Suv-tuz almashinuvi


Download 71.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.05.2023
Hajmi71.92 Kb.
#1443923
Bog'liq
Suv-tuz almashinuvi - Vikipediya



Suv-tuz
almashinuvi
Suv-tuz almashinuvi — odam va
hayvonlar organizmida suv va tuzlarning
qabul qilinishi, soʻrilishi, taqsimlanishi,
ehtiyoji hamda ajralishi bilan
bogʻliqjarayonlar majmui. Suv-tuz
almashinuvi organizm ichki muhitidagi
suyuqliklar miqdori, kislotaishqor
muvozanati, ionlar tarkibi, osmotik
miqdorning doimiyligini taʼminlaydi
(qarang Gomeostaz). Dastlab tirik


mavjudotlar okeanlarda paydo boʻlganligi
uchun kupgina dengiz umurtqasizlarining
ichki suyukliklari (asosiy ionlar boʻyicha)
dengiz suvi tarkibiga oʻxshash. Evolyusiya
jarayonida organizmda ichki muhit
suyuqliklari tizimi shakllandi va ularda ion
tarkibi hamda suv miqdorini bir meʼyorda
saklab turuvchi mexanizmlar rivojlandi.
Organizmdagi suvning umumiy miqdori
boʻshliqichlilar guruhiga kiradigan
hayvonlar (meduzalar)da 95— 98%
atrofida, sut emizuvchilarda 60— 70% va
hasharotlarda 45—65%. Odamda suvning
umumiy miqdori gavda ogʻirligiga
nisbatan 60%ni, hujayra ichi suyuqligida
40%, hujayra orasi suyuqligida 16%, tomir


ichi suyuqligida 4,5% ni tashkil qiladi.
Toʻqimalardagi fizik kimyoviy jarayonlarni
ionlar (NaQ, KQ, Ca2Q, Mg2Q, Cl% SO4,
HCOl va boshqalar) hamda
mikroelementlar taʼminlaydi. Chuchuk
suvda yashaydigan hayvonlarda
elektrolitlar ichak ustki qobigʻi yoki ogʻiz
va kloaka shilliq qavatlaridan soʻrilib, qon
va limfa orqali organizm hujayralariga
tarqaladi. Tuz tarkibi boʻyicha hujayra ichi
va atrofi suyuqliklari tubdan farq qiladi;
hujayra ichida KQ, Mg2Q va fosfatlar,
hujayra atrofida NaQ, Sa2Q, S1 koʻp.
Ionlardagi nomutanosiblik plazmatik
membrana faolligi va hujayra kimyoviy
komponentlariga ayrim ionlar
bogʻlanganligi bilan bogʻliq. Hujayra


ichida ham ionlar bir xilda tarqalmagan:
NaQ sitoplazmaga nisbatan oʻzakda
koʻproq. Sa2Q — mitoxondriyalarda.
Organizmda tuzlar saqlanadigan joylar
(depo) mavjud: suyak toʻqimasida Sa2Q,
jigarda bir qator mikroelementlar
toʻplanadi.
Suv almashinuvi osmoregulyasiyaning
turiga bogʻliq, chunki u tuzlarning chiqaruv
sistemasiga taʼsir koʻrsatadi. Koʻpgina
chuchuk suvda hamda suvda va
quruqlikda yashovchi hayvonlarning ustki
qobiklarida ionlarni sorbsiya qiladigan
hujayralar boʻladi, dengiz gomoyosmotik
hayvonlarida tuzlarni ekskretsiya
qiladigan organlar (tuz bezlari, jabralarda


joylashgan maxsus hujayralar)
rivojlangan. Sut emizuvchilarda suv va
tuzlarni nazorat qiladigan asosiy organ
buyrak hisoblanadi.
Suv-tuz almashinuvia. nazorati maxsus
reflektor sistemalar yordamida amalga
oshiriladi, ulardan biri suyuqlik
miqdorining oʻzgarishiga
(volyumoregulyasiya), ikkinchisi esa
osmotik miqdorning oʻzgarishiga
(osmoregulyasiya) reaksiya beradi,
bundan tashqari, ayrim ionlar miqdorini
nazorat qiladigan maxsus sistemalar
aniqlangan. Masalan, qon miqdorining
kamayishi organizmda NaQ ushlab
qoladigan vazopressin va aldosteron


gormonlarining ishlab chiqarilishini
kuchaytiradi. Qonda Sa2Q miqdorining
koʻpayishi kalsitonin ishlab chiqarilishini
kuchaytirib, ionning suyakka oʻtishi va
buyraklar orqali ajralishini taʼminlaydi.
Gipokalsemiya holati esa paratireoid
gormon sekretsiyasini kuchaytiradi, bu
omil Sa2Q ning suyaklardan rezorbsiya
qilinishini taʼminlaydi va buyraklar orqali
chiqarilishini kamaytiradi. Suvtuz
gomeostazini taʼminlovchi aʼzo va
sistemalar markaziy nerv sistemasi
tomonidan nazorat qilinadi.
Muhsin Zokirov.


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 30-Dekabr 2022, 21:34 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Suv-tuz_almashinuvi&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Suv-
tuz_almashinuvi&oldid=3526977" 
dan olindi


boʻlsa).

Download 71.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling