Binobarin, cho'milish, suzish uchun tayyorgarlik ko'rganda suvni haroratini, suvda bo'lish muddatini oldinga qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib tanlash zarur. Odam organizmi bir butun holda harakatchan, o'zgaruvchan, egiluvchan, qayishqoq biologik kompleks bo'lib, uni tashqi muhit bilan muttasil bog'lab turadigan narsa-bu nerv sistemasidir. Nerv sistemasiga uning oliy bo' limlari, ya'ni bosh miya yarim sharlari po' stlog' i va po' stlog' osti tizimlari, orqa miya va pereferik nervlar kiradi. Odam a'zolari funktsiyalari mana shu nerv sistemasi orqali boshqarib turiladi. Hayot davom etishining zaruriy shartlaridan biri moddalar almashinib turishidir, moddalar almashinib turgan organizm, demak tirik, yashayapti. Shunday ekan, u hamisha nerv sistemasi vositachiligida ta'sirlnadi va qo'zg'aladi. Ta'sirlanganda tashqi muhitning issiq-sovug'ini, qorong'u-yorug'ligini, nam-quruqligini, tegayotgan bosimning engil-og'irligini, ishning oddiy-murakkabligini va hokazolarni sezadi, payqaydi, xis qiladi. Suzishning inson hayotidagi o‘rni Suzayotganda kishini gavdasi odatda, gorizontal holatda bo'ladi. Binobarin, uning ichki a'zolari ham, xususan yurak ham shu holatda bo'ladi. Bu esa uning ishini engillashtiradi. Shu jihatdan olib qaraganda odam tik turib mashqlar bajargandagiga nisbatan suvda suzganda yurakka nisbatan kamroq zo'r keladi. Shu sababli suvdan charchab chiqqan odam quruqlikda, ya'ni tik holatda o'zidan yana ham toliqish sezadi. Yuragi xali chiniqmagan sportchilar yuragiga tenglashmagan kishilar, bolalalar buni esdan chiqarmasliklari kerak. Lekin har qanday holda ham suzishni yurak-qon tomir sistemasiga va odam asabiga ijobiy ta'siri beqiyosdir. Kezi kelganda shuni aytib o'tish kerakki suvga tushganda, tek turmay harakatlanish zarur. U qancha ko'p harakat qilsa shuncha ko'p foydali bo'ladi. Suzishning boshqa suv muolajalaridan farqi va sog'lomlashtirish omili uni harakatidadir. Aks holda, masalan, kasallikdan turgan bolalarni suvda chiniqishda o'rgatadigan paytlarda, ya'ni biror sababga ko'ra bola cho'milayotganda suzmasa, tez harakatlarni bajarmasa, u holda suvning harorati 2-4 gradusdan ortiq, suvda bo'lish muddati 30-40 daqiqa kam bo'lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |