Suyuqliklarning tezligi va sarfini oʼlchash


Download 1.98 Mb.
bet1/2
Sana11.11.2021
Hajmi1.98 Mb.
  1   2

Suyuqliklarning tezligi va sarfini oʼlchash

Ochiq oqimda suyuqlikning tezligi Pito naychasi bilan oʼlchanadi. U kichik diametrli bukilgan nay boʼlib, harakatlanayotgan suyuqlik oqimi yoʼnalishiga ochiq uchi qarama-qarshi qilib oʼrnatiladi va nayning oʼqi oqim yoʼnalishiga mos tushadi (4.1-rasm). Bunda nayning vertikal qismida suyuqlik dinamik bosimga teng boʼlgan balandlik h ga koʼtariladi, yaʼni:



Bundan


(4.1)

Аmalda oqim yoʼnalishida nayning boʼlishi tezlikning umumiy taqsimlanishiga taʼsir qiladi, shuning uchun formulaga tuzatish koeffitsienti kiritiladi



(4.2)

Bu koeffitsiyentning qiymati har qaysi nay uchun tajriba yoʼli bilan topiladi.





4.1-rasm. Pito naychasi

4.2-rasm. Suyuqlikning sinflanish miqdorini pnevmometr truba vositasida aniqlash

Yopiq trubalarda suyuqlik oqimining tezligini aniqlash uchun Pito naychasi bilan birgalikda U-simon pьezometrik differentsial manometrlar (trubalar) ishlatiladi (4.2-rasm). Bunda U-simon truba oqimdagi suyuqlikka nisbatan zichligi kattaroq, oʼzaro aralashmaydigan suyuqlik bilan toʼldiriladi. Trubadagi suyuqlik tezligi oʼzgarganda U-simon manometrdagi suyuqlikning h balandlikka koʼtarilishi dinamik bosimni koʼrsatadi. Dinamik bosim qiymatidan tezlikni aniqlash mumkin:

Суюқликнинг миқдори эса секундли сарф тенгламаси орқали аниқланади:



Oqim tezligi va sarfini oʼlchash uchun yuqorida aytib oʼtilgan usullar sodda va qulaydir, lekin pnevmometrik trubalarni oqimlarning oʼqiga nisbatan oʼrnatish juda qiyin. Shu sababli sanoatda oqim tezligi va sarfini oʼlchash uchun drosselь asboblar ishlatiladi. Ularning ishlash printsipi trabalarning kesimi oʼzgarganda, yaʼni trubaning tor va keng kesimidagi dinamik bosimlar farqining oʼzgarishini oʼlchashga asoslangan.



4.3-rasm. Venturi trubasi



Drossel asboblar sifatida oʼlchovli diafragma, soplo, Venturi trubalari ishlatiladi. Venturi trubasida oʼlchovchi diafragma va soploga nisbatan bosimning yoʼqolishi kam boʼladi, chunki uning diametri asta-sekin torayib, soʼngra kengayib oʼz holatiga qaytadi (4.3-rasm). Shuning uchun Venturi trubalari sanoatda koʼproq ishlatiladi.

Truba gorizontal holda oʼrnatilgani uchun 1-1 va 2-2 kesimlardagi bosimlarning oʼzgarishi Bernulli tenglamasi orqali quyidagicha ifodalanadi:

Bundan


bu yerda h – trubaning tor va keng kesimidagi bosimlar oʼzgarishining difmanometrda oʼlchangan miqdori, m (ishchi suyuqlik ustuni).

Trubadagi suyuqlikning oʼrtacha tezligi va sarfini aniqlash uchun uzluksizlik tenglamasidan foydalanib tezlikni ω1 va trubaning diafragmadan keyingi tor kesimidagi tezligini ω2 bilan ifodalaymiz.

ω ning qiymatini dinamik naporlar ayirmasini ifodalovchi tenglamaga qoʼysak:



Bundan

Diafragma teshigi S0 dan oʼtayotgan, yaʼni trubadan oʼtayotgan suyuqlik sarfining miqdori esa:

(4.3)

bu yerda α – tuzatish koeffitsienti (α<1); d0 – diafragma teshigi diametri.

Tuzatish koeffitsientining miqdori suyuqlikning harakat rejimiga va drossel asboblar diametrining truba diametri nisbatiga bogʼliq:

bu yerda d0 va d1 – drossel asboblar va trubaning diametri.

Koeffitsiyent α drossel asboblarning sarf koeffitsiyenti deb yuritiladi. Drossel qurilmalarining diametri truba diametridan 3-4 marta kichkina, shuning uchun (4.3) tenglamadagi nisbatlar miqdori juda kichik boʼladi, demak, suyuqlikning sarfini quyidagicha aniqlash mumkin:

(4.4)


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling