larda'n keyin puchga chiqdi.

Suvosti  kemasi  bir  shaxsniki  deb  taxmin  qilish 

mumkin emas, chunki uni qayerdadir baribir yasash 

kerak edi. Bunday ulkan kemani yasayotganda esa u 

odamlar e’tiborini jalb etmay sira iloji yo‘q.

Shunday  dahshatli  vayron  qiluvchi  kuchga  ega 

bo'lgan  mexanizmni  qurishga  faqat  biror  davlat- 

ninggina  qurbi  yetar  edi.  Insoniyatga  o ‘lim  kelti- 

ruvchi  qurollarning yangidan  yangi  turlarini  ixtiro 

qilishga  zo‘r  berilayotgan  bizning  ayanchli  kunla- 

rimizda  biron  davlatning  boshqalardan  yashirin- 

cha shunday jartgovar kema qurib, uni amalda sinab 

ko'rgan bo'lishi ehtimoldan xoli emas.

Ammo  harbiy  kema  haqidagi  faraz  ham  yo‘q 

bo'ldi.  Chunki  barcha  hukumatlar  o'zlarining  bu

14


ishga  aloqalari yo'qligini ma’lum  qildilar.  Bahaybat 

maxluqning  okeandagi  xalqaro  kemalar  qatnoviga 

xavf  solayotganidan  bayonotlarning  to‘g‘riligiga 

shubha qilmasa ham bo‘lardi. Buning ustiga ma’lum 

bir  shaxs  ulkan  suvosti  kemasini  maxfiy  ravishda 

yasay olmagach,  raqobatchi  mamlakatlar har qada- 

mini  kuzatayotgan  biror  davlatning  bunday  ishni 

uddalay olishi to'g'risida gapirmasa ham bo'ladi.

Shunday  qilib,  Angliya,  Fransiya,  Rossiya,  Ger- 

maniya,  Italiya,  Amerika va  hatto  Turkiyadan  ham 

ma’lumotlar  olingach,  suvosti  kemasi,  degan  tax- 

min o‘z-o‘zidan yo‘q bo'ldi.

Tuturiqsiz  matbuot  kulgi  ostiga  olganiga  qara- 

may,  bahaybat  maxluq  yana  suv  yuzasiga  qalqib 

chiqdi  va  hayajonlangan  xayolot  yana  birin-ketin 

g'oyat afsonaviy farazlarni to'qiyverdi.

Nyu-Yorkda  ko'pgina  kishilar  mendan  hamma- 

ni  hayajonlantirayotgan  shu  masala  yuzasidan  o‘z 

mulohazalarimni  aytib  berishimni  so'rashdi.  Fran- 

siyadan  ketishimdan  biroz  oldin  «Okean  tubining 

sirlari» nomli ikki tomlik kitobimni chiqargan edim. 

Ilmiy  jamoatchilik tomonidan yaxshi  kutib  olingan 

bu  kitob  menga  birmuncha  kam  o'rganilgan  tabii- 

yot tarixi sohasida mutaxassis degan nom olish hu- 

quqini berdi.

Mendan  o‘z  fikrimni  aytishimni  qat’iy  iltimos 

qila  boshlashdi.  Turli  bahonalar bilan  men  bundan 

bosh  tortib  yurdim.  Ammo  «Nyu-York  axboroti»- 

ning qaysar  reportyorlari  hol-jonimga  qo'ymagach, 

gazetxonlarga okeandagi g‘aroyib voqealar haqidagi 

mulohazalarimni  aytib berish uchun va’da berishga 

majbur bo'ldim.

Mana,  nihoyat  30-aprelda  gazetada  professor 

Pyer Aronaksning batafsil  maqolasi  chiqdi  va  unda 

bahaybat  maxluq  haqidagi  masala  har  tomonlama


Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар)
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Gul bir yon, m a n bir yon
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Yoshlar 4 kutubxonasi
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Xamsa alisher Navoiy xamsa
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Shokolad fabrikasi

Download 9.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling