T o s h k e n t m o L iy a I n s t I t u t I


M ilet  maktabi.  Gretsiya  mutafakkirlarining


Download 40.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana15.02.2017
Hajmi40.61 Kb.
#493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

M ilet  maktabi.  Gretsiya  mutafakkirlarining 
ta’Iimotida  ijod
Eram izdan aw algi VI asrda Y unonistonda quldorlik tuzum i ancha 
rivojlangan edi.  Y unonistonning  M ilet,  Efes,  Fokiya kabi  shaharlarida 
hunarm andchilik,  savdo-sotiq  rivojlandi.  N atijada,  Osiyo,  Afrika, 
M isr  bilan  boMgan  m adaniy  va  iqtisodiy  aloqalarning  rivojlanishi 
greklar  m adaniyatiga  t a ’sir  etdi.
Milet  m aterialistik  m aktabining asoschisi  Fales (eram izdan aw algi 
6 2 4 -5 4 7 -  y ild a  y a sh a g a n )d ir.  F ales  g e o m e triy a ,  astro n o m iy a , 
m atem atik a  fanlarini  rivojlantirdi.  Bu  davrda  falsafa  fani  inson 
bilim larining yig‘indisini  ifoda qilardi.  G retsiya  falsafasi tarixida  Fales 
birinchi bo'lib,  tabiatdagi  hodisalarning  rivojlanish  manbayini  qidirdi.
Falesning  fikricha,  tabiat  hodisalari  asosida  suv  yotadi.  U ndan 
tashqari,  Falesning  shogirdi  Anaksimandr  (eram izgacha  610-546-
21

yillarda  yashagan)  dunyoning  asosida  suv  em as,  cheksiz  shaklga  ega 
bo'lgan  apeyron  yotadi,  deb tushuntirdi.  Uning fikricha,  ham m a narsa 
shu  apeyrondan  kelib  chiqqan  va  yana  apeyronga  qaytadi.  A peyron 
harakati  esa  qaram a-qarshilikning kelib chiqishi asosida boMadi.
M avju do t  A n a k sim a n d rn in g   fik rich a ,  riv o jlanish ,  ta ra q q iy o t 
xudolariga bog‘liq  emas.  A naksim andrbirinchi b o ‘lib odam ning paydo 
b o ’lish  masalasiga qiziqadi  va  uni  balchiqlardan paydo  bo‘lgan,  deydi. 
U   birinchi  b o lib ,  geografik  karta  tuzgan,  quyosh  soatini  yasagan.
Milet  m aktabining keyingi vakili Anaksimen  (eram izdan aw al 585- 
525-  yilda  yashagan)dir.  A naksim enning  fikricha,  dunyo  havodan 
tashkil  topgan.  A naksim en  ijodida  ateistik  qarashlar b o r edi.  Kosmik 
o ‘zgarish xudosiz,  borliqning doim iy o ‘zgarishi natijasida  hosil b o ‘ladi. 
M ilet  m aktabi  vakillarining  ta ’lim oti  m aterialistik  xarakterga  ega. 
U larning ta ’lim oticha,  dunyoning  asosida  m oddiy bir narsa  -  m odda 
yotadi.  U lar  ta b ia tn in g   q o n u n iy   rivojlanish ini  m odda  va  uning 
xarakteriga bog‘laydilar.
G rek  dialektikasini  Pifagor  m aktabi  rad  etdi.  M ilet  faylasuflari 
dunyoning  asosiga  m ateriyani  q o ‘ysalar,  Pifagor  m aktabi  esa  sezish 
m um kin  bo'lm agan  abstrakt  raqam ni  -  sonni  q o ‘yadi.  Bu  idealistik 
falsafa  stixiyali  m aterializm ga  qarshi  chiqdi.  Bunga  sabab,  bilish 
jarayonining qiyinchiliklari  natijasi  edi.
Pifagor  eram izdan  avval  (580-550-yillarda)  yashagan.  Pifagor 
m aktabi  m atem atika  bilan  qiziqqani  uchun  tabiat  qonuniyatining 
m iqdoriy  xususiyatlarini  anglashga  qaratdi.  Bu  m aktab  g‘oyalarida 
idealistik diniy falsafiy qarash bilan ilmiy tafakkur elementlari uchraydi. 
Pifagorchilar  o ‘zlarining  ta ’lim otlarida  dunyoqarash  sohasi  bilan 
m iqdor  kategoriyasini  kiritdilar.
Afina  faylasuflari  m ateriyaning  ichki  tuzilishi,  moddiy  elem entlar 
xarakterini,  uning  rivojlanish  sabablarini  tushuntirishga  uringanlar. 
Bu  faylasuflar  Levkip  va  D em okritlardir.
Levkip (500-440) birinchi bo'lib ateistik qarashni  olg‘a  surdi.  Dunyo 
uning fikricha, bo'linm aydigan moddiy elem ent-atom lardan tuzilgan. 
A tam os  -  b o ‘lib,  “ b o iin m a y d ig a n ”  degan  m a ’noni  anglatadi.  U 
dunyodagi  narsalarning  paydo  b o ‘lishi  va  yo'qolishini  zaruriyat  va 
sababiyat  bilan  b o g llaydi.  Bu  ta ’limot  D em okrit  falsafasining  ham  
negizini tashkil  qiladi.
22

Efes shahrida Gcraklit (475-374) yashab o ‘tgan.  Geraklit  dunyoning 
asosida  olov  yotadi,  dunyo  m ana  shu  olovning  qonuniy  alangalanib 
va  so 'n ib   turishidan  iborat  deydi.  G eraklit  hech  qanday  xudo  ham, 
odam   ham   dunyoni  yaratm agan,  dunyo  o ‘z -o ‘zidan  qonuniyat  bilan 
so ‘nuvehi,  tirik  olovdan  iboratdir,  deydi.  G eraklitning  materialistik 
ta ’lim oti  ham   stixiyali  xarakterga  ega,  farazlardan  iborat  edi.  Chunki 
o ‘sha  davrda  dialektika  va  m aterializm ni  fan  darajasiga  ko'tarishga 
im koniyat  yo‘q  edi.
Q adim gi  Y unonistonda  turli  oqim lar  paydo  bo'lib,  ulardan  biri 
sofistlardir.
Sofistlar  (donishm andlar)  qadim gi grek falsafasida  m uhim  o'rin n i 
egallaganlar.  Avvalgi  grek  faylasuflari  barcha  o'zgaruvchan  rang- 
baranglikdagi  birlik  haqidagi  m asala  bilan  m ashg'ul  bo'lganlar.  Ular 
urf-odatlarning  turlichaligini,  axloqiy,  siyosiy,  huquqiy  jarayonlar- 
ning falsafiy jihatlarini  asoslashga  urindilar.  Am m o,  muhim  bir fikrga 
kela olmaganlar.  G rek faylasuflarining ba’zilari bitta universal umumiy 
axloq va bitta  siyosiy  ideallik  mavjud,  deb  tushuntirsalar,  b a ’zilari  bu 
holatlarni jam iyat  yoki  yagona  bir  odam   dunyoga  keltirgan,  deb  fikr 
bildirganlar.  Qisqasi,  h a r  b ir  faylasuf  o 'zich a  olam dagi  narsa  va 
hodisalarni tahlil  qilganlar va ijod  qilganlar.  Keyinchalik, jamiyatdagi 
axloqiy -  huquqiy sohalar bilan bog'liq jihatlarning hal etilishi alohida 
kishi  faoliyati bilan  bog'liq,  degan  to'xtam ga  kelganlar.  Aslida  axloq, 
h u q u q ,  d id,  h u z u r-h a lo v a t,  siyosat,  bosh q aru v   kabi  ja ra y o n la r 
haqidagi  fikrlar xilma-xil.  Tahlili  ham   turlicha.  Shunday  bo'lishidan 
q a t’i  nazar,  faylasuflar bu  savollarga javob  topish  uchun  ijod  qilgan. 
Bunday  faylasuflarni  sofistlar  deb  yuritganlar.
Sofistlar  o 'z   ijodlarida  k o 'p ro q   axloqiy,  siyosiy,  huquqiy  sohalar 
bilan shug'ullanishgan.  Sofistlarga zam onaviy jihatdan  yondashadigan 
bo'lsak,  ular  bir  vaqtning  o'zid a  m uallif,  jurnalist,  yozuvchi,  shoir 
um um an  ziyoli  kishilar  bo'lganlar.  U lar  ko'proq  bahslashishni  olg'a 
surib,  haqiqatga erishm oqchi bo'lganlar.  Sofistlar narsa va  hodisalarni 
aqliy  (ratsional)  dalillash  sa n ’atidan  foydalanib  asoslashga  harakat 
qilganlar.  Sofistlar  m unozara  va  m uzokarada  foydalanish  m um kin 
b o 'lgan  ayyorlik  va  m ug'om birlik,  makkorlik  usullaridan  foydalanib 
borliqni tushuntirganlar.  Shu  holatga boshqalarni  ham   yetaklaganlar. 
U larning yirik vakillari  Gorgiy,  Frasim axva  Protogorlardir.
23

Gorgiy  taxm inan   m iloddan  aw algi  483-374-  yillarda yashagan.  U 
m ash h ur notiq  edi.  U ning  “Tabiat  to ‘g‘risida  yoki  mavjud  bo'lm agan 
narsa to ‘g ‘risida”  nomli asari b o ‘lgan.
Q adim iy falsafa  sohasidagi  ijodkorlardan  yana biri Frasimax Suqrot 
zam ondoshidir.  M iloddan  aw alg i  470-  yillar  atrofida  tu g ‘ilgan,  deb 
tax m in   qilinadi.  Frasim ax  o ‘zining  huq u q   va  ad o lat  to ‘g ‘risidagi 
qarashlari bilan  b archani lol qoldirgan.  Frasim axning  fikricha,  huquq 
zo‘rlarga xizmat  qiladigan  narsadir.  H uquq bu kuch-qudratdir.  Bunday 
tu sh u n ch ag a  zid  keladigan  fikr axm oqona g o ‘llikning  o ‘zi  xolos.
Protogor  m ilo d d an   aw alg i  481-411-  yillarda  yashab  ijod  qilgan. 
U n in g  fikrich a,  “ Inson  qanday  b o ‘lsa,  shu  holida  m avjud  b o ‘lgan. 
Inson jam ik i  n arsalam in g  b o rlig‘i  va y o ‘qligi  bilan  m a 'lu m   darajada 
m avjud  n a rsa la m in g   m ezoni  h iso b la n a d i” .  Y ana  quyidagi  fikrni 
bildiradi:  “ X udolar to ‘g‘risida  men  ularning na mavjudligi,  na  mavjud 
em asligi  yoki  ularn ing   qanday  tusda  ekanligi  haqidagi  bilim ga  ega 
b o ‘la olm aym an  chunki  idrok etilm aslik va  inson hayotining qisqaligi 
bilishga to ‘sqinlik qiladi” .
Sofistlar  etika,  ijtimoiy  fanlar  va  epistem ologiya  bilan  aloqador 
b o ‘lgan sohalam i baholashda  ilg‘o r bo'lganlar.  Bunday fikrlar hozirgi 
davrda  h am   dolzarb.  C hunki  bu lar  m uam m oli  sohalardir.  U larning 
fikrlarida  nisbiylik va mutlaqlik,  huquq va hokim iyat,  altm izm ;  individ 
va jam iyat;  aql-idrok va his-tuyg‘ular kabi  atam alar mavjud b o ‘lganki, 
bular  haqida  hozirgi  faylasuflar  ham   fikr  yuritadilar.
Q adim gi  grek  falsafasini  rivojlantirishda  Suqrot  ijodi  alohida o ‘rin 
tutadi.  U  m iloddan  aw algi 469-  yilda tu g ‘ilib,  399-  yilda vafot  etgan. 
U ning  ta ’Iim otida  h am   epistem ologik  (epistem ologiya-bilim ,  uning 
tuzilishi,  tuzilm asi  va  rivojlanishini  o ‘rganadigan  falsafiy-metodologik 
t a ’lim ot)  va  etnik  -  siyosiy  m uam m olar  m arkaziy  o 'rin n i  olgan.  U 
sofistlarning  k o ‘p  qarashlarini  rad  qilgan.  U ning  ijodida  um um iy 
n e ’mat  (oliy ezgulik) va adolat hisoblanadigan qadriyatlar va m e’yorlar 
mavjud.  Suqrot falsafaning bilish  muammosini hal etishga  intildi.  Uning 
talqinida bilim  -  bu bizning o ‘zimiz va o ‘zimiz o ‘zimizning mavjudligi- 
mi/ni ko‘radigan vaziyatlar haqidagi  bilimdir.  Suqrot  ijodida shu  narsa 
xarakterliki,  u  bilim ni  tajribaga  m urojaat  etish  yo‘li  bilan  izlamagan. 
U bilim ni tu sh un chalam i tahlil  etish  yo‘li bilan o ‘zlashtirishga  harakat 
qilgan va boshqalam i  ham  shunga chaqirgan.  Suqrot  ijodida adolatlilik, 
m ardlik,  saxovat,  yaxshi  hayot  kabi  tu sh u n ch alar  m arkaziy  o ‘rin 
egallagan.
24

Falsafa tarixidagi  yana  bir yirik grek  faylasufi Aflotundir.  Q aram a- 
qarshi  falsafiy  fikrlar  asosida  A flotun  falsafasi  paydo  b o ‘ldi  (Aflotun 
eramizdan avvalgi 427-349-  yillarda yashagan). Afina aristokratiyasining 
vakillari  platonchilar idealistik qarashini oldinga surdilar.  Aflotun  ijodi 
asosida g ‘oyalar yotadi.  Uning fikricha,  narsalar asosida g'oya yotadi, 
sezgi  qabul  qiladigan  narsa,  g‘oya  dunyosining  koMankasidir.
A flotunning  fikricha,  hayotda  bir-biriga  qaram a-qarshi  b o ‘lgan 
g ‘oyalar mavjud b o ‘lib,  bu g ‘oyalar o ‘zgarmaydi.  Sezgi  organlarimizda 
ifodalangan  narsalar paydo bo'lishi  va yo‘qolishi doimiy o ‘zgaruvchan 
em aslikdandir.  Eng oliy g‘oya  bu xudo to ‘g‘risidagi g‘oyadir.  Bu  narsa 
idealizm bilan  dinning birligini  ko ‘rsatadi.
Aflotun  bilish  nazariyasini  ham   idealistlarcha  tushuntirdi.  U ning 
fikricha,  bilim  g‘oyalar orqali  paydo  b o ‘ladi,  ta sa w u r  narsalar orqali 
hosil bo'ladi.  Abstrakt  tafakkurni sezgilarga b o g iiq  b o ‘lmagan g‘oyalar 
dunyosida yashovchi,  ruhni  “eslash” jarayoni  natijasi,  deb tushuntirdi. 
A flotun  bilish  bu  —  eslashdir,  degan  g‘oyasini  o ‘rtaga  tashladi.  U 
dialektikani  ilohiy  bilim ning  m antiqiy  nazariyasi,  deb  hisoblaydi. 
U m um iy  tushunchaning  aham iyatini  ta ’kidlashi,  kishi  tafakkurining 
faol  rolini  (idealistik  b o ‘lsa  ham )  ishlab  chiqishi  Aflotun  ijodining 
ratsional  m ag‘zini  tashkil  etadi.
Aflotun  “ ideal  davlat”  ta ’lim otini  m a’qullab,  bu davlat  fuqarolarini 
uch  tabaqaga:
1)  davlatni  idora  qiluvchi  faylasuflar  -  dono;  2)  davlatni  ichki  va 
tashqi  d u sh m an lard an   asrovchi  q o ‘riqchi  askarlar  -  jasoratli;  3) 
jism oniy  m ehnat  bilan  shug‘ullanuvchi  dehqonlar,  hunarm andlar, 
itoatkorlarga b o ‘ladi.
Q adim iy  G rek  faylasuflaridan  yana  biri  bu  A rastudir.  Arastu 
(eram izgacha  384-322-  yillar)  fanlar klassifikatsiyasini  birinchi b o ‘lib 
tuzib berdi  (falsafa,  m atem atika,  fizika).  U ning fikricha,  falsafa borliq 
to ‘g‘risidagi  fan,  m atem atika  va  fizika  borliqning  ba'zi  xususiyatlari 
to ‘g‘risidagi  fandir.
Arastu  A flotunning  davlat  nazariyasini  tanqid  qildi  va  quldorlik 
tuzum ini tan oldi.  U  o ‘z ijodida falsafa  fanini amaliy faoliyatdan ajratib 
oldi,  ya'ni  bilim   m oddiy  m anfaaldan  yiroq  b o ‘lsa,  ilmiyroq  b o ‘ladi, 
deydi.  Arastu  obyektiv tabiatni  bilishni  bilim ning  asosiy sharti  deydi, 
lekin u  izchil  materializm pozitsiyasiga o ‘ta olmadi.  Materiya Arastuning 
fikricha,  passiv  im koniyat,  shakl  faol  o ‘zgarish  manbayidir.  M ateriya
25

bilan  harakat  o ‘rtasidagi bog‘lanishni  ko'rsatib,  harakat,  o ‘zgarishning 
m anbayi  ek an lig in i  ay tsa-d a,  lekin  h arak at,  bu y u m larn in g   ichki 
ziddiyatlarida ekanligini  ko‘ra olmadi.
U bilish jarayonini materialistik asosda tushuntiradi.  Bilish manbayi 
tabiatning o ‘zidir,  deb obyektiv borliqni qo'yadi.  Sezgilar orqali olingan 
hissiyot  narsa va hodisalar siymosidir,  deydi.  Lekin sezgini  chegaralab 
qo'yadi.  Sezgilar  um um iy  shaklni,  ya’ni  shakllar  shaklini  -  xudoni 
bilishga  im kon bera olmaydi.
Arastu  o 'z   ijodida  sezgilar asosida  topilgan  bilim ni  tafakkur orqali 
h o sil  q ilin g a n   b ilim d a n   a jra tib   q o 'y a d i.  A rastu   k a te g o riy a la r 
klassifikatsiyasini  ishlab  chiqdi.  U  im koniyat  va  voqelik,  m ateriya va 
shakl,  mohiyat va hodisa kategoriyalarini dialektika asosida tushuntirishga 
urindi,  lekin to ‘la dialektik asosda hal qila olmadi.  D in arboblari  uning 
sodda dialektikasini  uloqtirib,  metafizikasini  olib qoldilar.
Qadimgi G retsiyada eram izdan  avvalgi  II  asr oxiri  I  asrning boshida 
D em okrit tarafdorlari  k o 'p ro q   m aterialistik  fikrlarni olg'a surdilar.
Demokrit (eram izdan aw al 460-370-yillarda yashagan) ensiklopedik 
olim   edi.  D em o k rit  atom   ko'zga  ko 'rinm aydi,  deb  harakat  bilan 
m ateriyaning bir-biriga bog'liqligini  ko'rsatadi.  D em okrit  olam cheksiz 
dunyo,  yer  b ir  sayyora,  deydi.  O lam   uning  fikricha,  bo 'sh liq  b o'lib, 
fazoda atom lam ing to'qnashishi natijasida turli dunyolar kelib chiqqan. 
Bu  dunyolar  paydo  b o 'lad i,  yo'qoladi,  deydi.  O lam   haqidagi  fikrida 
ateistik  qarashlar b o r,  u  yerda  zaruriyat  m avjuddir,  deydi.  D em okrit 
diniy ta ’lim otlarga qarshi  tan bilan ruhning o'lishini  ko'rsatadi.  U ndan 
tashqari,  bilish ja rayo n in in g  dialektik bosqichini  m aterialistik  asosda 
tushuntirdi.  Bilish jarayonida birinchi bosqich  sezgi,  deb biladi.  Sezgi 
organlarimizga ta ’sir etib,  ongimizda tasaw u r paydo qiladi.  Bilim uchun 
tafakkur  kerak,  deb  o'rgatadi.
Demokrit ijodi ateizm  tarixida ham  katta rol o'ynadi.  Uning fikricha, 
xudoga  ishonish  kish ilarn in g   tabiat  k u ch lari  oldidagi  ojizligidir. 
D em okritning  siyosiy,  iqtisodiy  sohadagi  ijodi  ham   dem okratik  edi. 
Falsafada  ikki  y o 'l  “ D em okrit  y o 'li”  bilan  “A flotun  y o 'li”  orasida 
kurash  ketgan.  D em okrit  yo'lini  tutganlardan  biri  Epikurdir  (341 - 
270).  U,  kishi baxtiyor b o iis h i  uchun tabiat va  uning qonuniyatlarini 
bilishi  kerak,  deydi.  Falsafani  uch  qismga fizika,  logika  (kanonika)  va 
etikaga  b o 'la d i.  E p ik u r  fizikasida  ato m izm   h im o y a  qilin ad i  va 
rivojlantiriladi.  A tom larning  birlashuvini  o'ziga  xos  erkin  irodaning
26

oqibati,  deb ko‘rsatadi.  G archi bu  fikr idealistik xarakterga ega b o ls a - 
da,  stixiyali ravishda m ateriyaning o ‘z ichidagi  harakatini  e ’tirof etadi. 
Epikur  ham   o ‘z  ijodida  bilishning  birdan -b ir  manbayi  sezgilarda, 
deb biladi.  Uning bilish  nazariyasi oddiy,  lekin materialistik xarakterga 
egadir.  U  ham  xudoni  inkor etm aydi,  balki tabiat m ahsuli,  deb biladi.
G retsiya  falsafasining  yana  bir  vakili  Rim lik  Piy  Lukretsiy  Kar 
(99-55)dir.  U  Epikur ta ’lim otini davom  ettirdi.  Qadimgi  materialistlar 
singari  Lukretsiy  h a m   m ateriyaning  obyektivligini  ilmiy  ravishda 
tushunish darajasiga yetm adi.  Lukretsiy narsalam ing sifatini  obyektiv 
xarakterga  egaligini,  fazo  va  vaqt  m asalasini  ham   m aterialistlarcha 
tushuntirdi.  Sezgi  m asalasini  ham   to ‘g‘ri  hal  qilgan.  U ning  ijodi, 
falsafasi  feod alizm   ja m iy a tin in g   tarixiy  kelib  chiqishi  va  tarixiy 
taraqqiyotning oldinga surilishidan darak berar edi.  Feodalizm jamiyatida 
sinf,  ijtimoiy  tabaqalar  o ‘rtasidagi  to ‘qnashuvlar  m afkura  kurashida 
o ‘z ifodasini topdi.
Feodalizm davrining mafkurasi din edi.  Shuning uchun bu davrdagi 
qarashlar ham  diniy tusda b o ig a n .  Rim da feodalizm  davrida idealizm- 
ning turli oqim lari m aterializm  va ateizm ga qarshi kurashdilar.  U lar — 
skeptitsizm ,  agnostitsizm ,  n eo p latonizm lardir.  Obyektiv  idealizm  
Arastu idealizmi va m etafizik ta ’limotining davomi  edi.
Yevropa  U yg‘onish  davrida  ijod
Ishlab chiqarish kuchlarining o ‘sishi feodal tuzum ni  surib chiqadi. 
Bu  jarayon  burjuaziya  (boylar)  inqilobi  bilan  tugallandi.  Lekin  bu 
davrdagi  falsafiy  du ny o q arash  sh u n d ay   keskin  kurashlarga  du ch  
keldiki,  K opernikning  nazariyasini  xudosizlikda  ayblash,  Jordan o  
B runo(1548-1600)ning o ‘td a kuydirilishi,  G aliley asarlarining olovda 
kuydirilishi  ham   fan  va  u m u m an   m aterialistik  falsafaning  progressiv 
taraqqiyotiga to ‘sqinlik qila olmadi. Tabiat hodisalarini o ‘iganuvchi tabiiy 
fanlar  shakllana  boshladi.  Endi  tabiat  fani  bilan  falsafa  orasidagi 
m unosabat o ‘zgara boshladi,  ya’ni tabiiy fanlarning o ‘sishi materialistik 
falsafaning o'sishiga olib keldi.
N.  Kopernik (1473-1543) geliotsentrik tizim ni  ishlab chiqdi. Y a’ni, 
yer  shari  o ‘z  o ‘qi  atrofida  aylanishi  bilan  kun  va  tunning  bo'lishi, 
Q uyosh  atrofida  aylanishi  bilan  yil  fasllarining  o ‘zgarib  turishini 
isbotlab berdi.  Ptolom eyning Quyosh  sistemasining markazi yer degan
27

fikri  n o to ‘g ‘ri  ekanligini  k o 'rsa tib ,  geliotsentrik  tizim ini  yaratdi. 
P tolom ey  ta ’lim oticha,  Q uyosh  yer  atrofida  aylangandek  ko 'rin ad i, 
aslida m ohiyati  unday emas.  K opem ikning progressiv g'oyalari  va ijodi 
falsafa tarixida katta rol o ‘ynadi.
U ndan  keyingi o'tg an  olim  Jordano  Bruno  Kopernik  nazariyasidan 
materialistik xulosa chiqardi.  Bruno dinga qarshi kurashuvchi progressiv 
olim  edi.  B runo  ijodida,  olam   hisobsiz yerlar,  quyoshlar sistem asidan 
iboratdir.  Lekin,  B runo  yashagan  davr  uning  progressiv  fikrlarini 
rivojlantirishga  y o ‘l  q o ‘ymadi.  U ning  faoliyati  inkivizatsiya  katolik 
cherkovi  sudi  davridagi sudda qoralanib o ‘zi esa oid irildi.
Yangi davr falsafasi XVI-XVII asrda Angliyada kelib chiqdi. Angliya 
m aterializm ining asoschisi  F.  Bekon  (1561-1626)  edi.  Bekon  falsafasi 
Angliya boylarining  intilishini  ifodalaydi.  Bekon  tajribaga  asoslangan 
bilim  -  haqiqiy bilim ,  deydi.  U ndan tashqari,  inson  tabiatni o ‘rganishi 
va o ‘ziga b o ‘ysundirishi  kerakligini uqtirdi.  D unyoda bilim ning asosiy 
quroli  tajribadir,  deydi  o ‘z  ijodida.  Bilim  jarayonidagi  tafakkurning, 
nazariyaning  rolini  inkor  etm aydi.  N arsa  va  hodisalarning  sababiy 
bog‘lanishini  aniqlash  haqiqiy bilim  garovidir,  deydi.  Elem entlarning 
sifat  m uayyanligini  t a ’kidlaydi.  M ateriya  bilan  harakat  o ‘rtasidagi 
uzluksiz  bog‘lanishni  e ’tiro f etadi.
Bekon  falsafasida  dialektika  elem enti  b o lish ig a  qararr^ay,  uning 
m aterializm i  asosan  m exanistik edi.
Angliya  m aterializm ining ikkinchi vakili Tomas Gobbs (1588-1679) 
b o ‘lib,  uning  falsafiy  ijodi  Bekonnikiga  o ‘xshardi.  Bekonning  dinga 
yon d ash g an   to m o n la rin i  tu z a tib ,  uni  rivojlantirdi.  G o b b s  ijodi 
m exanistik,  m etafizik  tusda  edi.  G obbs  m oddiy  dunyoni  bir-b irid an 
real bilib,  falsafaning  predm eti  shu olam ni o'rganishdir,  deydi.  G obbs 
taraqqiyotni faqat m iqdor o ‘zgarishlaridir,  harakat esa mexanistik tashqi 
turtki  natijasidir,  deydi.  U  m oddalarning  xossalari,  sifati  yorug‘lik, 
hid,  rang,  issiqlikka  xos  b o !lm asdan  balki  tasaw urlarim izdan  iborat, 
deb  tu shu ntiradi.  G obbsning  ijodi  uning  tafakkur  bilan  m ateriya 
haqidagi  fikrida  k o 'rinib  turadi.  Tafakkur m ateriyadan ajralgan  holda 
mavjud  b o ‘lm aydi,  degan  edi  u.
G obbs  bilish  nazariyasida  m oddiy  dunyoning  kishiga  t a ’sir  qilishi 
natijasida  hosil b o ‘lgan  hissiyotlar to'g'risida to ‘g‘ri fikr bergan.  Lekin, 
uning  xatosi,  tafakkur  m exanistik  funksiyani  bajaradi,  deb  izchil 
b o im a g a n  materializmga  yo'l  q o ‘yadi.
28

XVII 
asrda  Fransiya Angliyaga  nisbatan rivojlanishi jihatidan  ancha 
orqada  qolgan  m am lakat  edi.  D em ak,  Fransiya  falsafa  sohasida  ham  
Angliyaga  nisbatan  orqada edi.  Lekin  Fransiya o ‘ziga xos yo‘llar bilan 
rivojlandi.
Fransiyada rivojlangan  ijod dualistik tasnifga ega edi.  Fransiyadagi 
dualistik  oqim   vakili  Rene  Dekart  (1596-1650)dir,  o'zining  “ M etod 
to 'g 'risid a  m ulohazalar”  asarida bilish  uslubini yaratishga  uringan.
D ekart  o ‘zining  falsafasida  m atem atika  aksiom alariga  va  hatto 
«xudoning  qudratiga»  h a m   gu m o n sirash  kerak,  deydi.  T afakkur 
Dekart  ijodida birdan-bir voqelik hisoblanadi.  U,  shuning uchun  ham 
«M en  tafakkur  qilam an,  dem ak  m en  yashayman»  degan  qoidasini 
keltirib  chiqardi.  Tafakkurni  m ateriyaga  qarshi  qo'yadi.  Bu  narsa 
falsafaning bosh  masalasini  idealistlarcha hal  qilishga olib keldi.  Bilish 
nazariyasida  asosiy  uslub  qilib  deduksiyani  oladi.  Y a’ni,  tafakkur 
um um iydan  xususiyga  qarab  harakat  qiladi  va  m antiqiy  yo'llar bilan 
haqiqatni ochishga  im kon beradi.
Dekart  ijodidagi  dualizm  ong bilan  materiyaning,  tan bilan  ruhning 
m ustaqil  yashashini  isbotlashda  o 'z   ifodasini  topadi.  D unyoning 
m o d d iy lig in i  in k o r   e ta d i  va  d u n y o   ikki:  r u h iy   va  m o d d iy  
substansiyalardan  iborat,  deydi  Dekart.
Dekart shunday kamchiligi bo'lishiga qaramay falsafa tizimini yaratdi. 
U  fan sohasida yangi  kashfiyotlar ochdi.  M asalan,  Quyosh tizim ining 
paydo  bo'lishi  to'g'risidagi  fikrlari,  cheksiz  olam ,  havo-olov-yerga 
o'xshash  uch  elem ent  haqidagi  fikrlari  shunga  misol  b o 'la  oladi.
Dekartning dualizmini tanqid qilish asosida Benedikt Spinoza (1632- 
1677) falsafasining tizimi vujudga keldi.  Spinoza Gollandiya boylarining 
m anfaatini  ifodalaydi.  Spinoza  falsafasi  tizim ini  D ekart  rad  etib, 
d u n y on in g  asosida  m oddiy  substansiya  (birinchi  asos,  m ateriya) 
yotadi,  deya e ’tiro f etadi.
Spinozaning fikricha, tabiatda ikki substansiyaning bo'lishi  m um kin 
em as.  U ndan  tashqari,  substansiya  o 'zid an   tashqaridagi  sababga, 
xudoga bog'liq  emas,  balki u o'zining sababidir.  Substansiya zam onda 
abadiy,  m akonda cheksizdir.  Spinozaning substansiya to'g'risidagi fikri, 
cheksiz  m ateriya  haqidagi  m aterialistik  ta ’lim otdir.  Lekin  shunga 
qaram ay  Spinoza substansiya  niqobiga o'rab  diniy fikr yuritadi.  Uning 
xudosi  dindorlar  xudosiga  o'xsham aydi.
29

Spinoza ijodida, zaruriyat ta ’sirida harakat qiluvchi xudo erkin  irodaga 
ega em as va o 'z   oldiga  hech  qanday  maqsad  qo'ya olm aydi,  bu  narsa 
tabiatning o ‘zginasidir.  Shu davrda vujudga kelgan  subyektiv  idealistlar 
(J.  Berkli  (1685-1753),  D.  Yum  (1711-1776))  dinga yangi  yo‘l  ochib, 
m aterializm ga qarshi  fikrlarni  ilgari  surishga  harakat  qilishgan  edi.
Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling