Suvda ha quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar sinfi


Download 208.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana25.11.2021
Hajmi208.25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Til  osti  yoyi.  Baqalarda  bosh  skeleti  (barcha  quruqlikda  yashovchi  boshqa  umurtqali 

hayvonlarniki  singari)  autostilik  tipda  tuzilgan.  Shuning  uchun  jag’  yoylarini  miya  qutisiga 

bog’lashlikdan  ozod  bo’lgan  va  uning  ustki  elementi  eshitish  suyagi  uzangisiga,  pastdagisi 

(gioid)  esa  oldingi  jabra  yoylari  bilan  birgalikda  til  osti  skeletiga  aylangan.  Baqaning  til  osti 

skeletini topish uchun pastki jag’ juftlari oralig’ida joylashgan jag’ oraliq muskulini ehtiyot qilib 

ajrating. 



Til  osti  skeleti  apparati  tog’aydan  tuzilgan  toq  plastinkadan  iborat  bo’lib,  undan  ikki  juft 

asosiy  o’simta  chiqadi.  Shu  o’simtalarning  oldingisi  tog’aydan  hosil  bo’lgan  va  gioidlarga 

gomologdir. Ular oldingi shoxchalar deb ataladi. Oldingi shoxchalar orqaga yo’naladi, so’ngra 

yuqoriga ko’tariladida, halqumni  yon tomondan  o’rab olib,  eshituv kapsulalarining devorlariga 

birikadi.  Orqa  o’simtalar  shoxchasi  bir  juft  uzunchoq  suyakdan  iborat  bo’lib,  til  osti 

plastinkasidan  orqaga  yo’nalgan.  Amfibiyalarning  barchasidagidek,  baqaning  miya  qutisi  ham 

bir oz xondral suyaklaridan tuzilgan bo’lib, deyarli tog’aydan tashkil topgan. Bu tog’ayning juda 

kam  qismi  qoplag’ich  suyaklar  bilan  qoplangan.  Baqa  miya  qutisining  ensa  bo’limida  hozirgi 

barcha amfibiyalardagidek faqat yon ensa suyaklarigina bor. Ensa bo’limining ustki ensa suyagi 

bilan  ostki  ensa  suyagi  taraqqiy  etmaganligidan  ensa  bo’limining  shu  yerlari  tog’ayligicha 

qolgan.  Yon  ensa  suyaklarining  har  qaysisida  bittadan  qo’shiluv  bo’rtmasi  bor.  Bu  bo’rtmalar 

yordamida  bosh  skelet  birinchi  bo’yin  umurtqasiga  qarakatchan  tarzda  birikadi.  Bu  xususiyat 

quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayvonlar uchun xos. Bunday ikkita ensa bo’rtmalarining 

mavjudligi  amfibiyalar  uchun  juda  xarakterli.  Miya  qutisining  qopqog’i  bir-biriga  choksiz 

birikkan  bir  juft  qoplovchi,  manglayboshtepa  suyaklaridan  iborat.  Ularning  oldida  hid  bilish 

kapsulalarini  qoplab  turuvchi  uzunchoq  uchburchak  burun  suyaklari  joylashgan.  Bu 

suyaklarning  orqa  uchlari  ko’z  kosasining  oldingi  devori  tarkibiga  kiradi.  Bir  oz  oldinroqda 

jag’lararo  suyaklarning  bo’rtib  chiqqan  o’simtalari  ko’rinib  turadi.  Eshituv  bo’limida 

baliqlardagi 

talaygina 

quloq 

suyakchalaridan 



faqat 

bir 


juft 


Download 208.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling