Sxema bosqichida mexanizmlarni loyihalash uch xilga bo’linadi


Download 134.38 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi134.38 Kb.
#1009469
  1   2   3   4
Bog'liq
Analitik mexanika


Analitik mexanika
Reja:

  1. Analitik usul turlari va qo’llanilishi

  2. Richagli mexanizmlar analitik kinematikasi

Sxema bosqichida mexanizmlarni loyihalash uch xilga bo’linadi:
- strukturaviy;
- kinematik yoki geometrik;
- dinamik;
Strukturaviy loyihalash – bu mexanizmning struktura sxema- sini ishlash, ya’ni uning sxemasini zveno o’lchamlarisiz aniqlash.
Kinematik (geometrik) loyihalash berilgan geometrik va kinematik parametrlar bo’yicha berilgan tipdagi mexanizm zveno o’lchamini aniqlash tushuniladi.
Dinamik loyihalashda mexanizmning dinamik parametrlari (kuch va inertsion) hisobga olinadi.
Oddiy sterjenli mexanizmning strukturaviy sxemalari 2-bobda keng yoritilgan. Dinamik loyixalash ba’zi bir maxsus holatlarda qo’llaniladi. Asosan kinematik loyixalash, keng ishlab chiqilgan olib boriladi.
Kinematik loyihalash quyidagi xillarga bo’linadi:
- kirish va chiqish zvenolarning berilgan holatlari bo’yicha;
- chiqish zvenoning o’rtacha tezligi bo’yicha;
- chiqish zvenoning o’rtacha tezligini o’zgarish koefitsienti bo’yicha;
- boshqa xillar.
Mexanizmni istalgan loyihalash usulida ba’zi bir konstruktiv shartlarga rioya qilish kerak, xususiy holda krivoshipli mexanizmda krivoshipning mavjudlik shartiga rioya qilish kerak, bu tug’rida keyinroq gapiriladi.
Kinematik loyihalashning ba’zi-bir xillarini ko’rib chiqamiz.
Polzunning o’rtacha tezligi bo’yicha markaziy
krivoship-polzunli mexanizmni loyihalash
Bu holatda, berilganlar quyidagicha:
- polzunning o’rtacha tezligi V3o’r(m/c);
- krivoshipning aylanish chastotasi n, (ayl./min.);
- shatun uzunligini krivoshipga nisbati λ = l2 / l1.
Krivoship va shatun uzunligini topish talab etiladi.
Markaziy krivoship-polzunli mexanizmni ishlashida 1-2-3 (11.1-rasm) zvenolar ikkita chetki holatdan o’tadi, ya’ni krivoship va shatun bir to’g’ri chiziqqa tushib qoladi AB’S’ holat va AB’’C’’ 3.16rasmda ko’rsatilgan, polzun esa chetki pozitsiyani egallaydi. Mexanizm sxemasini ko’rib chiqib ikkita xulosaga kelish mumkin: birinchidan polzun chap chetgi holatdan ´ng chetki holatga krivoshipning 180° ga aylangan vaqtda siljishi mumkin, ya’ni, yarim aylanada AB’ holatdan AB’’ holatga; ikkinchidan, polzunning yurgan yuli krivoship uzunligining ikkilanganiga teng.
SHunday qilib quyidagi tenglik:

11.1-rasm

Bu yerda t – krivoshipning yarim aylanaga burishdagi vaqti.

Krivoshipning yarim aylanishi uchun ketgan vaqtni topish uchun, proportsiya tuzib yechish kifoyadir: 1 minut – 60 sekundda krivoship n marta aylanadi, yarim aylanani esa u t sekundda o’tadi:
n – 60
0,5 – t
Bundan
(s)
(3.47) ni (3.45) ga qo’yib olamiz:
(m)
(3.48) ni (3.46) ga qo’yib krivoship uzunligini topamiz:
(m)
SHatun uzunligi: (m)
Kulisaning o’rtacha tezligining o’zgarish koefitsienti bo’yicha krivoship-kulisali mexanizmni loyihalash
Krivoship-kulisali mexanizm (11.2-rasm) krivoship 1-ning tekis aylanma harakatini kulisa 3 ning o’zgaruvchan tezlikdagi silkinish harakatiga aylantirib beradi. Krivoshipning bir marta aylanishida kulisa bitta silkinib harakatlanadi, ya’ni soat strelkasi buyicha β burchakka aylanma harakatlanadi va shu burchakka teskari yo’nalishda ko’rsatilgan sxemada krivoshipning aylanish yo’nalishida, kulisa soat strelkasi yo’nalishida CD’ holatdan, CD’’ holatga aylanadi, bu krivoshipning (180° + β) burchakka aylanishiga to’g’ri keladi. Kulisaning teskari harakatlanishi, ya’ni CD’’ holatdan CD’ holatga aylanganda krivoship (180° – β) burchakka mos ravishda aylanadi. Bundan kelib chiqadiki, kulisaning soat strelkasi bo’yicha aylanishi kichik burchak tezlikda o’tadi, teskari yunalishdagi aylanishi esa – katta tezlikda o’tadi.
Ko’pincha, kichik tezlikda harakatlanuvchi zveno harakatini ishchi yurish deyiladi, katta tezlikdagisini esa salt yurish deyiladi. Yoki to’g’ri va teskari yurish deyiladi.

11.2-rasm
Berilganlar bu holat uchun quyidagilar:
- kulisaning o’rtacha tezligining o’zgarish koefitsienti – o’rtacha tezlikning salt va ishchi yurishdagi nisbati;
- krivoshipning aylanish markazi va kulisaning silkinish nuqtasi H masofa.
Kulisaning o’rtacha tezligining o’zgarish koefitsienti:
> 1
Bu yerda: ω 3s – salt yurishdagi kulisaning o’rtacha burchak tezligi;
ω 3i – ishchi yurishdagi kulisaning o’rtacha burchak tezligi;
Kulisaning o’rtacha burchak tezligini topamiz:
;
Kulisaning ishchi va salt yurishdagi vaqti krivoshipning
(180° + β) va (180° – β) burchakka burilishdagi vaqtiga teng, unda:
;
Bu qiymatlarni oldingiga qo’yib, olamiz:

Bu qiymatlarni (3.49)ga qo’yib, o’rtacha tezlikning o’zgarish koeffitsientini hisoblash formulasini keltirib chiqazamiz:

β ga nisbatan (3.50)ni yechib, berilgan o’rtacha tezlikning o’zgarish koeffietsientiga nisbatan kulisaning silkinish burchagini hisoblash uchun formulani keltirib chiqamiz.

(3.51) ifoda hisoblashgan, berilgan β va H qiymati buyicha AB’C tug’ri burchakli uchburchakdan krivoship uzunligini topamiz.


Download 134.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling