Suv ostida sakson ming kilometr
Download 9.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 Okeanning eng chuqur yeri 10000 metrdan ortiqroqdir (Tinch okeanda); 1 2 0 0 0 -1 5 0 0 0 metr chuqurlik esa yo‘q. 16
- «fanob professor Aronaksga. «Beshinchi avenyu» mehmonxonasi, Nyu-York. Muhtaram janoblari!
- 1 Atlantik okeandan Tinch okeanga Amerika qit’asining shimo- liy qirgoqlari yonidan otadigan yo‘l. 21
- 1 So‘z o y in i. «Konsel»(consiel) - fransuzcham aslahatdegani. 22
15 yoritilib, ma’lum bo'lgan barcha faktlar ilmiy nuq- tayi nazardan baholandi. Shu maqoladan parcha keltiraman: «Shunday qilib, - deb yozdim men ilgari suril- gan barcha taxminlarni birma-bir keltirib, - aqlga sig'adigan boshqa biror taxminga asoslana olmas- ligimiz tufayli, bahaybat maxluqni juda kuchli de- ngiz hayvoni deyishdan bo'lak ilojimiz yo‘q. Juda chuqurlikdagi okean hayoti bilan biz mut- laqo tanish emasmiz. Hech qanaqa burg'i hali u yerga yetgani yo‘q. Bu tubsiz chuqurlikda nimalar bo'lyapti? U yerda qanday mavjudotlar yashayap- ti, dengiz sathidan o‘n ikki-o‘n besh ming metr chuqurlikda1 qanaqa mavjudotlar yashay oladi? Bu mavjudotlarning tuzilishi qanaqa? Bu haqda hatto biror taxmin ham aytish qiyin. Bu masalani ikki yo‘l bilan yechish mumkin: yo yer yuzidagi barcha mavjudotlar bizga ma’lum, yoki ulardan faqat ayrimlari ma’lum. Bordi-yu, planetamizda yashayotgan bar cha mavjudotlarni bilmasak, tabiatning hali biz ga noma’lum sirlari bo'lsa, unda baliq yoki dengiz sutemizuvchilarining juda chuqurlikda o ‘z qonun- qoidalari bilan yashayotgan va bizga ma’lum bo'lmagan turlari va nasllari borligini inkor etishga asosimiz yo‘q. Bunday mavjudotlar okeanning tad- qiqotchilar yeta olmaydigan quyi qatlamlarida ya- shashlari va biror noma’lum ta ’sir ostida yoki hech qanday sababsiz vaqt-vaqti bilan suv sathiga suzib chiqishlari mumkin. Aksintfha, bordi-yu, tirik mavjudotlarning bar cha turlari bizga ma’lum bo'lsa, unda biz o'rgana- yotgan bahaybat maxluqni turkumlarga ajratilgan 1 Okeanning eng chuqur yeri 10000 metrdan ortiqroqdir (Tinch okeanda); 1 2 0 0 0 -1 5 0 0 0 metr chuqurlik esa yo‘q. 16 dengiz hayvonlari qatoriga qo'shmog'imiz kerak. Bunday taqdirda men juda ulkan narval1 mavjud degan fikrni ilgari surardim. Oddiy narvalning bo'yi ko'pincha o'ttiz futga yetadi. Ana shu uzunlikni beshga, o‘nga kopay- tiring, uning kattaligiga qarab qoziq tishida qancha kuch bo'lishi mumkinligini chamalang va shunda sizni tashvishlantirayotgan jumboqqa javob olasiz. Bu hayvon «Xanaan» ofitserlari aytgan hajmga teng keladi, qoziq tishlari «Shotlandiya» korpusidagiday shaklda tesha oladi, uning paroxodni okean tubiga cho'ktirishga yetarli kuchi ham bo'ladi. Chindan ham narvalning o'ziga xos qoziq tishi, yoki ayrim tabiatshunoslarning tili bilan aytganda, alebardasi bor. Bu alebarda po'latdek qattiq bo'ladi. Ana shunday alebardalarni narvallar bilan jangda ko'pincha maglubiyatga uchraydigan kitlarning ta- nasidan bir necha marta topib olishgan. Bir yonidan kirib, ikkinchi tomonidan teshib chiqqan ana shun day alebardalarni yog'och kemalarning korpusidan mashaqqat bilan sug'urib olishgan. Parijdagi meditsina fakultetining muzeyida uzunligi ikki-yu chorak metr keladigan alebarda bor. Bu alebarda o‘zak tomonining yo'gonligi qirq sakkiz santimetr. Shunday qilib, oddiylaridan o‘n baravar katta va juda ulkan alebarda yoki qoziq tishli narvalni ko‘z oldimizga keltiramiz, soatiga yigirma dengiz mil- yasi tezligida yura oladi, deb faraz etamiz, uning jismini tezligiga ko‘paytiramiz, ana shunda u bilan to'qnashgan har qanaqa kemaning ham halokatga uchrashi sizni taajjublantirmaydi! 1 Narval - kitsimon sutemizuvchi yakkashox dertgiz hayvoni. Urg'ochi narvallarning chap jag'ining yuqori qismida katta qoziq , tishi bo'Iadi. V ~ S i f / f 17
Pirovardida shuni aytmoqchiman: hozircha boshqa batafsilroq ma’lumotlar yo‘q ekan, men bu bahaybat maxluqni oddiy alebardali emas, balki usti po'lat bilan qoplangan, kemaday mustahkam va kuch-quwatda ham undan qolishmaydigan ha- qiqiy taranli narval deb hisoblayman! Bu kamdan kam uchraydigan g'aroyib voqeani... agar u darhaqiqat chin bo'lsa, faqatgina shunday izohlash mumkin. Buning o‘zi hali tadqiq etishga muhtojdir». Ana shu so'nggi ibora qo'rqoqlik orqasida yo- zilgan: men buni olimlik mavqeyimni saqlash va amerikaliklar oldida kulgi bo'lishga turtki bermaslik uchun yozdim. Shunday qilib, men bu bilan o'zimni oqlash chorasini topib q o 'y g a n bo'lsam ham, ammo bahaybat maxluqning mavjudligiga hech qanday shubham yo‘q edi. Mening maqolam keng tarqalib, katta shov- shuvlarga sabab bo'ldi. Hatto unga bir qancha ta- rafdorlar ham to'plandi. Jumboqni hal etmoq uchun unda keltirilgan dalillar tasaw ur qilib ko'rishga katta imkoniyat berdi. Odamlar g'ayritabiiy narsa- larni oylashni yaxshi ko'rishadi. Dengiz esa, dar haqiqat, juda ulkan mavjudotlarning o'sishi uchun sharoit yaratib bera oladigan birdan bir qulay mu- hitdir. Yerdagi fil va karkidon singari yirik mavju- dotlar ular oldida arzimagan gap. Sutemizuvchilar- ning kit singari eng yirik namunasi ham dengizda yash^ydi. Nega endi o‘sha yerda bahaybat mollus- kalar, uzunligi yuz metr keladigan dahshatli qis- qichbaqasimon omarlar yoki har birining vazni ikki yuz tonnagacha yetadigan qisqichbaqalar yashashi mumkin deb faraz qilmas ekanmiz. Oldingi geologi- ya davrlarida to'rt oyoqlilar, to'rt qo'llilar, qushlar va o'rmalovchilar juda ulkan bo'lganlar. 0 ‘n yillar,
yuz ming yillardan keyingina ular hozirgi hajmga- cha kichrayganlar. Yer qatlami doimiy o'zgarishda bo'lib tursa-yu, shu davr mobaynida dengiz tarkibi o'zgarishsiz qolsa, nega endi unda hayvonot olamining oldin- gi geologik davrlardan namunalar saqlanib qolmas ekan?! Nega endi dengiz o‘z qa’rida umrlari yil- lar bilan emas, balki asrlar yoki ming yillar bilan o'lchanadigan ana shu dastlabki bahaybat mavju- dotlarning so'nggi namunalarini saqlamagan bo‘l- sin? Sirasini aytsam, shirin xayolga berilib ketdim. Lekin bu haqda boshqalarga nisbatan kamroq o‘y- lardim.
Yana qaytaraman, bu ajoyib hodisaning tabia- ti to ‘g‘risida boshqa bahs-munozara bo'lmadi. Ja- miyat ertaklardagi dengiz ilonlariga sira aloqasi bo'lmagan qandaydir juda katta hayvonning borli- giga ishondi. Biroq ba’zilarga bu masala ilmiy nuqtayi nazar- dan qiziq bo'lib ko'rinsa, okean kemalarining xavf- sizligidan manfaatdor inglizlar va amerikaliklar ol dida dengizni bu xavfli maxluqdan tezda xoli etish uchun zarur choralar ko'rish masalasi turar edi. Moliya va savdo masalalari bilan shug'ulla- nuvchi matbuot endi bahaybat maxluq bilan bogliq bo'lgan masalaga faqat shu nuqtayi nazardan yon- dasha boshladi. «Dengiz sharhlovchisi», «Lloyd ga- zetasi», «Paketbot», «Dengiz savdosi gazetasi» kabi katta ziyon ko'rish xavfi tug'ilib turgan sug'urta ja- miyatlarining mana shu barcha matbuot organlari bahaybat maxluqqa qarshi shafqatsiz urush e ’lon qilishni yakdillik bilan talab eta boshladilar. Jamoatchilik, birinchi navbatda shimoliy ame rikaliklar fikri sug‘urta jamiyatlari tomonida edi.
Nyu-Yorkda narvalni ovlash uchun ekspeditsiya tayyorlay boshladilar. Bu ekspeditsiya uchun tezyu- rar «Avraam Linkoln» harbiy kemasini shaylashga qaror qilindi. Harbiy qurol-yarog'lar tayyorlanadigan barcha yerlarning eshiklari, qaysi yo‘l bilan bo'lmasin, tez- roq suzib ketishga harakat qilayotgan shu kema ko- mandiri kapitan Faragut uchun kengochib qoyildi. Ammo shunday paytlarda odatdagiday, maxluqni qidirib borishga qaror qilingan zahoti aksiga olib, u ко‘rinmay ketdi. Ikki oy davomida u haqda hech kim hech nima eshitmadi. Bironta kema uni uchratmadi. go‘yo narval unga qarshi yurish boshlanishini sez- ganday edi. Atlantik okeani suvosti kabellari orqali shu qadar ko‘p gapirildiki!.. Hazilkashlar mug'ambir narval juda ko‘p telegrammalardan birini olib, shosha-pisha iniga kirib ketdi, deb kulishdilar. Shunday qilib, harbiy kema safar hozirligini ко‘rib, g'ayrioddiy ovga zarur anjomlar bilan jihoz- lanib bo'lganda, kapitan qayoqqa qarab yurishni bi- lolmay hayron edi. Hammaning sabr kosasi to‘lay deb turganda, San-fransisko va Shanxay oralig'icfa qatnaydigan kema bundan qariyb uch hafta muqaddam maxluq ni Tinch okeanning shimoliy qismida uchratgani haqida xabar tarqalib qoldi. Bu xabar juda katta ta- assurot qoldirdi. Kapitan Faragutga safarni loaqal bir kunga ham kechiktirishga ruxsat berishmadi. Oziq-ovqat kemaga ortilgan, tryumlar ko'mir bilan liq to'la, komanda sostavi shay. 0 ‘txonani yoqib, bug hosil qilish-u, langarni ko'tarib jo'nab ketish qolgan edi, xolos. Kapitan Faragut hatto yarim kungina kechikkan- da ham uni hech kim kechirmas edi. Sirasini ayt- ganda, uning o‘zi ham yo‘lga oshiqardi.
«Avraam Linkoln» kemasining jo'nab ketishiga uch soat qolganida menga quyidagi mazmundagi maktubni topshirishdi:
Dengiz ministrining xatini olishimdan uch se- kund oldin men Shimoli-g'arbiy muzliklar1 orqali o'tish to'g'risida qanchalik oylagan bo'lsam, nar- valni qidirib borish haqida ham shunchalik bosh qotirayotgan edim. Xatni olganimdan keyin oradan ilich sekund o'tgach, mening chinakam vazifam, ha- yotimning yagona maqsadi ana shu xavfli bahaybat maxluqni qidirib borish va insoniyatni undan xalos etish ekanligini tushunib yetdim. Ayni vaqtda men endigina og'ir safardan qaytib, juda charchagan, dam olishim zarur edi. Vatanim- ga, yor-do‘stlarim huzuriga, Botanika bog‘i yonida- gi kichkina uyimga, o'zimning qimmatli va beba- ho kolleksiyalarimga qaytish orzusida edim. Biroq meni hech nima to'xtata olmadi. men hamma nar- 1 Atlantik okeandan Tinch okeanga Amerika qit’asining shimo- liy qirg'oqlari yonidan o'tadigan yo‘l. 21 sani - charchoqni, yor-do‘stlarimni ham, kolleksi- yalarimni ham unutdim va hech ikkilanmay Ameri- ka hukumatining taklifini qabul etdim. «Buning ustiga, - deb oyladim men, - hamma yo'llar Yevropaga olib boradi, binobarin, narval ham meni Fransiya sohillariga yetaklasa ajab emas. Bu katta o'lja Yevropa dengizlarida qo'lga tushib qolsa bormi?! 0 ‘shanda uning qoziq tishidan loa- qal yarim metrini Parijdagi tabiiyot tarixi muzeyiga olib borardim!» Ammo hozircha narvalni Tinch okeanning shi- moliy qismida qidirishga to ‘g‘ri keldi. Bu Fransiya- ga qaytish uchun butun dunyoni aylanib chiqishim kerak, degan gap. - Konsel! - deya qichqirdim men sabrsizlik bilan. Konsel mening xizmatkorim. U safar vaqtida hamisha menga hamroh. Bu flamandiyalikka ixlo- sim juda baland. 0 ‘z navbatida u ham menga shun- chalik ixlosmand. U tabiatan sovuqqon, beg'amroq, xushfe’l, og'ir-vazmin, mo'min-ma’qul va tirish- qoq; turmushda bo'lib turadigan mayda-chuyda tasodiflarga ortiqcha e ’tibor berib o'zini diqqat qi- lavermaydigan, hamma ish qo'lidan keladigan, ha misha ishga tashna odam. Ismi jismiga monand emas1. Iltimos qilishganda ham hech kimga masla- hat bermaydi. Konsel mening kichkina uyimga kelib turadigan olimlar davrasida muttasil bo'lganidan, talaygina narsalarni o'rgandi, tabiiyot fani tasnifi sohasida mutaxassisga aylandi. Butun bo'limlar, guruhlar, sinflar, sinfchalar, turkumlar, oilalar, nasllar, tur- lar va turchalar narvoniga akrobatlarcha chaqqonlik bilan chiqib tusha olardi. Biroq uning butun bilimi
ana shuning o'zidangina iborat edi. Turlarga bo'lish nazariyasini yaxshi bilardi-yu, amaliy bilimdan juda uzoq edi. Nazarimda u tashqi ko'rinishdan kitni kashalotdan ajrata olmasdi. Shunga qaramay u ajoyib odam! 0 ‘n yil davomida Konsel butun ilmiy ekspedi- tsiyalarda men bilan birga bo'ldi. Men biron marta uning safar cho‘zilib ketdi yoki charchadim deb no- liganini eshitmasdim. Konsel istagan daqiqada, qaysi mamlakat bo'lmasin - Xitoymi yoki Kongomi surish- tirmay, hech narsadan cho'chimay ketaverardi. Uning salomatligi juda yaxshi. Bundaylar hech qanaqa kasallikdan qo'rqmaydilar. U mushaklari baquwat, asablari metin bir odam edi. Konsel o'ttiz yoshda edi. Uning yoshi xo'ja- yinning yoshiga o‘n beshning yigirmaga nisbatiday gap. Qirq yoshimni shu qadar murakkab majoziy yo‘l bilan bildirganim uchun uzr. Konselning bir kamchiligi bor edi. U ashaddiy rasmiyatchi, men bilan doim uchinchi shaxsda gap- lashardi. Shunday kezlarda ko'pincha yuragim to- shib ketardi. - Konsel! - yana chaqirdim va ayni vaqtda shosha-pisha safar hozirligini ko'ra boshladim. Konselning menga haddan tashqari sodiqligiga imonim komil edi. Odatda men safarga chiqish ol- didan hech qachon uning roziligini so'rab o'tirmas edim, ammo bu gal ekspeditsiyaning qancha cho'zilishi ham ma’lum emas, buning ustiga bu ish xavfli edi. Kemani pista po‘chog‘iday to'ntarib tash- lashga qurbi yetadigan maxluqning izidan borish hazilakam gap emas! Dunyodagi eng og‘ir-vazmin odam ham bir o 'y la b ko'rardi. Ammo Konsel nima derkin?
- Konsel! - uchinchi marta chaqirdim men. 23 Konsel kirib keldi. - Xo'jam meni chaqirdilarmi? - so'radi u kirgan zahoti. - Ha, azizim. Safar jabdug'ini hozirla. Ikki soat- dan keyin jo'naymiz. - Xo'jam shuni istasalar, tayyorman, - deb ba- maylixotir javob berdi Konsel. - Har bir daqiqa g'animat. Butun kerakli narsa- larni - ust-bosh, ko'ylak, paypoqlami chamadonga sol. Siqqanicha joyla, ammo mumkin qadar tezroq bo‘1! - Xo'jamning kolleksiyalari-chi? - luqma tash- ladi Konsel. - Ularni keyinga qoldiramiz. Mehmonxonada tu- rib tursin. - Bug'u-to'ng'izni-chi? - 0 ‘zlari boqishaveradi. Aytganday, butun hay- vonotxonamizni Fransiyaga jo'natishlarini aytishim kerak. Demak, biz Parijga bormayotgan ekanmiz- da? - deb so'radi Konsel. - Nima desam bo'ladi, - deya mujmal javob qay- tardim men, - biroz aylanma yo‘1 bilan borishga to'g'ri kelyapti shekilli... - Xo'jam shuni istasalar, har qanday aylanma yo‘l bosh ustiga. - Albatta bu hech gap emas! Faqat yo‘l biroz olisroq bo'ladi... Biz «Avraam Linkoln»da jo'nay miz. - Xo'jam shuni istasalar, - deya vazminlik bilan tasdiqladi Konsel. - Bilasanmi, og'ayni, gap bahaybat maxluq... o'sha, mashhur narval ustida boryapti... Biz oke- anlarni undan xoli etishimiz kerak!.. «Okean tubi- ning sirlari» ikki tomligining avtori kapitan Faragut
bilan bo‘ladigan safardan bosh torta olmaydi... Bu sharafli vazifa, ammo shu bilan birga xatarli ham! Narval bizni orqasidan qayoqqa ergashtirib bori- shi noma’lum... Bu maxluq juda injiq bo'lishi ham mumkin. Ammo nima bo‘lsa ham biz boramiz! Ka- pitanimiz - zo‘r odam. - Xo'jam qayoqqa borsalar, men ham o‘sha yoq- qa boraveraman-da, - dedi Konsel. - Yaxshilab oylab ol! Sendan hech narsani yashirmoqchi emasman. Bu - borsa qaytish qiyin bo'lgan safarlardan. - Xo'jam shuni istasalar... Oradan chorak soat o'tganda chamadonlar taxt qilib
q o 'y ilg a n edi. Konsel hech narsani unutma- di. Bu ajoyib odam ko'ylak va ust kiyimlarni ham qush va sut emizuvchilarni turlarga ajratgani kabi ko'ngildagiday joylaydi. Yo'lak mulozimi yuki- mizni mehmonxonaning chiqaverishiga olib borib qoydi. Men pastki qavatdagi hamisha odamlar bi lan liq to'la idoraga tushdim va jonivorlar hamda quritilgan o'simliklar joylashtirilgan toylarni Pa- rijga jo'natish lozimligini aytdim. Bug‘u-to‘ng‘izga yetadigan miqdorda kredit ochdim va qarzlarimni to'lab, nihoyat aravaga sakrab chiqdim. Bu yerda Konsel o'tirar edi. Ekipaj Brodvey boyidan Yunion xiyoboniga borib, so'ngra To‘rtinchi avenyuga qayrildi va un- dan Katrinstritga yetib, nihoyat 0 ‘ttiz to'rtinchi qirg‘oqda to'xtadi. U yerdan parom hammamizni - odamlami, otlar va ekipajni Bruklin-ga, Gudzon daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan Nyu-York shahar chekkasiga olib o'tdi. Bir necha minutdan so‘ng arava to ‘g‘ri ikkita mo'risidan halqa-halqa qalin tutun chiqarayotgan «Avraam Linkoln»ining ko'chma ko‘prikchasi oldiga kelib to'xtadi.
Yukimiz bir zumda kemaga ortildi. Men trap- dan yugurib bora turib, kapitan Faragutni qayerdan topsa bo'ladi, deb so'radim. Matroslardan biri meni ko'prikkacha boshlab borib, ochiq chehrali novcha dengizchini ko'rsatdi. U menga qo'lini uzatdi. - Janob Pyer Aronaksmi? - so'radi u. - Xuddi shunday, - javob berdim men. - Kapi tan Faragutmisiz? - Shaxsan o'zlari. Xush kelibsiz, janob profes sor! Kayuta sizga muntazir. Men ta ’zim qildim va ketish oldidagi dolzarb da- qiqalarda kapitanga xalaqit bermaslik uchun mat- rosdan ajratilgan kayutani ko'rsatishini so'radim. «Avraam Linkoln» nazarda tutilgan ekspeditsiya uchun juda mos edi. U tezlikni soatiga o'n sakkiz-u o'ndan uch mil- yagacha yetkaza oladigan, eng takomillashgan ma- shinalar bilan jihozlangan tezyurar kema edi. Sira- sini aytganda, shu katta tezlik ham gigant narvalni quvishga yetarli emasdi. Remaning ichki jihozlari ham uning dengizda su- zish sifatlaridan qolishmas edi. Menga ajratilgan kayu ta kemaning quyruq tomonidagi ofitserlar bo'lmasida joylashgan bo'lib, u menga juda ma’qul edi. - Bu yerda yaxshilab joylashib olishimiz mum kin, - dedim men Konselga. - Xo'jamning ruxsatlari bilan aytmoqchiman- ki, bu yer makonidan ajralgan qisqichbaqa shil- liqqurtning chig'anog'iga joylashib olganday gap bo'lar ekan-da, - dedi mening olim xizmatkorim. Men Konselni chamadondagi narsalarni chiqarib olish uchun kayutada qoldirib, o'zim jo'nashga tay- yorgarlikni ko'rish maqsadida kema sahniga chiq- dim.
Xuddi shu daqiqada Faragut «Avraam Lin- 26 koln»ni Bruklin qirg'og'ida saqlab turgan arqonni yechishga buyruq berdi. Chorak soat kechikkanimda «Avraam Linkoln» mensiz suzib ketib, favqulodda qiziq ekspeditsiyaga ishtirok etolmas edim. Sirasini aytganda, har bir narsaga ishonchsizlik bilan qaray- digan odamlar bu ekspeditsiyaning eng haqqoniy tafsilotiga ham ishonmasalar ajab emas. Kapitan Faragut narvalga qarshi yurishni bir kun emas, hatto bir soat, loaqal bir daqiqaga ham ke- chiktirgisi yo‘q edi. U kema injenerini chaqirdi. - Bug bosimi yetarlimi? - so'radi u. - Xuddi shunday, kapitan. - Sekin yurilsin! - buyruq berdi kapitan. Siqilgan havo harakatga keltirayotgan telegraf orqali bu buyruqni olgan mexanik kemani ishga tushiradigan richagni aylantirdi. Bug‘ vishillab silindrlarga o‘tdi va porshenlar eshkakni aylantiradigan vallarni harakatga keltirdi. , Vintning yassi parraklari borgan sari tezroq aylana boshladi va «Avraam Linkoln»ni kuzatuvchilar bilan liq to ‘la yuzlab kema va shatakchi paroxodchalar hamrohligida salobat bilan suzib ketdi. Bruklin qirgoqlari tomoshaga kelganlar bilan to ‘lib ketgan edi. Minglab tomoqlarni qirib chiqqan uch marta «ига» sadosi momaqaldiroqning gumbur- lashiday yangradi. «Avraam Linkoln» Nyu-York joy- lashgan yarim orol chetidan Gudzon daryosi suviga kirib olguncha minglab dastro'mollar olomon boshi uzra havoda hilpirab, kemani tabriklab turdi. «Avraam Linkoln» Gudzon daryosi oqimiga qa- rab pastga suzib, hashamatli uylar zanjirday tizi- lishgan Nyu-Jersey yoqalab borib, qo‘rg‘onlar yo- nidan o‘tayotganida, ularning to'pdan o‘q uzib berayotgan salutlariga javoban quyruq tomondagi
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy] Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi] 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Gul bir yon, m a n bir yon 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Yoshlar 4 kutubxonasi 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Xamsa alisher Navoiy xamsa 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Shokolad fabrikasi Download 9.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling