Suvda ha quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar sinfi


Download 208.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana25.11.2021
Hajmi208.25 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
dimog’  suyaklari  joylashgan.  Bu  suyaklar  barcha  amfibiyalarda  juft  bo’ladi.  Dimog’ 

suyaklarining  yon  tomonlarida  ichki  burun  teshiklari  yoki  xoanalar  joylashgan.  Tanglay-



kvadrat tog’ayi ko’z kosasining oldingi yon va qisman orqa devorini qoplaydi. Tanglay-kvadrat 

tog’ayining  oldingi  uchini  ko’ndalang  joylashgan  qoplag’ich  tanglay  suyagi  qoplaydi  va  bu 

suyak  dimog’  suyaklari  bilan  parasfenoidni  bir-biridan  ajratib  turadi.  Tanglay-kvadrat 

tog’ayining qolgan qismi esa qoplag’ich qanotsimon suyak bilan qoplangan. Baqalarda kvadrat 

suyagi  taraqqiy  etmagan.  Endi  bosh  skeletini  yonbosh  tomonidan  ko’rib  chiqamiz.  Miya  qutisi 

ko’z bo’limining oldingi qismi halqasimon pona-hidlov suyagi bilan o’ralgan. Bu suyak suyakli 

baliqlarning  ko’z-ponasimon suyagiga  gomologdir. Hid  bilish  ponasimon suyakning orqasidan 

to  oldingi  quloq  suyagiga  qadar  bo’lgan  joyda  miya  qutisining  yon  devorida  tog’ayligicha 

saqlanib qolgan. 


Download 208.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling