Suvda ha quruqda yashovchilar yoki amfibiyalar sinfi


Download 208.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana25.11.2021
Hajmi208.25 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Umurtqa  pog’onasi.  Baqaning  umurtqa  pog’onasi  to’liq  suyaklashgan,  faqat  to’qqizta 

umurtqadan  tashkil  topgan  bo’lib,  to’rt  bo’lim:  bo’yin,  tana,  dumg’aza  va  dumga  bo’linadi. 

Barcha  amfibiyalardagi  singari  baqaning  ham  bo’yin  bo’limida  faqat  bitta  umurtqa  bor.  Bu 

umurtqa  ko’ndalang  va  oldingi  qo’shiluv  o’simtalarining  bo’lishi  bilan  tana  umurtqasidan  farq 

qiladi.  Oldingi  tomonidagi  ikkita  qo’shiluv  chuqurchasi  yordamida  umurtqa  bosh  skeletiga 

birikadi. 



Tana  bo’limi  umurtqalarining  soni  yettita.  Bu  bo’lim  umurtqalarining  oldingi  tomoni 

ichiga  botib  kirgan,  orqa  tomoni  esa  bo’rtib  chiqqan,  ya’ni  protsel  tipda  bo’ladi.  Bu 

umurtqalarning  hammasida  orqa  miya  kanalini  o’rab  oladigan  va  ustida  ostist  o’simtasi 

bo’lgan  ustki  yoylar  bor.  Umurtqalarning  yon  tomonida  katta  ko’ndalang  o’simtalar  umurtqa 

ustki yoylari asosining oldingi va keyingi tomonida bir juftdan kalta qo’shiluv o’simtalari bor. 

Bu  o’simtalar  qo’shni  umurtqalardagi  shunday  o’simtalarga  qo’shilish  uchun  xizmat  etadi. 




Download 208.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling