T o s h k e n t m o L iy a I n s t I t u t I


Tayanch  tushuncha  va  iboralar


Download 40.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana15.02.2017
Hajmi40.61 Kb.
#493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Tayanch  tushuncha  va  iboralar:
M etod,  m etodologiya,  falsafiy,  um um ilm iy,  maxsus  ilmiy, 
e m p irik ,  n a z a riy   b o s q ic h ,  b ilis h ,  iq tis o d iy   m e to d ,  iq tis o d iy  
metodologiya.
Mavzuga  oid  savollar
1.  Ilm iy ijod m etodologiyasi predm eti  nim a?
2.  Ilmiy ijod  metodologiyasi kursining boshqa fanlar bilan aloqasini 
qanday  tushundingiz?
3.  Ilm iy ijod m etodologiyasining vazifalari  nim alardan  iborat?
4.  Iqtisodiy fanlar m etodologiyasi  deganda  nim alar tushuniladi?
11

I I   bob.  FAN  VA  IJOD
Ijod  tushunchasi
Insonlar olam da  yashar ekanlar o ‘z  faoliyatlarini  turm ush  tarziga 
moslashtirib boradilar.  Moslashtirish esa insonni  ijod qilishga chorlaydi. 
M a ’lum ki,  insonlar faoliyati  k o 'p   qirralidir.  Bu  faoliyat  olam   sirlarini 
bilishga,  uning b a ’zi  sohalarini  b o ‘ysundirishga  qaratilgan.  Sohalarga 
esa  quyidagilar  kiradi:  tabiatda  yashovchi  bir  yarim   m illiondan  ortiq 
hay v o n ot,  besh  yuz  m ingdan  ortiq   o ‘sim lik  dunyosi,  jam iy atlar 
faoliyati,  oila, ja m o a,  insonning  m uam m olari,  o ‘ziga  xos  fazo  sirlari 
va boshqalar mavjud.  Inson ana shu sohalam i bilishga intiladi,  ulardan 
xulosalar ehiqarishga shoshiladi. Yuqoridagi  sohalarning o ‘zi esa  ming- 
minglab jarayonlarni o ‘zida qam rab olgani,  ulam i bilish  uchun minglab 
avlodlarning  ham   faoliyati  yetarli  emas.  S hunday  bo"lsa-da,  h ar  bir 
avlod  o 'z   zam oni  talablaridan  kelib  chiqib,  yangiliklar  yaratishga 
intiladi.  Ijod yordamida bu yutuqlarga erishadi ham.  Yutuqlar esa moddiy 
va m a’naviy qadriyatlardan tashkil topadi.
«Ilmiy  ijod  metodologiyasi»  o'quv  q o ‘llanm asining  miialliflari  I. 
Saifnazarov  va  bo sh q alar  ijodga  quyidagicha  t a ’rif beradilar:  “Ijod  - 
deganda  keng  ma’noda  shaxs  yoki  jamiyatning  tabiiy,  ijtimoiy  va 
ma’naviy olamni  insonning  maqsad  va vazifalariga,  uning ehtiyojlari, 
istaklari  va  imkoniyatlariga  muvofiq  ravishda  o ‘zgartirish  borasidagi 
bunyodkor  faolligi  tushuniladi” .
Berilgan  ta ’rif  an ch a  uzoq  b o ‘lsa-da,  und a  ijod  tushunchasini 
izohlashga jiddiy e ’tibor berilgan. T a’rif ijod  mohiyatini  kengroq qamrab 
olgan.  U nda keng qamrovli: tabiiy,  ijtimoiy,  va m a ’naviy olam  haqida 
so ‘z  boradi.  M ualliflar  t a ’rifda  davom  etib:  «Ijod  bu  shakllangan 
stereotiplar,  odatlar,  an’analar  va  shartliliklar  doirasidan  ongli 
ravishda  chiqish  demakdir»  deydilar.
Bu  t a ’rifd a  ijo d   m u a m m o si  a n c h a   k o n k r e tla s h tir ilg a n   va 
ixcham lashtirilgan.  Ijod  bu  subyekt  va  obyekt  o ‘rtasidagi  m unosabat 
sifatida gavdalanadi.  Ijod ikki  holatda ko'rinadi:  psixologik va falsafiy. 
Ijodning psixologik  ko‘rinishida faoliyatning mexanik tarzdagi jarayoni
12

nam oyon  b o ‘lsa,  falsafiy jihatda  esa  ijodning  m ohiyati  va  m azm uni 
haqida fikr yuritiladi.
Insonning faoliyati keng qamrovli b o ‘lganligi sababli  ijodning turlari 
ham   ko‘pdir.  Ijod  turlari  qatoriga:  badiiy,  texnikaviy,  ilmiy,  siyosiy, 
huquqiy,  m a’naviy,  iqtisodiy,  arxitektura,  haykaltaroshlik  va  boshqa 
sohalardagi  ijodlami olish mum kin.  Bu nomlari tilga olingan ijod turlari 
obyektiv  olam ning  tu rli  sohalarini  qam rab  oladi.  Insonlar  turm ush 
tarzi  uch u n  zarur  b o ig a n   ushbu  sohalar  ijod  obyektlaridir.
Ijodning  tarixi  a n tik   dunyoga  bo rib  taq aladi.  A ntik  du nyoda 
birinchilar qatorida ijod jarayonining m ohiyati  ustida to ‘xtalganlardan 
biri Aflotundir.  U ning fikricha,  ijod bu insonning aqliy faoliyati borliqni 
oliy  d arajad a  his  etish  nuq tasid ir.  K eyinroq  faoliyat  k o ‘rsatgan 
faylasuflardan  biri  A vgustinning  fikricha,  ijod  Allohgagina  taalluqli 
b o ig a n   jaray o n d ir.  Ijod  m asalasiga  k o ‘p ro q  e ’tib o r  0 ‘rta  Osiyo 
m utafakkirlari  (IX -X II asrlarda) to m o n id an  berilgan.  U lar ijod qilgan 
so h alarn in g   h a r  b irid a  ijod  o rq ali,  m isli  k o ‘rinm as  kashfiyotlar 
yaratilgan.  A l-X orazm iy,  al-F orobiy,  al-B eruniy,  Abu  Ali  ibn  Sino, 
U m ar  Xayyom  ta iim o tla ri,  ijodlari  bunga  misol  b o ia   oladi.  A m m o 
ijod  m uam m osini  hal  etishda  b a ’zi  faylasuflar  notirik  tabiatda  ham  
ijod elementlari bor,  deb tushuntiradilar.  Bularga misol qilib gilozoizm, 
vulgar  (sodda)  m aterialistlar  ta iim o tla rin i  olish  m um kin.  U larning 
fikricha, jonsiz tabiatdagi  o ‘zgarishlar taraqqiyot  yoki  rivojlanishning 
natijasi  ekanligini  tushunm aslikdandir.
U m um an,  ijodni  to r  va  keng  m a ’no da  tu shunm oq  lozim.  Ijodni 
to r  m a ’noda  tushunganda,  uni  nafaqat  olim lar  faoliyatida,  balki  har 
bir inson faoliyatida ham  mavjud b o lish in i unutm aslik kerak.  Masalan, 
dalada  faoliyat  k o 'rsa ta d ig an   d eh q o n   yoki  c h o ‘pon  o ‘z  sohasini 
m ukam m al  bilish  u ch u n   izlanadi.  0 ‘z  sohasiga  taalluqli  yangiliklar 
yaratishga  harakat  qiladi,  bunga  erishadi  ham .  D em ak,  ijod  oddiy, 
kundalik,  ilmiy,  m urakkab,  ziddiyatli  b o iis h i  m um kin.
Ilmiy ijod  sistemali  b o iib ,  unda  inson  faoliyatining  ko‘p  qirralari: 
bilim i,  m alakasi,  tajribasi,  asbob -u sk u nalar  bilan  qurollanganligi, 
adabiyotlarga  boyligi,  ish-joy  sharoitlarining  maxsusligi  va boshqalar 
bilan  ajralib  turadi.
Xulosa  qilish  m um kinki,  ilmiy  ijod  bu  -  izlanuvchining  tafakkuri 
va  qobiliyatini  obyektga  nisbatan  chuqur  va  mohiyatan  yaqinlashib 
borishining  yuksak  darajasidir.
13

Ilmiy ijod  izlanuvchining mashaqqati va og'ir m ehnatini  lalab qiladi. 
Q iyinchiliklarga  bardosh  berishini  kutadi.  Albatta,  ilmiy  ijod  bilan 
barcha  insonlar  h am   shug‘uilanaverm aydi.  Ilmiy  ijod  qilish  uchun 
inson  qobiliyatli  bo'lishi  va  ko'nikm alarga  ega  b o ‘lishi  zarur.  O 'z 
navbatida,  ilmiy  ijodda  intilish,  faoliyat  k o ‘rsatish  katta  aham iyatga 
ega.  M a’lum ki,  ilm iy  ijod  m a iu m   bir  sohani  tanlab  uni  o ‘rtaga 
q o ‘yishdan boshlanadi.  D em ak,  ilmiy ijod yoki tadqiqot  o 'z  maqsadiga 
ega.  M aqsadga  erishish  esa,  masalani  tushunish,  yangilik  yaratish 
bilan  bo g'liq.  F an  tarixida  m inglab  o lim lar  borki,  u lar  an a  shu 
m aqsadlarni  tu sh u n g an lar  va  ularga  erishganlar.  Bular  qatoriga  al- 
X orazm iy,  al-B eru niy ,  G aliley,  N.  K opem ik,  M irzo  U lug‘bek,  D .  I. 
M endeleyev,  V.  I.  Vernadskiy,  N.  I.  Vavilov,  N.  Bor,  A.  Eynshteyn va 
boshqa  olim lam i  kiritish  m um kin.  Bularning  ilmiy  faoliyati  davrlar 
talabi bilan bog'liq.  Shu bilan biiga ulaming maqsadi va ilmiy izlanishdagi 
ilmiy  faolligi  bilan  ham .  Ijod  natijasi  narsa  va  hodisalam i  m a ’lum  
bo 'lm agan   tashqi  va  ichki  xususiyatlarini  ochib  berishnigina  emas,. 
balki  ax b o ro t  to 'p la s h ,  in so n n in g   bilim   d o irasin i  k en g ay tirish , 
yangicha  hissiy  qabul  qilish,  tajribalar  o'tkazish  kabilarga  yordam  
beradi.  Eng asosiysi, yangi  m uam m olam i keltirib chiqishga asos bo'ladi. 
D em ak,  ijod  h am   bilish  kabi  cheksizdir.  M azkur  savolni  yakunlar 
ekanm iz,  bizningcha ijod bu  -  izlanuvchining ma’lum yangilik yaratish 
uchun obyektga qaratilgan shaxsiy qobiliyatidan kelib chiquvchi hissiy 
bilim  va  tuyg‘ularni  amalga  oshiruvchi jarayondir.
Fan  va  ijod,  ulaming  o ‘zaro  aloqasi  va  o ‘zaro  ta’siri
Tabiat  xilma-xil  m oddalardan  tuzilgan b o ‘lsa-da,  ular materiyadir. 
U  elem entar  zarralar,  antizarralar,  qum ,  tuproq,  suv,  havo,  jonli 
vajonsiz mavjudot,  planetalar,  yulduzlar, galaktikalar va boshqa fazoviy 
jism lar,  fizik  m ay do nlar  yig'indisidan  iborat.  Hozirgi  zam o n   fan 
m a ’lum otlariga  qaraganda  m ateriya  b undan  20  million  yillar  avval 
boshqa ko'rinishlarda bo'lgan.  Keyingi million yillar davomida esa o'zgarib 
boradi.  Inson  hayoti tabiatning tozaligi va biosferaning normal sharoitiga 
bog'liq.  M azkur  sh aro itlar  nom uvofiq  b o 'lsa,  insonning  yashash 
sharoiti  buziladi.  Yashashga  p u tu r  yetkazadi.  Ekologik  m uam m olar 
kelib chiqadi.  llmiy-texnika afzalliklaridan  noto'g'ri  foydalanish biosfera
14

va  neo sferaning  buzilishiga  olib  keladi.  D em ak,  tabiat  sirlarini 
m ukam m al bilish  fan taraqqiyoti va ijodning  rivojlanishiga  bog‘liq.
Jamiyat tabiatning bir qirrasidir.  U nda oila,  mahalla, jam oa, jamiyat 
a ’zolari  harakat  qiladi.  Bu  harakat  jarayonida  turli  voqealar  sodir 
b o ‘ladi.  V oqealar esa inson  faoliyati bilan bog‘langan.  Bular:  iqtisodiy 
o ‘zgarishlar,  diniy  jarayonlar,  dem okratik  qurilish,  siyosiy-huquqiy 
faoliyatlar,  m a ’n av iy -m a’rifiy  qadriyatlar,  u rf-o d atlar  kabilardir. 
M azkur jarayonlar b a ’zida salbiy,  b a ’zida ijobiy yo‘nalishlam i  tashkil 
qiladi.  Binobarin,  m ana shu yo‘nalishlami tartibga solishda ham fanlarga 
m urojaat qilinadi.  Tabiat, jamiyatdagi hodisalarni o ‘zaro munosabatini 
tu sh u n ish   va  xulosalar  qilish  fan  rivoji  bilan  belgilanadi.  F anlar 
turlichadir.  U o ‘zining klassifikatsiya shajarasiga ega.  Fan tarixida fanlar 
shajarasini birinchilardan b o ‘lib Arastu ishlab chiqqan.  Hozirgi zam on 
olimlari fanlam i ko‘proq uehta katta guruhga bo‘ladilan tabiat baqidagi, 
texnika  baqidagi  va  ijtimoiy-gumanitar  fanlar.
Bu  guruhlam ing  h ar  biri  o ‘zlarining  shajarasiga  ega.  A m m o  shu 
f a n la r   ic h id a   falsafa ,  a n iq ro g ‘i  d ia le k tik a   b a rc h a   fa n la rn in g  
m etodologiyasidir.  U  barcha fanlarda mavjud,  barcha  fanlar esa unda 
mavjuddir.  H ar bir jism ning,  hodisaning o ‘zagi b o ‘lganidek,  fanlarning 
h am   o ‘zagi  b o ‘lib,  bu  o ‘zakni  dialektika  tashkil  qiladi.  Yuqorida 
ta ’kidlaganim izdek,  h ar  b ir  fan  o ‘zining  shajarasiga  ega.  M asalan, 
falsafaga  -  falsafa tarixi,  global  va regional falsafa  (sharq,  g‘arb va b.), 
siyosat  falsafasi  —  milliy  g'oya  va  m afkura  falsafasi,  huquq  falsafasi, 
din  falsafasi,  m antiq  falsafasi,  m adaniyatshunoslik  falsafasi,  estetika 
falsafasi, texnologiya falsafasi, texnika falsafasi, tabiat  falsafasi,  ijtimoiy 
falsafa,  antologiya,  genoseologiya,  inson  falsafasi,  jam iyat  falsafasi, 
fan  falsafasi,  qadriyatlar falsafasi,  m a ’naviyat,  iqtisodiyot  falsafasi  va 
boshqalar  kiradi.
H ozirgi  zam onda  dunyoda  2000  dan  ortiq  fanlar  o ‘qitiladi,  bu 
fanlarning  barchasi  ijod  bilan  bog‘langan.  D em ak,  inson  faoliyatini 
fan  taraqqiyotisiz  tasavvur  qilish  qiyin.  O dam lar  fan  yordam ida 
maqsadlariga erishadilar.
Bilim  fan  orqali  olinadi.  Bilim  kuch  va  m a ’rifatdir.  Fan  b or ekan 
nodonlik va b id’at,  toqatsizlik va tartibsizlik va turli to ‘siqlar rivojlanish 
y o lid an  olib tashlanadi.  Ularga barham  berish fan va ijodning vazifasidir. 
Inson  qancha  m a ’rifatli  b o ls a ,  u  jiddiylashib  boradi,  axloqliroq, 
m adaniyatliroq  b o ‘ladi.  Z ero,  insonlarning  m a ’rifatli  b o ‘lishi,  olg£a
15

qarab harakat  qilishi  dem akdir.  M a ’rifatli kishi  o ‘z  m anfaatiga axloqiy 
jih a td a n   y o n dashad i.  Ijod  qilishda  turli  uslub  va  n azariyalardan 
foydalanadi.  Shu jarayonning  o ‘zida  yangi  fanlar  ham   paydo  b o ia d i. 
F anlarni  h am   uquvli.  talantli,  buyuk shaxslar yaratadi.  Fanning  yana 
b ir  xususiyati  sh u n d ak i,  u  ta b iatn in g   rivojlanishi  va  jam iy atn in g  
m oslashishi,  yashab  turm ush  tarzini  o ‘tkazishning  him oya  vositasi 
hamdir.  Himoya esa turli metodlardan foydalanish asosida boradi.  Bunday 
m etodlarga abstraktlashtirish, tajriba o ‘tkazish,  kuzatish, shakllantirish, 
(m odellashtirish)  m atem atiklashtirish, tahlil va sintez qilish, tarixiylik- 
m antiqiylikdan  foydalanish,  induksiyalash-deduksiyalash va boshqalar 
kiradi.
Fan  inson  va jamiyat  faoliyatining muhim  mahsuli  b o iib ,  narsa  va 
hodisalarning  x o ssa la r i,  m unosabatlari  hamda  qonuniyatlarini 
o ‘rganishga  qaratilgan  tizimlar  yigindisidir.  Shu  bilan  b ir  qatorda 
fan  ijtim oiy  ong  shakllarining  biridir.  Aytish  lozimki,  fan  so‘zining 
aynan  m a ’nosi — bilim   dem akdir.  Lekin  h ar qanday bilim  ilmiy b o ia  
olm aydi.  O datdagi  yoki  turm u sh   tajribasi  deb  atalgan  h ar  qanday 
soha,  a n iq ro g i,  oddiy  kuzatish  va  am aliy  faoliyat  asosida  olingan 
dalillar  va  ja ra y o n lam i  oddiygina  tavsiflanishdan,  ularning  oddiy 
tom onlarini aniqlashdan nariga o im ay d ig an  bilim fanni  ifodalamaydi. 
Shu  sababli,  fanning  vazifalarini  h am   to ‘g ‘ri  tushunish  talab  etiladi. 
Bu  vazifalar  quyidagilar:
1.  F an   inson  faolligini  oshirishga  xizm at  qiladi.  T evarak-atrofni 
m ukam m alroq bilishga yordam  beradi.
2.  Insonlar faoliyati bilan obyektlam ing o ‘zaro  aloqasini  ifodalaydi 
va moslashtiradi.
3.  N arsa  va  hodisalarning  rivojlanish  qonuniyatlarini  ochishga 
k o ‘m aklashadi.
4.  Fan  ijtim oiy-iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  m a'naviy  -  axloqiy 
qadriyatlami o ‘zida mujassamlashtiradi va avloddan avlodga yetkazishga 
xizm at  qiladi.
5.  Fan  m onitoring vazifani bajaradi.  Tabiat va jamiyat hodisalarining 
global  holatlarini  nazorat  qilishga  ham da  turli  yangi  sohalarni  barpo 
qilishga o ‘z hissasini  q o ‘shadi.
6.  A xborotlar to ‘playdi  va  axborotlar bilan  insonlam i  ta'm inlaydi.
Fan  oddiy  dalillar  va  turli  qo n u n lar  haqidagi  bilim larning  oddiy
y ig in d isid an   iborat  em as,  balki  tizim larga  solingan  ilmiy  bilim lar
16

yig'indisidan  iboratdir.  H ar  bir  fanda  aks  ettiriladigan  m uam m olar 
o 'zaro   bog'langandir.  U larni  ajratish  m um kin  emas.  A m m o  har  bir 
fan  m a’lum bir me'yorga yetib borganda o'zidan  m a'lum   bir sohalarini 
ajratib  mustaqil  fan  bo'lishga  asos  bo'ladi.  Buni  biz  yuqorida  fan 
shajarasida  ko'rdik.  Fanning  rivojlanishi  dalillarni  oddiy to'plashdan, 
dalillar  orqali  maxsus  qonuniyatlarni  o'rganish  va  ochib  berishgacha 
bo'lgan qiyin,  lekin sharafli vazifani ham  zimmasiga oladiki, bu jamiyat 
vakillarining har biriga taalluqli bo'ladi.  Shu yo'sinda nazariyalar yara­
tildi.  Fan  nazariyalaming amaliyotga tatbiq etish yo'llarini ham  ko'rsatib 
beradi.  Fan  insonga tabiat va jam iyatning haqiqiy  m anzarasini yorqin 
ifodalab  beradi.  Ushbu  m anzara  esa  fan  taraqqiy  qilgan  sari  tobora 
to 'laro q   inson ongida aks etaveradi.  Fan san’atdan  tubdan farq qiladi. 
S an ’atda  fantaziya,  badiiy  siymolar,  biror  hodisani  o'ylab  chiqish 
kabilar  mavjud.  Fanda  esa  bunday  holatlarga  o 'rin   yo'q.  C hunki  fan 
borliqni qonuniyatlar asosida aniq tizimlarga asoslangan holda ifodalaydi.
Fan  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishda  asosiy  vosita  bo'lib  xizmat 
qiladi.  O 'z navbatida,  ishlab chiqarishning rivojlanishi  fan taraqqiyotiga 
turtki beradi.  Ishlab chiqarishda va jamiyat hayotida fanning rolini oshib 
borishi  tabiiy  hoi  bo'lib,  u  to'xtovsiz  rivojlanish  xususiyatiga  ega.
D em ak,  fan  b o 'lm asa,  d eh q o n ch ilik   va  chorvachilik,  sanoat, 
transport  va  energetika,  inform atsion jarayonlar va  m adaniy vositalar 
bo'lm as  edi.  Bundan  tashqari  fanning  rivojlanishi  analiz  sohalarini 
boyitadi,  kengaytiradi.
Falsafaning  ilmiy  ijoddagi  va/ifalari
Falsafa fani fanlar ichida eng qadimiydir.  Qolgan fanlar nisbatan 
yangidir.  A na  shu  fanlarning  ham   o'zlarining  metodologiyasi  bor. 
M asalan,  biologiya fani  hozirgi  paytda juda  ko'p tarm oqlarga ega.  Shu 
ta rm o q la r  u ch u n   darvinizm   fani  m etodologiya  deb  hisoblansa, 
geom etriya  fanlari  uchun  Yevklid,  fizika  fanlari  uchun  Eynshteyn 
ta ’lim oti,  mexanika  fanlari  uchun  N yuton  ta'lim o ti,  algebra  uchun 
al - Xorazmiy ta ’limotlari metodologiyadir.  Bu metodologiyalar m a’lum 
davrlarda  paydo  bo'lib,  rivojlanib  o'zgarib  borgan.  Fanlar  tarixida 
shunday bir metodologiya borki,  u o'zgarm asdir.  Bu falsafadir.  Falsafa 
barcha  fanlar  uchun  um um iy  m etodologiyadir.  D em ak,  ilmiy  ijod 
ham   falsafaga  suyanadi.  Z ero,  falsafa  ijod  uchun  metodologiyadir.

Falsafaning  gnoseologik  vazifasi  bu  —  ilmiy  bilish  jarayonini  asoslab 
berishdir.
G noseologiya  ijod  jarayonini  subyektning  faol,  m utlaq  m aqsadga 
yo‘naltirilgan faoliyati, deb e ’tirof etadi.  Ana shu faoliyat orqali subyekt 
ijtim oiy  aham iyatga  ega  bo'lgan  yangi  yutuqlam i  keltirib  chiqaradi. 
Shaxsni ta lan t  va  qobiliyatini,  ilmiy salohiyatini  ro ‘yobga chiqarishga 
yordam   beradi.  Demak,  ijodni  falsafa bilan bog‘lab tushuntirsak,  ijod 
deganda,  avvalo,  ilmiy  falsafiy  yondashilgan  jiddiy  va  mubim,  inson 
faoliyati  uchun  zarur  b oigan  obyekt  sirlarini  ochish  tushuniladi.
Ijodni  to ‘g‘ri  y o ‘lga  yo'naltiruvchi  m etodologiyaning  o ‘zi  ilmiy 
bo‘lishi kerak.  Bu falsafaga oid.  M asalan,  m arkscha-lenincha falsafaning 
b a ’zi to m o n lari  n o to ‘g ‘ri b o ‘lib  chiqdi.  Sababi,  bu  falsafa  fanni  dinga 
qarshi  q o ‘ydi.  F an n i  sinfiylashtirib  uni  sotsialistik  va  kapitalistik 
yo‘nalishlarga b o 'lib  tashladi.  Fanni b ir yoqlamalikka olib bordi,  y a’ni 
fanni  faqat  ish chilar  va  d ehq on lar  foydasiga,  aniqrog'i  kom m unizm  
g‘oyasiga b o ‘ysundirm oqchi bo‘ldi.  Haqiqatda esa falsafa tabiat, jamiyat, 
inson tafakkuri uch u n   nazariy va am aliy jihatdan xizrnat  qilishi lozim. 
D em ak, falsafani  ijod  uchun eng um um iy,  maxsus tom onlarini hisobga 
olgan holda,  uni  hayotga tatbiq eta bilish  kerak.
Falsafa b arch a  ijod turlari  uchun  asosan to ‘rtta vazifani bajaradi:
1.  Ijod turlarini  nazariya bilan qurollantiradi, ya’ni ijod turi qaratilgan 
obyekt  h aqida  o ld in d an   m a’lum   m azm un  va  m ohiyatga  ega  b o ig a n  
fikrni o ‘rtaga tashlaydi.  ljodkom i  izlanishga chorlaydi.
2.  Eng  um um iy  m etodologiya  sifatida  ijod  turlariga  xizmat  qiladi. 
Ijodning xususiy  m etodlarini boyitib boradi.  X ulosalam i  yanada  ilmiy 
bo'lishini ta ’m inlashga harakat  qiladi.
3.  Ijod  ja ra y o n id a  izlanuvchini  u  yoki  bu  d unyoqarash  bilan 
shakllantiradi.  Ijod  qiluvchining  tafakkur  darajasini  kengaytirishga 
yordam  beradi.
4.  Ijo d n in g   m illiy  va  u m um   insoniy  qad riyatlarg a  e ’tib o rin i 
kuchaytirishga yo‘naltiradi va boshqalar.
Bu  sohalarning  barchasi  falsafiy  bilish  jarayoni  bilan  b o g ‘langan. 
Falsafaning  bilish  sohasidagi  vazifasi  h am   diqqat  e ’tibordan  chetda 
qolmasligi  kerak.  Sababi,  bilish jarayonisiz ijod amalga oshmasligi bizga 
m a ’lum.  Bilish orqali  inson  haqiqatga  erishadi.  D em ak,  falsafa,  falsafa 
p r e d m e tin in g   o ‘z in i  h am   t o ‘g ‘ri  yoMga  b o sh la y   o lish   lo z im . 
T ek sh irilay o tg an   yoki  m ulo h aza  yu ritilayo tg an  obyektnin g  tu rli

to m o n lari  xususiyatlarini,  m azm u n  m ohiyatini  to 'liq ,  ongli,  har 
tom onlam a bilish ijodning hayotiyligini ta ’minlaydi.  Falsafa ijodkorni 
ijod  orqali  tubdan,  yangi  bilim ga  ega  b o ‘lishga  chorlaydi.  M utlaqo 
n o a n ’anaviy  tafakkur  usuli  bilan  qurollanishga,  obyektga  nisbatan 
o ‘ta  ongli  subyekt  sifatida  e'tib o rn i  qaratishga  m ajbur  qiladi.  Bu  esa 
ijodkorning faoliyatini  yangi  bosqichga  ko‘taradi.
Xulosa  qilib  aytganda,  falsafa  ijod  jarayonida  o ‘zining  qonun  va 
kategoriyalari orqali  ilmiy tadqiqotlam ing tuzilishi,  uslublari vositalari 
va barcha jarayonlarini anglashda yordam  berish bilan birga ijodkorning 
faolligini  oshiradi.  Obyekt  m azm uniga  qarab  fikrlashni  m aqsad  qilib 
q o ‘yadi.
Tayanch  tushuncha  va  iboralar:
Ijod  turlari,  ijod,  gilozoizm ,  ilmiy  ijod,  inson  faoliyati,  fanlar 
klassifikatsiyasi.
Mavzuga  oid  savollar
1.  Ijod tushunchasiga ta ’rif bering.
2.  Ijod qilish qaysi davrlarga borib taqaladi?
3.  Ilmiy  ijod tushunchasi  nim a?
4.  F an va ijodning aloqasi  va o ‘zaro ta ’sirini tushuntiring?
19

I l l   bob.  Falsafa  va  fan  tarixida  ijod  muammolarining  ishlab
chiqilishi
M isr,  Kichik  Osiyo,  Qadimgi  Gretsiyada  ilmiy-falsafiy  ijod 
tizimlarining  paydo  bo‘lishi
Qadimgi Misrda quldorlik davlati Ь аф о etilgan edi.  Qullar mehnatidan 
foydalanib suv chiqarish  inshootlari,  piram idalar,  saroy va koshonalar 
qurilgan.  Bizning  eram izgacha  IV  mingyillikning  oxiri  —  III  m ing- 
yillikning boshlarida quldorchilik bu  m am lakatda o ‘zining eng yuqori 
c h o ‘qqisiga  k o ‘ta rild i.  A na  shu  d av rla rd a  M isrda  b irin c h id a n , 
astronom iya,  kosmologiya,  m atem atika  fanlarining  paydo  b o ‘lishiga 
birinchi  qadam lar q o ‘yilgan  edi,  ikkinchidan,  shu  davrlarda afsonaviy 
qarashlar  shakllana  boshlagan  edi.  Shu  sababli  bu  davrda,  ushbu 
m am lak atd a  falsafa  fani  ijtim oiy  ongning  shakli  sifatida  h am   shakl­
langan edi.
Qadim gi  dunyo  xo'jaligini  yuritish  uchun  bilim  va  am aliyot  talab 
qilinardi.  Nil  daryosining suvini  pasayib-ko‘tarilib turishi  astronom iya 
fanini  rivojlantirishga  olib  kelgan  b o is a ,  dehqonchilik  'sohalarini 
boshqarish esa am aldorlar faoliyatiga borib taqalar edi.  X o‘jalik yuritish 
ishlari  faoliyatini  olib  borish  aniqroq  kalendarni  talab  qilar  edi.  Bu 
esa  Quyosh  va  Oy,  yulduzlar sistem asi  bilan bo g ian g an d i.  Bulam ing 
b arch asi  ilm iylikni,  bilishni  ta q o zo   etar  edi.  Ijo dn i  zaruriyatga 
aylantirgandi.  Natijada m atem atika, algebra va geometriya paydo bo'ldi. 
Jum ladan,  Bobilliklar 60 daqiqalik yozma vaqtni  ijod qildilar.  Bu yozma 
vaqt  orqali  hisob-kitob  qilish  hozir  ham   (bir  soat  —  60  daqiqa,  1 
daqiqa  —  60  sekund)  aham iyatini  yo‘qotgani  y o ‘q.
Fazodagi  y o ru g iik   tarq atuv ch i  jism lar  faqat  y o ru g iik   tarqatib 
qolm asdan balki  olam ning ijod  m anbayi sifatida  ham  e 'tiro f etildi.  Bu 
esa afsonaviy xudolam i  ijod qilishga asos b o ia  boshladi.  Bobilliklarning 
fikricha,  «Oy  xudolarning  otasi»  hisoblangan.
Q adim gi  M isrdagi  m adan iy at  insoniyat  tarix ida  eng  qadim gi 
m adaniyat  hisoblanadi.  G ero d o tn in g   yozib  qoldirishicha,  yilning 
davomiyligi,  ya’ni uning 365  kunligi ham  Misrda  ijod qilingan. Ayniqsa,
20

geom etriya  sohasida  ijod  qilingan  kashfiyotlar  insonlam i  hozir  ham  
lol qoldirib  kelm oqda.  Jum ladan,  piram idalar o ‘lcham larining haqiqiy 
ilm iy lig i,  y a ’ni  k v a d ra tla r,  u c h b u rc h a k la r,  t o ‘g ‘rib u rc h a k la r, 
trapetsiyalar,  doiralarning  o ‘lcham lari  fikrimizni  asoslaydi.  D em ak, 
o ‘sha  paytlardayoq  ijod  qilishda  maxsus  uslublar  ishlab  chiqilishi 
natijasida  ijod  uch un  sharoit  yaratilgan.  M a’lum   m a’noda  nazariy 
bilim lar  talab  qilingan.
D iniy sohalarni  va  afson alam i  falsafiy tahlil  qilish  zarurati  paydo 
b o ‘lgan  va falsafa fani ham  taraqqiy qila boshlagan.  So‘ngra afsonalami 
diniy jihatdan emas,  falsafiy tahlil  qilish  kuchliroq o ‘rin ola boshlagan. 
Bu esa o ‘sha paytda yashagan  insonlardan bilim  va ijodni talab qilardi. 
M asalan,  “Arfist  q o ‘shig‘i’’  adabiy m anbasida diniy afsonaviy sohalar 
ta n q id   qilinib,  vafot  etgan  inson  u  dunyo dan   xabar bera  olmasligi, 
qaytib  kelmasligi,  shu  sababli  yer  ustidagi  hayotning  qadriga  yetish 
k erak lig i  h a q id a   m u lo h a z a la r   y u ritilg a n .  Bu  ijo d n in g   o d d iy  
k o ‘rinishlari  edi.
Eram izgacha  b o 'lg an ,  ya’ni  A ntik  dunyo  deb  ataluvchi  davrlarda 
G retsiyada ham  izlanish,  ijod yuqori  c h o ‘qqiga ko'tarilgan.  Falsafa  fan 
sifatida  eram izdan  aw alg i  V II-V I  asrlarda  G retsiyada  shakllandi. 
Ayniqsa, Aleksandr M akedonskiy im peratorlik qilgan  davrlarda falsafa 
ravnaq topa boshlagan.
Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling