Suv ostida sakson ming kilometr


Download 9.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/45
Sana21.12.2019
Hajmi9.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45

27

o‘ttiz  to'qqizta  yulduz  bilan  bezatilgan  bayrog'ini 

uch  marta  ko'tarib  tushirdi.  Shundan  so'ng  kema 

yurishini  sekinlatib,  dengiz  kanalining kemalar yu- 

radigan  va  bakenlar1  bilan  belgilab  qoyilgan  loy- 

qa  farvateriga  kirib,  yana  minglab  tomoshabinlar 

tabriklayotgan  qumloq  Sendi-Gukni  ortda  qoldirib, 

ochiq dengizga chiqib oldi.

Turnaqator  bo'lib  kelayotgan  kemachi  va  sha- 

takchilar  «Avraam  Linkoln»ni  chiroqlari  Nyu-York 

portiga  kiraverishni  yogdu  bilan  ko'rsatib  turgan 

suzgich mayaklargacha kuzatib kelishdi.

Kunduz  soat  uch  edi.  Lotsman  narvonchani 

tashladi,  eshkakli  qayiq  uni  tezda  kemaga  yetkazdi 

va «Avraam Linkoln» tezligini oshirib, Long-Aylend 

sohillari bo‘y lab suzib ketdi.

Kechqurun  soat  sakkizlarda  Fayr-Aylend  chi­

roqlari  ко‘rinmay  qoldi  va  kema  shitob  bilan  At- 

lantik  okeanning  qoramtir  suvi  bo‘y lab  ilgarilab 

ketdi.

T o ‘ r t i n c h i b o b  

NED LEND


Kapitan  Faragut  yaxshi  dengizchi,  o‘zi  koman- 

dirlik  qilayotgan  ajoyib  kemaga  munosib  kishi  edi. 

Kema  bilan  u  go'yo  bir  butun  yaxlit  tana-yu,  ka­

pitan  miya  vazifasini  bajarardi.  U  narvalning  mav- 

judligiga  sira  shubhalanmas,  binobarin,  o‘zi  bor 

joyda bu boradagi bahsga mutlaqo yo‘l qo‘ymas edi. 

Bahaybat  maxluq  mavjud  va  kapitan  dengizni  un- 

dan xoli etadi. U shunga qasam ichgan edi.

Yo  kapitan  Faragut  narvalni  o'ldiradi  yoki  nar-



Baken  -   kemalar yuragidan  suvlarda  xavfli  joylarni  ko'rsatish 

uchun langarga bog'lab qo'yilgan suzgich.

28


val kapitan Faragutni o'ldiradi  -  boshqacha bo'lishi 

mumkin emas!

Kema  ofitserlari  o‘z  kapitanlarining  ishonchiga 

qo'shilar  edilar.  Ofitserlarning  yaqin  orada  bahay­

bat maxluq bilan uchrashish va  uning yurish tezligi 

haqidagi  bahslarini  eshitib huzur qilardi  kishi.  Hat- 

to odatda  qorovullikda  turishni  majburiyat ostidagi 

zerikarli bir narsa,  deb hisoblaydigan ofitserlar ham 

bu  galgi  reysda  ortiqcha  navbatchilik  qilishga  ha- 

misha tayyor edilar.

Hali  quyosh  osmon  gumbazida  kunduzgi  yo'lini 

davom  ettirar,  kemada  to ‘da-to‘da  bo'lib  turgan 

matroslar  bahaybat  maxluqni  topish  niyatida  de- 

ngizni  kuzatmoqda  edilar.  «Avraam  Linkoln»  esa 

hali Tinch okeandan uzoqda edi!

Kema  ekipaji  narvalni  uchratish,  uni  garpunga1 

ilintirib,  kemaga  tortib  chiqarish va burdalab  tash- 

lash  ishtiyoqida  yonar  edi.  Komandaning  bir  qis­

mi  butun  ishdan  bo'sh  vaqtini  dengiz  sathiga  diq- 

qat  bilan  tikilib  turish  bilan  o'tkazar  edi.  Shuni 

ham  aytish  kerakki,  kapitan  Faragutning  o‘zi  buni 

ma’qullab,  ikki  ming  dollar  mukofot  va’da  qildi. 

Bu  mukofot  narvalni  birinchi  bo‘lib  ko'rish  baxti- 

ga  muyassar  bo'lgan  yunga,  matros,  botsman  yoki 

ofitserni  kutar  edi.  Shunday bo'lgach,  kema  ekipaji 

qanchalik berilib  dengizga tikilib  turishini  tasawur 

qilish qiyin emas!

Menga  kelganda,  shuni  aytishim  kerakki,  kema 

bortlarida kun b o y i  astoydil turishda boshqalardan 

sira  qolishmasdim.  Yolg'iz  Konsel  hammani  qiziq- 

tirayotgan  masalaga  befarq  qarab,  umum  ishiga 

qo'shilmas edi.

Kapitan Faragut o‘z kemasini  juda ulkan kitlarni



Garpun  -   uzun  arqonga bog'lab  dengiz  hayvonlariga  otiladi- 

gan nayza.

29


ovlash uchun zarur bo'lgan barcha asbob-uskunalar 

bilan  jihozlagan  edi.  Bironta  kit  ovlovchi  kema  de- 

ngizga  bunchalik  jihozlanib  chiqmagan  bo‘lsa  ke­

rak.


Bizda  qo‘l  garpunidan  tortib,  maxsus  to'pdan 

otiladigan arra tishli o'qqacha -  hozirgi zamonning 

kit  ovlaydigan  barcha  uskunalari  bor  edi.  Kema 

tumshug'ida  o'zining  to'rt  kilogrammli  snaryadla- 

rini  o‘n  olti  kilometr  masofaga  ota  oladigan  tako- 

millashgan tezotar qurol turar edi.

Xullas,  «Avraam  Linkoln»  komandasining  o'lim 

keltiruvchi  qurollari  yetarli  emas,  deb  nolishiga 

o'rin yo‘q edi.  Bular kamlik qilganday, kemada  gar- 

punchilar qiroli Ned Lendning o‘zi ham bor edi!

Ned  Lend  asli  kanadalik  bo'lib,  dunyodagi  o‘ta 

epchil  kit  ovlovchi,  bu  xatarli  hunarda  unga  teng 

keladigani  yo‘q  edi.  U  o'taketgan  darajada  sovuq- 

qon, chaqqon, shijoatli va farosatli odam edi. Uning 

dahshatli  garpunidan  qutulib  ketish  uchun  juda 

makkor  kit,  g‘oyat  mug'ambir  kashalot  bo‘lishi 

kerak.

Ned  Lendning yoshi  qariyb  qirqqa  borib  qolgan. 



Bo'yi  salkam  olti  fut  keladigan  novcha,  baquwat, 

badjahl odam. U odamovi, tajang va sal narsaga tez- 

da tutaqib ketardi.

Uning  tashqi  qiyofasi  kishi  diqqatini  beixtiyor 

o ‘ziga  jalb  qilar,  ayniqsa  uzoqni  aniq  ko'ra  ola­

digan ko'zlari yuziga allaqanday o'ziga xoslik baxsh 

etar edi.

Menimcha,  kapitan  Faragut  mashhur  kit  ov- 

lovchini  ekspeditsiyada  qatnashishga  jalb  etib, 

juda  to'g'ri  ish  qilgan.  Baquwat  qo‘l  va  o‘tkir  ko‘z 

kerak  bo'lib  qolsa,  uning yolg'iz  o‘zi  butun  ekspe- 

ditsiyadan ko'ra ko'proq ish qiladi.

Ned  Lendni  kuchli  teleskop,  shu  bilan  birga

30


hamisha  shay  turgan  o‘qlog‘liq  to ‘p  bilan  teng- 

lashtirish mumkin.

Kanadalik,  ayni  vaqtda,  fransuz  Ned  qanchalik 

odamovi  bo'lmasin,  ammo  shuni  aytishim  kerak­

ki,  u  men  bilan  tez  orada  tanishib  oldi.  Ehtimol,  u 

fransuz  tilida  gaplashish  imkoniyati  tugilganidan 

quvongandir.  Kanadaning  ayrim  viloyatlarida  Rab- 

le1  vaqtlaridan  saqlanib  qolgan  qadimiy  fransuz 

shevasini men ham huzur qilib tinglar edim.

Ned Lend hali bu shahar Fransiyaga tobe bo'lgan 

qadim  zamonlarda  juda ko‘p  shijoatli  dengizchilar- 

ni yetkazib bergan eski  kvebeklar xonadoniga man- 

sub edi.

Bizning Ned bilan bo'lgan  suhbatlarimiz borgan 

sari  jonlana  boshladi.  Men  uning  qutb  dengizla- 

ridagi  sarguzashtlarini  miriqib  tinglar  edim.  uning 

ov  va  olishuvlar  to ‘g‘risidagi  hikoyalari  shu  qadar 

sodda va  shoirona  ediki,  ba’zan  qutb  mamlakatlari 

«iliada»sini  ashula  qilib  aytayotgan  allaqanday  ka­

nadalik Gomerni tinglayotganday tuyulardi menga.

Men  bu  jasur  kishini  hozir  bilganimcha  ta ’rif- 

layapman. Biz eski qadrdon do'stlarmiz va dahshat- 

li sinov kunlarida tug'ilgan do'stligimiz mustahkam 

ya buzilmasdir.

Bahaybat  dengiz  maxluqi  borasida  Ned  Lend- 

ning  fikri  qanday  edi?  E’tirof  etishim  kerakki,  u 

narvalning  mavjudligiga  ishonmas  edi  va  kema- 

da  ko'pchilikning  shu  haqdagi  farazlariga  qo‘shil- 

maydigan yagona kishi edi.  Bir gal  men shu mavzu- 

da gap ochib, uning fikrini bilmoqchi edim, indamay 

qo‘ya qoldi.

Yo'lga  chiqqanimizga  uch  hafta  bo'lganda,  30- 

iyulda,  kemamiz  Patagoniyadan  o'ttiz  milya  maso-



Rable Fransua  (taxminan  1495-1553-yiIlar)  -   Uyg'onish  dav- 

ridagi eng yirik fransuz yozuvchisi.

31


fada  Baya-Blank yaqinida borardi.  Kozerog tropigi- 

dan  o'tdik  va  endi  Magellan  bo‘g‘ozi  bizdan  yetti 

yuz  milyaga yetar-yetmas  janubda edi. Yana sakkiz 

kundan keyin «Avraam Linkoln» Tinch okean suvla- 

rida suza boshlaydi!

Men  Ned  Lend  bilan yutda1  o'tirar  edim.  Biz  tu- 

biga inson ko'zi yetmagan sirli dengizga qarab, tur- 

li  mavzularda  gaplashib  o'tirar  edik.  Ittifoqo,  sodir 

bo‘lgan  qulay  bir  fursatdan  foydalanib,  men  ulkan 

narval  haqida  gapirib  qaysi  sharoitlarda  ekspedi- 

tsiyamizning muvaffaqiyat qozonishi yoki muvaffa- 

qiyatsizlikka  uchrashi  yuzasidan  mulohazalarimni 

aytdim.  Ammo  Ned  Lend  churq  etmay  o'tirganini 

ko'rib, uning oldiga masalani ko'ndalang qo'ydim:

-   Biz  qidirib  borayotgan  bahaybat  narvalning 

mavjudligiga  qanday  shubha  qilishingiz  mumkin? 

Ishonmasligingizga biror asos bormi?

Garpunchi  bir  lahza  menga  indamay  qarab  tur- 

di. Savolimga javob berishdan oldin odaticha, fikrini 

bir joyga  to'playotganday peshanasiga  urib,  ko'zini 

yumib olgandan keyingina bunday dedi:

-  Balki bordir, janob Aronaks.

-   Menga  qarang,  Ned,  sizning  kasbingiz  gar- 

punchilik.  0 ‘z  davringizda  yuzlab  katta  dengiz 

sutemizuvchilarini  ko'rgansiz,  binobarin,  kitsimon 

katta bir mavjudotning bo'lishi mumkinligiga bosh- 

qalardan  ko'ra  siz  ko'proq  ishonishingiz  kerak-ku, 

axir!


-  Xuddi shu masalada xato qilasiz, janob profes­

sor,  -  deb javob berdi Ned.  -  Hech narsadan xabar- 

siz  odamga yer  sharining  ichki  pardasida bahaybat 

hayvonlar bor deyilsa,  ishonishi turgan gap.  Ammo 

bu  safsataga  geolog  sira  ishonmaydi.  Kit  ovlovchi 

ham  xuddi  shunday.  Men  ozmuncha  kit  va  nar-





Yut -  kemada yuqori palubaning quyruq qismi.

32

vallarning  ketidan  quvib  o'ldirmadim.  Ammo  ular 

qanchalik katta va baquwat bo'lmasin,  na dumlari, 

na  shoxlari  bilan  po'lat  qoplangan  paroxodni  urib 

teshishga kuchlari yetmaydi.

-   Ammo,  Ned,  narval  tishi  bilan  paroxod  bor- 

tini teshgan paytlari bo'lgan.

Yog'ochdan 

yasalganlarni, 

professor, 

yog'och  paroxodlarni!  -   e’tiroz  bildirdi  Ned.  -   Ha, 

yana  shuni  e’tirof  etishim  kerakki,  men  bunga 

unchalik  ishonmayman.  Shaxsan  men  bunaqa- 

sini  ko'rmaganman.  Binobarin,  o‘z  ko'zim  bilan 

ko'rmagunimcha  kashalotlar,  kitlar  yoki  narvallar 

halokat  keltirishiga,  «Shotlandiya»  korpusidagiday 

teshik ochishiga ishonmayman.

-  Menga qarang, Ned...

-   Yo‘q,  professor,  yo‘q.  Nima  desangiz  deng-u, 

ammo  bu  haqda  gapirmang.  Ehtimol,  juda  katta 

sakkizoyoq...

-   Aslo  mumkin  emas,  Ned!  Sakkizoyoq  chi- 

g'anoq  bilan  qoplangan,  yumshoq  tanli  juda  kat­

ta  umurtqasiz  jonivor.  Uning  bo'yi  besh  yuz  fut 

bo'lganda  ham  sakkizoyoq  umurtqasizligicha  qo- 

ladi  va  binobarin,  u  «Shotlandiya»  yoki  «Avraam 

jLinkoln»  singari  kemalar  uchun  mutlaqo  xavf- 

sizdir.  Sakkizoyoqlar  kemalar  uchun  xavfli  degan 

mishmishlarga chek qo'yish payti keldi.

-  Xullas,  janob  tabiatshunos,  -   dedi  Ned kinoya 

bilan,  -   ulkan  narvalning  mavjudligiga  imoningiz 

komil, shundaymi?

-   Ha,  Ned,  bunga  imonim  komil  va  bu  sira  rad 

etib  bo'lmaydigan  bir  necha  faktlarga  asoslangan. 

Mening ulkan kitsimon hayvonlar borligiga, ular kit­

lar, kashalotlar va delfinlar singari  umurtqalilar tur- 

kumiga kirishiga hamda juda baquwat tishlari, shox­

lari yoki qoziq tishlari mavjudligiga shubham yo‘q.

2  -   J.Vern

33


-   Hmm!  -   deya  g‘o‘ldiradi  garpunchi  ishonqira- 

may boshini qimirlatib.

-   Shuni  ham  bilib  qoying,  azizim,  -   deya 

davom  etdim  men,  -   agar  shunday  maxluq  okean 

qa’rida  -   suv  sathidan  bir  necha  milya  pastda  ya- 

shasa uning organizmi juda baquw at bo'lishi kerak.

-  Nega endi?  -  so'radi Ned.

-   Chunki  bunday  chuqurlikda  goy at  katta  suv 

bosimiga  bardosh berib turish  uchun benihoya  ba- 

quw at bo'lishi kerak.

-   Rostdanmi?  -   dedi  Ned  ishonchsizlik  bilan 

ko'zini qisib.

-   Ha,  xuddi  shunday.  Buning isboti  uchun  sizga 

ba’zi bir raqamlar keltiraman.

-   O,  bu  raqamlar!  -   dedi  cho'zib  Ned.  -  

Raqamlar bilan istagan narsani isbotlasa bo'ladi...

-   Hamisha  va  istagan  narsani  emas,  Ned.  Mana 

quloq  soling.  Bir  atmosfera  bosimining  balandligi 

o'ttiz ikki  futli bir suv ustuni bosimiga teng deb  fa- 

raz qilaylik.  Haqiqatda esa suv ustunining balandli­

gi  ancha  past bo'lishi  ham  mumkin,  chunki  dengiz 

suvi  chuchuk  suvga  nisbatan  ,zichroqdir.  Shunday 

qilib,  Ned,  suvga  sho'ng'iganingizda  tanangiz  de­

ngiz  sathidan  necha  o'ttiz  ikki  futli  suv  ustuniga 

pastda bo‘lsa,  har bir kvadrat santimetriga shuncha 

atmosfera bosim,  ya’ni  shuncha  kilogramm  ogirlik 

tushadi. Demak, uch yuz yigirma fut chuqurlikda bu 

bosim  o‘n  atmosferaga,  uch  ming ikki yuz  fut  chu­

qurlikda yuz  atmosferaga va  o‘ttiz  ikki  ming futda, 

ya’ni  taxminan  ikki  yarim  milya  chuqurlikda  ming 

atmosferaga  teng  bo'ladi.  Boshqacha  qilib  aytgan- 

da,  agar  siz  shu  chuqurlikda  bo'lsangiz,  tanangiz- 

ning  har  bir  kvadrat  santimetrini  ming  kilogramm 

yoki  bir  tonna  bosim  bosib  turadi.  Ha,  aytganday,



34

azizim,  tanangiz  necha  kvadrat  santimetrligini  bi- 

lasizmi?


-  Bundan mutlaqo bexabarman.

-  Salkam o‘n yetti ming.

-  Shunchalik ko'pmi?

-   Aslida  esa  atmosfera  bosimi  har  bir  kvadrat 

santimetrga  bir  kilogrammdan  ortiqroq  kuch  bilan 

ta’sir  etadi.  U  holda  tanangizdagi  o ‘n  yetti  ming 

kvadrat  santimetrli  umumiy  sathga  o‘n  yetti  ming 

besh yuz oltmish sakkiz kilogramm kuch bilan ta’sir 

etadi.

-  Shuncha og'irlik tushganini sezmaymanmi?



-   Ha,  siz  buni  sezmaysiz.  Bu  katta  og'irlik  siz- 

ni  ezib  qoymasligining  sababi  shuki,  ichingizdagi 

havo  bu  bosim  bilan  muvozanatlashadi.  Shuning 

uchun  siz  hech  narsani  sezmaysiz.  Ammo  suvga 

tushguday bo'lsangiz bu muvozanat yo‘qoladi...

-   Tushunyapman,  -   izohim  qiziqtirayotgan- 

day  so'zimni  bo'ldi  u.  -   Atrofimni  suv  o'rab  oladi, 

ammo tanamning ichiga kirmaydi!

-   Ha,  balli,  Ned.  Shunday  qilib,  o'ttiz  ikki  fut 

chuqurlikda  o ‘n  yetti  ming  besh  yuz  oltmish  sak­

kiz  kilogramm  bosim  ostida  bo'lasiz;  uch  yuz  yi- 

girma  futda bosim o‘n baravar oshadi,  ya’ni  bir yuz 

yetmish  besh  ming  olti  yuz  sakson  kilogrammga 

teng bo'ladi. Uch ming ikki yuz  futda u yuz baravar 

oshadi  va  bir  million  yetti  yuz  ellik  olti  ming  sak­

kiz  yuz  kilogrammga  yetadi  va  nihoyat  o'ttiz  ikki 

ming futda  ming baravar  ko'payadi va  siz  o‘n yetti 

million besh yuz  oltmish sakkiz  ming kilogrammlik 

bosim  orasida  bo'lasiz,  Boshqacha  qilib  aytganda, 

birpasda pachogingiz chiqib, ulkan gidravlik b o lg a 

ostidan chiqqanday, yupqa yaproqqa aylanasiz.

-  Yo tavba!  -  deya xitob qildi Ned.

-   Shunday  qilib,  azizim,  agar  bunday  chuqur-

35


likda  uzunligi  bir  necha  yuz  metrli  umurtqali  hay- 

von  yashay  olsa,  uning  millionlab  kvadrat  santi- 

metr  tanasi  juda  ko‘p  milliard  kilogramm  bosimga 

bardosh  bera  olishi  kerak.  Ana  endi  bu  hayvonlar- 

ning  shunchalik  katta  bosimda  yashashlari  uchun 

mushaklari  qanchalik  baquw at  va  organizmlari 

qanchalik  chidamli  bo'lishi  kerakligini  bir  oylab 

ko‘ring-a!

-   Bundan  chiqdi  ularning  tanasi  zirhli  kema 

singari  sakkiz  duymli  qalin  temir  bilan  qoplangan 

ekan-a,  -  dedi kanadalik.

-   Juda  to‘g‘ri,  Ned.  Ana  endi  suvda  eng tez  yu- 

rar  poyezdlarimiz  kabi  tez  harakat  qila  oladigan 

shunday  hayvon  kema  bilan  to'qnashganda  qan­

chalik  zarar yetkazishi  mumkinligini  tasaw ur  qilib 

ko'ring.


-   Ha...  rost-a...  -   deya  bu  hisoblardan  dovdirab 

gVldiradi kanadalik hanuz taslim bo'lgisi kelmay.'

-  Xo‘sh, sizni ishontira oldimmi?

-   Siz  meni,  janob  professor,  bir  narsaga  -   agar 

shunday  hayvonlar  haqiqatan  ham  okean  qa’rida 

yashasa,  ular  juda  kuchli  bo'lishlari  kerakligiga 

ishontirdingiz.

-   Oh,  qanday  qaysar  odamsiz-a!  Agar  ular  oke­

an  qa’rida  bo'lmasa,  «Shotlandiya»  bilan  bo'lgan 

voqeaga nima deysiz?

-  Ehtimol,..  -  dedi ishonqiramay Ned.

-  Ha, gapira qoling!

-   Ehtimol...  bunday  voqea  bo‘lmagandir!  -  

to ‘ng‘illadi kanadalik.

Biroq  bu  javob  garpunchining qaysarligidan  da- 

lolat  berardi,  xolos.  0 ‘sha  kuni  men  uni  ishonti- 

rishga  boshqa  harakat  qilmadim.  «Shotlandiya» 

bilan shunday voqea bo‘lgani aniq edi.  Kema china- 

kamiga  teshilgan  edi.  Hatto  tuzatib  olishga  t o g r i

36


keldi. 

0 ‘y lay m an k i, 

shunday maxluqning mavjudli­

giga bundan ortiq dalil axtarishning hojati bo'lmasa 

kerak.  Bu teshik o‘z-o‘zidan paydo bolm agani ham 

aniq.  Ikkinchi  tomondan  esa  kemaning  suv  ostida- 

gi  tosh  yoki  qoyaga  borib  urilgani  to‘g‘risida  so‘z 

bo‘lishi  ham  mumkin  emas.  Modomiki,  shunday 

ekan,  dengiz  hayvonining  dahshatli  tishi  borligini 

tan olishdan bo'lak chora qolmaydi.

Shaxsan  men  yuqorida  bayon  etilgan  fikrlar- 

ga  asoslanib,  bu  hayvonni  umurtqalilar  turkumiga, 

sutemizuvchilar sinfi va kitsimonlar guruhiga man- 

sub,  deb  bilaman.  Oilasi  masalasiga  kelganda  uni 

kitlar,  kashalotlar va  delfinlar  oilasiga  qo‘shish  lo- 

zim.  Nihoyat,  qaysi turdanligiga faqat kelajak javob 

berishi mumkin.

Bu  masalani  hal  etmoq  uchun  noma’lum  max­

luqni  yorib  ko'rish  kerak;  yorish  uchun  esa  aw al 

uni  tutish  zarur;  tutish  uchun  uni  garpunlash  lo- 

zim  -   bu  Ned  Lendga  tegishli;  garpunlash  uchun 

uni ko'rish kerak -  bu butun ekipajning ishi; ko'rish 

uchun uni uchratish kerak -  mana bunisi endi taso- 

difga bogliq.



Be shin chi  b o b

KO‘R-KO‘RONA QUVISH

«Avraam  Linkoln»  suza  boshlagan  dastlabki 

kunlarda hech qanday voqea ro‘y bermadi. Faqat bir 

kuni  Ned  Lend  hayratomuz  san’atini  namoyish  qi- 

Iishiga  juda qulay fursat kelib qoldi.  Garpunchi ana 

o'shanda  unga  bemalol  ishonaverish  mumkinligini 

amalda ko'rsatdi.

Falklend  orollariga  yaqinlashganda  «Avraam 

Linkoln»  Amerika  kit  ovlovchi  kemasi  «Monroe»ni

37


uchratdi. Uning komandasi narval haqida hech nar- 

sa  eshitmagan  edi.  Ammo  «Monroe»ning  kapitani 

«Avraam  Linkoln»da  mashhur  Ned  Lend  borligini 

eshitib,  quvib  kelinayotgan  kitni  ovlashda  yordam 

berishini  so‘radi.  Ned  Lendning  qanday  ishlashi- 

ni  ko'rishga  ishtiyoqmand  bo'lgan  kapitan  Faragut 

garpunchiga «Monroe»ga o'tishga ruxsat berdi.

Kanadalikning  omadi  keldi.  Bitta  kit  o'rniga  u 

ikkitasini  garpunladi.  Birinchisini  yuragiga  garpun 

sanchib,  o'sha  zahotiyoq  o'ldirdi,  ikkinchisini  esa 

bir necha minut ta ’qibdan keyin saranjomladi.

Vaqti  soati  kelib  bahaybat  maxluq  Ned  Lend­

ning  garpuniga  duchor  bo'lsa,  undan  tirik  qutuli- 

shi amrimahol!

Kema  juda  katta  tezlik bilan  Amerikaning janu- 

bi  sharqiy  sohillari  bo'ylab  suzar  edi.  3-iyulda  biz 

Magellan bo‘g‘ozining kiraverishidagi Dev buruniga 

yetib keldik.

Biroq kapitan Faragut bu  ilon izi bo'gozni  chet- 

lab o‘tib, Gorn buruni tomon yo‘l oldi.

Ekipaj  uning  bu  ishini  yakdillik  bilan  ma’qul- 

ladi.


Darhaqiqat,  narvalni  bu  tor  bo‘g‘ozda  uchra- 

tish ehtimoldan uzoq  edi.  Ko‘p  matroslar bahaybat 

maxluq «Magellan bo‘g‘ozidan o'tishga semizlik qi­

lib qoladi» degan fikrda edilar.

6-iyul kuni  tushdan keyin soat uchga yaqin «Av­

raam  Linkoln»  Amerika  qit’asi  tugaydigan  joyda 

tashlandiq  bo‘lib  qolgan  va  gollandiyalik  dengiz- 

chilar o ‘zlarining jonajon  shaharlari  sharafiga  Gorn 

buruni  deb  atashgan  o'sha  yolgiz  orolcha,  o'sha 

qoyani  aylanib  o‘tdi.  Kema  shimoli  g'arb  tomon- 

ga  yo‘l  oldi  va  uning  vinti  Tinch  okean  suvlarini 

ko‘pirtira boshladi.



38

-   Ko‘z-quloq bo‘lib  tur!  Ko‘z-quloq bo'lib  tur!  -  

deyishardi «Avraam Linkoln» matroslari.

Ular chindan ham ko‘z-quloq bo'lib turishar edi. 

Ikki ming dollar mukofotning daragini  eshitib,  qizi- 

qib qolgan odamlar okean sathidan sira ko‘z  uzmas 

edilar. Ko'zlar va durbinlar kecha-yu kunduz bir se- 

kund ham tinim bilmas edi.

Niktaloplarning  -   kechasi  ham  kunduzda- 

gidek  aniq  ko‘ra  bilish  qobiliyatiga  ega  bo'lgan 

kishilarning  mukofotni  olishga  hamma  qatori 

ko'radiganlarga nisbatan ikki baravar ko'proq imko- 

niyatlari bor edi.

Garchand  mukofot  meni  qiziqtirmasa-da,  kun 

bo‘yi dengizdan ko‘z uzmay,  qarab turar edim.  Sut- 

kasiga uch-to‘rt soatgina uxlab, naridan beri ovqat- 

lanib  olib,  qolgan  vaqtimni  qimir  etmay  palubada 

o'tkazar edim.

Goh  kemaning  old  tomonidagi  panjaradan  en- 

gashib,  goh kema  quyrug'iga kelib,  ko'zim  ilg'agan 

ijoygacha  eshkak  vallaridan  har  tomonga  sachra- 

yotgan bir xildagi ko'piklarga suqlanib boqar edim.

Ko'pincha  ufqda  kitning  qorasi  ko'zga  chalinib 

qolar,  shunday  paytlarda  butun  ekipaj  bilan  birga 

men ham juda qattiq hayajonlanardim! Bunday kez- 

larda bir  zumdayoq butun  ekipaj  kema  sahniga yu- 

gurib  chiqar edi.  Hamma ham entika-entika ko'zini 

katta  ochib,  kitning  har  bir  harakatini  diqqat  bilan 

kuzatar  edi.  Men  ham  qarardim,  ko‘z  oldim  xira- 

lashguncha kuzatardim.

Bunday paytlarda tepsa tebranmas  Konsel  men­

ga bamaylixotir murojaat qilar edi:

-   Xo'jam,  ko'zlarini  yirmay  qarasalar  yaxshiroq 

ko'rardilar.

Biroq  har  gal  ham  hayajonimiz  bekor  ketar  edi. 

«Avraam  Linkoln»  taxmin  qilingan  dushmanga  ya-


Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар)
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Gul bir yon, m a n bir yon
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Yoshlar 4 kutubxonasi
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Xamsa alisher Navoiy xamsa
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Shokolad fabrikasi

Download 9.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling