T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r sit e t I s. Avezba y ev, T. Karabayeva


Download 82.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana16.02.2017
Hajmi82.64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25

6.  Yer tuzish  organlari
O 'zbekistonda  yer  luzish  davlat  yer  tuzish  organlari  -  yer  tuzish,  yer 
kadastri,  tasvirga  olish  va  qidiruv  ishlarining,  yerdan  foydalanish  va  uni 
muhofaza  qilish  (yer  m onitoringini  ham  qo'shib)  ustidan  nazoratning  butun 
hajmini  bajarishni  ta'm inlovchi  muassasalar  va  tashkilotlar  tizimi  to­
monidan  amalga  oshiriladi.  Ular  tarkibida  yer  tuzish  xizmatini,  yer  tuzish 
bo'yicha  loyiha-qidiruv  institutini  va  ilmiy  muassasalam i  ajratib  ko'rsatish 
mumkin.
Yer  tuzish  x n m a ti  -  bu  yer  tuzishning  m a’muriy  tarkibidir.  Unga 
O 'zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari  Davlat  Q o'm itasi  va  uning  viloyat- 
lardagi  boshqarmalari  va  tuman  xizmatlari  kiradi.  Yer  tuzish  xizm atining 
asosiy  vazifalariga  yer  islohotini  o'tkazish,  yerlardan  foydalanish  va  ulam i 
m uhofaza  qilish  ustidan  davlat  nazoratini,  yer  tuzishni  tashkil  etish.  yer  ka­
dastri  va m onitoringini  yuritish  kiradi.
Yer  tuzish  ishlari  bevosita  yer  tuzish  bo'yicha  davlat  loyihalash  va 
ilmiy-tekshirish  institutlari  tomonidan,  asosan,  davlat  byudjeti  hisobiga 
amalga  oshiriladi.  O 'zbekistonda  bitta  shunday  instilut  bo'lib,  u  qisqacha 
"O  zdaverloyiha"  deb  ataladi;  uning viloyatlarda bo'lim   va filiallari bor.
Bulardan  tashqari  "Yer  resurslari  Davlat  qo'm itasi  tarkibiga  tuproq- 
shunoslik  va agrokim yo  ilmiy-tekshirish  instituti  ham  kiritilgan.
Nazorat  savollari:

Y er tu z ish   tiz im ig a  n im a la r  k ira d i’’
2.  Y er  tu zish   lo y ih a si  n im a ,  u  n im a   a so sid a  tu z ila d i?

N im a   yer  lu z ish   c h iz m a s i  d e b   a ta lad i,  u  n im a g a   m o 'lja lla n g a n 9
4  
Ishchi  lo y ih a la r  n im a   u c h u n   tu z ila d i?

Y er  lu z ish  ja ra y o n i  n im a,  u  qan d ay   e le m c n tla m i  o 'z   ic h ig a  o lad i?
6.  Y er  lu z ish   lo y ih a si  ta rk ib ig a  n im a la r k ira d i1

l  o y ih a n i  a m a lg a   o s h iris h   tm n a la rd a n   ib o ra t.  k im   uni  b a ja ra d i'’

Yer  tu z is h d a   m u a l l il l ik   n a z o ra ti  nim a ?
9  
O 'z b e k is to n d a  q a n d ay   >er tu z is h  o rg a n la ri  m a v ju d ?

q
 
XO ‘JALIKLARARO YER TUZISH
1.  Xo'jaliklararo yer tuzishning vaziM ari va  mazmuni
X o'jaliklararo  yer  tuzishni  o'tkazishda  ikkita  maqsad  ko'zlanadi. 
Birinchi  maqsad  -  yerdan  oqilona  foydalanishni  va  uni  muhofaza  qilishni 
tashkil  etish;  ikkinchisi  -  ishlab  chiqarishni  hududiy  tashkil  etish,  ya'ni, 
hududda,  uning  ishlab  chiqarish  kuchlari  xususiyatlarini  hisobga  olgan 
holda -  ishlab chiqarish  ob’ektlarini  va mehnat resurslarini joylashtirish.
X o'jaliklararo  yer  tuzishni  o'tkazishda  bajariladigan  asosiy  vazifalar 
quyidagilardan  iborat:
-  yerda x o  ‘ja lik  yuritishning  barcha  turlarini  rivojlantirish  uchun  bir  xil 
hududiy sharoit yaratish;
-  y e r  egaliklari  va yerdan foydalanuvchilarning  oqilona  tizimini yaratish 
va takomillashtirish;
-  y e r  tuzishda  belgilangan  chegaralarning  joylarda  о ‘tkazilishining 
asoslanganligini,  aniqligini va daxtsizligini ta 'minlash,
qishloq  xo'jalik  ishlab  chiqarishini  oqilona  tashkil  etish  uchun  hududiy 
sharoit yaratish;
-  yerlardan foydalanish  tartibini  va  shartlarini,  mulk  qilib,  egalik  qilish 
uchun, j ’oydalanishga  berilgan y e r  uchastkalariga  to ‘lovlar  va  servitut- 
larni belgilash bo ‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
-  y e r  solig ‘i  va  haqini  belgilash,  yerlarni  olishdagi  qishloq  xo ja lig i  ish­
lab  chiqarishining  zararini qoplash  uchun та  lumotlar tayyorlash;

yerlarni  yaxshilash  va  tiklashga,  ularning  unumdorligini  oshirishga, 
eroziyadan himoya qilishga.  rekultivatsiyalashga  hamda  unum-dorligini 
tiklashning  iloji y o 'q   yerlarni  konsyervatsiyalashga  qaratilgan  tadbir- 
larni ishlash;
-  yerlarni melioratsiyalashning y o  ‘nalishlarini  va kelajagini asoslash.
X o’jaliklararo  >ei  lu/ish  oqilona  yer  egaliklari  va  yerdan  foydala- 
nishlam i  shakllantirishning,  fuqarolarga,  fermer  xo'jaliklariga,  qishloq 
xo'jalik  korxonalariga  yer  ajratishning,  yerni  ijaraga  berishning  asosiy  me­
xanizmi  hisoblanadi.  U  qishloq  va  xalq  xo'jaligi  uchun  nafaqat  yerlami 
taqsimlash,  balki  mahsuldor  yer  turlarini  sarflash  masalalarini  yechish 
uchun  ham  katta  iqtisodiy  ahamiyatga ega.
X o'jaliklararo  yer  tuzish  murakkab  va  har  xil  tadbirlar  tizimini  va 
yer  tuzish  ishlari  turlarini  o 'z id a   mujassamlaydi.  U  har  xil  tavsifga,  foy­
dalanish  va  muhofaza  qilish  tartibiga  ega  barcha  toifalardagi  yerlarda 
o'tkaziladi.

Xalq  xo'jaligining  har  bir  tarm og'ida  yerdan  har  xil  m aqsadlarda 
foydalaniladi.  Masalan.  qishloq  xo'jaligida  yer  asosiy  ishlab  chiqarish 
vositasi  sifatida  foydalanilsa,  boshqa tarm oqlarda  u  ishlab  chiqarishni  tash­
kil  qilish  uchun  zaruriy  shart.  y a’ni.  zamin  sifatida  foydalaniladi.  Shuning 
uchun  ham.  har  xil  tarm oqlar  uchun  ajratiladigan  yerlar  tarkibi  ham  har  xil 
bo'lishi  kerak.  Qishloq  xo'jaligi  uchun  eng  unum dor tuproqli  yerlar,  boshqa 
tarm oqlar  uchun  esa  unumdorligi  past bo'lgan yerlar ajratilishi  kerak.
Xo'jaliklararo yer tuzish  ikki  turga bo'linadi: 
qishloq xo ‘ja lik  korxonalari  va ferm er x o  'jaliklari ye r  egaliklari  va ye r­
dan foydalanishlarini tashkil etish  va tartibga solish; 
noqishloq xo ja lik  yerdan Jbydalanishlarini tashkil etish va о 'zgartirish.
Yer  tuzish  amaliyotida  bu  bo'linish  prinsipial  va  hal  qiluvchi  aham i­
yatga  ega:  qishloq  xo'jaligi  va  noqishloq  xo'jalik  yer  egaliklari  va  yerdan 
foydalanishlari  tarkibiga  sifati  bo'yicha  har  xil  yerlar kiritilishi  kerak.  Qish­
loq  xo'jaligi  uchun  unumdorlikka  ega  yerlar  talab  etiladi,  boshqa  tarm oqlar 
uchun  unumdorlik  lalab etilmaydi,  shuning  uchun  ularda unumdor yerlardan 
foydalanilishiga  yo'l  qo'yilm asligi  kerak.
X o'jaliklararo  yer  tuzishga  respublikam iz  "Yer  kodeksi"da 
ko'rsatilgan  quyidagi  yer tuzish  ishlari  kiradi:
-  jo yn in g   и  zida  ovullar.  qishloqlar,  posyolkalar,  shaharlar.  tumanlar, 
viloyatlarning chegaralarini belgilash;
-  yerla m in g   joylashuvidagi  noqulayliklarni  bartaraf  etgan  holda,  yer 
egalarining  vn  yerdan  fbydalanuvchilarning,  ijarachilarning  va  ye r 
m ulkdorlarining  yangi  y e r  uchastkalarini  tashkil  etish,  ham da  m avjud 
y e r uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish;

yangi  tashkil  etilayotgan,  qayta  tashkil  etilavotgan  qishloq  xo ja lik 
korxonalari,  muussasalari,  hamda  tashkilotlariga ye r  ajratib  berish  lo­
yihalarini tuzish;
korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarga  davlat  va jam iyat  ehtiyojlari 
uchun  olib qo ‘yiladigan yerlarni ajratib berish loyihalarini tuzish;
-  y e r uchastkalarini naturada  (joyning о ‘zida)  ajratib  berish,  yerga egalik 
qilish  va yerdan jbydalanish  huquqlarini,  ye r  uchastkasini  ijaraga  olish 
huquqini,  hamda ye r  uchastkalariga bo'lgan  mulk huquqini’tasdiqlovchi 
hujjatlarni tayyorlash;

ya n g i yerlarni o'zlashtirish,  qishloq xo'jalik yerlarini yaxshilash,  tuproq 
unumdorligini  saqlash  va  oshirish,  buzilgan  yerlarni  rekultivatsiya  qi- 
lish,  tuproqni suv  va sham ol  eroiiyasidan,  sellardan,  ko'chkilardan,  suv 
bosishidan,  zaxlashdan,  qaqrab  qolishdan,  zaranglashishdan,  ishlab 
chiqarish  chiqindilari,  rudioaktiv  va  kimyoviy  moddalar  bilan  iflosla- 
nishdan himoya qilish bo 'yicha  ishchi loyihalarni ishlab chiqish;

barcha yerlarni  ro 'yxatga  olish  hamda foydalanilm ayotgan,  samarasiz 
foydalanilayotgan y o ki  belgilangan  maqsadda foydalanilm ayotgan y e r­
larni doim iy aniqlab borish;
-  yerlarni  resurs jih a td a n   baholash,  yerlardan foydalanish  va  ularni  m u­
hofaza qilish yuzasidan y e r tuzish hujjatlarini ishlab chiqish;
-  yerlarni baholash tadbirlarini о ‘tkazish.
Bu  ishlaming  har  biriga  yer  tuzish  loyihasining  m a’lum  tipi,  ulardan 
ayrim lariga  esa  (masalan,  noqishloq  xo'jalik  maqsadlaridagi  yerdan  foy- 
dalanishlam i  tashkil  etishga)  -  joylashtirilayotgan  o b ’ektning  tavsifiga 
bog'liq  holda,  har xil  mazmunli  qator  loyihalar mos  keladi.
X o'jaliklararo  yer  tuzish  yerdan  foydalanishni  va  uni  m uhofaza  qi­
lishni  m a'lum   ishlami  bajarish  y o'li  bilan  tashkil  etadi.  Bunday  ishlam ing 
bir qism iga  "chegaralash"  atamasini  ham qo'llash  mumkin.
Chegaralash  -  bu  yagona  davlat  tizimi  bo'yicha  chegaralam i  bel­
gilash  (tiklash, joylarda  o'zgartirish,  texnik  va  huquqiy  rasm iylashtirish)  va 
m a’m uriy-hududiy  tuzilm alam ing  va  boshqa  o b ’ektlam ing  maydonlarini 
aniqlash  b o 'yicha yer tuzish  ishlaridir.  U  faqat o b ’ekt  chegaralariga taalluqli 
b o'lib, uning hududining ichki  tuzilishi bilan bog'liq  emas.
Korxonalar,  tashkilotlar,  muassasalarda  xo'jaliklararo  yer  tuzishda 
yerlam ing m o'ljallangan  rhaqsadi,  toifalari,  ob’ektning yer  maydonlari  bilan 
ta ’m inlanishi,  uni  ko'rilayotgan  hududda  joylashtirishning  maqsadga  mu- 
vofiqligi  belgilanadi.  Shu  bilan  birga,  yer  bilan  bog'liq  boshqa  ishlab 
chiqarish  vositalari  ham  joylashtiriladi,  y a ’ni,  yerda  u  bilan  birga  faoliyat 
ko'rsatadigan  ishlab  chiqarish  vositalarini  hududiy  tashkil  etish  amalga 
oshiriladi.  Yer egaliklari  va  yerdan  foydalanishlarni  to 'g 'ri  shakllantirish  va 
joylashtirish  ayniqsa  qishloq  xo'jalik  ishlab  chiqarishiga,  uning  samarador- 
ligiga,  hududni  ichki  tashkil  etishga,  resurslam i  va  atrof muhitni  muhofaza 
qilishga katta ta ’sir ko'rsatadi.
X o'jaliklararo  yer  tuzish  o b ’ektlari  korxonalar,  tashkilotlar,  muassa­
salar,  yer  fondlari  va  boshqa  yerlarini  tuzish  zarur  bo'lgan  o b ’ektlar: 
xo'jaliklar,  x o jalik la r  guruhlari  (korxonalar,  birlashmalari,  m a'm uriy  lu- 
manlar,  aholi  yashash joy lari,  o'zlashtiriladigan  hududlar)  hisoblanadi.
Qishloq  xo'jalik  va  noqishloq  xo'jalik  yer  egaliklari  va  yerdan  foy- 
dalanishlarida  barcha  vaziyatlarda  xo'jaliklararo  yer  tuzish  loyihasining 
umumiy  mazmuni  quyidagi  asosiy  masalalami  ishlashdan  iborat  bo'ladi: 
o b 'ek t  tagidagi  yer  uchastkasi  maydonini  aniqlash;  uchastkani  hududda jo y ­
lashtirish;  uchastka  tarkibiga  yer  turlarining  zarur  maydonlarini  kiritish; 
uchastkaga  maqsadga  muvofiq  shakl  berish;  uchastka  chegaralarini  jo y ­
lashtirish.

2.  Yer  tuzish jarayoni
X o'jaliklararo  yer  tuzish  yer  egaliklarini  va  yerdan  foydalanishlarni 
tashkil  etish  va  tartibga  solish  masalalarini  yechib,  katta  hududlam ing  tash­
kil  etilishiga  sezilarli  ozgarishlar  kiritadi.  X o'jaliklararo  yer  tuzish 
bo'yicha  asosiy  ishlar,  odatda.  xo'jaliklar  guruhini  qamrab  olgani  va 
ko'pchilik  hollarda  m a’muriy  tumanlar  chegaralarida  amalga  oshirilganligi 
sababli,  xo'jaliklararo  yer  tuzish  tuman  yer  tuzish  chizmalari  bilan  yagona 
texnologik  va axborot aloqasida o'tkaziladi.
Zamonaviy  sharoitlarda tuman  yer tuzish  chizmasiga yer  fondini,  yer 
egaliklari  va  yerdan  foydalanishlar  ahvolini,  yerga  bo'lgan  talablam i 
o'rganish  asosida  xo'jaliklararo  yer  tuzishga  taalluqli  quyidagi  masalalar 
kiritilishi  mumkin:
-  yerlar zaxiralarini aniqlash;
-  yer fo n d in i qayta taqsimlash  bo ‘yicha tavsiyalar;
tuman  agrosanoat  majmuasi  ob 'ektlarini  va  uning  infratizimini  jo y ­
lashtirish;
tuman  hududini tashkil etish;  maxsus ye r fo n d la rin i ajratish, y e r  egalik­
larini  va  yerdan  foydalanishlarni  tartibga  solish, ferm er  xo jaliklarini, 
jam oa  bog 'larini  va  boshqa  ob 'ektlarni joylashtirish  uchun y e r  massiv- 
larini ajratish;
shahar va qishloq aholi у ashash joylarining chegaralarini aniqlash; 
maxsus  qo 'riqlanadigan  va  sh.  о ".  hududlar  chegaralarini  aniqlash  va 
belgilash.
Tuman  yer  tuzish  chizmasi  va  unga  mos  tarzda  ishlangan  ko'rsat- 
kichlar  xo'jaliklararo  yer  tuzish  loyihalarini  ishlash  uchun  topshiriqni  tay- 
yorlashda asos b o'lib  xizmat qiladi.
X o'jaliklararo  yer  tuzish  davlat  organlarining  (hokimiyatlaming), 
mahalliy  o 'z-o 'zin i  boshqarish  organlarining  qarorlari  yoki  yer mulkdorlari, 
egalari,  foydalanuvchilari.  ijarachilari,  hamda  yer  tuzish  organlarining  ta- 
shabbusi  bo'yicha  va  manfaatdor  fuqarolar  va  huquqiy  shaxslar  ishtirokida 
o'tkaziladi.
X o'jaliklararo  yer  tuzish  jarayoni  quyidagi  bosqichlardan  iborat 
bo'ladi:  tayyorgarlik  ishlari;  loyihani  tuzish  va  asoslash,  loyiha  hujjatlarini 
ko'rib  chiqish  va  tasdiqlash;  loyihani  joylarga  (naturaga)  ko'chirish;  yer 
tuzish  bilan  bog'liq  hujjatlami  tayyorlash,  yerdan  foydalanish  yoki  unga 
egalik  qilish  huquqini  beradigan  davlat  aktlarini  (dalolatnomalarini)  berish; 
yer  mulkdorlari,  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar  va  ijarachilar  tomonidan 
loyihaning bajarilishi  ustidan  mualliflik  nazoratini  amalga oshirish.

3.  Tayyorgarlik  ishlari
X o'jaliklararo  yer  tuzish  loyihasini  tuzish,  asoslash  va  ras­
miylashtirish  uchun  loyihalash  ob’ektiga  va  mazkur  yer  tuzishning  xarak- 
teriga va  vazifalariga  mos  tushadigan,  zarur  va  yetarlik  hajmdagi  tayyorgar­
lik  ishlari  o'tkaziladi.
Tayyorgarlik  ishlari jarayonida  quyidagi  masalalami  yechish  kerak:

xo'jaliklararo  yer  tuzish  qatnashchilari  tarkibini  aniqlash,  ular  yer 
tuzish  ishlari  о ‘tkaziladigan  hududda joylashgan  xo jaliklar,  tashkilot- 
lar,  korxonalar va muassasalar bo jib, ye r tuzishdan manfaatdordirlar;

xo ja likla ra ro   yer  tuzishni  o'tkazish  uchun  zarur  bo'lgan  hujjat  va 
та 'lumotlarni yig  'ish,  tayyorlash va о ‘rganish;

xo 'jaliklar yerlarining  ahvolini  о ‘rganish  va  xo 'jaliklararo y e r  tuzishni 
о 'tkazish zarurati va sabablarini aniqlash;
-  yer  tuzish  o'tkazilayotgan  xo'jaliklarning  ta k lif va  istaklarini  aniqlash 
va  о ‘rganish,  u la m i  bajarish  imkoniyatlarini  va  lozimligini  aniqlash, 
yer  egalari  va  yerdan  foydalanuvchilarning  fik r   va  istaklari  bir- 
birlariga  mos  kelmaganda  umumiy  takliflar  va  tadbirlam i  ishlab 
chiqish;
loyiha  tuzish  bo'yicha  topshiriqni  ishlab  chiqish,  uning  asosiy 
ko'rsatkichlari bo'yicha  manfaatdor xo'jaliklar,  tashkilotlar  va  muassa­
salar bilan kelishish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
Tayyorgarlik  ishlari  kameral  yer  tuzish  tayyorgarligi  va  dalada 
o'tkaziladigan  izlanishlardan  iborat  bo'ladi.  Ular  asosida  loyihalash  uchun 
topshiriq,  keyin  loyihaning o'zi  ham  tuziladi.
Kameral ye r tuzish  tayyorgarlik  ishlari  loyihalash  o b ’ektiga  chiqish- 
gacha  bajariladi.  U  xo'jaliklararo  yer  tuzish  qatnashchilari  tarkibini  bel­
gilash  yoki  aniqlashdan  boshlanadi.  Ulam ing  soni  ikkitadan  bir  necha 
o'ntagacha,  hattoki  ayrim  hollarda yuztadan  ham  oshib  ketishi  mumkin.  Bu 
ishlar  xo'jaliklararo  yer  tuzish  qatnashchilari  ro'yxatini  tuzish  bilan  yakun- 
lanadi.  Bu  plan-xarita  materiallari  talab etiladigan  hududni  aniqlab beradi.
Undan  keyin  quyidagi  hujjat  va  maMumotlar  yig'iladi  hamda 
o'rganiladi.  Ular:

xo 'jaliklararo yer tuzishni о ‘tkazish  tashabbuskorlari  tomonidan  taqdim 
qilingan  hujjatlar  (iltimosnoma,  qarorlar,  davlat  muassasalari  buyruq- 
lari va boshq.);
tumanning,  mavjud xo'jaliklarning,  x o ja likla ra ro   birlashmalarning  va 
yangi  xo'jaliklarning  kelajakdagi  rivojlanishi  va  ular  oldida  turgan 
vazifalar haqida та ‘lumotlar; 
tuman  va viloyat yer tuzish chizmalari (sxemalari);
-  yerdan foydalanish  va  yerga  egalik  qilish  huquqini  beruvchi  hujjatlar 
(davlat  aktlari);

xo  'jaliklar  va  ayrim yer  ho ‘laklari  maydonlarining yer  hisobi  va  ularni 
baholash bo 'yicha та ’lumotlar;
xo'jaliklar  y e r 
maydonlari  planlari, 
xo'jaliklararo  y e r  
tuzish 
o'tkaziladigan  hudud  umumiy  yerlarining  plani  (xo'jaliklararo  yer 
tuzish loyihasini ishlashga mos masshtabda); 
oldingi -yillarda о 'tkazilgan y e r tuzish  ishlari natijalari; 
tuproq,  geobotanika,  melioratsiya, yo 'l,  s u v x o ja lig i va boshqa izlanish­
lar,  qidiruv ishlari natijalari;

melioratsiya,  irrigatsiya,  y o 'l  qurilishi  va  boshqa  loyihalar  (chiz- 
malar);

x o  'jaliklar uchun belgilangan suv limiti va  uni oshirish  imkoniyatlari;
-  ye r 
tuzish 
ishlari 
otkazilayotgan 
xo'jaliklarning 
iqtisodiy 
ко ‘rsatkichlari;

xo 'ja lik  markazlari  va  aholi  yashash joylari,  yakka joylashgan  ishlab 
chiqarish markazlari va chorvachilik ferm alari to 'g ‘risida та 'lumotlar; 
qishloq xo'jalik  ekinlarining hosildorligi va  chorva mollarining  mahsul- 
dorligi to 'g ‘risidagi oxirgi 3-5 yillardagi т а 'lumotlar;
-  y e r talab etadigan ob ’ektlar loyihalari  va chizmalari;
maxsus  qo'riqlanadigan  hududlar  (qo'riqxonalar,  tabiat,  madaniyat 
yodgorliklari, 
tarixiy-madaniy 
ob ’ektlar 
va 
boshq.)  joylashishi 
to 'g 'risidagi та ’lumotlar;
suv  muhofaza  mintaqalarining,  boshqa  muhofaza  qilinadigan  hududlar 
va  ularda yerdan Joydalanish tartiblari to ‘g  ‘risidagi materiallar.
Yig'iladigan  hujjat  va  m a’lum otlam ing  turlari,  mazmuni,  hajmi  va 
aniqlik  darajasi  xo'jaliklararo  yer  tuzish  oldiga  qo'yilgan  vazifalarga  va 
loyiha  ishlarining  hajmiga  qarab  aniqlanadi.  Bu  material lam ing  barchasi 
rasmiy  bo'lishi  kerak.
Bu hujjatlar va m a’lumotlar viloyat  va  tuman rejalash,  qishloq va suv 
xo‘jaligi  boshqarmalaridan,  yer  kadastri,  yer  tuzish  va  boshqa  tashkilotlar 
ham da muassasalardan  yig'iladi.
Tayyorlanadigan  plan-xarita  materiallari  masshtablari  loyiha  qamrab 
oladigan  maydonga,  yer  tuzish  xarakteri  va  mazmuniga,  yer  egaliklari  va 
yerdan  foydalanishlar  o'lcham lariga,  ob’ekt  joylashgan  mintaqaga,  yerlar- 
ning  vazifalariga  va boshqa  sharoitlarga b og'liq holda belgilanadi.
Loyiha  plani  nafaqat  yetarlik  darajada  mukammal  va  aniq,  balki  ish­
lash  uchun  qulay,  ixcham  bo'lishi  kerak  (odatda  1:10000,  1:25000 
masshtablarda).
Data y e r   tuzish  izianishlari  loyiha  ishlarining  asoslangan  va  to 'g 'ri 
yechimlarini  topish  uchun  o'tkaziladi.  Uning  lozimligi  va  hajmi  kameral 
tayyorgarlik  davrida  yig'ilgan  hujjat  va  m a’lumotlami  o'rganish  va  tahlil 
qilish  natijasida  belgilanadi.  Bunday  izlanishlar,  yangi  xo'jaliklar  tashkil

bo'layotganda  va  mavjud  xo'jaliklar  qayta  luzilayotganda  butun  xo'jalik 
maydonlarida,  agar  xo'jaliklar  yer  maydonlaridagi  kamchiliklar  tugati- 
layotgan  bo'Isa,  faqat  yer  tuzish  ishlari  o'tkazilayotgan  yerlardagina  olib 
boriladi.
Dala  izlanishlari  loyiha  instituti  mutaxassislari  tomonidan,  xo'jalik 
mutaxasislari  bilan  birgalikda  o'tkaziladi.  Lozim  bo'lgan  hollarda  izlanish- 
larda tuman  hokimiyati,  qishloq  va  suv  xo'jaligi  boshqarmasi  mutaxassislari 
ham  qatnashishi  mumkin.
Dala  izlanishlari  davrida: 
chegara  va  chegara  belgilarining  saqlanishi,  mavjud yer  m aydonining 
huquqiy  y e r  maydoniga,  yer  hisobi  va  plan-xarita  hujjatlari 
та 'lumotlariga mosligi aniqlanadi;
-  ye r  tuzish  ishlari  o'tkaziladigan  yerlar  tavsifnomasi  (tuprog'i,  relefi, 
о ‘simlik  dunyosi)  va  ishlab  chiqarishda foydalanilishi,  tuproq  unumdor­
ligi,  qishloq xo'jalik yerlarining hosildorligi aniqlanadi;
-  jo yid a   qishloqlar,  ishlab  chiqarish  markazlari,  suv  manbalari,  asosiy 
y o 'lla r  va  y o 'l  inshootlari,  boshqa  qurilish  va  inshootlar,  bog'lar, 
uzumzorlar,  tutzorlar,  ihota  daraxtlari  va  eroziyaga  qarshi  inshootlar 
ко ‘rib chiqiladi;
qayta 
taqsimlanayotgan  yerlam ing  qishloqlar, 
ishlab  chiqarish 
markazlari,  asosiy y o  ‘liar,  suv  inshootlari va boshqalar bilan hog ‘liqligi 
aniqlanadi;
almashishga  yo ki  berishga  tayyorlanayotgan  yer  maydonlaridagi fo y - 
dalanilmagan  xarajatlar,  kapital  xarajatlar,  tugallanmagan  ishlab 
chiqarish,  mevali va  mevasiz  daraxtlar,  yerni,  suvni  muhofaza  qilish  in- 
shootlari  va  ihota  daraxtlari,  dala  shiyponlari,  chorva  mollari  uchun 
yozgi  lagerlar va  boshqa  inshootlar,  y o  ‘liar  va yo  ‘I  inshootlari,  irrigat- 
siya  va  melioratsiya  tarmoqlari,  artezian  va  boshqa  quduqlar,  ко ‘liar, 
gidrotexnika  inshootlari,  nasoslar,  ekinlar,  ekinlarga  berilgan  та ‘danli 
о ‘g  'itlar va boshqalar uchun qilingan xarajatlar aniqlanadi;

ye r  tuzishni  о ‘tkazish  bo 'yicha xo ‘jaliklarning  ta k lif va  istaklari  aniqla­
nadi.
Katta  gidrotexnika  inshootlari  va  sanoat  korxonalariga  yer  ajratish 
loyihasi  ishlanayotganda yuqoridagilardan  tashqari  yana:
ajratilayotgan  yerlardan  ко ‘chiriladigan  aholini joylashtirish  mumkin 
bo ‘Igan xo jaliklar aniqlanadi;
olinayotgan  yerlar  o'rnini  qoplash  uchun  yangi  yerlar  izlab  topish, 
yangi xo'jaliklar  tuzish  va  unga yangi  korxona  uchun  olinayotgan yer- 
ning aholisini ко 'chirish imkoniyatlari izlanadi;
ustki unumdor qatlamini olish zarur bo ‘Igan yerlar maydoni aniqlanadi;

oldin  ajratilgan  yerlam ing  foydalanilishi  va  vaqtincha  foydalanilgan 
yerlarni rekullivaisiyalash ishlarining uhvoli tekshiriladi.
Dala  izlanishlari  natijalari  bo'yicha  har  bir  xo'jalikda dalolatnoma  va 
yer  tuzish  izlanishlari  natijalari  tushirilgan  xo'jalik  yerlari  plani  tayyorla- 
nadi.
0 ‘tkazilgan  kameral  tayyorgarlik  va  dala  izlanishlari  asosida  loyiha 
muallifi  tuman  mutaxassislari  bilan  birgalikda  xo'jaliklararo  yer  tuzishni 
o'tkazishga topshiriq  ishlab chiqadi.
Loyihalash  u c h u n   topshiriq  lo‘nda,  iqtisodiy  ko'rsatkichlar  va 
boshqa  axborotlar  bilan  ortiqcha  to'lg'azilm agan,  yer  tuzishda  qatnashadi- 
gan  hamma  korxonalar  va  tashkilotlar  bilan  kelishilgan  bo'lishi  kerak,  u 
loyihani  tasdiqlaydigan  xokimiyat tomonidan  tasdiqlanadi.
Topshiriq  ikki  gurux  masalalami  o 'z   ichiga oladi.
Dasturli  masalalar:  o b ’ekt  nomi,  loyihalashning  maqsadi  va  vazifa­
lari,  buyurtmachi  va  loyiha tashkiloli  orasidagi  munosabatlar tavsifi,  ishlami 
bajarish  muddatlari.  loyihaviy  hujjatlar  tarkibi,  plan-xarita  materiallari 
masshtabi.
M e’yoriy-bashoratlash  masalalari:  loyihaviy  vazifalami  yechishning 
yer  qonunlari.  hokimiyatning  mahalliy  organlari  qarorlari  va  buyurtmachi 
talablaridan  (loyihalash  shartlari)  kelib  chiqadigan  tamoyillari;  buyurt- 
m achining  loyiha  mazmuni  bo'yicha  tavsiyalari  (xo'jaliklar  ixtisosliklari, 
o b ’ektning joylashishi,  infratizim  ob’ektlarining  -  suv  manbalari,  y o 'llar  va 
sh.  o ', joylashishi);  hisob-kitoblar m e’yorlari  va texnik-iqtisodiy  asoslashlar 
(yer  berish,  qishloq  xo'jalik  ekinlari  hosildorligi,  chorva  mollari  mahsuldor- 
ligi  va  boshq.).
Loyihani  ishlash  uchun  topshiriqning  namunaviy  shakli  va  mazmuni 
quyidagidek  bo'ladi.
Tiiul  varag'i:  topshiriqni  kim  tasdiqlagani,  loyihaning  nomi;  kimlar 
bilan  kelishilganligi  -  shaxslar,  tashkilotlar,  ulam ing  imzolari  va  muhrlari; 
Yer  resurslari  Davlat  qo'm itasining  tuman  xizmati  boshlig'ining  imzosi, 
vaqt,  muhr.
Topshiriq mazmuni:
loyihalash  uchun  asos;
buyurtmachi  va  loyihachi;
loyihalashning  vazifalari  (nim a  qilish,  loyihalash  ob’ektlari  qayerda, 
qanday  yerlarda joylashgan,  ulaming  ixtisosliklari,  loyihani  texnik-iqtisodiy 
asoslash);
boshlang'ich  m a ’lumotlar  -  xo'jalikning  chegaraviy  o'lcham lari, 
ekinlam ing  hisoblangan  hosildorligi,  chorva  mollarining  mahsuldorligi  va 
boshqa  xo'jalik  faoliyatining  iqtisodiy  ko'rsatkichlari;
bo'lajak yer mulkchiligi  shakllari:

qishloqlam i joylashtirish;
hududni  injenerlik  jihozlash:  irrigatsiya,  melioratsiya  tarmoqlarini, 
yo'llam i  qurish,  suv ta’minoti,  elektr uzatish  (hajmlari) bo'yicha tadbirlar;
birlashish  aloqalari  (mahsulotlami  ishlab  chiqarish  va  qayta  ishlash, 
texnikadan  birgalikda  foydalanish  va  sh.  o ',  bo'yicha);
tabiatni  muhofaza qilish  tadbirlari;
loyiha  tarkibi,  plan  masshtabi,  majburiy  chizmalar,  yozma  qism ining 
mazmuni.  loyiha  hujjatlari  nusxalarining  soni.
Xulosa:  buyurtmachi  va  loyiha  tashkiloti  vakillarining  imzolari  (la- 
vozimlari,  muhri,  vaqti  ko'rsatilgan).
Topshiriqning  mazmuni  loyihalashning  xarakteriga  b o g 'liq   holda, 
boshqacha  ham  bo'lishi  mumkin  (masalan,  noqishloq  xo'jalik  yerdan  foy­
dalanish larini  loyihalashda).
Loyiha  ishlashga  topshiriq  dala  izlanishlari  dalolatnomasi  va  chiz- 
masi  bilan  birga tayyorgarlik  ishlari  hujjatlarini  tashkil  qiladi.
Keyin  topshiriq  va  tayyorgarlik  vaqtida  belgilangan  umumiy  ye­
chimlar asosida xo'jaliklararo yer tuzish  loyihasi  ishlanadi.
4.  Q ishloq  x o 'ja lik  k o rx o n a la ri  y e rd an   foydalanishlarini 
tashkil  etish
Qishloq  xo'jalik  korxonalarining  yer  egaliklari  va  yerdan  foydala­
nishlarini  tashkil  etish.  uning  natijasida  qishloq  xo'jalik  mahsulotlarini  ish­
lab  chiqarish  uchun  yangi  yer  uchastkasi  yaratiladigan  va  rasmiylashtiri- 
ladigan,  o 'z   ichiga  loyihani  tuzish,  asoslash,  tasdiqlash  va  uni  joyiga 
ko'chirishni  oladigan yer tuzish  harakatlaridan  iborat bo'ladi.
Bunda  yer  egaliklari  va  yerdan  foydalanishlar  tuman  tizim ining 
tarkibiy  qismi  sifatida shakllantiriladi  va joylashtiriladi.
Yangi  tuzilgan  xo'jalikning  yer  egaligi  (yerdan  foydalanishi)  yangi 
hisoblanadi,  u  ilgari  bolm agan  yoki  zarurat  tufayli  uning  o  lchamlari  (joy- 
lashishi,  maydoni,  tarkibi  va boshq.)  sezilarli  o'zgargan.
Yerdan  foydalanishning  maydoni  va  mazkur  xo'jalikdagi  ishlab 
chiqarish  hajmi  o'zaro  bog'liq  bo'ladi.  Ammo  xo'jalikning  o'lcham i  (uning 
ishlab  chiqarishi)  to'g'risida.  agar  u  qanday  sharoitlarda joylashganligi  va 
uning  ixtisosligi  qandavligi  m a’lum  bo'lm asa,  maydoni  bo'yicha  xulosa 
qilish  mumkin  emas.  Har  xil  xo'jaliklarning  maydonlarini  taqqoslash,  faqat, 
agar  ular  bir  xil  tabiiy  sharoitlarga  ega  mintaqalarda  yoki  bitta  mintaqada 
joylashgan  va  bir xil  ixtisoslikka ega  bo'lgan  sharoitlardagina mumkin.
Yerdan  foydalanish  o'lcham i  nafaqat  ishlab  chiqarishda  olinadigan 
mahsulotning  hajmiga,  balki,  ishlab  chiqarish  amalga  oshiriladigan  kenglik 
miqdoriga  bog'liq  bo'lgan  har  xil  turlardagi  xarajatlar  va  sarflarga  ham 
ta ’sir  etadi,  masalan,  transport  xarajatlari.  Yer  egaligining  (yerdan  foydala-

nishning)  ixchamligi  va  tuzulishi  ham  ahamiyatga  ega.  Maydonlari  bir  xil 
bo'lgan,  ammo,  soni  har  xil  mustaqil  yer  uchastkalaridan  tashkil  topgan,  ix­
chamligi  bo'yicha har  xil  yer egaliklari  va yerdan  foydalanishlarda transport 
va  boshqa  xarajatlar  har  xil  bo'ladi.  Bulardan  tashqari,  xarajatlar,  zararlar 
(sarflar),  xo'jalikni  boshqarish  uning  hududida  qishloqning  joylashishiga 
bog'liq  bo'ladi.  Loyihalashda  bu  masalalarning  qanday  yechilishiga  (may- 
doni,  tarkibi,  ixchamligi,  qishloqlam ing  joylashishi)  keyinchalik,  xo'jalik 
hududini  va  ishlab chiqarishini  ichki  tashkil  etish  bog'liq  bo'ladi.
Har  bir  yer  egaligini  va  yerdan  foydalanishni  to 'g 'ri  tashkil  etish, 
xo'jalikning  keyingi  faoliyati  uchun  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo'ladi.  U 
xo'jaliklararo  yer  tuzish  yordamida  amalga  oshiriladi.  Loyiha  mazmunini 
tashkil  etadigan  asosiy  masalalar,  uning  tarkibiy  qismlari  deb  ataladi.  Ular 
o'zaro  bog'liq.  ammo  ularning  har  biri  belgili  darajada  mustaqil,  maxsus 
usul  bo'yicha yechiladigan  masala hisoblanadi.
Qishloq  xo'jaligi  yer  egaligini  (yerdan  foydalanishini)  tashkil  etish 
loyihasining tarkibiy qismlari quyidagilar hisoblanadi:
1)  ye r egaligi (yerdan foydalanish)  maydonini belgilash;
2)  ye r egaligini (yerdan foydalanishni) joylashtirish  va shakllantirish;
3)  qishloqni joylashtirish  (yangi xo jalikning);
4)  y e r  egaligi  (yerdan foydalanish)  tarkibidagi  yerlar  turlarini  va  may­
donlarini belgilash;
5)  y e r egaligi  (yerdan Joydalanish)  chegaralarini joylashtirish;
6)  xo ja lik  hududini ichki tashkil etish  chizmasini tuzish.
Loyihaning tarkibiy  qismlari  bir  vaqtda.  birgalikda  va  o'zaro  bog'liq 
holda  yagona  loyiha  vazifasi  sifatida.  umumiylikdan  xususiylikka  qarab 
yechiladigan  qilib  ishlanadi.
Loyiha  tuzishga  asos  qilib  tayyorgarlik  ishlari  davomida  yig'ilgan 
hujjatlar va  m a’lumotlar,  loyiha tuzish  uchun  topshiriq,  viloyat va tuman yer 
tuzish  chizmasi  va  boshqa  loyiha  oldi  qidiruv  va  izlanish  ishlari  natijalari 
olinadi.
Loyiha  hisob-kitoblari  asosan  bir-birlari  bilan  iqtisodiy  jihatdan  va 
maydonlari  yoki  sug'orish  tarmoqlari  bo'yicha  bog'langan  bir  guruh 
xo'jaliklam i  yoki  to 'la  m a'm uriy  tuman  tarkibiga  kirgan  xo'jaliklam i  qam- 
rab  olishi  mumkin.  Bunda  hududning  mavjud  xo'jaliklararo  tashkil  eti- 
lishining  har  qanday  o'zgartirilishi  o 'z   ichiga  nafaqat  yer  egaliklari  va  yer­
dan  foydalanishlarning  maqsadga  muvofiq  o'lcham larini  belgilashni,  balki, 
tashkil  etilayotgan  xo'jaliklarning  iqtisodiy  hisob-kitoblar  bilan  asoslangan 
ishlab  chiqarishlari  hajmlarini  ham  oladi.
Qishloq  xo'jalik  korxonalari  va  fermer  xo'jaliklari  yer  egaliklarini 
(yerdan  foydalanishlarini)  tashkil  etish  loyihasini  ishlash  uslubiyatini  kelti- 
ramiz.

/.  Yer  egaligi  (yerdan  foydalanish)  m aydonini  belgilash.  X o'ja- 
liklaming  yer  maydonlari  ulam ing  ixtisosliklarini  hisobga  olgan  holda,  ish­
lab  chiqariladigan  mahsulotlar  hajmiga  qarab  belgilanadi.  Shuni  esdan 
chiqarmaslik  kerakki,  ajratiladigan  yer maydoni  oqilona bo'lishi  shart.
Qishloq  xo'jalik  yer  egaligining  (yerdan  foydalanishning)  maydoni, 
agar  unga  ishlab  chiqarish  faoliyati  amalga  oshiriladigan  hudud,  kenglik 
sifatida  qaralsa, joylashishi  bilan  ajralmas  bog'langan.  Har  xil  mintaqalarda 
va  sharoitlarda  korxonaning  qishloq  xo'jalik  yerlarining  bir  xil  maydoni 
umumiy  maydonlari  bo'yicha har xil  hududlarda joylashadi.
Yer 
egaligining 
(yerdan 
foydalanishning) 
oqilona 
maydoni 
xo'jalikka  mazkur  ixtisoslikda  boshqa  sharoitlar  bir  xil  bo‘lganda  ishlab 
chiqarishni  va  hududni  samarali  tashkil  etish,  xo'jalikni  eng  kam  xarajatlar 
bilan  yuritish,  yaxshi  natijalarga  erishish  imkonini  beradi.  Yer  egaligi  (yer­
dan  foydalanish)  maydoni  mehnat  resurslari  bilan  ta ’minlangan  bo'lishi  va 
xo'jalik m anfaatlariga javob  berishi  kerak.
O qilona  maydon  deb  (hududiy,  kenglik  tarzida)  shunday  maydon 
hisoblanadiki,  unda  boshqarish  saqlanadi  va  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va 
masofalami  bosib  o'tish  bilan  bog'liq  sarflar y o ‘l  qo'yarlik  darajada  boMadi 
(yuqori  chegara);  xo'jalikning  barcha  tarmoqlari  va  sohalari  muvaffaqiyatli 
faoliyatlari  va  rivojlanishlari  uchun  zarur  yer  turlari  bilan  ta’minlanadi 
(pastki  chegara).
Bu  x o ‘jalikni  samarali  yuritishni  ta’minlovchi  maksimum  va  mini- 
mumdir.
Yer  egaligi  (yerdan  foydalanish)  maydoni  P3  -  ko'p  omilli  funksi-
yadir:
p ) = flS ,U ,B ,T ,  M ,F),
bunda S -   xo‘jalik  ixtisosligi;  U -  haydalma yerlar va qishloq  xo‘jalik 
yerlari  ulushi;  В  -  yerlam ing  mahsuldorligi;  T  -  mehnat  resurslari  bilan 
ta ’minlanishi;  M  -  fondlar  bilan  ta ’minlanish;  У -  investitsiyalar (xususiy  va 
jalb  etilgan  pul  vositalarining  mavjudligi).
Loyihachining  vazifasi  shundan  iboratki,  u  xo'jalik  istagi  asosida yer 
egaligi  (yerdan  foydalanish)  ishlab  chiqarishini  tashkil  etishning  tuproq, 
iqlim  va  boshqa  sharoitlarni  hisobga  olgan  holda,  barcha  ishlab  chiqarish 
omillarining optimal  yig'indisini  ta ’minlaydigan  modelini  yaratishi  kerak.
Qishloq  xo‘ja!ik  korxonasining  yer  egaligi  (yerdan  foydalanishi) 
oMchami  ko‘p  jihatdan  nafaqat  foydali  maydoni,  balki,  xo'jalikda  ishlab 
chiqarish jarayoni  amalga oshiriladigan  umumiy  maydoni  bilan tavsiflanadi.
Loyihani 
ishlashda  yer  egaligining  (yerdan 
foydalanishning) 
hisoblangan  maydonini  aniqlash  kerak.  Uni  aniqlash  uchun  ilmiy  muassa- 
salam ing  shu  hudud  va  belgilangan  ixtisoslik  bo'yicha  xo'jalikning  optimal 
yer  maydoni  to'g'risidagi  tavsiyalaridan  yoki  quyida  keltirilgan  usullam ing 
Katalog: filesarchive
filesarchive -> O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor
filesarchive -> B u X o r o o z I q o V q a t V a y e n g I l s a n o a t t e X n o L o g I y a s I i n s t I t u t I r. A. X a I t o V, V. E. R a d j a b o V a
filesarchive -> Ipak qurti seleksiyasi.pdf [Aeratsiya stansiyalari]
filesarchive -> Ipak qurti ekologiyasi va boqish agrotexnikasi.pdf [Aerologik asboblar]
filesarchive -> Osimliklarni biologik himoya qilish vositalari.pdf [Agrotexnik himoya usuli]
filesarchive -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va à b t 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
filesarchive -> 10-168 Tuproqshunoslik.pdf [Agrotuproq rayonlashtirish]
filesarchive -> Qishloq xojaligi asoslari.pdf [Almashlab ekish rotatsiyasi]
filesarchive -> Umumiy va qishloq xojaligi fitopatologiyasi.pdf [Aralash ekinlar]
filesarchive -> Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi.pdf [Aralash silos]

Download 82.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling