Suv ostida sakson ming kilometr
Download 9.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 - J.Vern 65
- S a k k i z i n chi b o b
- 1A ntipodlar - yer yuzining bir-biriga tamoman teskari ikki to monida yashaydiganlar. 2 Styuard
64 Shu payt mening so'zlarimni tasdiqlaganday, g alati kemaning quyruq tomonidan shovullagan tovush eshitildi-yu, u o'rnidan qo‘zg‘aldi. Afti- dan, u yassi parraklarining aylanishi bilan harakat- lanadiganga o'xshaydi. Biz tumshuqdagi uncha katta bo'lmagan do'ngakni zo‘rg‘a ushlab ulgurdik. Baxtimizga kema sekin suzar edi. -
Hozircha u suv sathida suzyapti, - deb to ‘ng‘illadi Ned Lend, - bir narsa deyishga o ‘rin yo‘q. Ammo suvostiga sho‘ng‘ishni o‘ylab qolsa bormi, unda meni birov ikki dollarga olsa ham qim- mat derdim. Kanadalik o‘zini undan ham kamroq baholashi mumkin edi. Aftidan, bu suzar apparatning ichidagi odamlar bilan, kimligidan qat’i nazar, zudlik bilan aloqa bog‘lashimiz zarurga o'xshardi. Men uning ustida biror tuynuk yoki teshik bor- mikin, deb qidira boshladim. Ammo po'lat qopla- maning jipslangan chetlaridagi parchinlari hamma yerda bir xil edi. 1 Oy botdi va biz mutlaqo qorong'ida qoldik. Bu suvosti kemasiga kirish chorasini izlash uchun tong otguncha sabr qilish kerak edi. i Shunday qilib, hammamizning hayotimiz kema rulini boshqarayotgan noma’lum kishilar haraka- tiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Bordi-yu, ular suvostiga tushmoqchi bo‘lib qolishsa bormi, unda biz tamom. Agar shu hoi ro‘y bermasa suvosti kemasining eki- paji bilan aloqa boglay olishimizga imonim komil edi. Darhaqiqat, bordi-yu, ular kislorodni o'zlari ishlab chiqarmayotgan bo'lishsa, unda havo zaxi- rasini to ‘latish uchun vaqti-vaqti bilan okean sathi- ga chiqib turishlari kerak. Modomiki shunday ekan, kema ichiga havo kirishi uchun qandaydir biror te shik bo'lishi kerak. 3 - J.Vern 65 Kema o'rtacha tezlik bilan g'arb tomonga su- zardi. Uning tezligi soatiga o‘n ikki milyadan osh- mas edi. Vint parraklari suvda aylanib, har zamon- da oppoq tomchilarni faw ora qilib havoga otardi. Tongotarda soat to'rtga yaqin kema tezligini oshirdi. Bizning kema ustida turishimiz qiyinlashib qoldi. Baxtimizga Ned paypaslab, qoplamaga mah- kamlangan kattagina halqani topib oldi. Hamma- miz shuni ushlab oldik. Nihoyat bu uzundan uzoq tun o'tdi. Men chek- kan azoblarimning hammasini hozir eslay olmay- man, ammo bir narsa xotiramda mustahkam o'rnashib qolgan: ahyon-ahyonda shamol shovqini va to‘lqinning shovullagani tingan paytlarda na- zarimda allaqanday muzika ovozi, uzuq-yuluq ak- kordlar, kuy sadolari qulog'imga chalinganday tu- yulardi. Bu suvosti kemasining qanday siri bor ekan? Unda qanday mavjudotlar yasharkin? Qana- qa dvigatel uning bu qadar tezlik bilan suzishini ta ’minlayotgan ekan?.. Tong yorishdi... Bizni ertalabki tuman qurshab oldi. Ammo u ko'p o'tmay tarqalib ketdi. Suvosti kemasining suvdan chiqib turgan qis- mini endigina sinchiklab ko'zdan kechirmoqchi bo'lib turganimda u to'satdan sekin suvga cho'ka boshladi. -
Ho‘, iblislar! - qichqirdi Ned Lend jarangdor temirni kuchining boricha oyoqlari bilan do'pirla- tib. - Bizni ichkariga kiritsanglar-chi!.. Ammo uning tovushi vintning quloqni kar qila- digan ovoziga qo'shilib, yo'q bo'lib ketdi. Baxtimiz ga kema cho'kishdan to'xtadi. Birdan kema ichidan surib qo'yilayotgan tamba- ning ovozi eshitildi. Lyuk qopqog'i ochilib, undan 66 birov qaradi. U bir nima deb qichqirdi-yu, o'sha za hoti g'oyib bo'ldi. Bir necha minutdan so‘ng lyuk- dan sakkizta baquwat azamat kishi chiqdi. Ular in- damay bizni sirli kema ichiga sudrab kirishdi. S a k k i z i n chi b o b «HARAKATCHAN HARAKATCHANLIKDA» Bu ish shu qadar tez bajarildiki, men ham, o‘rtoqlarim ham hatto og‘iz ochishgayam ulgurol- may qoldik. Suzar qamoqxonaga sudrab kirayot- ganlarida ularning holini bilmayman-u, ammo men bir seskanib ketdim. Biz kimga duch keldik? Shubhasiz, eng yangi tu- zumning allaqanday qaroqchilariga duch kelganga o'xshaymiz. Lyukning ensizgina qopqogi ketimizdan yopi- lishi bilan biz zim-ziyo qorongilikda qoldik. Run ning yorqin nuriga ko'nikib qolgan ko'zlarim atrof- dagi biror narsani ham ajratolmas edi. Ned Lend bilan Ronsel ham qorovullar qurshovi- da orqamdan kelishardi. Trap poygagidagi eshik biz kirishimiz bilan ta- ' raqlab yopildi. Biz yolg'iz qoldik. Qayerdamiz? Bunisini bilol- madim, hatto tasaw ur ham etolmadim. Atrof qorongi, shu qadar qorong'iki, hatto zul- matda uzoq turganimizdan keyin ham jindak bo'lsa- da, yiltillagan yorug'likni ilgab ololmadim. Shu orada bunday qo'pol muomaladan jahli chiqqan Ned Lend g‘azabini yashirolmadi. -
Ming la’nat! - qichqirdi u. - Bu odamlar ka- ledonning eng ashaddiy yowoyilaridan ham bat- tar ekan! Odamxo‘rliklari qoldi, xolos! Shunday
bo‘lganda ham sira ajablanmas edim... Ammo ol- dindan aytib qo'yay, o‘z ixtiyorim bilan meni ye- yishlarigayo‘l qoyibbo'pm an! - Tinchlaning, Ned, tinchlaning, - dedi sovuq- qonlik bilan Konsel. - Hali hech gap bo'lmay, qizi- shishning nima keragi bor. Hozirchalik tovaga tush- ganimizcha yo‘q-ku. - To'g'ri aytyapsiz, hozircha tovaga tushga- nimizcha yo'q, - javob berdi kanadalik, - ammo o'choqda yotganimiz aniq! Qorong'ini qarang. Bax- timga pichog'im yonimda, uni ishlatish uchun esa ortiqcha yorug'likning ham hojati yo'q. Bu kallake- sarlardan qay biri birinchi bo'lib menga tegsa... - Ned, shovqin solmang, - dedim men gar- punchiga, - ahvolimizni ham og'irlashtirmang... Kim biladi, balki bizni poylashayotgandir. Yax- shisi, qayerga kelib qolganimizni aniqlashga ha rakat qilaylik. Men sekin bir necha qadam tashlagan edim, tu- nuka qoplangan devorga borib tiralib qoldim. Devor tagidan yurib, atrofida bir necha taburetka turgan yog'och stolga qoqilib ketdim. Turmamizning po- liga qalin bo'yra to'shalgan bo'lib, yurganda qadam tovushini chiqarmas edi. Yalang'och devorlarda men na deraza va na eshik topdim. Devor tagidan qarama-qarshi tomonga ketgan Konsel men bilan to'qnashdi va ikkalamiz uzunligi yigirma fut, eni o'n futli kayutaning o'rtasiga keldik. Xona baland- ligini aniqlay olmadik, chunki hatto Ned Lend ham bo'ychanligiga qaramay, shiftga yetolmadi. Salkam yarim soat o'tdi, ahvolimiz esa o'sha- o'sha. Biroq to'satdan bizning turmamiz yorishib ketdi. Ravshanligi va oqligiga qarab suvosti kema- si atrofida yarqirab turadigan gardish o'sha elektr nurligini bilib oldim.
Aw al beixtiyor ko'zimni yumdim. Qaytib och- ganimda yorug'lik shiftga mahkamlangan sutrang yarim aylanadan taralayotganini ko'rdim. - Xayriyat-e, hamma narsa ko'rindi! - xitob qil di Ned. U himoyaga shaylanganday qo'lidagi pichoqni mahkam ushlab turardi. - Ha, - deya hazilomuz javob qaytardim m en ,- faqat taqdirimiz ko'rinmayapti. - Xo'jamga sabr qilishni m aslahat berardim ,- dedi Konsel. Chiroq yorug'ida turmamizni yaxshilab ko'zdan kechirib oldik. Stol va beshta taburetka uning yakka-yu yagona mebeli edi. Yashirin eshik zich yo~ pilgan - men uning o'rnini ham topolmadim. Qu- loqlarimizga tiq etgan tovush eshitilmas edi. Go'yo kemada hamma qirilib bitganday edi. Lekin bir joy- da turibmizmi, suzyapmizmi, suv ostidamizmi yoki oldingiday suv sathida suzib boryapmizmi - hech narsani aniqlay olmadim... Ammo elektr chiroq m a’lum bir maqsadni ko‘z- lab yoqilgani aniq edi. Komanda sostavidan biror kishining yaqin fursat ichida kirib kelishi aniq edi - bo'lm asa bu zulmatni bekordan bekorga yoritish- masdi. Adashmagan ekanman. Ko‘p o‘tmay surilayot- gan tam baning ovozi eshitilib, eshik ochildi va ka- yutaga ikki kishi kirdi. Ulardan biri past boyli, muskuldor, keng y a g - rinli, boshi katta, qalin qora sochlari hurpaygan, shop m oylov, nigohi o'tkir kishi edi. Uning qiyofa- sida janubliklarga xos harakatchanlik va tetiklik se- zilib turardi. Fransiyada bunday fazilatlar provan- sallarga xos edi. Ikkinchi nom a’lum kishi uzun b o y li bo'lib, ba-
tafsilroq ta ’riflasa arzigudek edi. Buyuk fizionom- larning shogirdlari Grasiole yoki Engelya uning yuziga qarab xarakterini kitobdan o'qiganday ay tib berishi mumkin edi. Men ikkilanmay uning eng muhim xususiyatlarini aniqladim: boshini m ag ru r tutib turishi va qora ko'zlarining sovuq qat’iyat b i lan boqishiga qaraganda u o'ziga ishongan odam; xotirjamligi va rangpar yuzi sovuqqonligini; qoshi ustidagi muskulchalarning tez-tez qisqarib turishi g'ayratliligini; nihoyat chuqur nafas olishi, shu- ningdek, tabiatan juda baquw atligi dadilligini ifo- dalar edi. Yana shuni qo'shib qoyishim kerakki, bu odam juda mag'rur, uning osoyishta va qat’iy bo- qishi oliyjanob fikrlashidan darak berar va umuman tashqi qiyofasi g'oyat samimiy ekan degan taassu- rot qoldirar edi. U kirishi bilan men taqdirimiz haqida tashvish- lanmasak ham bo'lishini, bu uchrashuv biz uchun ko'ngildagiday tugashini his etdim. ' Bu odamning yoshini o‘ttiz beshdan ellikkacha deb taxmin qilish mumkin - ochig‘ini aytsam, men buni aniq belgilay ololmadim. U peshanasi keng, qirra burun, lablari xushbichirh, tishlari juda chi- royli, ingichka qo'llari kelishgan kishi edi. Xullas, u men uchratgan eng chiroyli erkaklarning mukam- mal namunasi edi. Yuzidagi ajralib turadigan o‘ziga xos xusu- siyatlaridan yana birini aytmoqchiman: ko‘zlari bir qarashda ufqning to ‘rtdan bir qismini qamray ola- digan katta-katta edi. Keyinchalik bilsam, bu xu- susiyat ko‘zining o‘tkirligidan, hatto Ned Lendning ko'zidan ham o‘tkirroqligidan ekan. Bu notanish kishi birovga tikilib qarasa, qosh- lari chimirilardi, qovoqlari yaqinlashib ko‘zi to- raygach, nigohi yanada o’tkirlashib ketardi. Qan-
day qarash-a! U narsalarni yaqinlashtirardi, o‘y- laringizning eng yashirin joylarigacha kirib bora olardi, juda qalin suv qatlamlariga ham oynadan qarayotganday nigoh tashlab, dengiz chuqurlikla- ridagi hayotni kitobda yozib qoyilgan kabi o‘qir edi.
Har ikkalasining boshida suvsar terisidan qi- lingan qalpoqcha, oyoqlarida tulen terisidan qo'nji uzun dengiz etigi va ustlarida men bilmaydigan al- laqanday matodan qulay, gavdaning harakat qili- shiga xalaqit bermaydigan hamda chiroyli qilib ti- kilgan kostum. Novcha kishi - boshliq bo'lsa kerak - bizga diq- qat bilan razm soldi. Shundan so‘ng hamrohi to monga o'girilib, menga noma’lum tilda gaplashdi. Bu juda jarangdor, ixcham, musiqiy, unli tovushlar ko‘p ishlatiladigan, tez-tez urg‘u beriladigan til edi. Unisi bosh irg'ab javob berdi va o‘z navbatida ikki-uch og‘iz tushunib bo'lmaydigan so‘z aytdi. Shundan so'ng boshliq bir nima so'ramoqchi bo'lganday menga qaradi. Men sof fransuz tilida uning nima demoqchi bo'layotganini tushunmaganimni aytdim. Ammo aftidan, u ham meni tushunmaganga o'xshardi. Og'ir ahvolga tushib qoldik. -
Xo'jamga boshimizdan o'tganlarni gapirib be- rishni maslahat berardim; zora undan loaqal biron narsa tushunishsa, - dedi Konsel. Men bu maslahatga amal qildim va so'zlarni do- nalab, biror voqeani ham tushirib qoldirmay, bo shimizdan kechirganlarimizni aytib berdim. Men otlarimiz va kasb-korimizni birma-bir sanab o'tdim, nihoyat pirovardida odob saqlab, nom a’lum kishi- larga professor Aronaks, uning xizmatkori Konsel va mashhur garpunchi Ned Lendni tanitdim . 71 0 ‘ychan va yuvosh ko'zli kishi so'zlarimni hurm at yuzasidan diqqat bilan tingladi. Ammo chehrasidan biror o'zgarish sezmadim; mening so'zlarimdan loaqal birontasini tushunganini ifo- dalaydigan hech qanday belgi ko'rinmadi. Endi ularga fikrimizni inglizcha so'zlab tu- shuntirish imkoniyati qolgan edi. Men inglizchani ham nemischa singari lug'atsiz o'qib, yaxshigina tushunar edim, biroq fikrimni ifodalay oladigan da- rajada emas. Ammo bu yerda mumkin qadar yaxshi- roq gapirishga harakat qilish kerak edi. -
Endi navbat sizga, - dedim men garpunchi- ga. - Boshlang, Ned! Ingliz tilining xotirangizda o'rnashib qolgan eng nazokatli so'zlarini topib, mendan ko‘ra durustroq natijaga erishishga h a rakat qiling. Ned yalintirib o'tirmadi, mening hikoyam -, ni ingliz tilida qaytardi. Aniqrogi, men aytgan so'zlarning m agzini tushuntirdi, ammo shaklini ta- nioman o‘zgartirib yubordi. Kanadalik zo‘r ehtiros bilan gapirdi. U bizga nis- batan qilinayotgan zo'ravonlikka qarshi qat’iy no- rozilik bildirdi va bu insoniy huquqlarga zidligini aytdi; bizni bu kameraga qaysi qonunga asoslanib qamab qoyganlarini so'radi; bizni ozodlikdan mah- rum etganlarga sud ta ’qibini aytib, po'pisa qildi; qo'llarini paxsa qilib qichqirdi va nihoyat pirovar- dida imo-ishora bilan ochlikdan o'layozganimizni tushuntirm oqchi bo'ldi. Aytayotgan gapi juda to ‘g‘ri edi, ammo biz buni deyarli unutgan edik. Ming afsuski, garpunchi uning so'zlarini ham menikiday tushunmaganlariga imoni komil bo'ldi. Huzurimizga kelganlar mijja qoqmay turardilar. Af-
tidan ular Faradey1 tilini Arago2 tilidan ortiq bilmas edilar.
Tilshunoslik bobidagi butun imkoniyatlami ish- ga solgandan keyin ham muvaffaqiyatsizlikka uch- raganimdan ajablanib, nima qilishimni bilmay tur- ganimda, Konsel menga murojaat qilib qoldi: - Agar xo'jam ijozat bersalar, men xuddi shu ning o'zini nemischa so'zlab berardim. - Nima, sen nemischa bilasanmi? - deya haya- jondan qichqirib yuboribman. - Barcha flamandiyaliklar singari. Agar xo'jam bunga qarshi bo'lmasalar, albatta... - Marhamat, Konsel! Gapir tezroq! Nihoyat Konsel juda osoyishta bir ohangda bu tu n boshimizdan kechirganlarimizni uchinchi mar ta hikoya qilib berdi. Biroq so'zlovchining juda chi- royli jumla tuzishlari va notiqona uslubiga qara- may, nemis tili ham qo‘l kelolmadi. Oxiri devorga suyanib turib maktabdagi uzuq- yuluq xotiralarni eslab, xuddi o'sha hikoyani lotin tilida so'zlay boshladim. Sitseron3 eshitganida, qu- loqlariga paxta tiqib olib, meni oshxonaga quvib chiqargan bo'lardimi, ammo men nima bo'lsa ham so'zimni oxiriga yetkazdim. Natijasi oldingiday yana qoniqarsiz bo'ldi. Bu so'nggi urinishimiz ham muvaffaqiyatsiz likka uchragach, notanish kishilar loaqal bizni tinchlantirish uchun barcha mamlakatlar va xalq- lar orasida bir xil bo’lgan imo-ishora ham qilmay, o'zlarining tushunib bo'lmaydigan tillarida o'zaro bir necha so'z aytishdi-da, chiqib ketishdi. Ular chiqib ketishlari bilan eshik bekildi. 1 Faradey - ingliz fizigi 2 Arago - fransuz fizigi va astronomi. 3 Sitseron - qadimgi Rim notig'i va yozuvchisi (bizning eramiz- gacha 106-43-yillar). 73 - Bu qabihlik! - deya qichqirdi Ned Lend shu bi lan yigirmanchi marta g'azab o ‘tida yonib. - Nima qilish kerak. Bu galvarslar bilan fran- suzcha, inglizcha, nemischa, lotincha gapirilsa-da, birontasi churq etib javob bermasa-ya! - Tinchlaning, Ned, - dedim men hayajonlan- gan garpunchiga, - g aza b bilan bir ish qilib bo'lmaydi. - To‘g‘ ri-yu, professor, - deya javob berdi ka- nadalik zarda bilan, - ammo biz bu tem ir katak ichida ochlikdan o‘lamiz, bilasizmi! - 0 ‘h-h o ‘, - faylasuflarga xos osoyishtalik bilan e’tiroz bildirdi Konsel, - hali bunga erta. - O gaynilar, - dedim men, - noumid bo‘l- manglar. Bundan og‘ir sinovlarga ham bardosh ber- dik. Kema kapitani va uning ekipajini qoralashga shoshilmanglar. Ular haqida biror fikrga kelish vaqti ham yetar. - Mening fikrim hozirning o‘zidayoq uzil-kesil tayyor! - dedi Ned Lend. - Bular razil odamlar! - Juda soz, ammo ular qayerda tugilgan? - ba- maylixotir so‘radi Konsel. - Razillar mamlakatida! - Azizim Ned, bu mamlakat geografik kartada aniq ko'rsatilmagan, binobarin, e’tirof etaman- ki, men bu odamlarning qaysi millatdanligini aniq ayta olmayman. Ammo ishonch bilan shuni ayti- shim mumkinki, ular ingliz ham, fransuzlar ham, nemislar ham emas. Menda boshliq va uning ham- rohi kenglikning harorati past yerlarida joylashgan mamlakatda tu g ilg an degan taassurot qoldi, chunki ular ko'rinishdan janubliklarga oxshashadi. Ammo irqiy belgilari yuzlarida yorqin ifodalanmagani uchun qaysi millatga mansubliklarini, ispanmi, turkmi, arab yoki hindumi - qat’iy aytish qiyin. - Qarang, barcha tillarni bilmaslik qanchalik yo- 74 mon, - luqma tashladi Konsel, - agar yagona xalq- aro bir til bo'lganida, qanday yaxshi bo‘lardi-ya! - Bundan biron naf chiqmas edi, - deya e’tiroz bildirdi Ned Lend. - Nima, zindonbonlarimizning o'ziga xos tillari halol odamlarning jig'iga tegish uchun
o 'y la b topilganini ko'rmayapsizmi? Dunyo- dagi barcha mamlakatlarda og‘iz ochish, tishlarni shiqirlatish, chakakni qimirlatish qanday mazmun ifoda etishini yaxshi bilishadi. Kvebekda, Parijda, Paumotuda, antipodlarda1 - hamma joyda bu bir mazmun anglatadi: ochman, menga ovqat bering! - Eh-he, - vazminlik bilan javob berdi Konsel, - shunday gap uqmas odamlar borki... Xuddi shu payt eshik ochilib xonaga styuard2 kir- di. U bizga ust-bosh - menga nom a’lum bo‘lgan al- laqanday matodan tikilgan kalta kamzul bilan shim olib keldi. Men kiyimlarni tez kiyib oldim. Sheriklarim ham xuddi shunday qilishdi. Shu orada styuard gung, ehtimol, garang bo'lsa ham ajab emas - stol ustiga uch kishiga mo'ljallab qoshiq-vilka qo'ydi. - Mana bu boshqa gap! - dedi Konsel. - Boshla- nishi chakki emas. - Ko'ram iz,- deya gV ldiradi ginaxon garpun- chi. Bu yerda nima bilan boqishlarini tasaw u r qil- sa bo'ladi! Treskaning jigari, suyagi olib tashlangan olabuga balig‘i-yu, dengiz itining bir parcha qovu- rilgan go'shtimi? - Birpas sabr qilsak, bilib olamiz, - deb javob berdi Konsel. Kumush qalpoqlar bilan yopilgan idishlar dasturxonga bir tekisda qoyildi. Biz stol atrofiga o'tirib oldik. Biz madaniyatli
kishilar orasida ekanligimizga shubha yo'q edi, agar elektr chiroq bo'lmaganda, Liverpuldagi Adelfi yoki Parijdagi Grand otel-mehmonxonasining oshxona- sida o'tiribmiz, deb oylash mumkin edi. Ha, aytganday, shuni ta ’kidlash kerakki, non ham, vino ham, umuman yo'q edi. Suv juda toza, tiniq edi. Ammo bu quruq suv bo'lgani uchun Ned biroz ranjidi. Bizga berilgan ovqatlar orasida baliqdan a’lo darajada tayyorlangan taom lar ham bor edi. Biroq boshqa taomlar xususida hatto ular tabiatning qay si dunyosi - o'simliklar dunyosigami yoki hayvonot dunyosiga taalluqli ekanini ham ajratolmas edim. Ovqat servizi nafis va chiroyli edi. Har bir qo- shiq, vilka, taqsimcha, sochiq va hokazolarda quyi- dagi shior yozilgan edi: «Harakatchan N harakatchanlikda» Harakatchan harakatchan muhitda! Bu s h io r, suvosti kemasiga tamomila mos edi. «N» - sirli suv osti kapitani ismining bosh harfi bo'lsa kerak. Ned Lend bilan Konsel har xil o'ylar bilan o'zlarini qiynamas, ochko'zlik bilan ovqat yeyi- shardi, men ham shu zahoti ularga ergashdim. Endi m en taqdirimizdan xotirjam edim. Xo‘- jayinlar ochlikdan tinkamizni quritmasligiga imo- nim komil edi. Ammo bu dunyoda hamma narsa, hatto o'n besh soat davomida tamaddi qilmagan kishilarning och- ligi ham o'tib ketadi. Qornimiz to'ygach, qattiq uyqu bosayotganini seza boshladik. Bu tunda o'lim bilan uzoq olishuvdan so'nggi tabiiy hoi edi. - Rostini aytsam, men jon deb uxlab olardim, - dedi Konsel. - Men hozirning o'zidayoq uxlayapman, - deb javob berdi Ned Lend. Shunday deb har ikkala hamrohim kayuta poli- Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy] Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi] 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Gul bir yon, m a n bir yon 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Yoshlar 4 kutubxonasi 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Xamsa alisher Navoiy xamsa 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Shokolad fabrikasi Download 9.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling