Suvda ha quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar sinfi


Download 208.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana25.11.2021
Hajmi208.25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mashg’ulotning  maqsadi:  ko’l  baqasi  misolida  suvda  ham  quruqlikda  yashovchilar  sinfi 

vakillarining skelet tuzilishini o’rganish. 



Ishning  mazmuni:  Suvda  ham  quruqlikda  yashovchilar  sinfining  tipik  vakili  baqaning  skeleti 

quruqlikda yashovchi umurtqalilarga xos bir qator progressiv belgilarga ega. 

 

 

Salamandra (A) va baqa (B) skeletlari tuzilishi:  1 - bo’yin umurtqasi, 2 - tana umurtqalari, 3 - qovurg’alari, 4 – 



dumg’aza  umurtqasi,  5  -  dum  umurtqalari,  6  -  dum  suyagi  (urostil),  7-yelka  kamari,  8  -yelka  suyagi,  9  -  tirsak 

suyagi,  10  -  bilak  suyagi,  11  -  qo’shilib  o’sgan  bilak  va  tirsak  suyaklari,  12  -  bilaguzuk,  13  -  kaft,  14  -  barmoq 

falangalari, 15 - chanoq kamariningyonbosh suyaklari, 16  - son suyagi, 17 - katta boldir suyagi, 18  - kichik boldir 

suyagi, 19 - qo’shilib o’sgan kichik va katta boldir suyaklari, 20 – tovon suyagi, 21 - oyoq kaft suyaklari, 22-barmoq 

falangalari, r – barmoq rudimenti, I-II-III-IV-V rim raqamlari - barmoqlar tartibi. 

Xususan  oyoqlarining  tipik  besh  barmoqli  tipda  tuzilganligi,  kamar  va  oyoq  skeletlarning 

uchta  gomodinam  elementlardan  shakllanganligi,  chanoq  kamarining  o’q  skeleti  bilan  bog’liq 

bo’lishi,  bosh  skeletining  autostiliya  tipda  tuzilganligi,  ya’ni  tanglay  kvadrat  tog’ayining  bosh 

skeletiga  qo’shilib  ketganligi,  til  osti  yoyining  boshqa  elementlarga  aylanganligi,  jabra 

qopqoqlarini  butunlay,  yoylarini  esa  qisman  reduksiyalanganligi  va  niqoyat,  umurtqa 

pog’onasining bir necha bo’limlarga ajralganligi ularning progressiv belgilaridir. Bosh skeletida 

suyaklarning  kam  bo’lishi,  umurtqa  pog’onasi  bo’yin  va  quymich  bo’limlarining  kam  taraqqiy 

etganligi, qovurg’alarning bo’lmasligi, dum umurtqalarining bitta suyak - urostilga aylanganligi, 

chanoq  kamari  yonbosh  suyagining  uzun  bo’lishi  va  sakrab  yurishiga  moslanishi  tufayli  baqa 

oyoqlari  skeletining  quruqlikda  yashovchi  boshqa  hayvonlarnikiga  nisbatan  juda  boshqacha 

tuzilganligi, baqaning adaptiv belgilari hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilgan dumsiz amfibiyalar 

turkumi  vakillarining  skeletiga  xos  adaptiv  belgilarning  hammasi  ham  suvda  ham  quruqlikda 

yashovchilarning  boshqa  turkumlari  (dumlilar  va  oyoqsizlar)  vakillarida  uchramaydi. 





Download 208.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling