T o s h k e n t m o L iy a I n s t I t u t I


Farazning  iqtisodiy  tadqiqotlarda  qo‘llanilishi


Download 40.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana15.02.2017
Hajmi40.61 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

Farazning  iqtisodiy  tadqiqotlarda  qo‘llanilishi
Faraz ilmiy bilishning barcha sohalarida qo‘llaniladi.  Bundan ijtimoiy- 
gum anitar,  iqtisodiy  fanlar  ham   istisno  emas.  Ayniqsa,  zamonaviy 
iqtisodchilar faraz m uam m osini o'zining bilim sohasidagi faoliyatining 
ajralmas qismi,  deb bilishi kerak.  Bozor iqtisodiyotini davlat tom onidan 
tartibga  solishni  tushuntiruvchi  ingliz  iqtisodchisi  J.Keyns  o ‘zining 
«Bandlik,  foiz  va  pul  um um iy  nazariyasi»  asarida  shunday  deydi: 
«chinakam   iqtisodchi,  o ‘z  ishining  bilim doni  har  xil  qobiliyatlarga, 
m a ’lum  darajada  m atem atik,  tarixchi,  davlat  arbobi,  faylasuf b o iish i 
kerak.  U m um iy  tushunchalarda  xususiy  narsalar  haqida  m ushohada 
yuritib,  m avhum   va  muayyanga  o ‘z  e ’tiborini  bir xil  darajada  qarata 
olishi  lozim.  U  kelajak  uch un   hozirgi  zam onni  o ‘tm ish  nuqtayi 
nazaridan o'rganishi kerak».  Iqtisodiy tadqiqotlarda ham boshqa fanlarda 
qoilanilganligi  singari,  tarixiylik  va  m antiqiylik jihatdan  foydalanilib 
yondashilsa, bu tadqiqotlam ing  ilmiyligi  oshadi.  Ushbu tushunchalar
131

falsafiy  tu sh un ch alar  b o ‘lib,  barcha  narsa  va  hodisalarni  izohlashda 
q o ‘llaniladi.  T araqqiyotning  real  jarayonlarini  tafakkur  orqali  aks 
ettirishda yordam  beradi.  Tarixiylik  - voqelik taraqqiyotining xolisona 
jarayonining o ‘zidir,  ro‘y bergan haqiqiy o ‘tmishdir.  M asalan,  quyosh 
tizim in in g   rivojlanishi,  yerning  geologik  tarixi,  til,  tafakkurning 
o ‘tmishdagi faoliyatlari  va boshqalar. Aniqroq aytadigan b o ‘lsak, yuzaga 
kelgan,  yuz bergan  o ‘tm ish jarayonlaridir.  Ana  shu  yuz bergan  narsa 
va  hodisalar  asosida  yangi  farazlar  paydo  bo'ladi.  Z ero,  o ‘sha  yuz 
bergan  narsa va  hodisalar taraqqiyotda doim iy b o ‘lganligi u ch u n   ular 
haqida  bilim lar  olish  davom   etadi.  U  qotib  qolgan  jarayon  emas, 
yangi  bilim lar  hosil  qilish  m anbayidir.
Mantiqiylik  -  bu  tarixiy jarayonni  (tarixiylikni)  nazariy  jibatdan 
ilmiy asoslash va aks ettirishdir. A m m o bu aks ettirish jarayoni barcha 
tafsilotlarni  qam rab  ololm aydi.  Shuning  uchun  ham ,  m antiqiylikda 
faraz  ishlatiladi.  N arsa  va  hodisani  oldingi  rivojlanish  qonuniyatlari 
asosida  m iyada tahlil  qilish  natijasida  keyingi  h olatlam i  ochib berish 
m antiqiylikning vazifasidir.  D em ak,  iqtisodiyot  sohasi yangi ochilgan 
qo' riq emas.  Hozirgacha ham  iqtisodiyotdagi qonuniyatlar haqida fikrlar 
yuritilgan.  Endilikda yangi zam on  talablariga  mos iqtisodiyot jarayoni 
qonuniyatlari  asosida  u  yoki  bu  sohani  farazlash  kerak.  Faraz  esa 
m antiqqa suyanishi lozim.
Mantiqiylik (iqtisodiyotda oladigan bo‘lsak)  iqtisodiyotni*rivojlanish 
holatidagi  to m on lam in g  o ‘zaro  aloqadorligi  va  o ‘zaro  ta ’sirini  tahlil 
qilish orqali tarixiy iqtisodiyotni fikran qayta hosil qilishdir.  Bu iqtisodiy 
sohalam ing hozirgi holati bilan solishtirishga va m a'lum  bir yechimga 
kelish  uchun  asos  b o ‘ladi.
Tarixiylik  va  mantiqiylik  o ‘zaro  dialektik  m unosabatda  b o ‘lganda 
v o qelikni  t o ‘g ‘ri  aks  ettirish   so d ir  b o ‘ladi.  Falsafa  ta rix id a  bu 
aloqadorlikni  G .G egel  ko‘proq  tushuntirib  bergan.  U ning  fikricha, 
mantiqiylik birlamchi b o lsa-d a, u tarixiylikning natijasiga ham  aylanadi. 
D em ak,  tarixiylik  va  m antiqiylik  birgalikda kelib bir-birini to id ira d i. 
M antiqiylik  tu sh u n ch alarn in g   o ‘zaro  aloqadorligi  tufayli  bir  xil 
iqtisodiy tushunchalardan  ikkinchi xil iqtisodiy tushunchalarning kelib 
chiqishi ro ‘y beradi.  Bu esa  iqtisodiy jarayonlarni tahlil  qilib xulosalar 
chiqarishga  yordam   beradi.  Bir  tushunchadan  ikkinchi  tushunchaga 
o ‘tish taraqqiyot jarayonini ham   ifodalaydi.  Oddiylikdan murakkablikka 
qarab  rivojlanib  boruvchi  m avhum   tafakkur jarayoni  haqiqiy  tarixiy
132

jarayonga to'g'ri  yoki  mos tushishi  lozim.  Aks holda inson bilimi boshi 
berk  ko ‘chaga  kirib  qoladi.  Shu  bilan  bir  qatorda  tarixiylik  bilan 
mantiqiylik o ‘rtasida ziddiyatlar ham  paydo b o ‘lishini  unutmasligimiz 
lozim.  C hunki  m antiqiy soha tarixiylikka  nisbatan bir oz mustaqildir. 
Tarixiylik abadiy b o ‘lsa,  mantiqiylik o ‘zgaruvchandir.  Mantiqiylik ishni 
b o s h la n is h id a n ,  y a ’n i  n a tija d a n   b o s h la b   (iq tis o d iy   s o h a n in g  
o ‘tm ishini)  yuqori  bosqichini  ham   qam rab  oladi.  M antiqiylik  real 
tarixiy jarayonni tahlil qilib, uning kelajagini asoslashga yordam beradi. 
M antiqiylik  tarixiylikni  aks  ettirar  ekan,  u  real  tarixning  tasodif va 
notekis  yo‘llarini  nazardan  soqit  qiladi  va  shu  bilan  tarixiylikning 
to ‘g‘riligini, tuzatilgan aksini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Yuqorida 
biz mantiqiylik ishning,  sohaning natijasidan boshlanadi, dedik.  Zero, 
tarixning  o ‘zi  natijadir.  B undan  mantiqiylik  reallikdan  uzoqlashadi 
yoki  uni buzib  ko'rsatadi,  degan xulosa  chiqmasligi  kerak.  Aksincha, 
voqeliqni  rivojlangan  h o la tin i  ta h lil  qilish  aynan  uning  haqiqiy 
boshlanishini,  uning taraqqiyotiga asosiy jihatlarni,  ya’ni tarixiy jih at 
bilan  qaror topishning haqiqiy  izchilligini  aniqlashga  yordam beradi. 
D em ak,  iqtisodiyotda  h am   tarixiy  jarayon  tahlil  qilinib,  nazariy 
jihatdan olingan bilim asosida,  mantiqiy xulosalar chiqariladi.  Iqtisodiy 
tarix qanday bo‘lgan b o ‘lsa,  m antiqiy fikrlar ham  shunga mos tushishi 
kerak.  Shu  sababli  ilmiy tadqiqotda  mantiqiylik  bilan  birga  tarixiylik 
qoilaniladi.  Bu tadqiqotning xarakteri va xususiyatiga bog‘liq. Ammo, 
ta rix iy   u su lg a   n is b a ta n   m a n tiq iy lik n in g   u stu n   to m o n la ri  bor. 
M antiqiylikda  rivojlangan  narsa  va  hodisaning  o ‘ziga  xos  aloqa  va 
holatlarini aniqlaganda,  uning o ‘zidan kelib chiqib, alohida xususiyatga 
ega  ekanligini  aniqroq belgilab  beradi.  Shu  bilan bir qatorda  m azkur 
narsa yoki hodisaning tarixini tushunish uchun yo‘l ko'rsatadi.  Demak, 
m antiqiylik tarixiylikni  tushunish vositasidir.
Hozirgi  zam onda  ana  shu  tarixiylik  va  mantiqiylikka  asoslanib 
yaratilgan bir qancha  iqtisodiy sohalam i  misol qilib keltirish  mumkin. 
Bu  m isollar  «Ilmiy  ijod  metodologiyasi»  qo llanm asin in g   mualliflari 
tom onidan quyidagicha izohlanadi.  M isollami to ‘liq  holda keltiramiz: 
« M en ejer,  firm a,  k o rp o ratsiy a  yoki  k o rx o n a  ishini  b osh q arish  
tashkilotchisi  ulam i  rivojlantirish  biznes-rejasini  ishlab  chiqar  ekan,
u,  mohiyat  e ’tibori bilan,  mazkur korxonaning  iqtisodiy ravnaq topishi 
tendensiyalari haqidaozm i-ko‘pmi asoslangan  iqtisodiy gipotezani ilgari 
suradi».
133

F.  Гоп  Xayek o ‘zining  «Katallaktika»ni  rivojlantirish  haqidagi teran 
va o ‘zi ga  xos gi potezasigabozor  iqtisodigaxos bo‘lgan jo ‘shqin,  im m a­
nent hodisa -  raqobatni asos qilib oldi.
Iqtisodiy  raqobat  -  bu  xo‘jalik  yuritishning  yaxshi  sharoitlari, 
mahsulot  ishlab  chiqarish  va  uni  realizatsiya  qilishning  eng  foydali 
shartlari,  maksimal  d arom ad  olish  uch u n   tadbirkorlam ing  raqobati, 
kurashi  demakdir.  F. fon  Xayekning  gipotezasi  raqobatgajamiyatning 
asosiy  iqtisodiy  kuchi  deb  qaraydi,  chunki  raqobatga  tayangan jamiyat 
o ‘z  maqsadlariga  boshqalarga  qaraganda  muvaffaqiyatliroq  erishadi. 
Demokratikjamiyatda raqobat bu jadal o ‘zgaruvchi yashash sharoitlariga 
jam iyatda  muttasil,  uzluksiz o ‘zini  o ‘zi  moslashtirish,  demakdir.  Bozor 
yoki katallaktika tadbirkorlar ijodiy faoliyatini jadallashtiradi,  raqobat 
esa  b o zo r  iqtisod in in g   rivojlanishini  b u tu n   jam iyat  uchun  zarur 
tom onga  yo'naltiradi.  Raqobat  sharoitlarida  biznesmen,  menejer  har 
q a n d a y   k u tilm a g a n   h o d isa la rg a   ta y y o r  tu r is h i  k e ra k ,  z o ta n , 
m uam m olar  va  qiyinchiliklarni  tan  olish  o'ziga,  o ‘z kuchiga  ishonch, 
ulardan  o ‘zini  olib  qochish  —  zaiflik  va  qo'rqoqlik  alomatidir.  Bozor 
raqobat  mexanizmi  orqali  tovar va xizmatlar  harakatini tartibga  soladi, 
resurslar,  g‘oyalar va texnologiyalardan  foydalanishni maqbullashtiradi. 
Binobarin,  bozor  iqtisodida  raqobat  fandagi  tadqiqot  va  kashfiyotga 
o ‘xshaydi  -  u  bozor  resurslarini  jam iyat  uchun  muhim  maqsadlaiga 
yo‘naltiradi.
F.  fon  Xayek bozor raqobati  negiziga qurilgan  iqtisodiy  Katallaktika 
haqidagi gipotezani hozirgi zam on  liberalizmi  у о ‘ nal ish i da ri voj I an t i rd i. 
Hozirgi  zam on liberalizmi g‘oyalarining konseptual  o‘zagini to ‘rt asosiy 
element tashkil etadi:
•  qonun oldida barchaning tengligi g‘oyasi;
•  ratsionallik g‘oyasi (fon  Xayeko‘zgipotezasini  ilgari surishda  m ana 
shu g‘oyaga  tayangan);
• bag'rikenglik  (tolerantlik)  g‘oyasi;
•  tarixiylik  g ‘oyasi,  y a ’ni  m u a m m o larn i  kelajakda  (k o m m u - 
nizm )  yoki  o 'tm ish d a   (traditsionalizm )  em as,  shu  bugun,  h o zir 
hal qilishga intilish.
Hozirgi zamon liberalizmining klassik namoyandasi  R.  Dvorkin yuqorida 
sanab  o ‘tilgan  liberal  g'oyalar  majmuyi,  shu  jum ladan  bozor  iqtisodi 
(yoki  «katallaktika»)ni  «liberal  dasturlar  o'zagining  tub  prinsipi»
134

hisoblanuvchi  tenglik  konscpsiyasi  (yoki  gipotezasi)ning  hosilasi,  deb 
e ’tirof etadi.
F.  fon  Xayekning  m ashhur  ustozi  Lyudvig  fon  Mizes  iqtisodiy 
liberalizmning bosh  nazariyotchisidir.  U  iqtisodiy liberalizm nazariyasida 
ilgari  surgan  teran gipotezaga  asosan,  kishilik  jamiyatida ijtimoiy bor- 
liqning iqtisod  sohasidagi  absolut  asoslari  quyidagilardir:
-m ehnatning bo‘linishi;
-shaxsiy  mulkdorlik;
-erkin  ayirboshlash.
L.  fon  Mizesning  fikricha,  liberalizmgina  birdan-bir  aqlga  muvofiq 
iqtisodiy siyosatdir.  Bozor xo‘jalik yuritishning eng samarali tizimi sifatida 
iqtisodiy  o ‘sish  uchun  eng  qulay  sharoitlar  yaratadi.
Klassik  iqtisod  nazariyasi  foydalilikning  eng  katta  darajasini  ko‘rib 
ch iq ish d a  to v a r  q iym atini  an iq lash   uch u n   insonriing  buyum ga 
m unosabatini,  har  xil  n e ’m atlam ing  foydaliligiga  shaxs  tom onidan 
berilgan subyektiv bahoni tanladi.  Iqtisod nazariyasida bunday yondashuv 
marjinalistik  metod,  deb  ataladi.  U  iqtisod  nazariyasiga  oid  zamonaviy 
darsliklarda«Robinzon  va iqtisod»  deb  atalgan  ajoyib  gi poteza asosiga 
qurilgan.
Bu qiziqarli gipotezaga asosan,  biron-bir  ne’mat birligining qimmati 
mazkur  birlik  yordamida  qondiriluvchi  ehtiyojning  muhimlik  darajasi 
bilan  aniqlanadi.  M asalan,  Robinzon sof gipotetik  nuqtayi  nazardan - 
chuchuk suv manbayi bo'lgan odam  yashamaydigan orolga tushib qoldi, 
deb faraz qilaylik.  Ichish va ovqat pishirish uchun  Robinzonga har kuni 
3 1 suv kerak bo'lsin.  Yuvinish,  idish-tovoq,  kir-chir yuvish,  tom orqani 
sug'orish  uchun  unga  tag‘in  12  1  suv  kerak.  Binobarin,  Robinzon 
har  kuni  15  1 suv  iste'm ol  qiladi.  M anba  har kuni  100  1  suv chiqaradi 
deb  faraz  qilsak,  85  1  suv  ortib  qoladi.  Xo‘sh,  Robinzon  uchun  1  1 
suvning qimmati qanchaga teng?  Ko‘rsatilgan shartlarda u nolga yaqin, 
chunki  1  1  suv  ishlatilganidan  so ‘ng,  tag1 in  99  1  suv  qoladi,  bu  esa 
unga  kerak  b o ‘lgan  m iqdordan  ancha  ko‘pdir.  Endi  suvning  qurishi 
natijasida manba har kuni atigi  15 1 suv bera boshladi,  deb faraz qilaylik. 
Robinzon bu holda ham o ‘z ehtiyojlarini to ‘la qondiradi,  am mo endi  11 
suvning  yo‘qolishi  ham   m a’lum   m uam m olar  tug‘dirishi  m um kin. 
M anba qurib borgani sari  Robinzon  uchun har bir litr suvning qim m ati 
ortib boradi.
135

Birinchi birlik (bizning misolda- bir litr suv) cheksiz baland qimmatga 
ega.  Tabiiyki,  manbadagi  bor  suv  ham   yaxlit  bir  butun  narsa  sifatida 
xuddi  shunday  baland  qimmatga  ega.  Keyingi  bir  necha  birliklaming 
qim m ati ham  juda baland,  am m o keyin suvning yangi-yangi litrlarining 
qim m ati  kamayib  boradi.  Shu  bilan  birga,  ichilgan  suv  qolgan  suvdan 
sira  farq  qilm asligi  ham   oydek  ravshan.  S h un in g   u c h u n   ham , 
Robinzonning chanqog’ini  bostiradigan  bir litr suvni  alohida turkumga 
ajratish  va  uni  behad  cheksiz  qim matga  ega,  deb  e ’tirof etish  mumkin 
emas.  N e’matlaming bir xil birliklari har xil qimmatga ega b o ‘lishi mumkin 
em as,  zero,  h ar qaysi birlikni boshqa birlik bilan osongina almashtirish 
m um kin.
M am lakatning yaqin  istiqbolga  (kelgusi  yilga yoki yaqin b ir necha 
yilga)  m o ‘ljallangan  budjeti  ham   iqtisodiy  gipotezagaqiziqarli  misol 
b o ‘la  oladi:  u  yoki  bu  dem okratik  m am lakatning  hukum ati  budjet 
loyihasini parlamentga qonun sifatida ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun 
taq d im  etar ekan,  u,  m ohiyat e ’tibori bilan,  ehtim ol  tutilgan  iqtisodiy 
rivojlanish  haqidagi gipotezani  ilgari suradi.Bunday loyihadakeltirilgan 
raq am lar,  h isob -kitob lar,  grafiklar,  foizlar,  sxem alar  gipotetik, 
ehtim oliy,  taxm iniy xususiyatga  egadir.  Loyiha bir necha  m arta qayta 
ish lan ib ,  m aro m ig a  y e tk a z ilg a n id a n   s o 'n g   p a rla m e n t  b u d je tn i 
ta sd iqlay di.  A m m o,  davlat  qonuniga aylanganidan  keyin  ham  budjet 
h a q iq atn am o   g ip o teza b o ‘lib  qoladi.  Z o tan ,  b iro n -b ir,  h atto   eng 
mufassal loyihada ham , barcha om illam i e ’tiborga olish  m um kin emas, 
shuning uchu n  ham  bu gipoteza iqtisoddagi  real ahvolga qay darajada 
yaqin  kelganini  faqat  hayotning  o ‘zi,  iq tiso d iy -x o‘jalik   faoliyati 
am aliyoti  k o ‘rsatib  berishi  m um kin.B unday  gipotezalam ing  evristik 
q im m ati oydek  ravshan  ko‘rinib turadi.
H ar  qanday  inson  o ‘zining  kundalik  hayotida,  bozorga  muttasil 
b og‘liqlik sharoitlarida mahalliy  iqtisodiy  gipotezalarini  ilgari  suradi: 
oila  budjetini  qay  yo‘l  bilan  oqilona  va  samarali  sarflasa  b o ia d i,  o ‘z 
shaxsiyjam g‘arm alarini nimaga joylashtirgan  m a’qul  —  aksiyalargami, 
k o ‘chm as  m ulkkam i  yoki  b iror  qim m atb aho   buyum gam i  va  h.k. 
B unday  k o ‘p  sonli  gipotezalar  negizida hayotiy  tajriba vasogMom 
fikr,  Maykl  Polani  “shaxs bilim i” ,  deb atagan bilim yotadi.  Shaxsning 
yuqorida zikr  etilgan gipotezalaridao‘z farovonligini oshirishga b o ‘lgan 
um id,  aqlgam uvofiq  tavakkal  elem enti  ko‘rinadi,  m azkur  gipotetik
136

bilimni  ro'yobga  chiqarish  esa  shaxsning  qobiliyati,  mehnatsevarligi, 
tirishqoqligi,  ijodiy salohiyatiga bog‘liqdir.
Iqtisod fanida olim gi potezalami ko‘rib chiqishdan  iqtisodiy nazariya 
tuzishga  o ‘tar ekan,  u  m a ’lum  konseptual  sxemadan  o'rganilayotgan 
obyektlam ing  tabiati  haqidagi  gi poteza va farazlar  majmuyi  ham da 
mavjud nazariy xulosalardan foydalanadi.Gipotezadan  nazariyagao‘tishda 
konseptual  sxem adan  to ‘g‘ri  foydalanish  tadqiqotchilam ing  ijodiy 
qobiliyati  namoyon  b o lishi  uchun  real  imkoniyat  yaratadi"’1
Tayaneh  tushuncha  va  iboralar
Faraz,  abduksiya,  faraz vaiqtisodiyot,  gipotetik-deduktiv  m etod, 
tarixiylik,  m antiqiylik,  oddiy  raqobat,  sof gi potetik usul.
Mavzuga  oid  savollar
1.  Faraz  tushunchasining  mohiyati  nim ada?
2. N azariyatuzishdagipotetik-deduktiv  usulni  tushuntiring?
3. Tarixiylik va mantiqiylik nima?
Farazning iqtisodiy tadqiqotda q o ‘llanishini aytib bering.
1 0 ‘sha  kitobda.  105-108  betlar.
137

X  bob.  NAZARIYA  IJODIY  1ZLANISH  JARAYONI  VA  NATIJASI
SIFAT1DA
Nazariya  tushunchasi.  Nazariya  va  ilmiy  ijod
N azariya so ‘zi grek tilidan oiingan b o ‘lib,  «kuzatish,  qarab chiqish 
va tadqiqot» m a’nolarini anglatadi. Aslida uning keng m a’nosida quyidagi 
m ulohaza  yotadi.  Nazariya  bu  —  narsa  va  hodisalar  to ‘g‘risidagi 
qarashlarning inson  tafakkurida  umumlashgan  holda  aks etishidir.  U
fan,  bilim  m a ’nolarida ham   ishlatiladi.  N azariya  insonlarning am aliy 
faoliyati  asosida  payd o   b o ‘ladi.  F aqat  am aliy  faoliyatida  paydo 
b o ‘lm asdan,  balki  tajriba  yoki  am aliyotdan  oldinroq  ketib,  voqelikni 
alohida,  yangi  tom onlarini  aloqa  ham da  bog‘lanishlarini  ham   ochib 
beradi.  Bu  xususiyati  bilan  am aliy  faoliyatni  serm ahsul  b o ‘lishiga 
yordam  beradi.  Bu uning keng m a’noda  ishlatilishi b o isa , to r m a’noda 
esa m a’lum  bir chegaralangan va shaklga ega boMgan bilim tushuniladi. 
Ijo d k o r  n arsa  va  h o d isa la rn i  b ilg an id a  u n in g   ta sh q i  to m o n in i 
ta sv irla s h d a n   ish  b o s h la y d i,  u n in g   m a x su s,  ayrim   to m o n la ri 
xossalarini  qayd  qiladi.  U ndan  so'ng,  shu  narsa  va  hodisalarni  ichki 
h o la tla r in i  o 'rg a n is h g a   k irish a d i.  N a tija d a   u n in g   riv o jla n ish  
qonuniyatlarini ochadi va narsa holda voqealam ing xossalarini izohlay 
boshlaydi.  U lam ing ayrim tom onlari  haqidagi bilim larning bir butun, 
yaxlit tizim qilib bog‘lashga o ‘tishni maqsad qiladi. Ana shunda narsa va 
hodisa haqida hosil  qilinadigan  har tom onlam a chuqur bilim — xuddi 
m uayyan ichki  m antiqiy tuzilishiga ega b o'lgan  nazariyaning o ‘zidir.
H ar qanday  fan  nazariyalarining o ‘zi ham   nazariya obyekti bo‘lishi 
m um kin.  M azkur h olatda  nazariya  haqidagi  nazariya  m eta  nazariya, 
deb  ataladi.  Tuzilishi  yoki  holatiga  qarab  nazariyalar  induktiv  yoki 
deduktiv  bo'lishi  m um kin.
D eduktiv  nazariy alar  ayni  nazariyada  isbotlab  b o ‘lm aydigan 
aksiom alarning b a ’zi sonlariga asoslanib tuziladi.
Induktiv  nazariyalar  esa  shunday  dalillar  yig'indisiga  asoslanib 
tuziladiki,  bu  dalillar  ulam i  bir  qadar  izohlaydigan,  odatda  faraz 
xarakteriga  ega  b o ‘lgan  qoidaga  olib  borib  taqaladi.  Binobarin,  har
138

qanday  nazariya  u  qanchalik  jiddiy  va  obyektiv  bo'lm asin,  narsa  va 
hodisalar haqida  m utlaq,  tugallarigan  uzil-kesil bilim ni bera  olmaydi. 
Taraqqiy  etib  borayotgan  bilim  jarayoni  yangi  dalillam i,  qon un - 
qoidalam i kashf etib boraveradi.  U  uzliksizdir.  Bu yangiliklar csa yaxlit 
bir nazariyaga sig'm aydi.  N atijada nazariya ham   o ‘zgarib boraveradi. 
Yangisi  paydo  b o ‘ladi.  N azariyalarning  bir  p o g 'o n ad an   ikkinchi 
pog‘onaga  o ‘tishi  qonuniy  jarayondir.  Zero,  obyektiv  olam da  qotib 
qolgan narsa va hodisaning o ‘zi yo‘q. Nazariyalarda ham vorislik tamoyili 
am al  qiladi,  ya’ni  eski  nazariya  asosida  yangisi  paydo  b o ‘lib,  vaqt 
o ‘tishi,  narsa  va  hodisaning  o'zgarishi  natijasida  yana  yangisi  uchun 
asos  b o iib   qolaveradi.  M asalan,  N yuton  mexanikasi  hozirgi  zam on 
fizika  nazariyasining  asosi  edi.  D em ak,  nazariya  barcha  fanlarda, 
jum ladan,  iqtisodiy fanlarda ham  asosiy  negizni tashkil qiladi.
Ilmiy ijod jarayonida nazariy daraja muhim ahamiyatga ega.  Chunki 
nazariy daraja  orqali  voqelikni  qay holatda,  qay vaziyatda turganligi 
b ah o la n ad i.  C h u n k i  nazariy   d arajad a,  avvalo,  ta d q iq o tc h i  o ‘z 
tafakkuri  orqali  olingan  am aliy bilim lar asosida  o ‘sha obyekti haqida 
m a ’lum   b ir  farazlar,  ta x m in larn i  ilgari  su radi.  N azariy  daraja 
izlanishning  boshlanish  nuqtasidir.  N azariy  bilish  yangi  farazlarni 
keltirib  chiqarishga  yordam  beradi.  Farazlarni tasdiqlash  yoki  inkor 
etish  jarayonida  yangi  ilmiy  nazariya  paydo  b o ‘ladi.  Bu  esa  ilmiy 
ijodning  yuqori  nuqtasi  hisoblanadi.  “ Ilm iy  nazariya  tuzish  —  bu 
te ra n   va  serm az m u n   ilm iy  ab strak siy a larn i  an iq lash   va  u larn i 
o ‘iganish bilan  bog‘liq  murakkab dialektik jihatdan ziddiyatli jarayon, 
ilmiy bilishning nazariy darajasida abstraksiyalashtirish jarayoni” 1 dir. 
A b strak siy ala rg a  m isol  qilib ,  m a te m a tik a d a   “ m o d d iy   n u q ta ” , 
m exanikada  “ m utlaqo  tekis  yuza”  fizikada  “ ideal  gaz” ,  “ m utlaqo 
q o ra   jis m ” ,  iq tiso d iy o td a :  “ to v a r” ,  “ a y irb o s h la sh ” ,  “ iste ’mol 
q iy m ati” ,  “b o zo r”  kabilarni  olish  m um kin.
Nazariya haqida yuqorida keltirilgan ta ’rifni kengaytirib endi shunday 
izohni  berish  m um kin.  Nazariya  bu  — voqelikning ma’lum bir qismini 
izohlash,  ma/muni,  taraqqiy  etishini  ifoda  etuvcbi  mantiqiy  bilimlar 
yiglndisidir.  N azariya  fanni  bir  bo sq ichdan  ikkinchi  bosqichga 
ko‘taradi,  uni  serm azm un  qiladi  va boyitadi.  Ilmiy  ijod  ilmiy bilishni 
nazariy darajaga ko‘taradi,  muvofiqlashtiradi, ommalashtiradi.  Nazariya
1  O 's h a  k ito b d a ,  1 1 1-bet.
139

insonning kundalik hayotida turli sohalarda namoyon bo'la borsa,  ilmiy 
nazariya  ilmiy  ijod jarayoni  asosida  yuzaga  keladi.  D em ak,  nazariya 
ilmiy nazariyadan qism an farq qiladi.  C hunki  ilmiy nazariya ko‘pgina 
tad qiqotlar  ta ’sirida  izlanish  va  am aliy  faoliyatni  ham   qam rab  oladi. 
Ilm iy  nazariya  ko‘p  qirrali  faoliyat  natijasida  paydo  b o ‘ladi.  Ilmiy 
nazariya  ham   obyektiv  voqelikni  o'zida  m ujassam lashtiradi.  U nda 
tarixiylik  va  m antiqiylik,  dalil  va  g‘oyalar,  tushunchalar,  ta ’rif  va 
farazlar,  q o n u n   ham da  turli  tom on lar  aks  etadi.  Ilm iy  nazariya  ana 
shu jarayonlam i o ‘zaro aloqadorligi  va munosabatlarini ham  ifodalaydi. 
A na  shu  x u su siy atlar  t a ’sirida  paydo  b o ‘lgan  n aza riy ala r  ilm iy 
nazariyalardir. Ilmiy bilishdailmiy nazariyalami  m a’lum tiplaiga b o ‘lish 
m um kin:
a)  iqtisodiy  fanlam ing  ilmiy  nazariyalari;
b)  biologiya  fanlari  ilmiy  nazariyalari;
c)  m atem atika  fanlari  ilmiy  nazariyalari;
d) falsafa fanlari  nazariyalari va boshqalar.
Ilmiy nazariya ilmiy izlanishlarning natijasidir.  U  ilmiy izlanishlami 
tartibga soladi. Ilmiy nazariyada voqelikni aynan holati va kelajagi haqida 
fikrlar bildiriladi.  Bunga  misol  qilib,  Shm idning planetalam ing paydo 
b o ‘lishi,  I.  P.  Pavlovning  oliy  nerv  sistemasi  faoliyati  haqidagi,  A. 
E ynshteynning  nisbiylik,  Ch.  D arvinning  evolutsion,  N.  Borning 
kvant  nazariyalarini  olish  m um kin.  Ilmiy  ijodning  nazariy  darajasi 
m ohiyatiga  k o ‘ra  tafakkur,  aql-zakovat,  m ushohada  bilan  yanada 
chuqurroq kirib borishni  talab etadi.  N atijada obyektiv voqelik haqida 
mujassamlashgan,  ixcham falsafiy nuqtayi nazari  paydo qilinadi.  Ilmiy 
nazariyada  ilmiy  ijoddagi  xulosalar  aniqroq  aks  etadi.  U larni  inkor 
etish  yoki  qabul  qilish  murakkab  kechadi.  Shunday  b o ‘lsa-da,  ilmiy 
nazariya haqiqatga eltuvchi vositadir.  Ilmiy nazariyada tartibsizlikdan 
tartiblilikka o ‘tish aks etadi.  Unda barcha aloqadorliklar,  munosabatlar, 
b o g ian ish lar aniqlanib xulosalar chiqariladi.  Q onuniyatlar aniqlanadi 
va yangi qonunlar ochiladi.

Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling