Suv ostida sakson ming kilometr
Download 9.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 ‘ n i k k i n c h i b o b
100 Zandgacha qadimiy va hozirgi zamon avtorlarining asarlarini ko'rdim. Ammo bu kutubxonada ilmiy ki- toblar har holda ko'proq edi. Bilishimcha, kapitan- ning ilmiy m ashgulotlarining asosiy predmeti tabi iyot tarixi bo‘lishiga qaramay, ballistika mexanika- si, gidrologiya2, meteorologiya, geografiya, geolo- giya va hokazolarga oid kitoblar ham kam emasdi. Tokchalarda Gumboldt, Aragoning barcha asarlari, Fuko, Anri Sen Kler-Devil, Shasl, Miln-Edvards, Katrfaj, Tindal, Faradey, Bertello, Abbat Sekki, Pe- term ann, Mori, Agasits asarlari, akademiyalarning «Solnoma»lari, turli geografik jamiyatlarning bulle- tenlari va hokazolar, xuddi shu faxrli jamoa yonida kapitanning menga ko'rsatgan hurm atidan m innat- dor bo'lishim kerakdir, mening o‘sha ikki tomligim ham turar edi. Jozef Bertranning «Astronomiya asoslari» kitobi menga bir sanani aniqlab olish im- konini berdi: bu kitob 1865-yilning o'rtalarida chiq- qanini bilardim; bundan chiqdi, «Nautilus» shun dan oldin suvga tushmagan. Demak, kapitan Nemo ko‘pi bilan bundan uch yil muqaddam suvosti sayohatiga chiqqan! Bordi-yu, bundan ham keyinroq chiqqan ki toblar topilib qolsa, suvosti kemasining dengizga tushirilgan vaqtini yanada aniqroq belgilab olish mumkin, deb oyladim o'zimcha. Ammo bu masala- lam i bilib olish uchun hali oldinda yetarli vaqt bor, hozir esa «Nautilus» mo'jizalarini ko‘rib chiqishni kechiktirgim kelmadi, - Kutubxonangizdan foydalanishga ruxsat ber- 1 Ballistika - artilleriya snaryadlarining uchishini o'rganadigan fan. 2 Gidrologiya - yer sharining suv bilan qoplangan (okean- lar, dengizlar, ko'llar va daryolar) qismining fizik xususiyatlarini o'rganadigan fan. 101 ganingiz uchun rahmat, kapitan. Bu chinakam fan xazinasi va men undan foydalanaman. - Bu uy faqat kutubxona bo'libgina qolmay, bal ki chekadigan joy ham. - Chekadigan joy?!- qichqirib yubordim m en.- «Nautilus»da chekishadimi? - Albatta. - Unday bo'lsa, kapitan, siz Gavana bilan aloqa bog'lab turar ekansiz-da? - Mutlaqo, - javob berdi kapitan Nemo. - Mana bu sigarani chekib ko'ring, professor, u Gavananiki emas, ammo kashanda bo'lsangiz sizga ma’qul tu- shadi. Men ko'rinishdan eng yaxshi Gavana sigarala- riga o'xshagan, ammo rangi ochroq, oltinrang yaproqlardan o'ralgan sigarani olib, bronza sham- dondagi shamdan tutatdim . Ikki kun tamakidan mahrum bo'lgan ashaddiy kashandaday ochko'zlik bilan tutundan tortdim. ■ - Juda zo'r sigara, ammo... demak, bu tamaki emas ekan-da? - Yo'q, - deb javob berdi kapitan. - Bu, tarkibi- da nikotin ko'p bo'lgan turli xil dengiz o'tlari. Endi Gavana sigaralariga qalaysiz? - Shu daqiqadan boshlab men ulardan irgana- man.
- Unday bo'lsa, sigaraning qayerdan kelib chiq- qanini surishtirmay, istaganingizcha chekavering. Bular uchun hech qanaqa tamaki monopoliyasi so- liq olgani yo'q. Ammo bu bilan sigaralar bemazaroq bo'lib qolmadi, shunday emasmi? - Juda to'g'ri. Shu payt kapitan Nemo biz boyagina kutubxona- ga kirgan joyning ro'parasidagi eshikni katta ochdi va biz ulkan, yaxshi yoritilgan salonga kirdik.
Bu burchaklari kesik, uzunligi o‘n, eni olti va balandligi besh metr keladigan katta zal edi. Shift sathi bilan bir tekisda bo'lgan chiroyli jimjimador naqshli lampalar bu muzeydagi mo'jizalarga yorqin, ammo ko'zni qamashtirmaydigan yog‘du sochardi. Ha, bu chinakam muzey edi! Epchil va saxiy qo'llar bu yerga tabiat va san’at xazinasini rassom xonasi- dagiday tartibsiz holdagi go‘zalligi bilan yiqqan edi. Buyuk rassomlarning bir xil ramkalardagi o'ttizga yaqin asarlari odmi gulli mato tortilgan devorlarni bezab turardi. Rasmlar oralig'ida qalqon va qurollar hamda barcha ritsarlik yarog-aslahalarini taqib ol- gan haykalchalar turardi. Men ilgari Yevropa vistavkalarida hamda shax- siy rasmlar galereyasida tomosha qilib yurgani- mizda juda bebaho asarlami ko'rdim. Qadimgi san’atkorlar mahorati bu yerda Rafaelning «Ma’- budasi», Leonardo da Vinchining «Qiz bola»si, Korredjioning «Gung»i, Titsianning «Ayol»i, Ve- ronezening «Sehrgarlar sajdasi», Muriloning «Maqtov»i, Golbeynning «Portret»i, Velaskez- ning «Monax»i, Riberning «Jafokash»i, Tenersning «Yarmarka»si, Rubensning Flamandiyaning ikki peyzaji, Jerar-Dou, Metsu, Pol Potterlar uslubidagi uchta kichik-kichik asar, Jeriko va Pryudonning ikki kartinasi, Bakyuyzen va Vernening bir necha dengiz manzaralari orqali namoyish qilingan edi. Hozir- gi zamon rassomchilik san’ati namunalari orasida men Delakrua, Engr, Dekan, Truayn, Meyssone, Do- bini va boshqalar yaratgan asarlarni uchratdim. Antik haykaltaroshlarining marmar va bron- zadan ishlagan haykallarining bir necha maftunkor nusxalari bu ajoyib muzeyning burchaklaridagi ba land tagliklarda turardi. Kapitan Nemoning oldindan aytib qo'ygan
so'zlari to ‘g‘ri chiqa boshladi: «Nautilus»ni ко 'rib chiqish uchun qo'yilgan dastlabki qadamlardayoq men hayratga tushdim. - Mulozamat ko'rsatmay, yig'ishtirilmagan, tar- tibsiz xonaga sizni boshlab kelganim uchun meni kechirarsiz, degan umiddaman, professor, - dedi bu g'alati odam. - K apitan,- deya javob berdim m en ,- ochigini aytsam, siz haqiqiy artist ekansiz! - 0 ‘-o‘, yo'q, havaskorman, xolos, - e’tiroz bildirdi u. - Inson tafakkuri yaratgan bu ajo yib asarlarni yig'ish menga quvonch baxsh etardi. Men hormay-tolmay izladim, xarid qilishga o ‘ch edim. Shuning uchun bu bir qancha juda qimmat- baho narsalam i qo'lga kiritdim. Bu - men uchun o'lgan yerdan so'nggi xotiralardir. Nazarimda, hatto hozirgi zamon rassomlaringiz ham qadimiy san’atkorlardir. Buyuk iste’dod egalarining hozirgi- si, qadimgisi bo'lmaydi. - Mana bu musiqachilar-chi? - so'radim men Veber, Rossini, Motsart, Betxoven, Gaydn, Meyer- ber, Vagner, Ober, Guno va boshqalarning ikki eshik oralig'idagi joyni egallab turgan katta pianino- organning ustida sochilib yotgan partituralariga ishora qilib. - Bu musiqachilar men uchun Orfey1 zamon- doshlaridir. O'lganlar xotirasida vaqt tafovuti qol- maydi, professor, men esa o'sha sizning tuproq ostida yotgan yor-birodarlaringiz singari o'lgan odamman... Kapitan Nemo jim qolib, chuqur o'yga toldi. Men unga katta qiziqish bilan indamay qarab turib, yuz 1 Orfey - qadimgi grek mifologiyasidagi ashulachi. U o‘z qo‘- shiqlari bilan daraxtlar va qoyalarni harakatga keltirgan, yirtqich hayvonlarni o‘ziga rom qilgan. 104 tuzilishining o‘ziga xos belgilarini qidirardim. U qimmatbaho stolchaga suyangan, meni ко‘rmas va aftidan, yonidaligimni ham tam om an unutgan edi. Men uning xayolini bo'lmaslik uchun bu salon- ga to'plangan mo'jizalarni ko'rishni davom ettir- dim.
San’at asarlari bilan bir qatorda tabiat yaratgan nodir narsalar ham kattagina o‘rin egallab turardi. Bular asosan o‘simliklar, chig'anoqlar va okean ning boshqa o'simlik va hayvonot dunyosining mahsulotlari bo'lib, aftidan, kapitan Nemo o‘z qo‘li bilan yigganga o'xshardi. Salonning o'rtasida ostidan elektr chirog'i bi lan yoritilgan faw ora bor edi; suv zarrachalari tri- daknaning juda katta chig anog idan qilingan ho- vuzga tushib turar edi. Tridaknaning aylanasi olti metrcha kelardi. Binobarin, u hatto Venetsiya Res- publikasi qirol Fransisko I ga tuhfa etgan mashhur chig'anoqdan ham katta edi. Hovuz atrofidagi mis bilan pardozlangan chi- royli oynaband vitrinalarga tabiatshunos yet ti uxlab tushida ham ko'rmagan eng nodir dengiz mo'jizalari qo'yilgan. Bir qarashdayoq qanchalik quvonib ketganimni tasaw u r qila olsangiz kerak. Zoofitlar bo'limi bu yerda poliplar1 va tikante- rililar orqali namoyish etilgan edi. Birinchilari orasida yelpig ichsimon gorgoniylar, dengiz or- ganchalari, suriya bulutlari, moluk marjonlari, alsi- oniyning ajoyib nusxasi, odamni hayratga soladigan yelpigichyaproqlar, Reyunyon orolidan ko'zchalar va m adreporlarning juda katta kolleksiyasi bor edi- ki, bular orasida Antil orollaridan olingan «Neptun aravachasi» ayniqsa diqqatni o'ziga tortardi. Bu yerga marjonlarning turli xillari yig'ilgan bo'lib, 1 Polip - bir joyda qimirlamay yashaydigan dengiz hayvoni. 105 odatda, ularning to'dalari butun-butun orollarni, asrlar o'tishi bilan esa ehtimol qit’alarni ham vu- judga keltirishi mumkin bo'ladi. Dengiz yulduzlari- ning bir necha turlari, dengiz ko'zachalari (golotu- riy), dengiz tipratikanlari, ilondumlilar va boshqalar bu yerga kosasi tikanaklar hamda nayzachalar bilan qoplangan tikanterililarning namoyandalari sifatida qo'yilgan. Mening o'rnimda asablari zaifroq konxiolog bo'lganida, molluskalar kolleksiyasi o'rin olgan na- rigi vitrinani ko'rishi bilanoq yuragi yorilib o'lardi. Bu eksponatlar bebahodir va ularni tavsiflash uchun butun bir tomni bag'ishlash lozim bo'lur edi. Shu- ning uchun ham eng diqqatga sazovorlarini sanab o'tish bilan kifoyalanaman. Kapitan Nemo kollek- siyasida Hind okeanining sidirg'a qizg'ish jigarrang ustiga mutanosiblik bilan joylashgan oq dog'li chi- royli bolg'asi; hamma yog'i mayda donachalar bilan qoplangan va yaltillab turadigan «imperator spon- diliysi», bunga istagan Yevropa muzeyi yigirma ming frankni ayamasdi; topilishi deyarli mumkin bo'lmagan avstraliya bolg'asi; nafas tegsa sochilib ketadigan darajada m o'rt Senegal yuraksimonlari - qo'sh-tabaqa, oq ohak naychalarining chetlari jim- jimador va ishqibozlar yuksak baholaydigan bir ne cha Yavana dengiz leykalari; Amerika suvlarida uch- raydigan sariq-yashil, Yangi Zelandiya sohillarida yashaydigan to 'q kulrang, Meksika qo'ltig'ida uch- raydigan toshbaqasimon chig'anog'i bilan ajraladi- gan bo'g'inoyoqlilarning juda ko'p xillari; bulardan tashqari, oltingugurtli juda g'alati tellinlar, siter va venuslarning qimmatbaho navlari, sadaf tangachali m armar kubarna; yana Hindistonda tanga o'rnida ishlatiladigan «ilonboshi» chig'anoqlarining ham ma turlari; Sharqiy Hindistonning «dengizga shon-
sharaf» degan eng qimmatbaho chig‘anog‘i; niho- yat, olimlar juda chiroyli nomlar bilan atashgan na- fis va m o'rt chig'anoqlar - minorachalar, yantinlar, mitrlar, kaskalar, bagretslar, arfalar, tritonlar, pte- rotserlar, patellalar, gialeylar, kleodorlar bor edi. Ayrim vitrinalarda elektr yog'dusida chaqnab turgan mislsiz chiroyli marvarid shodalari: Qizil dengiz qa’ridan olinadigan pushti rang marvarid, turli molluskalar badanidan chiqadigan va deyarli barcha dengiz hamda okeanlarda uchraydigan ya- shil, sariq, ko‘k, qora marvaridlar turardi. Bu marvaridlardan ba’zilari kaptar tuxumidan kattaroq edi. Ular sayyoh Tavernening Eron shohi- ga uch millionga sotgan marvarididan ham qim- matroq, chiroyda esa men dunyoda eng chiroyli deb hisoblaganim imom Masqatiyning marvarididan ham afzalroq edi, Xullas, bu kolleksiyani baholash sira mumkin emas edi. Kapitan Nemo bunday kolleksiya uchun millionlarni sarf etgan bo‘lishi kerak. Bu quloq eshitmagan boyliklar qayerdan olingan ekan deb oylayotganim da birdan kapitan menga murojaat qilib qoldi: - Kolleksiyalarimni ko'ryapsizmi, professor? U chindan ham naturalistning diqqatini jalb etishga molikdir. Ammo men uchun ular yanada qadrliroq, negaki, bularning har birini o‘z qo'llarim bilan yig‘ganman va yer yuzida bu vitrinalar uchun biror narsa bermagan dengiz yo‘q. - Kapitan, bu boyliklarni har ko'rganda qu- vonishingizning sababini yaxshi tushunam an. Yev- ropa muzeylaridan birontasida ham bunaqa kol leksiya yo‘q! Ammo men zavqlanishimning ham- masini muzeyni ko'rishga sarflasam, unda kemani ko'zdan kechirganda nima qilaman? Men odob va
kamsuqumlikni bir chekkaga yig'ishtirib qo'yib, sirlaringizni bilib olishga harakat qilaman, ammo oldindan aytib qoyay, «Nautilus»ning o‘zi, uni h a rakatga keltirayotgan kuch, kemaning shu qadar tez yurishini ta ’minlayotgan mexanizmlar meni ko'proq qiziqtirmoqda. Bu salon devorida qanday xizmatni o'tashi menga nom a’lum bo'lgan asbob- larni ko'rib turibman. Men so'ramoqchi bo'lgan... - Janob Aronaks, - deya mening so'zimni bo'ldi kapitan, - men sizning bu kemada erkin odam ekanligingizni ilgaridan aytib qo'ydim, bino- barin, «Nautilus»da sizning borishingiz man etil- gan bironta burchak yo'q. Kemani istaganingizcha ko'rishingiz mumkin va m en bajonidil sizga ham- roh bo'lib, uni ko'rsatishga tayyorman. - Sizga qanday minnatdorchilik bildirishga ham hayronman, kapitan. Iltifotingizni suiiste’mol qil- maslikka harakat qilaman. Bir narsani bilib olishim- . ga ijozat bersangiz, fizikaga doir mana bu asboblar nimaga ishlatiladi? - Xuddi shunday asboblar, professor, kayu- tamda ham bor, bularning nimaga ishlatilishini o'sha yerda aytib beraman. Ammo hozir sizga aj- ratilgan kayutaga boraylik. Axir siz «Nautilus»da qanday sharoitda yashashingizni bilishingiz ke rak-ku.
Men kapitan Nemoga ergashib tor yo'lakdan ketaverdim. Kema tumshug'iga yetgach, kapitan Nemo meni kayutaga, to'g'rirog'i, karavot, tualet stolchasi, kreslolar va boshqalar bilan jihozlangan juda chiroyli keng xonaga boshlab kirdi. Benihoya m innatdorchilik bildirdim. - Sizning kayutangizdan menikiga o'tish m um kin, - dedi kapitan eshikni ocha turib, - meniki- 108 dan esa biz hozirgina chiqib kelgan salonga kirsa bo'ladi.
Biz kapitanning kayutasiga kirdik. Temir ka- ravot, ish stoli, bir necha stul, umivalnik - butun jihoz shundan iborat edi. Eng zarur narsalar, or- tiqcha hech nima yo‘q. Kayuta nim qorongi edi. Kapitan Nemo stulga ishora qildi: - Marhamat, o'tiring. Men o'tirdim. U biroz indamay turdi-da, so'ng so'zlay ketdi.
HAMMA NARSA ELEKTR VOSITASIDA - Mana bu yoqqa qarang, professor, - deb so‘z boshladi kapitan Nemo xona devorlarida osig'liq turgan asboblarga ishora qilib. - Bular «Nautilus»ni boshqarishga xizmat qiladigan apparatlar. Bu yer da ham salondagiday bular hamisha mening ko‘z oldimda bo'ladi va «Nautilus»ning okeanning qaye- rida turganini va yo'nalishini aniq ko'rsatadi. Mana bu «Nautilus»dagi havo haroratini ko'rsatadigan term ometr; bunisi barometr, u havo bosimini aniq- laydi va bu bilan havoning o'zgarishini oldindan ay- tib turadi, gigrometr atmosferada namlik miqdorini ko'rsatadi; kema yo'nalishini ko'rsatadigan kom- pas, quyosh balandligiga qarab joyning kengligini aniqlaydigan sekstant; geografik uzunlikni belgilay- digan xronometrlar; nihoyat, kunduzgi va tungi ku- zatuv trubalari, «Nautilus» suv sathiga chiqqanda, men bular yordamida ufqni kuzataman. - Bu asboblarning hammasi, - deb javob ber dim men, - kemachilikda ishlatib kelinmoqda va bularning hammasi menga ilgaridan tanish. Biroq 109 mana bu yerda menga ma’lum bo'lmagan allaqan- day asboblar bor. Ehtimol «Nautilus»ni boshqa- rishning o'ziga xos xususiyatlari ana shularga bog'liqdir. Mana bu harakat qilib turadigan milli katta siferblat manom etr emasmi? - Ha, bu manometr. U kema tashqarisidagi suv bosimini o'lchaydi va bular «Nautilus»ning suvga qancha cho'kkanini ko'rsatib turadi. - Mana bular zondlarmi? - Ha, faqat yangi konstruksiyadagisi. Bular turli suv qatlamlaridagi haroratni o'lchaydigan termo- metrik zondlar. - Mana bu asboblar-chi? Bularning nimaga ish- latilishiga aqlim yetmay turibdi. - Buning uchun, professor, oldin sizga ba’zi bir narsalarni tushuntirishga to ‘g‘ri keladi, - deb javob berdi kapitan Nemo. U birpas jim turdi-da, keyin so‘z boshladi: - Tabiatda itoatkor, tezkor va ishlatilishi qulay kuch bor. Mening kemamdagi hamma ishlarni shu kuch bajaradi: u y ogdu beradi, isitadi, mashinalar- ni harakatga keltiradi. Bu kuch - elektr. - Elektr deysizmi?!- ajablanfb xitob qildim men. -H a .
- Biroq sizning kemangiz gayritabiiy tezlik bi lan suzadi-yu, kapitan. Elektr to 'g risid a bizga m a’lum tushunchalar sizning gaplaringiz bilan sira qovushmaydi. Hozircha uning mexanik kuchi juda cheklangan. - Bilasizmi, professor, - deb javob berdi ka pitan Nemo, - mening elektr quw atidan foydala- nish usulim hamma foydalanayotganidan boshqa- cha. Xafa bo'lmasangiz, bu borada shu gapning o‘zi bilan cheklansam. - Sizning bu gaplaringiz meni qanchalik taajjub-
lantirgan bo'lmasin, zo'rlamayman, kapitan. Ayb- ga buyurmasangiz faqat birgina savolim bor. Axir bu aql bovar qilmaydigan kuchni olish manbayiga xizmat etadigan elementlar, ayniqsa, rux juda tez tugab qoladi-ku. Yer bilan aloqa qilib turmaganin- gizdan keyin ularning o'rnini qanday to'ldirasiz? - Bu savolga jonim bilan javob beraman, - dedi kapitan Nemo. - Awalo shuni bilib qo‘yingki, de ngiz qa’rida rux, temir, kumush, oltin va boshqa m etallam ing koni bor, ularni qayta ishlash esa un- chalik og‘ir emas. Ammo men yerda ishlatiladigan bu metallardan foydalanmayman. Men kerakli miq- dordagi energiyani dengizdan olaman. - Dengizdan? - Ha, professor, dengizdan. Dengizdan elektr energiyasi olishning yo'llari ko‘p. Chunonchi, men turli chuqurlikka tushirilgan o'tkazgichlar orqali ularni o'rab turgan suv qatlamlaridagi har xil suv haroratidan tok olishim mumkin. Ammo men bosh qa qulayroq usuldan foydalanishni afzal ko'rdim. - Qanaqa usuldan? - Siz dengiz suvi tarkibini bilasiz-a? Uning yuz- dan to'qson olti yarim qismi sof suv, taxm inan ikki- yu uchdan ikki qismi natriy xloriddir1. Bundan tash- qari, uning tarkibida biroz magniy xlorid va kalsiy xlorid, bromli magniy sulfat, sulfat kislotasi va ug- lekalsiy tuzi bo'ladi. Ko‘rib turibsizki, xlorli natriy dengiz suvida juda ko‘p. Men o‘z elementlarimga xuddi mana shu xlorli natriyni ishlataman. - Xlorli natriyni deysizmi? - Ha. U simob bilan birikkach, Bunzen element- larida ruxning o'rnini bosa oladigan amalgama2 hosil etadi. Simob elementlarda parchalanmay-
di. Shunday qilib, faqat natriy sarflanadi, uni esa menga dengiz beradi. Sizga yana shuni ham aytib qo'yayki, nima bo'lganda ham natriy elementlari ruxnikidan ikki baravar kuchliroq. - Sizning sharoitingizda natriyning afzalligi- ni tushunib turibman, kapitan. Dengizda uni is- tagancha topish mumkin. Bu juda soz. Biroq oldin natriyni xlorli birikmadan ajratib sof holga kel- tirish kerak-ku! Buni qanday amalga oshirasiz? Shubhasiz, batareyalaringiz xlorli natriyni elektro- liz1 qilishga xizmat eta oladi, biroq adashmasam, elektrolizga undan olinadigandan ko'ra ko'proq natriy sarflanadi. Binobarin, siz yangi olganingiz- dan ko'proq natriy sarflaysiz-ku! - Xuddi mana shuning uchun ham, professor, natriyni elektroliz yo'li bilan olmayman, balki toshko'm ir yoqib, uning energiyasidan foydalana- man.
- Toshko'mir? Demak, siz baribir yer bilan aloqa bog'lab turar ekansiz-da? - Yo'q. Istasangiz uni dengiz ko'miri deb atashi- miz mumkin. - Demak, siz suvosti konlaridan toshko'm ir olish yo'lini topibsiz-da? - Siz buni o'z ko'zlaringiz bilan ko'rasiz, pro fessor. Faqat biroz sabr qiling: vaqt bemalolligi ham bardoshli bo'lishingizni taqozo etadi. Faqat bir nar sani unutmang: m en mutlaqo hamma narsani oke- andan olaman. U menga elektr beradi, elektr esa «Nautilus»ga issiqlik, yorug'lik, harakat - xullas, bir so'z bilan aytganda, hayot beradi! - Ammo nafas olish uchun havodan boshqa hamma narsani.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) Elektron%20adabiyotlar -> IM. M. Vaxitov, sh. R. M irzayev I q I s m. M e ’ morf hilik tarixi Elektron%20adabiyotlar -> I oism. M e ’ m o r c h IL ik tarixi 0 ‘zbek3ST0n respublikasi oliy va Elektron%20adabiyotlar -> Milliy manaviyatimiz asoslari. Imomnazarov M.pdf [Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy] Elektron%20adabiyotlar -> Sa id a h b o r bulatov asrol m u xto ro V g a n c h k o r L i k Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi] 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Gul bir yon, m a n bir yon 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Yoshlar 4 kutubxonasi 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Xamsa alisher Navoiy xamsa 84%20Бадиий%20адабиёт(асарлар) -> Shokolad fabrikasi Download 9.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling