Suyuqliklarda elektr toki


Download 24.15 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi24.15 Kb.
#714493
Bog'liq
Rayxon tezis.
IELTS SPEAKING 1 ACTUAL TESTS, 2-оралиқ назорат, 1-bob, 5 Mavzu, K.IIT-FU-19 — копия, Malumotlar bazasi 1 mustaqil ish

SUYUQLIKLARDA ELEKTR TOKI” MAVZUSINI NAMOYISHLI TAJRIBALAR ASOSIDA O‘QITISH.
BuxDU fizika kafedrasi dotsenti fizika –
matematika fanlar nomzodi B.E.Niyazxonova,
BuxDU fizika kafedrasi magistranti R.I.G‘afforova
Buxoro davlat universiteti

(Tabiiy fanlar yo’nalishi. tel: 93 473 12 73)


Annotatsiya: ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika darslari samaradorligini oshirishda namoyishli tajribalarning o’rni va ahamiyati ochib berilgan. Namoyish tajribalarni “suyuqliklarda elektr toki” mavzusi misolida o‘tkazish ko‘rsatib berilgan.


Kalit so‘zlar: nazorat va tajriba sinfi, elektr toki, ion, atom, o’tkazuvchanlik, elektrod, distillangan suv.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari 8-sinf fizika darsligida “Suyuqlarda elektr toki” mavzusini1 tushuntirishdan maqsad o’quvchilarda suyuqliklarda elektr tokining hosil bo’lishi haqida nazariy va amaliy tushunchalarni hosil qilish, fikrlash qobiliyati va tasavvur ko’lamini kengaytirishdan iborat.
Yangi mavzuni tushuntirish oldidan o’quvchilarga mavzuga oid kalit so’zlarni berildi. Kalit so’zlar quyidagilardan iborat: ion,ionli bog’lanish, katod, anod, elektrolitik dissotsatsiya, elektrolit.
Ion –elektroni yetishmaydigan yoki ortiqcha bo’lgan atom. Ionlar orasida Kulon tortishish kuchi tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog’lanishga –ion bog’lanish deyilib,bunday bog’lanishga misol qilib,natriy xlorid(NaCl)-osh tuzini keltiramiz.
Bu mavzuni tushuntirishda 2ta alohida parallel sinflar tanlanib mavzu o’tildi:
1-nazorat sinfida mavzu rasmli ko’rgazmalar asosida nazariy ma’lumotlar berildi.
2-tajriba sinov sinfida esa mavzuga doir nazariy ma’lumotlar berilib, tajriba qilib ko’rsatildi.
Ba’zi suyuqliklar elektr tokini o’tkazadi, boshqalari esa o’tkazmasligi mumkin. Suyuqliklarning elektr tokini o’tkazishi yoki o’tkazmasligini oddiygina quyidagi tajriba yordamida aniqlashimiz mumkin. Tajriba davomida tok manbai, elektr lampochka, shisha idish va unga tushirilgan ikkita ko’mir sterjen-elektrodlar va kalitdan foydalanildi. Elektrodlardan biri kalit orqali elektr manbaining musbat qutbi-anodga, ikkinchi esa manfiy qutbi-katodga ulanadi. Elektrodli shisha idishga distillangan suv solamiz va kalitni ulaymiz bunda lampochka yonmasligi ko’rildi. Demak,distillangan suv elektr tokini o’tkazmaydi. So’ngra, kalitni uzib, idishdagi suvga osh tuzi solib, natriy xlorid eritmasini hosil qilamiz. Osh tuzi suvga solinganda, qutblangan suv molekulalari natriy xloridning kristal panjara tugunlarida joylashgan Na+ va Cl- ionlarini o’ziga tortadi. Natijada NaCl kristall panjarasi yemirilib, suvda tartibsiz erkin harakatlanuvchi Na+ va Cl- ionlari hosil bo’ladi. Kalitni ulasak, Na+ ionlari katod tomon va Cl- ionlari esa anod tomon harakatlanadi. Natijada zanjirda tok o’ta boshlab lampochka yonganini ko’rishimiz mumkin. Demak,natriy xlorid eritmasi elektr tokini o’tkazar ekan deb xulosa qilindi. Kalitni uzib, shisha idishdagi osh tuzining konsentratsiyasini oshirib yana qayta ulaganimizda lampochkaning ravshanligi ortgani ham ko’rsatib, elektrolitda ionlar qancha ko’p bo’lsa,u elektr tokini shuncha yaxshi o’tkazishini isbotlashimiz mumkin.
Shunday xulosa qilishimiz mumkin:
Natijalar2 solishtirilganda birinchi nazorat sinfi o’quvchilari savol –javoblarda darslarda doimiy faol qatnashuvchi o’quvchilar javob berdi, o’zlashtirishi pastroq bo’lgan o’quvchilar qiyinchilik bilan javob berishdi va bu o’quvchilarga qo’shimcha videorolik va adabiyotlar orqali ma’lumotlar berildi.Ikkinchi tajriba sinov sinfi o’quvchilari savol –javoblarda faol qatnashishdi. Uyda qo’shimcha ravishda ishlab, turli xildagi o’zlarini qiziqtirgan savollardan berishdi, 1 ta laboratoriya jihozi maketini yasashga qiziquvchi o’quvchidan tashqari yana 3ta o’quvchi uyda mustaqil ravishda tajriba sxemasini yig’ishga urinib ko’rishdi.
Namoyishli 3tajriba samaradorligini belgilovchi asosiy omili bu uning ishonchliligi hisoblanadi. Chunki, bu usulda o’quvchi fizika o’qitish samaradorligining eng muhim ko'rsatkichi hisoblanuvchi- “bilimlarni qo’llash”ni o’rganadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qituvchi tomonidan o’ylangan mavzuga oid tashkillashtirilgan namoyishli tajribalar butun sinf o’quvchilari diqqat bilan kuzatishadi.Muayyan hodisa va qonuniyatlarni o’rganishda namoyish etilayotgan o’quv tajribasi o’quvchilarda fanga bo’lgan qiziqishini yanada orttirib, fizik qonuniyatlarni yanada chuqurroq o’zlashtirishga, hodisaga nisbatan tushuncha va tasavvur uyg’otishga va ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga yordam berib, dars samaradorligini oshiradi. Shu orqali o’quvchilar mustaqil ravishda tajribalar o’tkazishga o’rganadilar. Namoyishli tajribalar davomida o’qituvchi tomonidan hodisa va qonuniyatlarga nisbatan berayotgan izohi o’quvchilar ongida fizik tushunchalarni muvaffaqiyatli tarzda shakllantirishni ta’minlab beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xabibullaev P., Boydedaev A., Baxromov A., Usarov J., Suyarov K.,
Yuldasheva M. Fizika 8-sinf darsligi. –T.: O‘qituvchi, 2019.
2.https://www.yottavolt.com/wp-content/uploads/2019/10/Leybold_Physics_
Experiments_LD_DIDACTIC.pdf
3. Mirzaaxmad Qurbonov “Fizikadan namoyish eksperimentlarining uslubiy funksiyalarini kengaytirishning nazari

1[ CITATION Xab19 \l 1033 ]

2 [CITATION MirzaaxmadQurbonov \l 1033 ]

3 [ CITATION phy \l 1033 ]

Download 24.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling