T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r s it e t I s. A. Azimboyev dehqonchilik, tuproqshunoslik ya


Download 5.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana15.12.2019
Hajmi5.23 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

S. A. 
r Z\

d e h q o n g h i u i k
M
i
T
i
URROQSHUNOSLIIK
B yA T A G R O K IM Y .O ^b
Ш
Ш
ю
В

O 'Z B E K IS T O N   R E S PU B L IK A S I  Q IS H L O Q   VA  SUV  
X O ‘JA L IG I  V A Z IR L IG I
T O S H K E N T   DAVLAT  A G R A R   U N IV E R S IT E T I
S.A.  AZIMBOYEV
DEHQONCHILIK, 
TUPROQSHUNOSLIK  YA 
AGROKIMYO  ASOSLARI
О ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  о ‘rta  maxsus  ta ’lim 
vazirligi tomonidan  iqtisodiyot (qishloq xojaligi) 
ta ’lim  yo ‘nalishi  talabalari  uchun  darslik  sifatida 
tavsiya  etilgan.
NAMAHGAN
DIVERS,rnl
O ML Af ]
’O t - r g t
Uf8
T oshkent
IQ T ISO D -M O L IY A »

41.4
А  37
D e h q o n c h ilik   va  tuproqshunoslik  ilmi  —  egizak  tushuncha.  B inobarin,  tuproq 
sharoitini  bilm asdan  turib,  dehqonchilik  fanini  taraqqiy  ettirish  m um kin  em as.
M a zk u r  darslikda  d eh q o n c h ilik ,  Tuproqshunoslik  va  agrokim yo  fanining  b a ’zi 
jih a tla ri  o 'z   aksini  to p g an .  X ususan,  tu p ro q n in g   paydo  boMishi,  m exanik  tarkibi, 
kiassifikatsiyasi,  agrofizik  xossalari,  d eh q o n c h ilik n in g   rivojlanish  tarixi,  tu p ro q q a 
ishlov  b erish n in g   usullari,  begona  o 'tla rg a   qarshi  kurash,  agrokim yo  fani  asoslari, 
o ‘g ‘it  tu rla ri  kabi  b ir  q a to r   m asalalar  b o rasid a  ilm iy  m u lo h a z a la r  y uritiladi. 
M u x tasar  shaklda  aytg an d a,  u shbu  o ‘quv  darsligida  zam onaviy  d eh q o n c h ilik   ilmi 
sir-asro rlari  yoritib   berilgan.
T a o riz c h ila r: 
I.  Turopov  -  T u p ro q s h u n o slik   k afed rasi  m u d iri,  professor.
B .  M nsayev  -  A grokim yo  k afed rasi  m u d iri,  d o tse n t.
M .  Shodm onov  -  D e h q o n c h ilik  va  q ish lo q  x o ‘ja lik  
m e lio ra ts iy a si  k afe d ra si  d o ts e n ti
A zim boyev  S.A.
D ehqonchilik,  tnproqshunoslik  va  agrokimyo  asoslari:  Iqtisodiyot  (qishloq 
x o ‘ja lig i)  b o 'y ic h a   t a ’lim   y o ‘n alish i  ta la b a la ri  u c h u n   d arslik   /   O 'z b e k is to n  
R espublikasi  q ish lo q   va  suv  x o ‘jaligi  vazirligi;  T osh.  D avlat  agrar  u n -ti.-T .: 
IQ T IS O D -M O L IY A ,  2 0 0 6 .-1 8 0  b.
BBK  41.4ya73  +  40.3ya73  +   40.5ya73
©  « IQ T IS O D -M O L IY A *   nash riy o ti,  2006

I.  DEHQONCHILIK,  TUPROQSHUNOSLIK  VA 
AGROKIMYO  ASOSLARI  FANINING 
MAQSADI  VA  VAZIFALARI
Dehqonchilik,  tuproqshunoslik va agrokimyo  asoslari  fani orqali 
talabalarga tuproqshunoslik,  agrokimyo va dehqonchilik fanlarining 
umumiy masalalari haqida m a’lumotlar beriladi.
D ehqonchilik  fanining  um um iy  m asalalarini  t o ‘liq  o'rganish 
u chun  ta la b ala r  tu p ro q sh u n o slik   fanining  asosiy  m avzularini 
bilishlari zarur.
Dehqonchilik fani agronomiya fanlari orasida muhim o ‘rin tutadi. 
U  tabiiy va  ilmiy fanlami  amaliy agronomiya bilan bog'lovchi  soha 
hisoblanadi.  Dehqonchilik  -  amaliy  fanlardan  biri  bo‘lib,  tuproq 
unumdorligini saqlash va oshirish, yerdan oqilona foydalanish, ekin- 
lardan  yuqori  va  barqaror hosil  olish  yo'llarini  o‘rgatadi.
D e h q o n c h ilik   d eg an d a,  q ish lo q   x o 'jalig id a  yerdan  fo y d ala­
nish  va  ek in  y y etish tirish d a  q o 'lla n ila d ig a n   ta d b irla r  tizim i 
tushuniladi.
Respublikamizning 447,4 ming kvadrat kilometrdan ortiq bo'lgan 
umumiy maydonining atigi  10 foizini ekin maydonlari tashkil etadi. 
0 ‘zbekistonda  1  km2  yerga  51,4  kishi,  Qozog'istonda  -  6,1,  Qirg'i- 
zistonda  -  22,7,  Turkm anistonda esa  9,4 kishi to ‘g‘ri  keladi.  0 ‘zbe­
k istonda  h a r  b ir  kishiga  0,17  gektar,  Q o zo g 'isto n d a  -  1,54, 
Qirg'izistonda  -  0,26,  Ukrainada  -  0,59,  Rossiyada 0,67 gektar ekin 
maydoni to ‘g‘ri keladi.
So'nggi  50  yil  mobaynida  sug'oriladigan  yerlar  maydoni  2,46 
mln. gektardan 4,28 mln. gektarga yetkazildi.  Faqat  1975-1985-yillar 
mobaynida  1  mln.  gektarga  yaqin  yer  o'zlashtirilib,  1990-yilda  yer 
m aydoni  1985-yilga  nisbatan  1,5  barobar  ortdi.  Ana  shu  yer 
maydonining qariyb  50  foizini meliorativ holati yomon va shu bilan 
bir qatorda  1990-yilga qadar sug'oriladigan yerlaming 75 foiziga paxta 
ekilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keldi.
з

Aholining  o‘sib  borayotgan ehtiyojini  qondirish  uchun  yerlardan 
oqilona  foydalanish,  ekinlar hosildorligini  oshirish  talab  etiladi.
Dehqonchilik fanining vazifasi talabalami dehqonchilikda qo'lla- 
nilayotgan  nazariy  asoslar  va  ishlab  chiqarishdagi  jarayonlar  bilan 
tanishtirishdan  iborat.
Dehqonchilik fani quyidagi bo'lim lam i o'z ichiga oladi: dehqon­
chilikning  ilmiy  asoslari,  tuproq  rejimlari  va  ularni  boshqarish, 
begona o'tlarga qarshi kurash tadbirlari, yerga ishlov berish, ekinlarni 
ekish,  almashlab ekish va dehqonchilik tizimi.
Q ishloq  xo'jaligi  rivojlanib  borishi  davom ida  "dehqonchilik" 
tushunchasi ham  o'zgargan.  Ilk davrda uni qishloq  xo‘jaligi  ishlab 
ch iq arish i  deb  tu sh u n ild i  va  keyinchalik  u n d a n   ch o rv ach ilik  
ajralib  chiqqan.
A .Teer  XIX  asrda  "Q ishloq  xo‘jaligining  ratsional  asoslari" 
kitobining  1-qismini um um iy masalalarga,  2-qism ini  o ‘simliklami 
ta ’riflashga  ajratdi.  Keyinchalik  1-qism  um um iy  dehqonchilik,  2- 
qism  o'sim likshunoslik  deb  atala  boshlandi.  Qishloq  xo'jaligining 
rivojlanishi davomida boshqa fanlar ham ajralib chiqdi.  Dehqonchilik 
fa n id a   y e rla rd a n   ra tsio n a l  fo y d alan ish ,  tu p ro q n in g   effektiv 
unum dorligini  oshirish,  begona  o 'tlar va  ularga  qarshi  kurash  kabi 
m asalalar  qoldi.
D ehqonchilik  fanining  rivojlanishiga  katta  hissa  qo'shgan  qator 
olim lam i sanab  o 'tish   mum kin.  Masalan:  M .V.Lomonosov  (1711- 
1765)  "Yer  qatlam lari  haqida"  nomli  asarida  qora  tuproqni  kelib 
chiqishini bayon qildi.
Bolotov  XVIII  asming  ikkinchi  yarmida  yer  tuzilishi,  almashlab 
ekish,  begona  o'tlarga  qarshi  kurash,  o'g'itlash  masalalari  bo'yicha 
maqolalar  bilan dehqonchilikning asosiy prinsiplarini ta’rifladi.U yetti 
dalali  almashlab  ekishning  3  ta  dalasi  qo'riq  bo'lishini  bayon  etdi.
I.M.Komov 1898 yilda "Dehqonchilik haqida" asarida partov sistemasiga 
qarshi  chiqib  ko'p  dalali  va  ekinlar  navbatlab  ekiladigan  almashlab 
ekishni  tavsiya  qildi.  D.I.Mendeleev  mineral  o'g'itlam i  qo'llashni 
tekshirib,  dehqonchilikni intensivlashtirishga da’vat etdi.  M.G.Pavlov 
(1793-1840)  almashlab  ekishni  keng  tashviqot  qildi.  U  tuproqning 
singdirish  qobiliyatini  o'rganish  bo'yicha  katta  ishlar  olib  bordi.

V.R.Vilyams  (1863-1939)  tuproqshunoslikda  biologik  nazariya  asos- 
chisi  hisoblanadi.  K.ATimiryazev,  D.N.Pryanishnikov,  A.G.  Doya- 
renko,  K.K.Gedroyts  kabi  olimlar 
0
‘simliklaming  oziqlanishi va  uni 
boshqarish  masalalari  bo'yicha  qator  asarlar  yaratganlar.  N.Rijov 
(1903-1981)  g‘o ‘zani  sug'orish  va  tuproqning  fizik  xossalarini  o ‘ 
rganish  bo'yicha  ishlar qildi.
M .V .M uham edjonov  va  A .Q .Q ashqarov  yer  haydash,  yer 
haydashni  tab aq alash tirish ,  oraliq   va  siderat  ekin larn i  ekish 
masalalari  bo'yicha  ilmiy  ishlar  olib  borib,  ishlab  chiqarishga 
tavsiyanomalar  berishdi.
Dehqonchilik hozirgi davrda fan va texnika yangiliklari hamda ish­
lab  chiqarish  ilg‘orlari  tajribasi  natijalarini  umumlashtirgan  holda 
o'ziga xos yo'nalishda rivojlanmoqda.
TUPROQ  VA  TUPROQSHUNOSLIK  FANI 
HAQIDA  TUSHUNCHA
Yerga  ishlov berishda qo'llanilgan har bir tadbir,  birinchi navbatda,
I upnoqqa ta’sir etadi.  Natijada tuproqning tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari 
o ‘zgarib, 
0
‘simliklarning yashash sharoiti yaxshilanadi.  Shuning uchun 
ham tuproqshunoslik fani dehqonchilikning ratsional asosi hisoblanadi. 
Demak,  tuproqshunoslik  asoslarini  bilmasdan  turib,  o ‘simliklaming 
tuproqdan oziqlanish qonuniyatlarini va,  shuningdek,  fizik-ximik xos- 
salarining qay darajada ta’sir etishini to‘la tushunish qiyin.
0 ‘simliklaming  o'sishi  va  rivojlanishini  ta ’minlash  xususiyatiga 
ega  bo‘lgan  yeming  ustki g‘ovak unum dor qatlami  tuproq  deyiladi. 
Гuproq  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishining  birdan-bir  vositasi  va 
har  bir  mamlakatning  bitmas-tuganmas  tabiiy  boyligi  hamda  ki- 
shilik jamiyati uchun zaruriy oziq-mahsulotlari va turli xomashyolar 
yetishtiriladigan asosiy va yagona manbaidir.
Tuproq  m a’lum  sharoitdagi  turli  tabiiy  faktor  va  tirik  orga- 
nizmlarning birgalikdagi  o ‘zaro ta ’siri  natijasida yer yuzasidagi har 
xil  tog‘  jinslaridan  paydo  bo ‘lgan.  Tuproq  murakkab  tabiiy  jism 
bo‘lib,  o ‘ziga xos tuzilishga, tarkib va boshqa bir qancha xossalarga 
hamda  rivojlanish xususiyatlariga ega.

Tuproq  haqidagi  ilmiy  fan  asoschisi  -  buyuk  rus  olimi  V.V. 
D o k u c h a y e v   (1 8 4 6 -1 9 0 3 )  h is o b la n a d i.  V.V.  D o k u c h a y e v  
tuproqshunoslikning  asosiy  yo'nalishlarini  ishlab  chiqdi  va  tuproq 
h a q id a g i  ilm iy   tu s h u n c h a n i  tavsiya  e td i.  U n in g   a sa rla rid a  
tuproqshunoslikka doir ko‘plab kashfiyotlar bayon etildi.  Dokuchaev 
tuproqqa  uning  kelib  chiqishi  nuqtai  nazaridan  tabiiy-tarixiy jism 
sifatida qarashni tavsiya etadi.  Shuning uchun ham V.V.  Dokuchayev 
yaratgan  tu p ro q   haqidagi  fan  -  genetik  tuproqshunoslik  deb 
nomlanadigan  b o id i.  Tuproq  paydo  bo'lishi  nihoyatda  murakkab 
biofizik-kimyoviy  jarayondir.  Yer  yuzasida  tarqalgan  har  xil  tosh, 
qum,  chang  va  loyqa  singari  g'ovak jinslar  uzoq  vaqtlardan  buyon 
davom etib kelayotgan nurash protsessi mahsuli hisoblanadi va asosan 
yeming nuraydigan po'stida uchraydi.
Tuproq  hosil  bo'lish jarayoni  va tuproqning  shakllanishiga  ta ’sir 
qiladigan sharoitlarga tuproq hosil qiluvchi faktorlar deyiladi.
V .V .D o k u c h a e v   q u y id a g i  b e s h ta   tu p ro q   h o sil  q ilu v c h i 
faktorlarni  ajratadi:
1)  tuproq  hosil  qiluvchi  ona jins;
2)  iqlim;
3)  relyef;
4)  o'sim lik va hayvonot dunyosi;
5)  tuproqning  yoshi  (vaqti).
H aroratning  o'zgarishi,  havo  ham da  organizmlar  ta ’sirida  tog1 
jinslari va m inerallarning maydalanishi va parchalanishi hodisasiga 
nurash deyiladi. Tuproq ona jinsi paydo bo'lishidagi dastlabki jarayon 
hisoblangan  nurash jarayoni  uni  yuzaga  keltiradigan  ayrim  tabiiy 
faktorlar  ta ’siriga  asosan  fizikaviy,  kimyoviy  va  biologik  nurash 
turlariga bo'linadi.
Fizik nurash,  asosan,  havo haroratining keskin o‘zgarishi ta ’sirida 
sodir bo ‘lganligi sababli  ko'pincha termik  nurash  ham  deyiladi.
Tog‘  jinslari,  ayrim  m inerallar  suv  va  atmosferadagi  kislorod 
ham da  karbonat  angidrid  ( C 0 2)  ta ’sirida  kimyoviy  o'zgarishidan 
yangi  birikm alar  va  m inerallar  hosil  bo'lish  jarayoni  kimyoviy 
nurash  deyiladi.
Tog‘  jinslari  va  m inerallar  turli  organizmlar  (mikroorganizmlar, 
o'sim liklar,  hayvonlar  va  ulam ing  hayot  faoliyati  m ahsulotlari)

ta ’sirida  mexanikaviy  ravishda  parchalanishi  va  ularda  kimyoviy 
o ‘zgarishlar  sodir  bo'lish jarayoni  biologik  nurash  deyiladi.
Tuproqda o‘simlik va hayvonlar qoldig'idan iborat juda ko‘p oiganik 
moddalar to ‘planadi.  Bu moddalaming bir qismi hali to‘la chirimagan 
va o'zining dastlabki holatini saqlagan oiganik qoldiqlar bo‘lsa, ikkinchi 
qismi chirish protsessi natijasida o ‘zgaigan to‘q tusli va murakkab tarkibli 
kompleks oiganik birikma, ya’ni chirindi-gumusga aylangan va tuproqning 
mineral qismiga shimilib ketgan bo‘ladi.
Tuproq  paydo  bo'lishi  va  tuproq  unumdorligining  rivojlanishi 
hamda yaxshilanishida chirindining ahamiyati katta.  Chirindi 
0
‘sim- 
liklaming oziqlanishi uchun zarur va biologik ahamiyatga ega bo'lgan 
ko'plab  oziq  elem entlari,  ayniqsa,  azot  va  karbonat  angidridning 
asosiy manbaidir.
Tuproq paydo bo‘lishi jarayoniga turli omillaming ta’siri natijasida 
tuproq  tarkibidagi  m inerallar,  tog‘  jinslari  va  organik  qoldiqlar 
to'xtovsiz maydalanadi va parchalanadi hamda tuproq tarkibida mayda 
zarralar  aralashmasi,  ya’ni  dispers  tizim   hosil  bo'ladi.  Ana  shu 
tizimdagi diametri 0,2-0,01  mikron atrofida bo'lgan zarrachalar tuproq 
kolloidlari deyiladi.
Akademik K.K.  Gedroyts tuproq har xil moddalami ushlab qolishi, 
singdirishi va bunda kechadigan jarayonlami e’tiboiga olib, tuproqning 
singdirish  qobiliyatini  besh  qismga:  mexanikaviy,  fizikaviy,  fizik- 
kimyoviy,  kimyoviy va biologik singdirishga bo'ladi.
Tabiatda uchraydigan xilma-xil tuproqlar m a’lum sharoit va omillar 
ta’sirida  paydo  bo'lgan.  Tuproqning  paydo  bo‘lishi,  rivojlanishi  va 
unumdorligini belgilovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat: tuproq 
ona  jinsi, 
0
‘simliklar  va  hayvonot  olami,  iqlim,  joyning  relyefi 
tuproqning  yoshi  va  insonlar  faoliyati.  Bu  omillar  tuproq  paydo 
bo'lishida turlicha ta’sir ko'rsatadi.  Demak, tuproq unumdorligi ham 
turlicha bo'ladi.  Shuning  uchun ham  tuproqning agronomik  nuqtai 
nazardan baholashda,  ekinlami to ‘g‘ri joylashtirish va agromeliorativ 
tadbirlami belgilashda bu omillaming har birini puxta 
0
‘iganish lozim. 
Gumus  -  lotincha  G um us  so'zidan  kelib  chiqqan  -  tuproq  ya’ni 
yer  m a’nosini  bildiradi.  Orasidagi  o'zaro  m unosabatni  aniqlash, 
m a’lum  sharoitda  qaysi  om ilning  ta ’siri  kuchli  ekanini  belgilab 
ish  tutish  kerak.

0 ‘rta  Osiyo, jum ladan,  0 ‘zbekiston tuproqlahni har tom onlam a 
o ‘rganishda  N .A.Dimo,  I.P.Gerasim ov,  V.A.Kovda,  N.A.Rozanov, 
Ye.V.Lobova, V.V.Yegorov va boshqalaming tuproq genezisi, fizikasi 
va  melioratsiyasi  borasidagi  ishlari  respublikada  qishloq  xo‘jaligini, 
ayniqsa, paxtachilikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. 0 ‘zbekiston 
tuproqlarining tarqalish qonuniyatlari,  evolyutsiyasi,  kiassifikatsiyasi 
va  paxtachilik  tum an lari  tup ro q larin i  o 'rganishda  M .A.Orlov, 
S.N.Rijov,  M .A.Pankov,  N.V.Kimberg,  M .B.Bahodirovlami  ishlari 
ham da  sho‘rlangan  tuproqlar  genezisi  va  melioratsiyasi  sohasida 
A.M.Rasulov,  M .U .U m arov,  O.K.Komilovlaming  M irzacho‘1  va 
Qarshi ch o ilarin i o'zlashtirish,  ayniqsa,  sug'oriladigan tuproqlardan 
oqilona  foydalanish  va  melioratsiya  sohasidagi  olib  borilgan  ishlari 
katta ahamiyatga egadir. Tog1 va tog‘ oldi zonalarida eroziya jarayonlari 
va  u n g a   q a rsh i  k u ra sh   (G u s sa k ,  M aq su d o v ,  H a m d am o v ), 
"Tuproqlaming shamol eroziyasiga oid” K.Mirzajonov,  Sh.Nurmatov, 
M.Hamroyev va boshqalaming ishlari O'zbekistonda tuproqshunoslik 
fanini,  sug'oriladigan  dehqonchilikni  ilmiy  asoslarini  yaratishda 
ahamiyati kattadir.
Hozirgi  vaqtda  O 'zbekistonda  tuproq  sharoitlarini  yaxshilash, 
ulam ing  unumdorligini  oshirish  va  samarali  foydalanish  sohasida 
olib borilayotgan ilmiy ishlaiga Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti, 
Toshkent  Davlat  Agrar  universiteti,  "O'zDavyerloyiha"  instituti  va 
boshqa ko'pgina ilmiy tekshirish institutlari olimlarining ilmiy ishlari 
(D .R .Ism a to v ,  M .M .T o sh q o 'z iy ev ,  I.T .T u ro p o v ,  R .Q o 'ziev , 
L.T.Tursunov,  O.R.Ramazonov,  S.A.Azimboyev,  S.A.Abdullayev,
S.M ambetnazarov,  A.Maqsudov,  J.M aqsudov,  L.A .G ‘ofurova  va 
boshqalar) alohida o'rin tutadi.  O'zbekistonlik tuproqshunos olimlar 
tom onidan yaratilgan fundamental "O'zbekiston tuproqlari" va "Tup- 
roqshunoslik"  darsliklari  [M .A .Pankov  (1963),  B.M .Bahodirov,
A.M.Rasulov  (1975),  I.Boboxo'jayev,  P.Uzoqov  (1995)]  qishloq 
xo'jaligida va kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga egadir.

Tuproq  dehqonchilikning  asosiy  ob’yekti  bo ‘lib,  qishloq  xo‘jalik 
ishlab chiqarishining asosiy vositasi hisoblanadi.  Tuproqning tarkibi 
va xossalarini bilmasdan turib undan oqilona va samarali foydalanib, 
uning unumdorligini saqlab qolib va oshirib bo‘lmaydi.
Tuproq  -  mustaqil  tabiiy jism.  U  yer  p o ‘stlog‘i  (litosfera)  ning 
ustki  unum dor  qatlami  bo ‘lib,  organik  dunyo  (o'simliklar,  m ikro­
organizmlar)  ning  mineral  m oddalar bilan tabiiy  m uhit  (iqlim, joy) 
ning muayyan sharoitlarida o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida yuzaga kelgan. 
Tuproq  faqat  o ‘ziga xos  bo'lgan  rivojlanish  tarixiga,  tashqi  va  ichki 
tarkiblariga hamda xossalariga ega.
T u p r o q s h u n o s lik   fa n in in g   a s o s c h is i  h is o b la n g a n   V.V. 
D o k u ch ay ev   tu p ro q   t o ‘g ‘risid ag i  tu s h u n c h a n i  q u y id ag ich a 
ta ’riflaydi:  tuproq  -  grunt,  iqlim,  o ‘simlik  va  hayvonot qoldiqlari, 
joyning yoshi va  relyefining birgalikdagi o ‘zaro  faoliyati natijasida 
paydo  bo'lgan tabiiy jism dir.
Tuproqning  qaysi  tip   va  xilga  m ansub  ekanligini  aniqlashda 
morfologik  belgilarni 
0
‘rganish  katta  aham iyatga  ega.  Shuning 
uchun  ham  tuproqning  morfologik  (tashqi)  belgilarini  o ‘rganish 
uning  paydo  bo'lishidagi  biologik,  fizikaviy,  kimyoviy,  fizik- 
kimyoviy  va  biokimyoviy  jarayonlam i  va  unum dorlik  darajasini 
aniqlashga yordam beradi.
Tuproqning  morfologik  belgilari  laboratoriya  sharoitida  tuproq 
m onoliti,  dala  sharoitida  esa  maxsus  tuproq  kesmasi  (razrezi) 
yordamida 
0
‘rganiladi.
Tuproqlam i dalada tekshirish va ularning morfologik belgilarini 
o ‘rganishda  asosiy  kesma  (razrez),  yarim  kesma  va  chuqurchalar 
qaziladi.  Qazilgan kesma tekshirilayotgan tuproqning va tuproq ona 
jinsining morfologik xossalarini atroflicha to ‘liq o'rganishga yordam 
b e ra d i.  U n in g   c h u q u rlig i  te k s h irila y o tg a n   jo y   re ly e fn in g  
xususiyatiga va sizot  (grunt) suvning sathi va ona jins tavsifiga qarab, 
150-200  sm  b a ’zan,  250  sm,  kengligi  70-80  sm,  uzunligi  esa 
chuqurligiga m utanosib b o ‘lishi  kerak.
Kesma qazishda dalaning geomorfologik va boshqa xususiyati jihatdan 
xarakterli joyini  topish  kerak.  Bunda  dalaning  relyefi,  o‘simliklari,

shuningdek,  bo ‘z yoki  qo‘riq yer ekanligi,  o'zlashtirilgan yer bo‘lsa, 
insonning  ta ’siri  va  ishlanish  darajasi  e’tiborga  olinishi  lozim.  Dala 
relyefi  notekis,  o ‘simliklari  turlicha  va  sho‘rlanishi  har  xil  bo ‘lsa, 
ko‘proq kesma  (razrez)  qaziladi.
T u p ro q   k esm asi  yoki  m o n o litg a   q arab   u n in g   q a tla m la ri 
(g o riz o n tla ri)  a n iq la n a d i  va  q o g 'o zg a  c h iz ilib ,  q a tla m la r  h a r 
xil  ran g li  q a lam d a  b o 'y a la d i.
Tuproqning  asosiy  morfologik  belgilariga  quyidagilar  kiradi:  1) 
tuproqning  genetik qatlamlari  (gorizontlari);  2)  tuproq qatlami  qa­
linligi;  3)  tuproq  rangi  (tusi);  4)  tuproqning  mexanik  tarkibi;  5) 
tuproq  stmkturasi;  6)  tuproq  namligi;  7)  tuproq  qovushmasi;  8) 
tuproqning  yangi  yaralmasi;  9)  tuproq  qo‘shilmasi.
Endi tuproqning asosiy morfologik belgilariga ta ’rif berib o‘tamiz.
Tuproqning  genetik qatlami  (gorizonti).  Tekshirilayotgan  tuproq 
kesmasining vertikal  devoridagi  ko‘zga  tashlanib turgan  morfologik 
belgilar u bir qancha qatlamlardan tuzilganligini ko‘rsatadi.  Bir-biridan 
farq qiladigan va tuproqning kelib chiqishi (genezisi) ga va rivojlanishiga 
bog‘liq bo ‘lgan bu qatlam lar genetik qatlam  (gorizont) deyiladi.  Har 
bir qatlam o‘z nomiga ega bo ‘lib,  alohida belgilar — simvollar — lotin 
alfavitining bosh harflari bilan ifodalanadi.
V .V .D okuchaev  tu p ro q   q a tla m in i  u ch  xil  genetik  qatlam  
(gorizont)  ga  b o ‘ladi.  A -chirindili  (akkumulyativ)  qatlam ,  V  - 
o ‘tuvchi (illyuvial) qatlam va S-tuproq hosil qiluvchi ona jins qatlam 
(1-rasm ).  K o‘pchilik  tuproqlarda,  odatda,  har  bir  genetik  qatlam 
bir  necha  qatlam chalarga  ajratiladi.  Bu  holda  ular  A,, 
Vp  V2 
belgilari bilan belgilanadi.
Chirindi ustki qatlam  (A) da modda,  chirindi va har xil elementlar 
birikmasidan  iborat  m ineral  moddalar  to ‘planadi,  uning  tusi  quyi 
qatlamlarga  nisbatan  to ‘q  bo'ladi.  Shuning  uchun  ham  bu  qatlam 
chirindili  akkumulyativ  qatlam  deyiladi.
0 ‘tuvchi  qatlam  (V)  illyuvial  (yuviluvchan)  gorizont  deb  ham  
ataladi. Tusi, stmkturasi va qovushmasiga ko‘ra ustki qatlamdan ajralib 
turgan bu qatlamdagi ayrim birikmalar quyi qatlamga yuvilib tushib 
turadi.  Bu jarayon,  ayniqsa,  podzol  -  kislotali va sho‘rtob  -  ishqorli 
tuproqlarda ochiq ko'rinib turadi.

1-rasm.  Tuproqning genetik  qatlamlari
T u p ro q   h o sil  q ilu v ch i  o n a  jin s 
q a tla m i  (S);  tu p ro q   paydo  b o ‘lish 
jaray o n lari  ch etlab   o 'tg a n   ana shu 
jin s d a n   k ey in ch alik   tu p ro q   paydo 
b o ‘lgan.
Yer  yuzasining  asosan  tekislik- 
d a n   i b o r a t   q u r u q l i k   q is m id a  
ta rq a lg a n   va  tu p ro q   p a y d o   q ila 
oladigan g ‘ovak holdagi tog‘ jinslari 
tuproq ona jinsi deyiladi.
Yer  yuzasida  tarqalgan  tu p ro q - 
laming  ona  jinsi,  asosan,  suv,  sha­
mol,  muzliklar  harakati  natijasida  to'rtlam chi  davrda  hosil  bo'lgan 
har xil qalinlikdagi turli yotqiziqlardan iborat bo‘lib,  kelib chiqishiga 
ko‘raular  quyidagi  tiplarga bo ‘linadi:  elyuviy,  delyuviy,  prolyuviy, 
allyuviy,  dengiz,  ko‘l,  eol  (shamol),  lyoss,  kollyuviy  yotqiziqlari. 
Bu  yotqiziqlar  yer  yuzasi  nurash  qobig'ining  eng  ustki  qismida 
tarqalgan  b o ‘lib,  ulardan  har  xil  tuproqlar  hosil  bo‘lgan.
Tuproqning  qalinligi.  Tuproq  deganda  yerning  faqat  chirindili 
ustki  qatlami  tushunilm aydi,  balki  tuproq  paydo  qiluvchi jarayon 
ta ’sirida o ‘zgargan va morfologik belgilariga qarab ona jinsdan farq 
qiladigan m a’lum qalinlikdagi  qatlam  tushuniladi.  Tuproqning qa­
linligi  deganda  esa  barcha  tuproq  qatlamining,  ya’ni  tuproq  ona 
jinsigacha bo‘lgan santimetrda ifodalangan qalinligi tushuniladi. Tup­
roqning  qalinligi  ham m a joyda  bir  xil  b o ‘lmaydi.  Shuning  uchun 
tuproqning  qalinligi tuproq tipiga qarab,  o 'rta  hisobida40  sm dan 
150  sm gacha  b o ‘ladi.  B a’zan  250-300  sm  qalinlikdagi  tuproqlar 
ham  uchraydi.
Tuproqning umumiy qalinligini va ayrim genetik qatlam qalinligini 
aniqlash  agronomik  nuqtai  nazaridan  juda  katta  ahamiyatga  ega. 
Masalan, tabiiy sharoitda tuproq chirindili qatlamining qalin bo‘lishi, 
shuningdek, dehqonchilik va sug'orish natijasida paydo bo‘lgan qatlam 
q a lin lig i  tu p ro q n in g   u n u m d o r   va  q a d im d a n   fo y d a la n ib  
kelinayotganligini ko‘rsatuvchi belgi hisoblanadi.  Demak, tuproqning

va ayrim qatlamlaming qalinligini o ‘rganish bilan tuproq paydo qiluvchi 
jarayonlar  tavsifi  va  tuproqning  bir  qancha  agronomik  sifatlarini 
aniqlash  mumkin.
Tuproqning rangi (tusi). Tuproqning va ayrim qatlamlaming o‘ziga 
xos rangi  (tusi)  ulam ing eng  m uhim  morfologik belgilaridan biridir. 
Tuproq  bu  bilan  ona jinsidan,  shuningdek,  genetik  qatlam lar  bir- 
biridan aniq farq qiladi. Tuproqning rangi tuproq paydo qiluvchi ona 
jinsning  dastlabki  rangi  va  tuproq  paydo  bo‘lish  jarayoniga  bog'liq 
bo‘ladi.  Tuproqlar  rangiga  qarab  turli  nom   bilan  ataladi.  Masalan, 
qora tuproq, qizil tuproq, bo‘z tuproq va boshqalar. Tuproqning asosiy 
rangi uning  kimyoviy tarkibi  va chirindi  miqdoriga  qarab  o‘zgaradi. 
Tuproq tarkibida organik modda, chirindi qancha ko‘p bo‘lsa,  uning 
tusi shunchalik qoram tir bo'ladi.  Shuning uchun tuproq tusini puxta 
o'rganish va to ‘g‘ri aniqlash bilan undagi chirindi  miqdorini taxmin 
qilish  mumkin.  Chunonchi,  chirindi  10%  dan  ko‘p  bo'lsa,  tuproq 
tim   qora,  8-10%  bo ‘lsa  qoram tir  yoki  to ‘q jigarrang  tusda  bo'ladi. 
Tuproqda  chirindi  miqdorining  kamayib  borishi  bilan  tuproq  to ‘q 
kulrang,  kulrang,  och  kulrang,  oqish  turlarga  o'tishi  mumkin.
T a rk ib id a   k o ‘p  m iq d o rd a   k a lsiy   k a rb o n a tla r   ( C a C 0 3), 
krem nezyom   (SiOz),  kaolin  (H 2Al2.Si20 gH 20 ) ,  alyuminiy  oksidi 
(Al20 3*nH 20),  suvda oson  eriydigan  tu zlar  yoki  gips  b o 'lg an  
tuproqlar oq rangda b o ‘ladi.
Qizil  tusli  tu p ro q lar  tarkibida  tem ir  (Ill)-o k sid in in g   gidrati 
(F e20 3*nH 20 )   birikm alari  ko ‘p  b o ‘ladi.  Tuproq  qatlam larining 
ko‘kim tir b o ‘lishi  muayyan qatlamda tem ir (II)  — gidrat  oksidining 
(F e 0 * n H 20 )   birikm asi  va  vivianit  [(F e3( R 0 4)2»8H20 ]   m inerali 
borligini hamda muayyan qatlamning botqoqlanish belgisi va darajasini 
bildiradi. Tuproq qatlamlarida uchraydigan qora yoki qo‘ng‘ir dog‘lar 
tuproqda marganets birikmalari borligini ko'rsatadi.
Tuproqning paydo  qiluvchi  ona jinsi  lyoss yotqiziqlaridan  iborat 
bo ‘lsa tuproqning rangi sariq,  oq-sarg‘ish tusda bo‘ladi.
Tuproqning mexanik tarkibi.  Dala sharoitida tuproqning morfologik 
belgilari o‘ iganilayotganda mexanik tarkib ham aniqlanadi.
Tuproq har xil kattalikdagi mineral elem entlardan tashkil topgan. 
Ona jins va tuproq qattiq qismidagi turli katta-kichiklikdagi mexanik

elementlarning foiz hisobidagi nisbiy miqdoriga tuproqning mexanik 

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. ramazonov, S. Buriyev tuproqshunoslik va dehqonchilik
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> J. S. Sattorovning umumiy tahriri ostida
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Ipakchilik va tutchilik o'krkuston
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> U sm o n norqulov, h a m id u L l a sheraliyev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. Q. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> M u o ‘K: 638. 21 (075) kbk 46. 92 I 70 a 90 Taqrizchilar
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov o'zbekiston tuproqlari va ularning
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Tuproqshunoslik

Download 5.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling