Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq


Download 13.95 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi13.95 Kb.
#1484703
Bog'liq
vaziyatli masala (Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq)


Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
“ABS” yuridik shaxs sifatida tashkil qilingan dexqon xo`jaligining umumiy yer maydoni 40 gektardan iborat. “ABS” korxonasida klaster tashkil etilgan bo`lib turli xil mevalarni yetishtiradi va tayyor meva maxsulotlarini 2 xil usulda realizatsiya qiladi. Birinchisi, meva xolatida export qiladi va ikkinchisi mevali sharbat tayyorlaydi. Yetishtirilgan maxsulotning 40 foizi export qilinsa, 60 foizi qayta ishlash uchun klasterda saqlab qolinadi. “ABS” dexqon xo`jaligi joylashgan yerda 1 gektar yerni sho`rini yuvish uchun o`rtacha yiliga 200 tonna suv sarflanadi. “ABS” dexqon xo`jaligining yer usti suviga bo`lgan talabi oyiga o`rtacha 120 tonnadan iborat. Bundan tashqari, “ABS” korxona mevali sharbat ishlab chiqarish jarayonida yer osti ichimlik suvidan ham foydalanadi. 1 litr sharbat tayyorlash uchun o`rtacha 600 ml ichimlik suvi va 400 gr meva talab etiladi. 1 gektar yerdan yiliga o`rtacha 250 tonna meva hosil olish mumkin.

  1. “ABS” korxonaning yer usti suviga bo`lgan yillik talabi qancha (m3 da ifodalang).

  2. “ABS” korxonasida yiliga necha litr sharbat ishlab chiqariladi va shu sharbat ishlab chiqarish uchun necha m3 ichimlik suvi talab etiladi?

  3. “ABS” korxonasi bir yilda qancha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to`laydi?

  4. Dastlabki 200 tonna yer usti suvi uchun 0.7 koeffisient qo`llanilsa va yer osti suvidan 5000 m3 dan ortiq ishlatilganlik uchun 1.2 koeffisient qo`llanilsa yuqoridagi holatga nisbatan ko`proq soliq to`lanadimi yoki kamroqmi va qanchaga ko`proq yoki kamroq?

Download 13.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling