Suv ostida sakson ming kilometr


Download 9.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/45
Sana21.12.2019
Hajmi9.02 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45

88

Bu  savol  meni  dovdiratib  qoydi,  chunki,  dar- 

haqiqat,  kapitan  Faragut  sira  ikkilanmay  shunday 

qilar  edi.  U  suvosti  kemasini  ham  ulkan  narvalday 

yakson  qilishni  o'zining burchi  deb bilar  edi.  Bino­

barin, men savolga javob bermadim.

Kapitan so'zini davom ettirdi:

-   Shunday  qilib,  sizlarga  dushman  bilan  muo- 

mala qilganday muomalada bo'lishga haqqim borli- 

gini tushundingizmi?

Men  endi  tamomila  ongli  ravishda  jim  tura- 

verdim.  Har  qanday o'rinli  dalillaringiz  ham kuchli 

zarba  bilan  yakson  bo'lgandan  keyin  bu  masalada 

bahslashib o'tirishning nima hojati bor?

-   Men  uzoq  vaqt  ikkilandim,  -   deya  so'zini 

davom  ettirdi  kapitan.  -   Mening  sizlarga  nisba- 

tan  m ehmondo'stlik  qilishim  uchun  zimmam- 

da  hech  qanday  majburiyat  yo‘q  edi.  Agar  maqsa- 

dim  sizlardan  qutulish  bo'lganida,  yana  bir  m ar­

ta  uchrashib  o'tirishim ning  hojati  ham  yo‘q  edi.

*  Men  sizlarni  qaytarib  kema  ustiga  chiqarib  qoyib, 

dengizga  sho'ng'irdim   va...  bir  vaqtlar  sizlarning 

bo'lganlaringizni  ham  unutishim   mumkin  edi.  Yo 

shunday qilishga haqqim yo'qmidi?

-   Bu  madaniy odamning emas,  yow oyining ishi 

bo'lar edi, -  deb javob berdim men.

-   lanob  professor,  -   shu  zahoti  e’tiroz  bildirdi 

kapitan,  -   men  sizning  «madaniy  odamning  ishi» 

deb  nimani  ko'zda  tutishingizni  bilmayman.  Men 

m a’lum  sabablarga  ko‘ra,  jamiyat  bilan  aloqamni 

uzdim va buning tub mohiyatini mulohaza qilishga 

yolg'iz  o'zimnigina  haqli  deb  bilaman.  Men  o'sha 

jamiyat  qonunlariga  boysunm aym an  va  bundan 

keyin huzurimda ular haqida sira eslatmasligingizni 

maslahat beraman.

Bu  gap  juda  keskin  qilib  aytildi.  Noma’lum  ki-

89


shining  ko'zlari  qahr  va  g'azab  bilan yonardi.  Me­

ning xayolimga,  «bu  odamning o'tm ishida  allaqan- 

day  dahshatli  sir bor»,  degan  fikr  keldi.  Axir  u  be- 

kordan  bekorga  o'zini  insonlar  qonunidan  baland 

qo'yib, odam qadamiyetmaydigan joygaketm agan- 

ku.  Hatto  suv  sathidayoq  o‘zi  bilan  kurashmoq- 

chi  bo'lganlarni  osonlik  bilan  bartaraf  eta  olgach, 

dengiz  qa’rida  uni  quvishga kim  jur’at eta  olar edi. 

Uning suvosti m onitoriga1 qaysi kema bardosh bera 

olardi?  Uning kemasining dahshatli  tum shug'i  zar- 

biga  chiday  oladigan  zirh bormi?  Bu  suv  hukmdo- 

rining  xatti-harakatlarini  tergashga  dunyoda  hech 

kimning kuchi yetmaydi.

Bu  g'alati  odam  o'z  o'ylari  bilan  bo'lib,  kayuta 

bo'ylab yurayotganida, tezlik bilan shu fikrlar xayo- 

limdan o'tdi.

Men unga  qiziqish va  qo'rquv aralash tuyg'u bi-' 

lan qarab turardim.

Uzoq  jimlikdan  so'ng  kapitan  yana  so'zini  da­



vom ettirdi.

-   Shunday qilib,  m en  ikkilandim,  -   deya davom 

etdi  u,  -   ammo  nihoyat  tabiiy  rahm -shafqatni  -  

bunga har bir tirik jon haqli -  mening manfaatlarim 

bilan  qo'shib  amalga  oshiraversa  ham  bo'ladi-ku, 

degan  xulosaga  keldim.  Tasodif  sizlarni  bu  yerga 

olib  kelgan  ekan,  mening kemamda  qolaverasizlar. 

.Sizlar erkin yurasizlar va shunisi borki, bu juda nis- 

biy erkinlik evaziga sizlarning oldilaringizga birgina 

shart qo'yaman.  Sizlar bunga bo'ysunamiz  deb ber- 

gan va’dangiz m en uchun kifoya.

-   Ayting,  kapitan,  -   men  javob  berdim.  -   Shar-





Monitor  -

  dengiz  qirg'oqlarini  mudofaa  qilish  yoki  qirg'oq 

istehkomlariga  hujum  etish  uchun  moslashtirilgan  zirhli  harbiy 

kema

90

tingizni  har  bir  vijdonli  odam  qabul  qilaversa 

bo'ladigan deb ishonaman, albatta.

-   Shubhasiz!  Mana  u,  eshiting:  ehtimol,  ba’zi 

ko'zda  tutilmagan  sharoitlarga  ko‘ra,  sizlarni 

ba’zan soatlab,  balki kunlab  -   buni  oldindan aytish 

qiyin  -   qamab  qo'yishga  majbur  bo'larman.  Har 

qanday  sharoitda  ham  men  zo'ravonlik  tomoniga 

o'tishni istamayman, shuning uchun bunday hollar- 

da so'zsiz boysunish haqida bergan va’dalaringizga 

ishonch  hosil  qilishim  kerak.  Men  bunday  taklifni 

sizga aytish bilan birga ro‘y berishi mumkin bo‘lgan 

ko'ngilsizliklar  uchun  javobgarlikni  sizlardan  ta- 

moman soqit etaman,  chunki  sizlar bilishingiz man 

etilgan  narsani  hatto  ko'rolmaysizlar  ham.  Shar- 

timni qabul qilasizlarmi?

Demak,  suvosti  kemasida  jamiyat  qonunla- 

ri  bilan  aloqasini  uzmagan  kishilar  ko'rishi  lozim 

bo'lmagan  voqealar  ham  ro‘y  berib  turar  ekan-da. 

Kelajak menga hozirlagan barcha tasodiflarning eng 

,  noxushlaridan biri shu desam yanglishmayman.

-   Qabul  qilamiz,  -   deb javob berdim men.  -   Fa­

qat...  ruxsat  etsangiz,  bitta  savolim  bor  edi,  kapi­

tan?

-  Marhamat.



-   Siz  kemangizda  bizni  erkin  yura  olasiz,  dedi- 

ngiz, shundaymi?

-  Ha, mutlaqo erkin yura olasizlar.

-   Buni  qanday  tushunsa  bo'ladi,  aytib  bera  ol- 

maysizmi?

-   Sizlar  kemada  bemalol  yurishingiz,  u  yerda 

bo'layotgan  hamma  narsalarni,  ayrimlaridan  tash- 

qari,  ko'rishlaringiz,  kuzatishlaringiz,  qisqasi,  xud­

di m en va hamrohlarim foydalanayotgan erkinlikka 

erishishingiz mumkin.

Biz bir-birimizni tushunmaganimiz aniq edi.

91


-   Kechirasiz, kapitan,  -   dedim men,  -   ammo bu 

erkinlik mahbusga turmada yurish uchun ruxsat be- 

riladiganday  gap-ku.  Biz  bu  bilan  qanoatlanib  qo- 

lolmaymiz.

-   Xuddi  shu  bilan  qanoatlanib  qolishlaringizga 

to ‘g‘ri keladi.

-   Nima,  biz  vatanimiz,  oilalarimiz,  yor-biro- 

darlarimiz  oldiga  qaytishdan  abadiy  voz  kechi- 

shimiz kerakmi?

-   Ha.  Ammo  jamiyatingizda  qonunlar  deb  atal- 

gan va odamlar unga ko‘r-ko‘rona ergashadigan jir- 

kanch  jabr-zulm  mashaqqatlaridan voz  kechish  siz 

o'ylagancha qiyin emas.

-  Menga qolsa,  -  xitob qildi Ned Lend,  -  bu yer- 

dan qochishga  intilmayman deb hech qachon va’da 

bermayman.

-   Men  sizdan  buni  so'ramayman  ham,  Lend,- 

loqaydlik bilan javob berdi kapitan.

-   Kapitan,  -   deb  baqirib yubordim men  o'zimni 

to'xtata  olmay,  -   hukmronligingizni  suiiste’mol 

qilyapsiz! Bu -  shafqatsizlik!

-  Yo'q,  janoblar, bu -  yumshoq ko'ngillik!  Sizlar 

jangdan keyin menga asir tushdingizlar. Men sizlar- 

ga hayot in’om etyapman, vaholanki, okeanga uloq- 

tirib tashlashim  ham mumkin edi.  Sizlar menga hu- 

jum qildingizlar!  Sizlar biron kimsa bilishi  mumkin 

bo'lm agan  sirdan  -   mening  borligim  to'grisidagi 

sirdan  voqif  bo'ldingizlar!  Xo'sh,  mavjudligimni 

hech  kim bilishi  lozim  bo'lmagan  quruqlikka  qayt- 

sak  hech  qanday  qarshiliksiz  qo'yib  yuboradi  deb 

oylaysizlarmi?  Hech  qachon!  Sizlarni  suvosti  ke- 

mamda  tutib  turar ekanman,  sizlarning manfaatla- 

ringizni emas, shaxsan o ‘zimnikini o'ylayapman.

Kapitan  shunday  ohangda  gapirdiki,  men  uni



92

fikridan qaytarish uchun urinish befoyda ekanligini 

tushundim.

-   Gapning  qisqasi,  kapitan,  sodda  qilib  ayt- 

ganda,  bizga  asirlik  yo  o'limdan  birini  tanlashni 

tavsiya etyapsiz, shundaymi?

-  Juda to'g'ri.

-   Do‘stlarim,  -   deya Konsel va Ned Lendga mu- 

rojaat  etdim,  -   masalaning  bu  qoyilishida  bahs- 

lashib  o'tirishimiz  noo'rin.  Ammo  shuni  unut- 

manglar,  oramizda  bizni  shu  kema  xo'jayini  bilan 

bog'lab turadigan hech qanday va’da yo‘q.

-  Hech qanday, -  tasdiqladi kapitan.

Shundan  so'ng  u  so'zini  yumshoqroq  ohangda

davom ettirdi:

-   Endi  yana  bir-ikki  og'iz  gapim  bor.  Men  siz­

ni  bilaman,  janob  Aronaks.  0 ‘rtoqlaringiz  haqida 

bir  nima  deyolmayman-u,  ammo  shaxsan  o'zingiz 

men  bilan  yo'liqtirgan  tasodifdan  xafa  bo'lmaysiz. 

Hamisha  foydalanib  yurgan  kitoblarim  orasida 

o'zingizning  dengiz  tubining  sirlari  to ‘g‘risidagi 

asaringizni  ham  topa  olasiz.  Men  uni  tez-tez 

o'qib  turaman.  Siz  o‘z  kitobingizda  yerda  fan 

uchun mumkin bo'lgan bilim darajasiga erishgansiz. 

Ammo  ko‘p  narsadan  xabaringiz  yo‘q,  chunki  kam 

narsa  ko'rgansiz.  Sizni  ishontirib  aytamanki,  bu 

yerda  ketgan  vaqtingizga  achinmaysiz.  Mo'jizalar 

o'lkasiga  sayohat  qilasiz.  Ajablanish,  dong  qotib 

hayratlanish  aqlingizning  odatdagi  holatiga  ay- 

lanib  qolishi  mumkin.  Ko'zlaringiz  oldida  tinmay 

yangilanib  turadigan  manzaralar  yaqin  orada  sizni 

zeriktirmasa  kerak.  Men  butun  dunyo  bo'ylab yan- 

gi  suvosti  sayohatiga  chiqishga  qaror  qildim.  Balki 

bu  so'nggisidir  -   kim biladi?  Oldingi  sayohatlarda- 

gi  barcha  kuzatuvlarimga  yakun  yasamoqchiman. 

Bu  ishda  siz  menga yordam berasiz.  Shu bugundan

93


e ’tiboran siz tam om an yangi dunyoga kirib borasiz. 

Siz  hali  biron  kishi  ko‘rmagan  narsalarni  ko'rasiz, 

men  hamda  hamrohlarim  bu  hisobga  kirmaydi  va 

planetamiz sizga o'zining so'nggi sirlarini ochadi.

Kapitanning  so'zlari  menda  g'oyat  katta  taas- 

surot  qoldirganligini  e’tirof  etmay  ilojim  yo'q.  U 

tuyg'ularimning eng nozik torini chertdi va men bir 

zumgina bu mo'jizalarni kuzatish yo'qotgan erkim- 

ning o'rnini bosolmasligini unutdim.

Biroq  keyinchalik  bu  muhim  masalaga  yana  bir 

karra qaytishni ko'zlab, quyidagi javob bilan kifoya- 

lana qoldim.

-   Kapitan,  insoniyat  bilan  aloqangizni  uzgan 

bo'lsangiz  ham  insoniy  tuyg'ulardan  voz  kechma- 

gandirsiz.  Biz  halokatga  uchraganlarga  rahm- 

dillik  qilib  kemangizdan  joy  berdingiz.  Men  ham, 

do'stlarim   ham  buni  sira  unutmaymiz.  Ochig'ini, 

aytsam,  fan manfaatlari yo'lida xizmat  qilish shax- 

san  men  uchun  m a’lum  darajada  yo'qotgan  erkim 

evaziga mukofot bo'la oladi.

Kapitan  o'rtamizdagi  shartni  mustahkamlash 

uchun menga qo'lini uzatadi deb o'ylagan edim.

Biroq  u  bunday  qilmadi.  Shunday  qilmagani 

uchun m en unga ichdan achindim.

-   Yana  bir  savol,  -   dedim  men  bu  g'alati  odam 

endi ketmoqchi bo'lib turganida.

-  Qulog'im sizda, janob professor.

-  Sizni nima deb chaqirishimiz kerak?

-   Sizlar uchun  men  faqat kapitan  Nemo1,  siz va 

hamrohlaringiz  esa  men  uchun  faqat  «Nautilus»2 

yo'lovchilari.

Kapitan  Nemo  bir  nima  deb  qichqirdi.  Kayu-





Nemo

 -  lotincha «hech kim» degani.



Nautilus -

 lotincha kema degani.

94

taga  styuard  kirdi.  Kapitan  unga  o'sha  men  tu- 

shunmagan tilda buyruq berdi.

Shundan so'ng kanadalik va Konselga qarab:

-   Sizlar  o‘z  kayutalaringizda  nonushta  qilasiz- 

lar,  -   dedi.-  Marhamat  qilib  mana  bu  kishi  bilan 

borsangiz.

-  Yo‘q demayman,  -  dedi garpunchi.

Konsel va Ned Lend o'zlari qariyb o'ttiz  soat biz 

qamalib yotgan qafasdan chiqishdi.

-   Endi,  professor,  navbat  bizga.  Nonushta  tay- 

yor. Ruxsat bersangiz, sizga yo‘l ko'rsatsam.

-  Xizmatingizga hozirman, kapitan.

Men kapitan Nemo ketidan ergashdim. Biz elektr 

chiroqlar  bilan  yoritilgan  oddiy  kemalarnikiga 

o'xshash  yo'lakka  chiqdik va  o‘n  metrcha  yurgach, 

yopiq eshik oldida to'xtadik.

Kapitan  Nemo  eshikni  lang  ochib,  oldin  menga 

yo‘l berdi.

Men  sipohona  did  bilan  jihozlangan  va  par- 

dozlangan  ovqatxonaga kirdim.  Zalning ikki  tom o­

nida qora yog'och qadab naqshlangan baland eman 

ravoqlar  turardi.  Uning  tokchalarida  san’atkorona 

ishlangan  bebaho  billur,  chinni,  kumush  idishlar 

yaraqlab  tovlanardi.  Devor  koshinlarining  rangi 

shiftdan  taralayotgan  juda  yorqin  yogduni  yum- 

shatardi.

Zalning o'rtasida yasatilgan stol turardi.

Kapitan Nemo menga imo bilan joy ko'rsatdi.

-   О‘tiring,  -   dedi  u,  -   ovqatlanib  oling;  dar- 

voqe, o'lguday ochsiz-a.

Men yalintirib o'tirmadim.

Nonushtaga baliqdan tayyorlangan bir necha xil 

taom lar  va  menga  noma’lum  bo'lgan  allaqanday 

ovqatlar berishdi.

Bu  taom larning  hammasi  mazali,  ammo  tez

95


ko'niksa bo'ladigan  qandaydir  ta ’mi  bor  edi.  Naza- 

rimda  bu  masalliqlar  fosforga  boy  edi,  binobarin, 

ular dengizdan olingandir deb oyladim .

Kapitan  Nemo  ko‘z  uzmay  menga  qarab  turar 

edi.  Undan  hech  nima  so'raganim yo'q,  ammo  o‘zi 

m en  bermagan,  lekin  tilimning  uchida  turgan  sa- 

vollarga javob bera boshladi.

-   Bu  taomlarning  ko'pini  siz  bilmaysiz,  -   dedi 

u.  -   Ammo  baribir  sira  xavotirlanmay  yeyabe- 

rishingiz  mumkin.  Bularning  hammasi  foydali  va 

toyim li.  Men  yerda  yetishtiriladigan  oziq-ovqat- 

larni  anchadan  buyon  yemayman,  ammo  shunga 

qaramay,  o'zimni  juda  yaxshi  his  etyapman.  Men 

yeydigan  oziq-ovqatlardan  tamaddi  qiladigan  b u ­

tun  ekipajim  ham  havas  etsa  arziydigan  darajada 

soglom .


-   Demak,  bu  noz-ne’m atlarning  hammasi  de­

ngiz mahsulotimi?

-   Ha,  professor,  dengiz  butun  ehtiyojimni  qon- 

diryapti.  Ba’zan  men  to ‘r  tashlayman,  ular  biror 

m arta ham bo‘sh  chiqqan  emas.  Ba’zan  men  bosh- 

qalarning  qadami  yetolmaydigan  tabiat  olamiga 

ovga boraman va  suvosti  o'rmonlarimda  yashayot- 

gan «qushlar»ni quvaman. Mening podalarim keksa 

cho'pon  Neptunning1  podalari  singari  okean  keng- 

liklarida bemalol o‘tlab yurishadi.

Mulklarim behad  katta  va  ulardan  yolgiz  o‘zim 

foydalanaman.

Men  kapitan  Nemoga  taajjublanib  qarab,  javob 

berdim:


-   To‘rlar  dasturxoningizga  ajoyib  baliq  kelti- 

rayotganini  bilib  turibman,  kapitan.  Men  qan- 

dayligini  bilmayman-u,  ammo  sizning  o‘z  suvosti 

o‘rmonlaringizda  «qush»  ovlayotganingizni  rost





Neptun  -

 qadimgi rimliklarda dengiz xudosi.

96


deb  faraz  qilaylik;  biroq  men  bir  narsaga  hayron- 

man.  Ozgina bo'lsa ham,  dasturxoningizdagi go'sht 

qayerdan kelyapti?

-   Men  quruqlikda  yashaydigan  hayvonlarning 

go'shtini mutlaqo yemayman,  -   deya e’tiroz bildir- 

di kapitan Nemo.

-  Bu-chi? -  so'radim men bir necha bo'lak qovu- 

rilgan go'sht solingan taomga ishora qilib.

-   Siz  quruqlikda  yashaydigan  jonivorning 

go'shtidan  deb  taxmin  qilgan  taomingiz  dengiz 

toshbaqasining  qovurilgan  go'shti,  xolos.  Mana 

bu  delfinning  jigaridan  tayyorlangan  qaylaning 

ta ’mi  sizga  cho'chqa  go'shtidan  qilingan  qovur- 

doqday tuyulishi mumkin. Mening oshpazim -   mo- 

hir  pazanda.  Baliq  va  boshqa  dengiz  hayvonlari 

go'shtidan taom  tayyorlashda unga teng keladigani 

yo‘q.  Mana  bu  qisqichbaqa  konservalarini  istagan 

malayyalik  dunyodagi  eng zo‘r konserva  deb  baho- 

lashi mumkin; mana bu kremning qaym ogi kitning 

yelinidan olingan,  qand  -   Shimoliy dengizning suv 

o'simliklaridan;  nihoyat  mana  bu  murabbo  ane- 

monlardan.

Men  ulam ing  hammasidan  och  bo'lganim 

uchun  emas,  kapitan  Nemoning  gaplariga  qiziqib 

qolganimdan tatib ko'rdim.

-   Dengiz,  -   deya  davom  etdi  u,  -   meni  to ‘y- 

diribgina  qolmay,  kiyintiradi  ham.  Ustingizdagi 

kiyimning  matosi  ayrim  dengiz  chig'anoqlarining 

bissuslaridan  to'qilgan.  U  shajaraning  qirmizi  ran- 

giga  boyalgan,  binafsharang  tovlanishi  0 ‘rtayer 

dengizi  molluskalaridan  biri  apliziy  shirasi  yorda- 

mida  olingan.  Sizga  ajratilgan  kayutadagi  stolcha 

ustida  turgan  atir  ayrim  o'simliklarni  qaynatish 

yo‘li  bilan  olingan.  0 ‘rin-ko‘rpangizdagi  to'shak 

okeanning eng yaxshi  o'tlaridan qilingan.  Siz yoza-

4  -  J.Vern 

9 7


digan  pero -   kit  mo'ylovidan,  siyoh  -   karakatitsa1 

bezlaridan.  Hozir  men  nimadanki  foydalanayotgan 

bo'lsam, hammasi dengizdan olinyapti va bularning 

barchasi vaqti kelib yana dengizga qaytadi.

-  Dengizni sevasizmi, kapitan?

-   0 ‘-o‘,  nimasini  aytasiz,  sevganda  qandoq. 

Dengiz  -   bu  men  uchun  hamma  narsa.  U yer  sha- 

rining  o'ndan  yetti  qismini  egallab  turibdi.  Suvi 

toza  va  hayotbaxsh.  Uning  bepoyon  kengliklarida 

odam  o'zini  sira yolg'iz  his  etmaydi,  chunki  hami- 

sha  atrofida  hayot  nafasi  ufurayotganini  sezib  tu- 

radi.  Chindan  ham,  axir  dengizda  tabiatning  har 

uchala dunyosi -  minerallar, o'simliklar va hayvon- 

lar bor.  So'nggisiga  zoofitlarning2  juda  ko'p  namo- 

yandalari,  bo'g'inoyoqlam ing  ikki  sinfi,  molluska- 

larning  besh  sinfi,  umurtqalilar,  sutemizuvchilar, 

sudraluvchilarning uch sinfi va son-sanoqsiz baliq- 

lar kiradi. Hayvonot olamining juda ko'p sinflari o'n 

uch mingdan ortiq turlarga egaki, bularning o'ndan 

bir qismigina  chuchuk suvlarda yashaydi.  Dengiz  -  

tabiatning  ulkan  rezervuari.  Yer  sharida  hayot  de­

ngizdan boshlangan,  kim bilsin,  balki  u vaqti  kelib 

yana  dengizda  tugar?  Dengizda  -   o'ta  osoyishta- 

lik...  Dengiz  zo'ravonlarniki  emas.  Ular  dengiz  sat­

hida  jang qilib,  bir-birlarini  qirishlari,  quruqlikdagi 

hayot  qabohatlarini  qaytarishlari  mumkin.  Ammo 

o'ttiz  fut  chuqurlikdagi  suv  ostida  ularning  hukm- 

ronliklari tugaydi.  Eh,  professor,  dengiz  qa’rida ya- 

shang!  To'la  mustaqillik  faqat shu yerda,  faqat shu 

yerda  inson  chinakamiga  ozod,  shu  yerdagina  uni 

hech kim ezolmaydi!

Kapitan  Nemo  to'satdan  o'zining  otashin  so'z-





Karakatitsa

  -  yumshoq tanli dengiz molluskasi.



Zoofitiar

  -   jonivor-o'simliklar.  Ilgari  ignaterilar,  mshankalar, 

ichakbo'shlar,  bulutlar  (suv  jonivori)  va  ayrim  qurtlarni  shunday 

deb atashgan.

98

larini  to'xtatdi.  U  odatdagi  vazminligini buzganiga 

pushaymon  bo'lmadimikin?  Ortiqcha  so'zlab  qo‘y- 

ganidan cho'chimayotganmikin?

Bir  necha  m inut  davomida  ovqatxonada  haya- 

jonlanib  yurdi.  So'ngra  asablarini  jilovlab  oldida, 

yuziga  odatdagi  sovuq  ulugvorlik  ifodasini  berib, 

menga quyidagi so'zlar bilan m urojaat qildi:

-  


Endi,  professor,  «Nautilus»ni  ko'rib  chiq- 

moqchi bo'lsangiz, xizmatingizga tayyorman.



O'  n  b i r  i n  c h i   b o b  

«NAUTILUS»

Kapitan Nemo eshik tomon yurdi.  Men uning or- 

qasidan bordim.  Ovqatxonaning oxiridagi  ikki tava- 

qali  eshik  ochilib,  biz  qo'shni  xonaga kirdik.  Bu  uy 

kattaligi  jihatidan  ovqatxonadan  qolishmaydigan 

kutubxona  edi.  Palisandr1  yog'ochidan  qilinib,  ol- 

tin  suvi  yugurtib  pardozlangan baland,  shiftga  yet- 

gan  shkaflarda  bir  xil  muqovali  juda  ko‘p  kitoblar 

saqlanardi.  Shkaflar uy devorlarini  qoplab  olishgan. 

Keng,  jigarrang charm  sirilgan  divanlar kishini  dam 

olishga  chorlardi.  Ulaming  yaqinida  kitob  ostiga 

qo‘yiladigan yengil ko'chma chorpoyachalar turardi.

Ustiga bir quchoq kitob uyib q o y ilg an k atta  stol 

xonaning  o'rtasini  egallab  turar  edi.  Uning  ustida 

eski gazetalarning bir necha nusxalari ham bor edi.

Bu  hasham atli  zalni  shiftga  o'rnatilgan  to 'rtta  

yarim  shar  shaklidagi  elektr  lampalar  yoritib  turar 

edi.

Chiroyli  jihozlangan  juda  qulay  bu  xonani  zavq 



bilan ko'zdan kechirdim.



Palisandr  -

  ba’zi  tropik  daraxtlaming  qattiq,  qimmatbaho 

yog'ochi.

99

-   Kapitan  Nemo,  -   dedim  men,  -   mana  bu  ku- 

tubxona  bilan  yerdagi  har  qanday  saroy  faxrlan- 

sa  arziydi.  Okean  qa’rida  shunday  ajoyib  kutub- 

xonangizning borligi meni hayratga solmoqda!

-   Ishlash  uchun  bundan  qulayroq  sharoitni  qa- 

yerdan  topasiz,  professor?  -   dedi  kapitan.  -   Pa- 

rij  muzeyidagi  kabinetingiz  shunchalik  osoyishta 

bo'ladimi?

-  Yo'q,  albatta... Ochig'ini aytsam, bu zal oldida 

u  juda  qashshoq.  Bu  yerda  kamida  olti-yetti  ming 

kitob bordir?

-   O'n  ikki  ming,  janob  Aronaks.  Meni  yer  bilan 

bog'lab  turgan  yakka-yu  yagona  narsa  shu.  Biroq 

«Nautilus»  birinchi  m arta  suvga  sho'ng'igan  kun- 

dan  e’tiboran  men  uchun  dunyo  yo'qoldi.  O'sha 

kuni men so'nggi kitob va risolalarni, gazetalarning 

so'nggi  nusxalarini  sotib  olgan  edim.  O'shandan  , 

beri  men uchun  insoniyat  o'ylashdan va yozishdan 

to'xtadi.  Bu  kitoblar,  professor,  butunlay  sizning 

ixtiyoringizda  -  ulardan  istagan vaqtingizda xohla- 

ganingizcha foydalanavering.

Kapitan  Nemoga  minnatdorchilik  bildirgach, 

kutubxona  tokchalariga  yaqinlashdim.  Men  u  yer­

da  aniq  fanlarning  turli  sohalariga  doir,  falsafa, 

adabiyotga  doir  barcha  tillarda  yozflgan  kitoblarni 

ko'rdim.


Qiziq bir narsa diqqatimni o'ziga tortdi:  hamma 

kitoblar qaysi tilda yozilganidan  qat’i nazar,  alfavit 

tartibida turardi.  Bu  kapitan  Nemoning hamma til- 

larni yaxshi bilishidan dalolat berardi.

Men  kutubxonaga  inson  tafakkuri  yaratgan  eng 

ajoyib  narsalarni  -   fan  sohasida  ham,  badiiy  proza 

va  poeziyada  ham:  Gomerdan tortib  Viktor  Gyugo- 

gacha,  Ksenofontdan  Mishlegacha,  Rabledan  Jorj



Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар)
Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi
Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va
Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy]
Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Gul bir yon, m a n bir yon
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Yoshlar 4 kutubxonasi
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Xamsa alisher Navoiy xamsa
84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Shokolad fabrikasi

Download 9.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling