Suyuqliklar qovushoqligini o‘lchashda hamda ularning reologik xususiyatlarini o‘rganishda rotatsion viskozimetrlardan foydalanish qulay


Download 8.78 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi8.78 Kb.
#1478474
Bog'liq
Nurbek kurs ishi


1.1. Ratotsion qovushqoqlik haqida ma'lumotlar.
1.2. Ratotsion qovushqoqlikni o'lchagichlar turlari va usullari.
1.3. Ratotsion qovushqoqlikning sxemalarini tahlil qilish.

1.1. Ratotsion qovushqoqlik haqida ma'lumotlar


Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, sun`iy tolalar, sintetik smolalar, kauchuk eritmalari, bo`yoqlar, surkov moylari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qovushqoqlik mahsulot tarkibi va sifatini aniqlovchi kattalik hisoblanadi. SHuning uchun ko`pgina hollarda qovushqoqlikni avtomatik tarzda uzluksiz o`lchab turish muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko`rsatish xususiyatiqovushqoqlik deyiladi. Berilgan oqimda suyuqlik ikki qatlamining siljishida tangensial kuch vujudga keladi. SHu kuch Nyuton qonuniga ko`ra quyidagicha aniqlanadi:
Suyuqliklar qovushoqligini o‘lchashda hamda ularning reologik xususiyatlarini o‘rganishda rotatsion viskozimetrlardan foydalanish qulay. Bu asboblar tekshirilayotgan suyuqlik hosil qiluvchi qarshilik momentlari va aylantiruvchi momentlarni o‘lchashga asoslangan.
Qovushoq suyuqlikda jism aylanganida qovushoqlik qarshiligi teskari ta’sir etuvchi moment hosil qiladi. Agar jism doimiy tezlik bilan aylansa, bu moment suyuqlik hosil qiladigan aylantiruvchi momentga teng va dinamik qovushoqlikka mutanosib bo‘ladi:
M=K∙μ∙ω , (1)
bu yerda М — aylantiruvchi moment, Nm; К — asbob doimiysi; μ — dinamik qovushoqlik, Pa∙s; w — aylanuvchi jismning burchak tezligi, 1/s.
Rotatsion viskozimetrlar aylanuvchi jism shakli va aylantiruvchi momentni o‘lchash usuliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Boshqa asboblarga nisbatan koaksial silindrli, aylanuvchi jism va tahlil qilinayotgan suyuqlikka cho‘ktiriladigan aylanuvchi parallel diskli asboblar ko‘proq ishlatiladi. 1 - rasmda rotatsion viskozimetr turlarining prinsipial sxemalari ko‘rsatilgan.

Qovushqoqlik – jismni tashqi zarbiy (dinamik, mexanik) kuchlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir.



Qovushqoqlikni aniqlash uchun kapillyar viskozimetr, rotatsion viskozimetr, stoks viskozimetri va boshqa turli viskozimetrlar ham qo`llaniladi. Qovushqoqlik suyuqliklarning turiga, temperaturasiga va bosimiga bog`liq. Jadvallarda har xil suyuqliklarning qovushqoqlik miqdori keltirilgan. Temperatura ortishi bilan tomchilanuvсhi suyuqliklarning qovushoqligi kamayadi, gazlarning qovushoqligi ortadi. Suyuqliklar qovushoqligining temperaturaga bog`liqligini umumiy tenglama bilan ifodalab bo`lmaydi.
Download 8.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling