Suv ostida sakson ming kilometr


  G 'aw osning  ishi  juda  og'ir  jismoniy  m ehnat  bo'lib,  uzoq


Download 9.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/45
Sana21.12.2019
Hajmi9.02 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45

1  G 'aw osning  ishi  juda  og'ir  jismoniy  m ehnat  bo'lib,  uzoq

 

mashq talab etadi.  I.Vernqahram onlari g aw o sk iy im larid a istagan

 

chuqurlikda sayohat qilishlari romanlardagina bo'lishi mumkin.

160


doniga  kirishimiz  bilanoq,  shoxlarning  turish  ho- 

latini  ко‘rib,  hayron  bo'ldim.  Bunaqasini  sira  ko'r- 

magan edim!

Suv tubiga gilamday to'shalgan o't-o'lanlar ham, 

daraxtlarning shoxlari  ham  egilmasdan,  qayrilmas- 

dan,  gorizontal  holatda  yer  bag'irlamay,  hammasi 

tikka  -   okean sathiga qarab ko'tarilgan edi.  Eng in- 

gichka  novdalar  ham  bir  tola  temir  xivichday  yu­

qoriga  ko'tarilib  turar  edi.  Fukuslar  va  boshqa  suv 

o'simliklari  ularni  o'rab  olgan  muhitning  zichli- 

gidan  dengiz  sathi  tomon  juda  tik  o‘sgan  edi.  Bu 

o'simliklarni  men  bir  tomonga  surib  qo'yganimda 

ham,  qo'limni  olishim bilan ular yana  oldingi  hola- 

tiga qaytar edi.

Birozdan  so'ng men atrofimizni  o'rab  olgan nim 

qorong'ilikka  ko'nikkanday,  o'simliklarning  bu 

g'alati  tikka holatiga ham o'rganib  qoldim.  O'rmon 

«tuprog'i» qirrali toshlar bilan qoplangandi.  Suvosti 

o'simlik  dunyosi  nazarimda  juda  ko'p  va  xilma-xil 

edi.


Men  boshda  o'simlik  olami  bilan  hayvonot 

dunyosini  ajrata  olmay  qoldim:  hayvonot  bilan 

o'simliklarni  chalkashtira  boshladim.  Zoofitlarni 

suv  o'simliklari  -   gidrofitlar  bilan  chalkashtirdim 

yoki  buning  aksi  bo'ldi.  Mening  o'rnimda  boshqa 

kishi  bo'lganda  ham  bu  masalada  xato  qilmasmi- 

di? Axir, bu suvosti dunyosida hayvonot olami bilan 

o'simliklar shu  qadar bir-biriga chirmashib  ketgan- 

ki, asti qo'yaverasiz!1

Men  jamiki  o'simliklar  tuproqdan  unib  chiqqan 

emas,  balki  unga  yopishibgina  turganini  ko'rdim. 

Buning  sira  ajablanadigan  yeri  yo'q:  ildizsiz  bu 

o'simliklarga tuproqdan hayot kechirishlariga ozuqa

1  XVIII  asrning  oxiri  va  XIX  asrning  boshlarida  olimlar  o ‘r-

 

tasidagi xato tushuncha.



6 -  J.Vem

161

emas,  balki  tayanch  nuqtasi  kerak  edi,  xolos.  Shu­

ning  uchun  ham  ular  toshlarda  ham,  qumda  ham, 

shag'alda  ham,  chig'anoqlar  ustida  ham birday tu- 

raveradi.  Bu  o'simliklar  ularni  o'rab  olgan  suvda 

o'sadi,  nafas  oladi va  ozuqa topadi.  Ko'pchiligining 

kichkinagina  yaproqlari  juda  g'alati  jimjimador 

shaklda  bo'ladi.  Bu  yaproqlarning  ranglari  ham 

pushti,  och  qizil,  yashil,  qo'ng'ir,  ko'kish-sariq  va 

jigarranglarning  uyg'unlashuvidan  iborat.  Men  bu 

yerda  «Nautilus»  kolleksiyasida  ko'rganlarimga 

yana  duch  keldim.  Endi  ularni  kolleksiyadagidek 

qotirilgan  holda  emas,  balki  hayotligicha  ko'rdim. 

Bular yoyib  qo'yilgan yelpig'ichga  o'xshash  suv to- 

vuslari,  to'q  qizil  seramiyalar,  laminariyalar,  tez 

o'sadigan  yosh  novdalar,  o‘n  besh  metr  baland- 

likda  gullaydigan  ipsimon  nereotsisteylar,  poyasi- 

ning  yuqori  qismi  yo'g'onlashib  boradigan  atseta- 

bulyariy  to'plari  va  gulsiz  boshqa  ko'pgina  dengiz 

o'simliklari  edi.  «Juda  g'alati  olam-da,  -   degan  edi 

bir  naturalist  suvosti  dunyosi  haqida,  -   bu yerning 

hayvonlari gullaydi, o'simliklari esa gulsiz!»

Kattaligi  jihatidan  iqlimi  o'rtacha  mintaqada- 

gi  daraxtlardan  qolishmaydigan  o'simliklar  ostida 

chinakam  gullarga  o'xshash butalar ustida,  ilon  izi 

jo'yaklarda  meandrinlar  gullab  yotgan  qator  zoo- 

fitlar,  sarg'ish va  oqish  tutqichlari  bo'lgan  yulduz- 

simon  kariofilliya  -   marjonlar  ko'zga  tashlanar  va 

nihoyat  shunga  o'xshash yerdagi  chorbogda baliq - 

pashshalar  kolibri1  to'dalari  singari  guldan  gulga 

uchib  yurar,  oyoqlarimiz  ostidan  esa  loyxo'raklar, 

sariq lepisakantlar uchar, xo'rozlar va monosentrlar 

gala-gala bo'lib ko'tarilardilar.

Kunduzi  soat  birga  yaqin  Nemo  dam  olishga



Kolibri

  -   tropik  mamlakatlarda  yashovchi  rang-barang  patli

 

kichkina qush.



162

ishora qildi. Biz poyalari gotik uslubda qurilgan ibo- 

datxonaning  nayza  cho'qqilari  kabi  yuqoriga  qarab 

ko'tarilgan alariy ostida cho'zilishdik.

Juda  huzur  qilib  dam  oldik.  Faqat  gaplashib 

o'tirishning  iloji  yo'q  edi.  Chunki  gapirish  ham, 

eshitish ham mumkin emas  edi.  Men o'zimning ul­

kan mis boshimni Konselning xuddi shunaqa boshi- 

ga  yaqinlashtirdim  va  dilkash  do'stimning  ko'zlari 

hayratdan  chaqnab  turganini  ko'rib  qanoat  hosil 

qildim.  U  o'zining  g'oyat  mamnunligini  bildirish 

uchun  metall  shlemi  ichida  boshini  kulgili  holatda 

liqillatib qo'ydi.

To'rt  soatlik  sayrdan keyin ham  qornim  ochma- 

ganiga hayron edim.  Oshqozonim bu qadar bardosh 

berayotganining  sababini  tushunolmasdim.  Ammo 

g'awoslarda  bo'ladiganday  meni  ham  uyqu  bosa 

boshladi.  Qalin  oyna  ortida  ko'zimni  yumdim.  Yu- 

rish  natijasida  yengilib  kelgan  mudroq  ustun  chi- 

qa  boshladi.  Kapitan  Nemo  bilan  barzangi  matros 

namuna  ko'rsatganday  birinchi  bo'lib  qum  ustida 

cho'zilib, tezda uxlab qolishdi.

Qancha  uxlaganimni  bilmayman.  Ko'zimni  och- 

sam,  kapitan  Nemo  o'rnidan  turgan  ekan.  Homu- 

za tortib turgandim, birdan o'zimdan bir necha  qa- 

dam  narida  bo'yi  rosa  bir  metr  keladigan  katta  de­

ngiz  qisqichbaqasiga  ko'zim  tushib  qoldi;  aftidan, 

menga  hujum  qilmoqchi  bo'lib,  qiyshiq  ko'zlarini 

baqraytirib  turardi.  Skafandrim  uning  tishidan  hi- 

moya  eta  oladigan  darajada  qalin  bo'lishiga  qara­

may,  baribir  qo'rqqanimdan  titrog'imni  bosolmas 

•dim.  Shu  payt  Konsel  bilan  «Nautilus»  matrosi 

eyi^orUb qolishdi.

Kapitan  Nemo dahshatli  maxluqqa  ishora qilishi 

bilan  matros  qisqichbaqani  o'sha  zahotiyoq  miltiq 

qo'ndog'l bilan urlb o'ldirdi.

163


Ulkan  bo‘g‘inoyoqlini  ko'rgach,  bu  zim-ziyo 

chuqurlikda skafandrim ulardan himoya etolmaydi- 

gan boshqa dahshatliroq maxluqlar yashashi mum- 

kinligini oyladim.

Ehtiyot bo'lishga qaror qildim.

Bu  dam  olishimiz  sayrimizning  xotimasi  deb 

xato  oylagan  ekanman.  Kapitan  Nemo  «Nautilus» 

tomon yurmay, yana olg‘a ketdi.

Okean  tubi  borgan  sari  chuqurlashardi,  bino­

barin,  biz  qiyalab  yurib,  tobora  dengiz  qa’riga  tu- 

shar  edik.  Yuz  ellik  metr  chuqurlikda  ikki  tik  qoya 

oraligidagi  pastlikka  yetib  kelganimizda,  soat 

uchlar  chamasi  edi.  G'awoslik  kostumimiz  tako- 

millashtirilgani  tufayli  tabiat  insonning  suvostiga 

qiladigan  sayohatlariga  belgilagan  chuqurlikdan 

to'qson metr pastroqqa tushgan edik.

Chuqurlikni  belgilab  beradigan  biror  asbobim 

bo‘lmasa-da,  biz  yuz  ellik  metr  suvostiga  tushga- 

nimizni  aniqladim.  Chunki  men  eng  tiniq  suvda 

ham  quyosh  nuri  bundan  chuqur  masofaga  o'tol- 

masligini  bilardim.  Xuddi  shu  chuqurlikda  bo'lgan 

paytimizda atrof zim-ziyo  edi.  Ammo birdan oldin- 

da  yorqin  shu’la  taraldi.  Kapitan  Nemo  o'zining 

elektr  fonarini  yoqqan  edi.  Unga  ergashib  hamro- 

hi  ham  fonarini yoqdi.  Shundan  so'ng Konsel bilan 

men  ham  fonarlarimizni  yoqdik;  biz  vklyuchatelni 

burdik  va  ichiga  gaz  to'latilgan  ilonsimon  trubka 

elektr  tokidan  quw at  olib,  yorug'lik  tarata  bosh­

ladi.

Bizning  to'rtta  fonarimizdan  chiqqan  yorug'lik 



dengizni yigirma besh metr radiusida yoritdi.

Kapitan  Nemo  hamon  qorong'i  o'rmonning ich- 

karisiga  kirib  borardi.  Daraxtlar borgan  sari  kama- 

yardi.  0 ‘simlik  olami  hayvonot  dunyosidan  ko'ra 

tezroq  siyraklashar  edi.  Biz  endi  dengiz  o'simlik-

164


larini  deyarli  uchratmasak-da,  zoofitlar,  bo'g'in- 

oyoqlilar,  molluskalar  va  baliqlar  atrofimizda 

g'ujg'on o'ynardi.

Elektr  fonarlari  dengiz  jonivorlarining  diqqatini 

jalb  etsa kerak,  degan  fikr xayolimdan o'tdi.  Ammo 

ular  bizga  yaqinlashsalar-da,  bemalol  ov  qilsa 

bo'ladigan masofaga kelmas edilar.

Kapitan  Nemo  bir  necha  bor  to'xtab,  miltiq 

qo'ndog'ini  yelkasiga  tiraganini  ko'rdim.  Ammo 

mo'ljalga olib, o'q uzmay miltiqni tushirar edi.

Nihoyat,  tushdan  keyin  soat  to'rtlarga  yaqin- 

lashganda biz  ajoyib  sayrimizda  mo'ljallagan yerga 

yetdik.  To'satdan  oldimizda  qorong'i  g'orlar  o'yil- 

gan  ulugvor  qoyalar  uyumidan  iborat  ulkan  granit 

devor  paydo  bo'ldi.  U  deyarli  tik  ekan.  Bu  Krespo 

orolining etagi edi. Bu  -  yer edi.

Kapitan Nemo to'xtadi. Bizga ham to'xtash isho- 

rasini  qildi.  Menda  bu  devordan  oshib  o'tish  istagi 

qanchalik  kuchli  bo'lmasin,  to'xtashga  to'g'ri  kel­

di.  Kapitan Nemoning mulki  shu yerda tugar edi.  U 

chegara hatlab nariga o'tishni istamas edi.

Bu  to'siqning  naryog'ida  u  borishni  istamaydi- 

gan boshqa dunyo boshlanadi!

Biz  orqaga  qaytdik.  Kapitan  Nemo  yana  kichki- 

na  otryadimizning  oldiga  tushib,  ikkilanmay  olg'a 

boshladi.  Nazarimda  biz  «Nautilus»ga  boshqa  yo'l 

bilan qaytayotgan edik.

Bu  yangi,  juda  tik,  binobarin,  g'oyatda  char- 

chatadigan  yo'l  dengiz  sathiga  bizni  tez  yaqin- 

lashtirardi.  Ammo  suvning  yuqori  qatlamlariga 

biz  ko'ngilsiz  oqibatlarga  olib  keladigan  daraja­

da  tez  ko'tarilganimiz  yo'q:  ma’lumki,  bosimning 

to'satdan o'zgarishi odam organizmida qondan azot 

ajralib chiqishiga -  qonning qaynashiga olib keladi.

Bu  xavf  katta  chuqurlikdan  suv  sathiga  tez

165


ko'tariladigan  barcha  ehtiyotsiz  g'aw oslar  uchun 

halokatlidir.

Ko‘p  o'tmay  biz  yana  suvning  yorug'  qatlam- 

lariga  kirdik.  Quyosh  shafaqda  pastlab  turganidan 

uning  nurlari  suvda  sinib,  o'simliklar  atrofida  ka- 

malak singari tovlanib, jilvalanardi.

Biz  turli-tuman baliqchalar qurshovida  o‘n metr 

chuqurlikda  borar  edik;  ammo  shu  paytgacha  o‘q 

uzsa  arzigudek  biror  suv  maxluqi  ko'zimizga  cha- 

lingani yo‘q.

To'satdan men kapitan Nemoning miltiqni yana 

yelkasiga  tirab,  suvosti  butasi  ostida  qimirlayot- 

gan  allaqanday  mavjudotni  mo'ljalga  olayotganini 

ko'rib  qoldim.  U  tepkisini  bosdi.  Kuchsiz  hushtak 

tovushi  eshitilib,  bizdan  besh  qadam  narida  alla­

qanday maxluq yiqildi.

Bu  dengiz  suvsari1  -   dengizning  yagona  to ‘rt- 

oyoqlisi  edi.  Uzunligi  bir  yarim  metr,  yelkasi  to ‘q 

qo'ng'ir,  qorni  kumushrang  bu  jonivorning  terisi 

rus  va  xitoy  bozorlarida  juda  ham  yuqori  bahola- 

nadi.  Uzun  tanasi  silliq,  oyoqlari  kalta-kalta,  yassi 

boshli,  tum shugi  pachoq,  quloqlari  kichkina,  oyoq 

panjalarining  orasi  parda  bilan  chirmashgan  va 

dumi  uzun  bu  maxluqni  men  qiziqib  ko'zdan  ke- 

chirdim.  Keyingi  paytlarda  juda kamyob bo'lib  qol­

gan  bu  qimmatbaho  yirtqich  hayvonni  baliqchilar 

ovlashga  zo‘r  berib  intiladilar.  U  endilikda  Tinch 

okeanning  shimoliy  qismlaridagina  uchrab,  keyin- 

chalik tamoman yo‘q bo‘lib ketsa ham ajab emas.

Matros  suvsarni ^yelkasiga  ko'tarib  oldi  va  biz 

yana yo'lda davom efdik.

Bir  soat  davomida  qum  tekisligi  boylab  bordik. 

Ba’zi  o'rinlarda  u  dengiz  sathidan  ikki  metr  yer- 

gacha ko'tarilgan edi.  Shunda men aksimizni  oyna-



1  Dengiz  suvsari  Komandor  oroli  sohillariga  yaqin  zonada  ya-

 

shaydi.



166

dagiday yaqqol ko'rdim -   go‘yo tepamizda bir to ‘da 

odamlar  bizning  barcha  harakatlarimiz  va  imo- 

ishoralarimizni qaytarib borar... ammo boshi pastda 

va oyoqlari yuqorida edi.

Yana  bir  narsa  diqqatni  jalb  etar  edi:  tepamiz­

da  ketma-ket  bulutlar  galasi  kelib  suvda  erib  ket- 

ganday  bir  zumgina  yorug'lik  yuzini  to'sardi.  Bu 

g'alati  manzaraning  sababini  oylab,  shunga  amin 

bo'ldimki,  «bulutlar»ning  bunday  taassurot  qoldi- 

rishi  ustimizdagi  to'lqinlanayotgan  suv  qatlami 

qalinligining  o'zgarishidan  bo'lak  narsa  emas.  Qa­

rab  turib  to'lqinlar  qirrasidagi  ko'pik  mavjlarini 

ko'rdim.  Suv shu qadar shaffof ediki, men hatto suv 

ustida  lip-lip  o'tayotgan  katta  dengiz  qushlarining 

soyalarini ham aniq ko'rib turardim.

Xuddi  ana  shu  payt  ovchiga  ko'rish  sira  nasib 

etmagan  ajoyib  o'q  uzishning  shohidi  bo'ldim.  Qa- 

notlarini  keng  yoyib  parvoz  qilib  kelayotgan  alla- 

qanday katta bir qush suvga yaqinlashar edi. U aniq 

ko'rinib  turardi.  Qush  dengiz  sathidan  bir  necha 

metr  yuqorida  uchayotganda,  matros  qurolini  yel- 

kasiga  tirab,  unga  qarab  o'q  uzdi.  Qush  dengizga 

shu qadar zarb bilan quladiki, suv qarshiligini kesib, 

deyarli  merganning  qo'liga  kelib  tushdi.  Bu  dengiz 

qushlari  gruppasining  ajoyib  namunasi  yirik  albat- 

ros1 edi.

Ikki  soat  davomida  biz  goh  qum  tekisligi,  goh 

suv  o'simliklari  bilan  qoplanib,  yurishni  mushkul- 

lashtiradigan  yaylovdan  bordik.  Ochig'ini  aytsam, 

blzdan  yarim  milyacha  naridagi  allaqanday  xira 

yoffduga  ko'zim  tushganda,  holdan  toyayozgan 

•dun.  Bu  «Nautilus»  projektori  edi.  Ko'pi  bilan  yi- 

firm a  mlnutdan  so'ng biz  kema  bortiga yetishimiz 

mumkin  edi.  U  yerda  ko'kragimni  to'ldirib  nafas

1

 

Albatros  -



 ylrlk dengiz qushi.

167

olish umidida edim,  chunki rezervuardan shlem or- 

qali  o'tayotgan  siqiq  havoda  endi  yetarli  kislorod 

yo'qday tuyulardi  menga.  Ammo  kemaga  qaytishi- 

mizni  biroz  kechiktirgan  bir  uchrashuvni  hisobga 

olmagan  ekanman.  Men  kapitan  Nemo  ortidan  yi- 

girma metrcha masofada borar edim.  Birdan u qay- 

rilib,  tez  men  tomon yurdi.  Temir  qo'li  bilan  meni 

yerga ag'dardi. Matros Konselni ham xuddi shunday 

qildi.

Boshda nogahoniy bu hujumning sababini bilol- 



may  qoldim.  Ammo  kapitanning  o'zi  ham  yonim- 

ga  cho'zilib,  qimirlamay  yotganini  ko'rib  tinch- 

landim.

Men  suv  o'simliklari  butalari  ostida  nima 



bo'lganini  bilmay  yotganimda,  birdan  ustimizdan 

allaqanday  yo'g'on  narsalar  yiltirab  o'tayotganiga 

ko'zim  tushib  qoldi.  Yuragim  to'xtab  qolganday 

bo'ldi.  Bu  bahaybat  narsalar bir juft  akula  ekan.  Bu 

dahshatli  maxluqlaming  dumi  juda  katta,  bir  ur- 

ganda  odamni  tars  ikkiga  yorib  tashlaydigan,  cha- 

kaklari temirday va xira ko'zlari shisha singari edi.

Konsel  klassifikatsiyalash  bilan  bandmidi,  bil- 

madim,  ammo  o'zim  haqimda  shuni  ayta  olaman- 

ki,  ularning kumushrang qorni va  katta-katta o'tkir 

tishlariga tabiiyotshunos olim emas, balki o'lja sifa- 

tida qarardim.

Yaxshiyam  baxtimizga  bu  dahshatli  yirtqich- 

laming  ko'zlari  juda  xira  ko'radi.  Ular  naq  boshi- 

miz  ustidan  hech  narsani  ko'rmay  suzib  o'tishdi. 

Baxtimiz chopib o'rmon ichkarisida sher bilan uch- 

rashuvdan ham dahshatliroq xavfdan qutuldik.

Yarim  soatdan  so'ng  biz  projektori  yo'limizni 

yoritib  turgan  «Nautilus»ga  yetib  oldik.  Tash- 

qaridagi  eshik  ochiq  qolgan  edi.  Biz  kabinaga  kiri- 

shimiz bilan kapitan Nemo uni  zarb bilan urib yop-

168


di.  Shundan so‘ng u tugmani bosdi. Men kema ichi- 

dagi  nasoslar  shovqinini  eshitdim  va  atrofimdagi 

suv  sathi  pasayayotganini  sezdim.  Bir necha  minut 

ichida kabina suvdan tamoman xoli bo'ldi. Shundan 

so'ng ichki eshik ochilib, biz kiyim yechadigan yer- 

ga o'tdik.

Ustimdagi  skafandrni  yechib  olishgach,  qattiq 

charchoq,  uyqu  bosish  va  darmonsizlikdan  gandi- 

raklab, bu ajoyib suvosti ekskursiyasidan juda mam- 

nun holda xonamga kirib bordim.



0 ‘ n  s a k k i z i n c h i   b o b

 

TINCH OKEAN OSTIDAN  16000 KILOMETR

Ertasi  kuni,  18-noyabrda,  men  juda  tetik  va  ti- 

niqib  uygondim.  Men  «Nautilus»  palubasiga  kapi­

tan yordamchisi  o'zining  odatdagi  iborasini  qayta- 

rayotgan  daqiqada  chiqib  qoldim.  Birdan boshimga 

bu  ibora:  «Hech narsa ko'rinmaydi»  degan ma’noni 

anglatadi, degan fikr keldi.

Haqiqatan  ham  okean  sathida  mutlaqo  hech 

narsa  ko'rinmas  edi.  Ufqda  bitta  ham  yelkan  yo‘q. 

Krespo  orolining  tog‘lari  tundayoq  ko'rinmay  qol- 

ganga  o'xshaydi.  Dengiz  barcha  boyoqlarni  o‘zida 

singdirib, moviy rangdagina jilvalanar edi.

Okean  tongining  ajoyib  manzarasini  zavq  bilan 

kuzatayotganimda,  palubaga  kapitan  Nemo  chiqdi. 

U go'yo meni ko'rmaganday astronomik kuzatuvlari 

bilan m ashgul bo'ldi.

Ishini  tugatib,  shturval  budkasi  oldiga  bordi  va 

tirsaklarini tiragancha, okeanni kuzata boshladi.

Shu  orada  palubaga  yigirma  chogli  matros 

chiqdi.  Bularning  barchasi  barvasta  va  baquwat 

kishilar  edi.  Matroslar  tunda  tashlangan  to'rlarni 

yig'ishtirib ola boshladilar. Ular turli millat kishilari

169


edilar.  Ular  orasida  bir  necha  irlandiyalik,  fransuz, 

slavyan, bir grek,  asli Krit orolidan bo'lgan yana bir 

kishi bor edi. Ularning hammalari ham juda kamgap 

va o'zaro allaqanday tushunib bo‘lmaydigan va men 

kelib chiqishini ajratolmagan bir tilda fikr almashar 

edilar.


Matroslar  to'rlarni  palubaga  tortib  chiqardilar. 

Bu katta  qop  shaklidagi  normandcha to'rlarni  esla- 

tar, uning og'zidan ichki aylanasi tomon yog'och va 

zanjirlar  o'tkazilgan  bo'lib,  yarim  ochiq  holda  suv­

da qoldirilar edi.  Qop kema quyrug'iga po'lat simlar 

bilan  boglangan  bo'lib,  yo'lida  uchragan  narsani 

yig'ib olar edi.

Shu  kuni  o'zlarining  sinchkovliklari  oqibatida 

okean hayvonot  olamining namunalaridan baliqchi 

baliqlar  to'rga  ilingan  edilar.  Bu  baliqlar  beniho- 

ya  xunukliklari,  badnafsliklari  va  g'alati  suzishlari 

tufayli  «dengiz  alvastilari»  deb  atalganlar.  Bu  ba­

liqlar  dengiz  tubida  turib  oldingi  suzgichlari  bilan 

bir  joydan  ikkinchi  joyga  sakraydilar.  To'rda  qash- 

qa tikanqorinlilar ham tipirchilab yotardi;  osoyish- 

ta  vaqtida  bu  baliqning  qorni  ichiga  tortilib  turar, 

ammo  xavf-xatar  yaqinlashayotganini  sezgunday 

bo'lsa,  u  o‘zini  shishirib,  qavat-qavat  terisini  yo- 

yar,  shar  holatiga  aylanib,  dahshatli  tikanlar  bi­

lan  qoplagan  qornini  g'animga  tutar  edi.  Shundan 

so‘ng  to'rlardan  «Nautilus»  palubasiga  bir  nechta 

sarg'ishroq  ilonbaliq;  uzun  tanasi  dum  suzgichla­

ri  o'rniga  ingichka  ip  bilan  tugaydigan  ikkita  ku- 

mush kulrang ingichka  dum;  tanasining pastki  qis- 

mini  uzun  to ‘g‘ri  suzgich  egallagan  ikkita  tangali 

to ‘g‘ripat;  qo‘ng‘ir  qashqalari  bo'lgan  sarg'ish  kul­

rang  treska;  ko'plab  turli-tuman  bichoklar1  va  ni­

hoyat juda tez harakat qilishlariga qaramay, to'rdan





Bichok -

 baliqning bir turi.

170

qutulolmagan  bir  nechta  yirik  ajoyib  tuneslarni 

ag'darishdi.

To'rlardan  kamida  ming  qadoq  baliq  chiqdi.  Ov 

juda zo‘r bo‘lmasa-da, chakki emas edi.

Har  holda,  to'rlar  bir  necha  soat  mobaynida 

kema  ortidan  sudralib,  yo'lda  uchragan  bor  narsa- 

nigina yig'ishtirib olgan edi.

Ovlangan  baliqlarning  hammasini  matroslar 

kambuzga1  olib  borishdi:  ulardan  bir  qismi  kunda- 

lik  taomda  yeyilishi,  qolgani  esa  g'amlab  qo'yilishi 

kerak edi.

Baliq  ovi  tugadi;  kema  hozir  suvga  sho'ng'iydi, 

deb  o‘ylab,  endi  xonamga  qaytmoqchi  bo'lib  tur­

gan  edim,  ammo  to'satdan  kapitan  Nemo  menga 

yaqinlashib, so'z boshladi:

-   Okeanga  qarang,  professor!  Qalay,  sizga  ham 

bu tirik mavjudot ba’zan qahrnok, ba’zan esa mulo- 

yim bo'lib tuyuladimi?  Kecha kechqurun u ham biz 

singari uyquga ketdi,  bugun esa sokin tundan keyin 

ruhi tetiklashib, yaxshi kayfiyatda uyg'ondi.

«Na salom bor,  na xayr-xo'sh!  -   o'yladim m en.- 

Chetdan  qaraganda,  bu  odam  men  bilan  ancha 



о

 1- 


din  boshlagan  suhbatini  davom  ettirayotganday 

bo'lib ko'rinadi!»

-   Qarang,  -   deya  so'zini  davom  ettirdi  kapi­

tan  Nemo,  -   mana,  u  quyoshning  erkalashlari  bi­

lan  uyg'onyapti,  hozir  o'zining  kunduzgi  hayotini 

boshlaydi.  Uning  organizmida  hayotiy  faoliyatning 

uyg'onayotganini  kuzatish  naqadar  zavqli!  Uning 

yuragi,  qon tomirlari bor... Men olim Morining oke- 

anda  jonivorlardagi  qon aylanishiga o'xshash hara­

kat borligi haqidagi fikriga tamomi-la qo'shilaman.

Kapitan  Nemo  mendan  javob  kutmayotgani 

aniq ko'rinib turar edi.  Shuning uchun men o'zimni





Kambuz -

 kema oshxonasi

171

uning  gaplariga  «juda  to ‘g‘ri»,  «haq  gapni  aytyap- 

siz»,  «ha  albatta»  degan  mantiqsiz  luqmalar  tash- 

lab turish ehtiyojidan xoli etdim.

Kapitan  o'ziga  o‘zi  so'zlayotganday  har  bir  ga- 

pidan keyin uzoq jim bo'lib qolardi.  Bu ovoz chiqa- 

rib fikrlashning xuddi o‘zi.

-   Ha,  -   dedi u,  -  harorat almashuvi,  tuz va mik- 

roorganizmlar  mavjudligi  tufayli  okeanda  doimiy 

o'zgarishlar bo'lib turadi.  Haroratning almashib tu- 

rishidan  turlicha  suv  zichligi  hosil  bo'ladi,  buning 

natijasida  esa  oqim  va  qarshi  oqimlar  kelib  chiqa- 

di.  Qutb  tomonlarda  juda  oz va  ekvatorial  zonalar- 

da  esa ko'plab bo'lib turadigan  suvning bug'lanishi 

tropik  va  qutb  suvlarining  tez-tez  almashib  turi- 

shiga  olib  keladi.  Bundan  tashqari,  men  suvning 

hamisha yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga  ha­

rakat  qilib  turishini  payqadim;  bu  okeanning  chi- 

nakam nafas  olishini  ifodalaydi.  Quyosh  nurlaridan 

qizigan  zarra  dengiz  sathidan  uning  qa’riga  tusha- 

di,  noldan  yuqori  ikki  darajagacha  sovib  o'zining 

me’yoridagi  zichligiga  erisha-di  va  sovub  yengil- 

lashgach,  yana  suv sathiga  ko'tariladi.  Siz  bu  hodi- 

saning natijalarini qutbda ko'rasiz Va o'shanda nega 

suvning faqat sathi muzlashini bilib olasiz.

Kapitan  Nemo  og'zidagi  gapni  aytib  bo'lguncha 

xayolimdan:  «Qutbda?  Nahotki,  bu  jasur  kishi  biz­

ni  o'sha  yoqqa  olib  bormoqchi  bo'lsa?»  degan  fikr 

o'tdi.


Shu  orada kapitan jim bo'lib  qoldi;  uning nigohi 

o‘zi  juda  sinchiklab  va  mehr  bilan  tinmay  kuzata- 

yotgan okeanga qadalgan edi.

Birpas jim turgach, yana gapira ketdi:

-   Dengizda  tuz  juda  ko‘p.  Dengiz  suvidagi  eri- 

gan  tuzlarning  hammasini  yigganda,  u  to‘rt  yarim 

million kub milya hajmni qoplar edi.  Bordi-yu, pro­


Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар)
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Gul bir yon, m a n bir yon
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Yoshlar 4 kutubxonasi
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Xamsa alisher Navoiy xamsa
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Shokolad fabrikasi

Download 9.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling