Suvni tozalash


Download 104.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.11.2020
Hajmi104.57 Kb.
#154974
Bog'liq
Suvni tozalash - Vikipediya


Suvni tozalash

Suvni tozalash — suv taʼminoti manbalari

(daryolar, koʻllar, suv havzalari, suv

omborlari va boshqalar)dan vodoprovod

tarmogʻiga kelib tushadigan suvning

sifatini belgilangan meʼyorga keltirish

uchun moʻljallangan texnologik jarayonlar

majmui. Sanoat korxonalari va maishiy

korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni

tozalashni ham oʻz ichiga oladi. [[

Suv


taʼminoti

 va kanalizatsiya tizimidagi,

korxonalardagi muxandislik inshootlari


yordamida hamda biologik va kimyoviy

usullarda amalga oshiriladi.

Yer yuzasidagi tabiiy suv manbalari

(daryolar, koʻllar va boshqalar) suvini

vodoprovod tarmogʻiga yuborishdan

oldin tindiriladi, tiniklashtiriladi va

zararsizlantiriladi. Tozalash inshootlarida

tindirish va tiniklashtirishda suv

tarkibidagi muallaq va kolloid (mayda)

zarralar suv tagiga chukadi, suvga

maxsus idishlarda alyuminiy sulfat va

xlorli temir bilan ishlov beriladi, suv

shagʻal, qum qavati, baʼzan esa gʻovak

sopol filtrdan oʻtkaziladi. Tiniq suvni

zararsizlantirish (turli mikroorganizm va

viruslarni oʻldirish) uchun unga suyuq



yoki gaz holatdagi xlor, gipoxloritlar —

NaCIO, Sa(SYU)2 va xlor qoʻsh oksid

S1O2, xlorli ohak qoʻshiladi, tindirilgan

suv va yer osti suvlarini zararsizlantirish

maqsadida, shuningdek, ozon va

ultrabinafsha nurlar ham qoʻllanadi.

Bunda simobkvarsli yoki argonsimobli

lampalardan foydalaniladi. Agar suv

qattiq (tarkibida kalsiy va magniy tuzlari

umumiy miqdori meʼyordagidan yuqori)

boʻlsa, yumshatiladi (qarang Suvni

yumshatish). Yer osti suvlari koʻpincha

aeratsiya usulida temirsizlantiriladi (havo

kislorodi bilan boyitiladi). Suvni

kremniysizlantirish (metasilikat kislota

H2SiO3 va uning tuzlari miqdorini

kamaytirish) uchun ohak, natriy


alyuminat NaAlO2, baʼzan kuydirilgan

dolomitdan foydalaniladi. Suv tarkibidagi

boshka erigan tuzlarni ketkazish uchun u

chuchuklashtiriladi (qarang 

Suvni

chuchukpashtirish



) yoki ionitlardz.

tuzsizlantiriladi. Suv tarkibidagi vodorod

sulfid, metan, radon, karbonat angidrid va

boshqa erigan gazlarni ketkazish uchun

suv degazatsiyalanadi (qarang

Degazatsiya). Suv tarkibidagi ortikcha

ftorni kamaytirish uchun suv

faollashtirilgan alyuminiy oksid orqali

suzib oʻtkaziladi. Agar suv tarkibida

radioaktiv moddalar borligi aniklansa, u

dezaktivatsiyalanadi (qarang

Dezaktivatsiya). Agar suvda noxush hid

boʻlsa, faollashgan kumir, ozon, kaliy


permanganat yoki xlor koʻsh oksid bilan

ishlanadi (qarang Sorbsiya).

Oqova suvlar (sanoat korxonalari,

maishiy korxonalar va turar joylardan

chiqadigan iflos suvlar) va yogʻin suvlarni

tozalash masalalari tabiatni mahofaza

qilishning muhim bir qismi hisoblanadi.

Oqova suvlar tarkibidagi balchiq, kolloid

va erigan moddalar tindirgichlarda

choʻktiriladi, zararli moddalar biologik

usullarda zararsizlantiriladi (qarang

Biologik suzgich, Suvni zararsizlantirish),

korxonalardan chiqayotgan suvlar

tozalash inshootlarida tozalanadi. Suvni

tozalashning fizikkimyoviy, termik va

boshqa usullari ham bor.



Tabiiy suvlarni sanoatda qoʻllanadigan

usullar yordamida mikroorganizmlar,

tuzlar va gazlardan butkul tozalashning

imkoni yoʻq. Shu sababli ularning ichimlik

suvidagi miqdori belgilangan maʼlum

meʼyordan koʻp boʻlmasligi talab etiladi.

Mas, ichimlik suvining 1 ml dagi

mikroorganizmlarning umumiy soni 100

tadan oshmasligi, ichak tayoqchalari

guruhi bakteriyalarining soni 3 tadan

oshmasligi shart. Suvning umumiy

qattiqligi 7 mmol/l gacha, quruq qoldiq

1000 mg/l gacha, vodorod koʻrsatkichi —

r-n 6,0 dan 9,0 gacha boʻlishi kerak. Ayrim

hollarda ichimlik suvining qattiqligi

10 mmol/l gacha, quruq qoldiq

1500 mg/l gacha, temir va marganets


ionlarining miqdori tegishlicha 1 va

0,5 mg/l gacha boʻlishiga ruxsat etiladi.

St. xalqxoʻjaligida va aholi sogʻligʻini

saqlashda juda muhim tadbir

hisoblanadi.

Oʻzbekiston shahar va tumanlarida suv

taʼminoti markazlashtirilgan. Aholiga

beriladigan ichimlik suvi yuqorida

aytilgan usullarda tozalanadi, sanitariya

koʻrigidan oʻtkazib turiladi. Bu ish bilan

shahar va tuman sanitariyaepidemiya st-

yalari (SES) shugʻullanadi. Yirik sanoat va

maishiy korxonalarning oqova suvlari

mahalliy tozalash inshootlarida tozalab

chiqariladi (yana q. [[

Suv taʼminoti

).


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

 

 



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

 

 



  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval EdgarsBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Suvni_tozalash&oldid=20031



85

" dan olindi 



Download 104.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling