Suyak sinishi turlari ochiq va yopiq, sabablari, belgilari. Tez yordam


Download 12.58 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi12.58 Kb.
#1627254
  1   2   3
Bog'liq
Suyak sinishi turlari ochiq va yopiq, sabablari, belgilari. Tez yordam


Suyak sinishi turlari ochiq va yopiq, sabablari, belgilari. Tez yordam
Suyak butunligining to'la yoki qisman buzilishi va ko'pincha ular atrofidagi yumshoq to'qimalarning shikastlanishi sinishlar deyiladi.
Suyak sinishi tug'ma va orttirilgan bo'lishi mumkin. Tug'ma suyak sinish kam uchraydi, u homiladorning shikastlanishi yoki hamma suyak skeletining kasallanishi natijasida paydo bo'ladi. Hayotda orttirilgan suyak sinish ko'pincha transportda, ishlab chiqarishda, jangda va boshqa sharoitlarda shikastlanish natijasida zarb bilan urilish oqibatida sodir bo'ladi. Bunda suyakni o'rab turgan yumshoq to'qimalarga zarar yetadi. Orttirilgan suyak kelib chiqish sabablariga ko'ra tez ta’sir etuvchi travmatik agent ta’sirida kelib chiqadigan travmatik va suyak kasalliklari (surunkali osteomielit, sil, tez o'suvchi va zararli shishlar) tufayli paydo bo'ladigan patologik sinishlar mavjud). Teri shikastlangan va jarohatlangan, singan joy bilan qo'shilishiga qarab yopiq va ochiq sinishlarga ajratiladi. Teri butunligi buzilgan, unga raxna yetgan bo'lsa (ochiq siniq), jarohatli yuza paydo bo'lib, unga infektsiya tushishi mumkin.
Anatomik joylashishiga ko'ra epifizar, metafizar, diafizar sinishlar farq qilinadi. To'g'ri ta’sir etuvchi kuchning yo'nalishiga qarab ko'ndalang, qiyshiq, spiralь, uzunasiga ketgan, parchalangan, suqilib qolgan va kompressiyaga uchragan siniqlar tarofut qilinadi. Travma mexanizmi va muskullarning qisqarishiga qarab suyak siniqlari o'rnidan ko'chib qolishi, shuningdek ularning orasiga muskullar, paylar, tomirlar, nervlar tushib, qisilib qolishi mumkin. Sinishlar natijasida tomirlar, nervlar va a’zolar shikastlanishiga qarab, asoratli sinishlar farqlanadi.
Sinish belgilari ikki xil bo'ladi:
1) Sub’ektiv belgilar - bu suyak singandan keyin og'riq paydo bo'lishi va singan qo'l-oyoqlarni harakatlantira olmaslik.
2) Ob’ektiv belgilar singan sohani ko'zdan kechirishda bilinib turadi: singan soha shishadi, ko'karadi, oyoq-qo'llarning holati o'zgaradi. Suyak o'qlari o'zgaradi, ular qisqa va g'ayritabiiy shaklga kirib qoladi. Singan joyini paypaslab ko'rganda, bemor qattiq og'riq sezadi, suyakning silliq emasligini, siniqlarning o'tkir qirrasi asta bosib ko'rilganda qirsillashini sezish mumkin.
To'liq suyak sinishida (ayniqsa, qo'l va oyoq shikastlanganda) ba’zan katta qon tomirlar shikastlanishi natijasida ko'p qon ketib qoladi. Barmoqlar uchi oqarib, sezish xususiyati yo'qotadi, bu – organlarning hayotiy funktsiyasini yo'qotishiga olib kelishi mumkin. Qovurg'alarning sinishi o'pkaning shikastlanishi (qon tuflash)ga sabab bo'ladi. Orqa miyaning ezilishi natijasida qo'l yoki oyoqning falaj bo'lib qolishi umurtqa pog'onasi singanligining dastlabki belgilaridandir. Ochiq suyak sinishning belgilaridan biri jarohatlangan joydan suyak chiqib qolishidir (lekin har doim bunday bo'lavermaydi). Shuning uchun har qanday suyak sinishda teri shikastlangan bo'lsa (jarohat juda chuqur bo'lmasa ham), uni ochiq suyak sinish deb hisoblash lozim.
Suyakning bitishi murakkab biologik jarayon bo'lib, suyak bo'laklarining yumshoq qadoq hosil qiladigan yosh biriktiruvchi to'qimalar bilan bitishidan boshlanadi. Yumshoq qadoq keyinchalik suyak qadog'iga aylanib, suyak bo'laklarini mustahkam biriktiradi. Suyak bo'laklari bir-biriga yaxshi jipslashgan bo'lib, qimirlamay tursa, tez bitadi. Suyakning bitish muddati qaysi suyakning sinishiga bog'liq. Qo'l barmoqlarining suyaklari eng qisqa vaqtda (2-2,5 xaftada), son suyagining bo'yni esa ancha kech (6 oyda) bitadi. Singan suyak bo'laklarining bir-biridan uzoqlashib, ular orasiga yumshoq to'qimalar kirib qolishi va suyakning ko'p qimirlashi natijasida suyak uzoq vaqtgacha yoki umuman bitmaydi yoki singan joyda sohta bo'g'im hosil bo'ladi. Suyak bo'laklari o'rnidan anchagina qo'zg'alganda ham suyak bitishi mumkin. Lekin bunda qo'l suyaklari qing'ir-qiyshiq bitib, kalta bo'lib qoladi. Suyaklarning bitish jarayoni, ayniqsa ochiq sinishlarda buziladi, chunki suyakka infektsiya tushub, yiring boshlashi mumkin, gangrena rivojlanishi mumkin.

Download 12.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling