T o s h k e n t m o L iy a I n s t I t u t I


Download 40.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana15.02.2017
Hajmi40.61 Kb.
#493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Zardushtiylik.  “Avesto”
Zardushtiylik dini  eram izgacha VII-VI  asrlarda  shakllangan.  Unga 
Zardusht  ismli  allom a  asos solgan.  Ba’zi bir m ualliflar esa Z ardushtni 
X orazm da,  b a ’zilari  esa  Ozarbayjonda  tug‘ilgan,  deb  fikr yuritishadi. 
Zardusht  qayerda  tu g ‘ilishidan  q a t’i  nazar,  uning  ta'lim oti  ibtidoiy 
jam oa davrining oxiri,  quldorlik jam iyatining boshlanishida din sifatida 
shakllangan.  Zardushtiylikning muqaddas kitobi  «Avesto»da keltirilgan 
fikrlar  m ulohazam izni  tasdiqlaydi.  Bu  din  0 ‘rta  Osiyoda  islom  dini 
tarqalishidan so‘ng ham  b a ’zi joylarda birm uncha vaqtga qadar saqlanib 
qolgan.
M uqaddas  kitob  eram izgacha  VII  asr  oxiri  VI  asr  boshlarida 
yaratilgan.  Undagi  asosiy g ‘oyalar «Tavrot»  va  «Q ur’on»da keltirilgan 
fikrlarga yaqindir.  Zardushtiylikni  qadim  davrdagi  diniy aqidalar,  deb 
tushunish  unchalik to bg ‘ri bo'lm ay, balki uni o ‘sha davrning hukm ron 
mafkurasi,  ijtimoiy-siyosiy,  axloqiy,  falsafiy qarashlari,  deb tushunish 
kerak.  U ning  nazariy  asosi  -  «Avesto»  xulosalari  shundan  dalolat
57

beradiki,  zardushtiylik  fikrlari  kitob  yozilishidan  oldingi  ko‘p  ming 
yillik tajriba va hayot, turm ush tarzlarini  umum lashtirish sifatida yuzaga 
kelgan.  «Avesto»da  afsonaviy  fikrlar bilan  birga  insonlarning  hayotiy 
tajribalari ham   o ‘z aksini topgan.  Bu m uqaddas kitob qadim  asrlarning 
tarixi va  rivojlanishini,  iqtisodiy-ijtim oiy  holatini,  falsafasi,  tili,  yozuvi, 
xalq og‘zaki  ijodining m anbasi sifatida  ham   qadrlidir. Ayniqsa,  undagi 
falsafiy jih atlar kishini  hayratga soladi.  U  21  ta  kitobdan  iborat,  am m o 
ularning k o ‘pchiligi  y o ‘qolib ketgan.  U ning eng qadim gi  nusxasi  1324 
yilda k o ‘chirilgan b o ‘lib,  K opengagenda saqlanadi.  «Avesto»  qadimgi 
E ron tillari guruhidagi tillarning qadimgi  yodgorliklaridandir.  U ndagi 
in s o n la rn in g   o rz u - u m id la ri,  yaxshilik  va  y o m o n lik   o ‘rtasid ag i 
m unosabatlar diqqatga sazovordir.
K itobning  asosiy  m azm uni  insonlarning  xudoga  m urojaat  etib, 
iltijo  qilishlariga  b ag ‘ishlangan.  X udodan  tinchlik,  chorva  m ollari, 
yaylovlar,  sug‘orish  m aydonlarini  tilaganlar.  K itobda  A xuram azda 
xudolik qiyofasidan  chiqib,  adolatli shoh  qiyofasiga o ‘tishi tasvirlangan. 
U  adabiy yodgorlik sifatida insonlarning m a’naviy qiyofasini juda jiddiy 
tasvirlagan.
«Avesto»da  m ehnatsevarlik,  insonparvarlik,  botirlik,  jasurlik,  va 
tozalik,  m oddiy to 'k in -so ch in lik  uchun kurash  kabilar tilga olinganki, 
ular inson  m a ’naviyatini  k o ‘tarishga  qaratilgan  edi.  O qilona turm ush 
tarzini,  uning  m a'n av iy  hayotini,  insonning  dunyoqarashi  va  axloqiy 
fazilatlarini  o ‘zida jiddiy  ifoda  etgan.  Axloqiy  qarashlarda  insonning 
burch i,  m a'naviy pokligi  targ ‘ib qilingan.  Ayollarga h u rm at  ko‘rsatish 
alohida  ta ’kidlangan,  tozalikka  rioya  qilish,  suvlar,  tabiat  m ahsulot- 
larining  toza  tutilishi  kabi  jih atlar  borki,  ular  insonlam i  m a'naviy 
yuksalishga da'vat  qilgan.
K itobning  diqqatga  sazovor yana bir tom oni  borki,  un da jism oniy 
va  m a ’naviy jaray on lar uch  davrga b o ‘linib berilgan.  Birinchi davr:  bu 
eng  qadim gi  davr  hayotini  ifodalaydi.  U nda  yaxshilik ta n tan a  qilgan. 
Y o ru g iik   va  insoniy  xislat,  saodat  h u k m ro n  b o ’lgan.  Ikkinchi  davr: 
bu  hozirgi  davr  b o ‘lib,  unda  kurash  davom  etadi.  U chinchi  davr: 
kelajakdagi  hayot.  Bu  davrda  insonlar aql-idroki bilan badavlat  b o ‘lib 
yashaydilar.  Yaxshilik yengadi, jaholat  chekinadi.
K itobdagi  A xrim an  xudosi  y om onlik  xislatlarini  ta rq a tad ig an  
xudodir.
58

T a ’kidlash lozimki,  kitobda dehqonchilik va chorvachilik sohalariga 
katta  e ’tibor berilgan.  Jum ladan,  kitobda  “dehqonchilikning  foydasi 
haqida»gi  bo 'lim d a  shunday  fikr  bor:  “ M oddiy  olam ni,  haqiqatni 
yaratuvchi zamindagi eng m uhtaram   manzil  qaysi?  nim adir?” ,-  degan 
savolga  yaxshilik  xudosi  A xuram azda  shunday javob  b erad i:-“ Inson 
uy tiklab,  olovga va oilasiga,  xotini va  farzandlariga o ‘rin ajratib bersa, 
yem -xashagi  ko‘p  b o ‘lib,  chorva  va  itlari  to ‘q  yashasa,  uyida  noz- 
n e ’m atlar  m uhayyo  b o ‘lib,  xotin  va  farzandlari  farovon  yashasa, 
uyida  e ’tiqodi  sobit,  olovi  alangali,  boshqa  narsalari  ham   m o i- k o ‘1 
b o ‘lsa,  u  manzil  m uhtaram dir.  Kimki  o ‘ng  q o ‘li  va  so‘l  q o ‘li  bilan 
yerga ishlov bersa,  m ehnat qilsa zamin  rahmatiga musharraf bo‘lajakdir».
Yoki «kimki g‘alla eksa olijanobdir.  G ‘alla ekkan kishi ezgulik urug‘ini 
sochadi.  A xuram azda  e ’tiqodni  kuchaytiradi,  e ’tiqodni  m ustahkam - 
laydi».
D em ak,  bu  ishlam ing  bajarilishi  bilan  insonlar  yovuz  kuchlardan 
xalos b o ‘ladi.  D evlam i m a g iu b  etadi.
Yuksak  m a’naviylik  zardushtiylik  falsafasi  b o 'y ich a  jaholatning, 
yom onlikning oldini  olishdir.  U ndagi qadimgi  m editsina,  fazo to ‘gfri- 
sidagi, astronomiya va falsafaga oid nodir fikrlar inson qalbini yorug‘likka 
chorlaydiki,  bu  y o ru g iik ,  albatta,  yaxshilikka  olib  boradi.
Bular O 'rta  Osiyo xalqlarining falsafiy —  ijodiy tafakkurini qadim - 
qadim larga  borib  taqalganidan  dalolatdir.  0 ‘rta  Osiyodagi  X orazm, 
S o ‘g ‘d iy o n a ,  A fro s iy o b ,  S h o s h   h u d u d la r i d a   d e h q o n c h ilik , 
hunarm andchilikning rivojlanishi olam ,  dunyo to ‘g ‘risidagi fikrlaming 
takom illashishiga  turtki  b o ‘lgan.  Bu  yerlarda  turm ush  va  til jihatidan 
h am   bir-biridan  farq  qilm agan  turli  qabilalar va  elatlar:  massagetlar, 
xorazm iylar,  so‘g ‘dlar,  parfiyaliklar va boshqa xalqlar yashagan.  Bular 
ko'chm anchi chorvadorlar ham da allaqachonlar o ‘troq dehqonchilikka 
o ‘tgan aholi edi.  So'ngra birlashib,  hozirgi zam on  0 ‘rta Osiyo xalqlarini 
vujudga  keltirganlar.  Tarixga  qanchalik  kirib  borilsa,  bir  m anbadan 
kelib chiqqan xalqlarning bir-biridan farq qiladigan belgilar shunchalik 
kam ayib  boradi.  X orazm ,  So‘g ‘diyona,  Afrosiyob  aholisi  o ‘rtasidagi 
nisbat  h am   shunday.  G rek  tarixchisi  Strabon  Baqtriya,  So‘g ‘diyona, 
E ro n ,  M idiya  aholisining  tili  ham   birligini  ta ’kidlaydi.  U zoq  tarixiy 
jaray o n   davom ida  qadimgi  E ron  tillari  guruhidagi  tillar  zam inida 
keyinchalik  tojik,  fors  va  boshqa  tillar  shakllanganligi  kabi  qadimgi
59

turkiy  tillar  g uruhidagi  tillar  zam in id a  o kzbek,  uyg‘ur,  tu rk m an , 
qirg‘iz  va  boshqa  turkiy tillar  vujudga  kelgan.  Eron  tillari  guruhidagi 
til,  asosan  T ojikiston  hududidagi  aholining  tili  b o ‘lib  qolgan.  Bu  til 
asrlar m obaynida  Farg‘ona,  S o'g'd va  X orazm da ham   saqlanib qolgan. 
X orazm   yozuvi  orom iy  yozuvlarning  eng  qadim gi  xususiyatlarini 
saqlab  qolgan  yozuvlardandir.  D em ak,  yozuvga  ega boMgan  X orazm , 
So‘g‘diyona,  Afrosiyob xalqlari  ijodi va falsafasi qadimgidir.  Bu tillarda 
so‘zlashgan xalqlar diniy va materialistik qarashlam i o'rtaga q o ‘yganlar. 
Yaxshilik  va  yom onlik,  vatanparvarlik,  insonparvarlik,  yaratuvchilik 
falsafasiga  e ’tiborni  qaratganlar.  S o‘g ‘d,  X orazm   va  boshqa joylarda 
y e tis h g a n   o lim la r   s a y y o r a la r n i,  y u ld u z la r n in g   tu r k u m la r in i 
o ‘rgang anlar.  U larga  n o m la r  b erg an lar.  B urjlarni  an iq lag an lar. 
G oroskoplar tuzganlar.  Fizika,  m atem atika,  falsafa va tibbiyot sohasida 
ijod bilan  shug'ullanganlar.
2001-  yil  o k ta b r  o y in in g   o x irid a  m u q a d d a s  kito b   «Avesto» 
y aratilg an lig in ing  2700  yilligi  b u tu n   d u n y o d a  keng  n ish o n lan d i. 
Bu  ta d b ir  ajd o d larim izg a  b o ‘lgan  h u rm at  va  e ’tib o rn in g   am aliy  
ifodasidir.
Sharq  Renessansi  (IX  —  XIV  asrlar)  0 ‘rta  Osiyoda  yangi 
fanlarning  vujudga  kelishi  va  rivojlanishining 
namunasi  sifatida
Fan taraqqiyotida  IX-XII  asrda yashab ijod etgan  mutafakkirlaming 
ijodi  m uhim   o ‘rin tutadi.  U larning b a ’zilari  haqida  fikr yuritam iz.
Muhammad  ibn  M uso  al-Xorazmiy  (787-  847)  ilm -fan  rivojiga 
ulkan hissa qo'shgan. Astronomiya,  m atem atika  sohalariga oid ko‘plab 
asarlar yozgan.  Xorazmiy xalifa  M a'm un  rahbarligida  “ D onishm andlar 
u y i” da  ishlagan.  U ning  “ A l-jabr  val  m u q o b a la ”  asari,  ayniqsa, 
m ashhurdir.  Bu  asar  G ‘arb  va  Sharq  olim lariga  algebra  fanidan 
dasturulam al  b o ‘lib  xizmat  qilm oqda.  X orazm iyning  “A stronom ik 
jadvallar” ,  “ Q uyosh  soati  to ‘g‘risida  risola  ” ,  “ H ind  hisobi  haqida 
risola” ,  “Tarix b o ‘yicha  risola” ,  “ M usiqa bo'yicha  risola” ,  “Zij  ” kabi 
asarlari  ilmiy-falsafiy ahainiyatga  ega.  Bu asarlar Xorazmiyning buyuk 
m atem atik,  um um an  qom usiy allom a ekanligidan  dalolatdir.  T o ‘g ‘ri, 
Xorazmiy aynan  falsafaga oid  maxsus asar yozmagan b o isa -d a ,  am m o
60

uning  m atem atika,  geom etriya,  astronom iya,  geografiya,  tarix  va 
m usiqa  ilmiga oid asarlarida ilmiy isbotlangan falsafiy fikrlar,  g'oyalar, 
nazariy  ta ’lim otlar  son-sanoqsiz.  H am yurtim iz  o ‘zining  bu  asarlari 
bilan  dunyo  ilmining rivojiga beqiyos  hissa q o ‘shgan  edi.
0 ‘rta  Osiyo  xalqi  boy  m oddiy,  m a ’naviy,  falsafiy  tarixga  ega.  Bu 
o ‘lka eram izning boshlaridayoq qishloq xo‘jaligi,  shaharlari rivojlangan 
zam in edi. Yevropa va sharq mamlakatlari bilan savdo,  madaniy aloqalar 
o ‘rnatilib,  hunarm andchilik  taraqqiy etgan  edi.
Forobiy  Abu  N asr  Muhammad  (870-950)  Sirdaryo  b o ’yidagi 
Forobda keyin  Damashqda bilim oldi.  U yirik tilshunos,  mantiqshunos, 
m atem atik,  ximik,  m edik,  psixolog,  etnik,  m usiqashunos  edi.  G rek 
m adaniyatini  yaxshi bilgan.  T abiatshunoslik  va  ijtimoiy  fanlarda  ijod 
qilib  ilg‘o r fikrlarni  ilgari  surgan.  Forobiy A rastudan keyingi,  ikkinchi 
ustoz  b o ‘lib  tanildi.  U  A rastu  asarlarini  to ‘g ‘ri  taijim a  qilgan  yirik 
faylasuf.  A rastuning  “ K ategoriyalar” ,  “A nalitika” ,  “ P oetika”  kabi 
asarlarini  taijim a  qildi.  0 ‘zi  esa  bir  yuz  ellikdan  ortiq  asar  yozgan. 
Asarlari  yo'qolgan b o ‘lishiga  qaram ay,  ulardan bir qanchasi bizgacha 
yetib kelgan.  U larda  m etafizikani  sharhlash,  “ E h sonul-ulum ”  falsafa, 
tibbiyot,  m atem atika,  m antiqshunoslik,  tilshunoslik,  siyosatshunos- 
liklarga  oid  fikrlar  berilgan.  A ynan  “ M usiqaning  ulug‘  kitobi”  “As- 
siyosat al m adaniyat” ,  “ Fanlarning kelib ehiqish  risolasi”  kabi asarlari 
bizgacha yetib kelgan.
U  moddiy dunyoni  moddiy obyektlar sifatida anglaydi va Arastuning 
progressiv  qarash in i  m istikadan  ozod   qilishga  u rin d i,  progressiv 
fikrlarni targ'ib qildi.  Olim tab iatd an  tashqaridagi  kuchga  ishonadi  va 
uni  massa,  sifat,  xususiyatga  ega  em as,  deb  tushunadi.
Forobiy ijodida  m aterialistik tendensiya kuchli.  U  m ateriyani inkor 
etm aydi,  uni  birinchi  asos,  deb  biladi.  U ning  fikricha  suv,  havo, 
olov,  osm on,  yerdagi  narsalar  q o ‘shilib  boshqa  predm etlar  paydo 
bo'ladi.  O sm on jismi  ham   shun dan  paydo b o ig a n ,  deydi.
D em ak,  Forobiyning  ijodida,  olam da  materiya  va shakl  bor,  lekin 
ular  teng.  Bu  yerda  uni  fanda,  falsafada  A rastudan  ilgarilab  ketgan, 
deya olamiz. Arastu shakl  birlamchi,  materiya ikkilamchi,  degan bo‘lsa, 
Forobiy esa materiyaning harakati obyektiv,  zero m ateriya obyektivdir 
degan  xulosaga  kelgan.  U  m oddiylik  olam ning  harakat  m anbayi, 
olam dagi narsalar o ‘zgarishda,  harakatning sababi  turli  m oddalam ing 
birikishida,  -  deb  ko‘rsatadi.
61

U n in g   fik rich a,  m o dd iy   ele m c n td a n   tashkil  to p g an   n arsalar 
o ‘zgarm aydi,  yangisi  vujudga  kelm aydi,  yo'qolm aydi.
U  moddiy olamni,  harakat va o ‘zgarishda bo'lgan narsalarni quyidagi 
qism larga  bo'ladi:  1)  osm on  jism lari;  2)  m inerallar;  3)  o'sim liklar;
4)  hayvonlar;  5)  insonlar.  Bular  sifat jihatid an   farq  qiluvchi  cheksiz 
hodisalardir.  Sifat o'zgarishining sababi,  materiya deb biladi.  Bu stixiyali 
dialektika  va  sodda  m aterializm dir.  Forobiy  bilish  nazariyasida  ham  
progressiv  fikrlarni  ilgari  surgan.  O dam ,  uning  sezgisi  aqldan  ilgari 
paydo  b o ‘lgan,  aql  esa  m oddiy  olam   m ahsulidir.  Inson  hayvondan 
aqli  bilan  farq  qiladi,  deydi.  Inson  bilishi  sezishdan  aqliy  bilish 
ta fa k k u r ig a c h a   k o ‘ta rila d i,  d ey d i.  Bu  -  b ilish   n a z a riy a sid a g i 
m aterializm dir.  Forobiy  inson  bilimi  m oddiy  dunyo  sirini  yorita 
olmaydi, deb fikr yuritdi.  Forobiy jon va tana haqidagi masalada to ‘xtalib 
jo n   chiqishi  bilan  tan  o ‘ladi,  deydi.
S hunday qilib,  Forobiyning ijodida o ‘z zam onasining  ilg‘o r fikrlari 
m ujassam dir.
0 ‘rta  Osiyo  m utafakkirlaridan yana biri Abu Rayhon  Beruniy (973- 
1048)dir.  U  katta  qom usiy  olim  hisoblanadi.  O 'zining tabiiy  bilim lar 
sohasidagi  yutuqlari  bilan  fan  tarixida  ch u q u r  iz  qoldirgan.  O lim   yil 
hisobini,  kalendarni  ishlab  chiqqan.  U ning  “ H in d isto n ”  asari  esa 
falsafa,  geografiya,  astronom iya,  m ineralogiyaga oid.  M utafakkirning 
fikricha,  materiya bor narsalarni o'zgartiradi,  shaklni yaratadf.  Materiya 
tafakkurning  ham   asosi  hisoblanadi.  Kishining  bilish  im koniyatiga 
ishonadi,  diniy  xurofotga  ehtiyotkorlik  bilan  yondashadi.  M ateriya 
b archa  narsaning  asosi,  uningcha,  ham m a  narsa  o ‘zgaradi,  o ‘sadi, 
vujudga  keladi,  halok b o ‘ladi.  Bu  tabiiy jarayon.  M ateriya yaratuvchi 
xususiyatga  ega,  deydi.
0 ‘sha  davrning  buyuk  m utafakkiri,  Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037) 
Buxoro  yonidagi  Afshona  qishlog‘ida,  Som oniy  N uh  ibn  M ansur 
saroyining am aldori oilasida tug‘ilgan.  Bu davrda  0 ‘rta Osiyoda arablar 
hukm ronlik  qilgan  davr  edi.  Lekin  und an  keyin  bu  yer  markazga 
aylandi.  F an,  m adaniyat  rivojlandi.  Ibn  Sino  tabib,  farm akolog, 
ad ab iy o teh i,  xim ik,  astro n o m ,  faylasuf,  etnolog  sifatida  boshqa 
fanlarning  ham   rivojiga  salmoqli  hissa  q o ‘shgan  olim.  500  dan  ortiq 
asar yozgan.  Ulardan 60 tasi bizgacha yetib kelgan. Asarlari O'zbekiston 
F anlar A kadem iyasi sharqshunoslik  institutida saqlanadi.  Abu Ali ibn 
Sinoni  qadim   davrdagi  G ip p o k rat,  G alen,  Arastu  bilan  yonm a-yon
62

qcVyadilar.  U ning  “ Kitob  al-qonun  fit  tib"  asari  tabiblarga  q o 'llan m a 
b o iib  keldi va kelmoqda.  Undan  XVI11  asrgacha anatomiya, fiziologiya, 
terapiya,  diagnostika,  profilaktika,  farm akologiyadan  ensiklopediya 
sifatida  fo yd alanild i.  Bu  asar,  lo tin   tilida  L ion,  Rim ,  N eap o l, 
Venetsiyada  30  m artadan  ortiq  nashr  qilingan.
U  tabiiy  fanlar  bilan  din  orasidagi  m unosabatda  xolislik b o ‘lishini 
talab   qiladi.  Ibn  Sino  a n ato m iy a  b ilan  yashirin  sh u g ‘u llan ad i, 
bem orlam i  davolaydi.  U  kishidagi  ruhiy  holat  organizmga,  uning 
ahvoliga bog‘liqligini,  ruhiy faoliyatni bilish  uchun  biologik jarayonni 
va  asab  tuzilishini  yaxshi  o ‘rganish  kerakligini,  shuningdek,  dam 
olish,  sayohat,  jism oniy  tarbiya,  ob-havo  va  profilaktika  jarayonlari 
inson  salom atligiga  z a ru r  ekanligini  k o 'rsa td i.  H ali  m ikroblarni 
aniqlashdan oldin,  suv orqali  kasallik tarqalishini  aniqladi.  U  nazariya 
va amaliyot birligi masalasiga e’tibomi qaratdi. Tabiatni o'rganish sohasida 
vulqonlar,  to g ‘lar  borasida,  ularning  harakatlanishi  haqidagi  ilmiy 
falsafiy fikrlam i bildirdi.
Ibn  Sinoning  falsafiy,  ilmiy  ijodi  tabiiy  qarashlari  bilan  b o g iiq  
asarlari  «Kitob  ash  shifo»,  «D onishnom a»,  «Najot»  kabilardir.  LJ 
fizika (tabiat to ‘g ‘risidagi  fan),  logika  (tabiat va  insonni bilish  yo'llari), 
m etafizika  (borliqni  bilish  to ‘g ‘risidagi),  falsafa  borliq  xususidagi 
fanlardir,  deb  e ’tiro f etdi.  Ibn  Sino  bu  sohada  Arastu  izdoshidir.  U 
A rastuning  n o to ‘g ‘ri  qarash larin i  qabul  qilm asdan  o ‘z  fikrlarini 
rivojlantirdi.  O lam  m angu yaratilgan,  deb tushuntirdi.  Mangu materiya 
m avjud,  b u y u m la r  m ateriy ad an  paydo  b o 'la d i.  M ateriya  borliq 
m anbayidir.  Shakl  materiya bilan aloqadadir,  deydi.
Arastuning mavhumlik shaklini  rad etdi.  Ibn  Sino bilish  nazariyasida 
m aterialistik  qarashlarni  ilgari  surgan.  U ning  fikricha,  aql  faol  kuch, 
bilish  qurolidir.  Inson  tajribasini  birinchi  o ‘ringa  qo'yadi,  tushuncha 
keyin  keladi.  M oddiy  dunyo  birlam chi,  tushuncha  ikkilamchi.  Inson 
aqli  uzoq  davr  davom ida  m ehnat  orqali,  hissiy  qabul  qilishi  orqali 
yuzaga keladi.  U  Arastuning m antiq  fanini  asosladi.
Ibn Sino falsafasida  ichki qarama-qarshiliklar ham  uchraydi.  Ilohiyot 
moddiy olam  ishiga aralashmaydi,  u obyektiv qonun asosida rivojlanadi. 
Fazoda b o ‘shliq yo'q,  fazo materiya xususiyati,  moddiy olam harakatda, 
materiya bilan harakat bog‘langan, vaqt ham   narsaga bogiangan,  ulami 
ajratish  m um kin  em as,  deydi.
63

Ibn Sinoning  ijtimoiy-siyosiy qarashlariga to ‘xtalsak,  u adolatsizlikka 
q arsh i  kurash gan.  U n in g c h a ,  ru h o n iy lar  ham ,  davlat  arboblari, 
adabiyotchilar,  harbiylar  h am   aniqrog‘i,  h ar  kim  o ‘z  o ‘rnida  b o iish i 
zarur.  Bu  fikr o ‘sha  davr  ijtim oiy ziddiyatlaridan  kelib chiqqan  fikrlar 
b o ‘lsa,  ajab  emas.
Ibn  Sinoning ja h o n   m adaniyati  va  fani  rivojidagi  o ‘rnini  nazarda 
tu tib   tavallud  topganligining  1000  yilligi  (1982-  yilda)  o ‘tkazildi. 
Shunday  qilib,  falsafa  tarixida  0 ‘rta  Osiyolik  m utafakkirlar  alohida 
o ‘ringa ega.
T em uriylar  avlodiga  m ansub  b o ‘lgan  Shohruh  M irzoning  o ‘g ‘li
—  M u h am m ad   T arag‘ay  -  M irzo  Ulug‘bek  (1394-1449)  falsafa,  ilm - 
fan taraqqiyotiga beqiyos hissa q o ‘shdi.  U  yoshligidanoq o ‘z davridagi 
ilm -fanga  qiziqqan.  O lim lar,  shoirlar,  san ’atkorlar,  diniy  ulam olar, 
allom alar davrasida b o ‘lib,  ilmiy bahslarda qatnashgan va ilhomlangan.
Q iyin  va  m u rak k a b ,  z id d iy atli  sh aro itd a  y ash ag an   U lu g ‘bek 
m am lakatning siyosiy va iqtisodiy hayotini boshqarish bilan bir qatorda 
ilm iy  ijod bilan  shug‘ullangan.  Olim larga  rahbarlik qilgan.  0 ‘z ustida 
tinm ay   ishlagan,  ijod  qilgan.  Ilmiy-falsafiy  tafakkum i  rivojlantirgan. 
U  o ‘z  faoliyatida  falsafa,  tarix,  m antiq,  astronom iya,  m atem atika, 
tabiatshunoslik  va  h u q u q   bilim lari  bilan  shug‘ullanib  asarlar yozgan. 
Y unon olim laridan A flotun, Arastu,  Ptolom ey asarlari  bilan tanishgan. 
U lu g 'bek  o ‘tm ish  ajd o d lard an ,  xususan,  O lrta  Osiyo  olim laridan 
qolgan  m adaniy  m eros,  falsafiy  qarashlardan  o ‘z  ijodida  unum li 
foydalangan.  U ning  falsafasida  aql-zakovatni jan g -u  jadallarga,  yurt 
olish,  boylik  orttirishga  em as,  adolat  bilan  hukm   surish,  m am lakatni 
obod  qilish,  ad ab iy o t,  ilm -fa n n i  rivojlantirish  m ark aziy  o ‘rinni 
egallaydi.  U lug‘bek  o ‘z  atrofiga  o ‘z  davrining  «Ailotuni»  deb  nom  
qozongan  m a sh h u r m atem atik,  astronom   Q ozizoda  Rum iy va taniqli 
olim lar Ali  Q ushchi,  M ansur  Koshiy,  Ali  ibn  M u ham m ad  Biijandiy, 
M iram   C halab iy,  G 'iy o s id d in   Jam sh id ,  M u h a m m a d   ibn  U m ar 
C h a g ‘niniy  kabilarni  to ‘plagan.  U lug'bek  shu  o lim lar  ishtirokida 
kengashlar  o 'tk azib   m atem atik a,  astronom iya,  geom etriya  fanlari 
yuzasidan tadqiqotlar olib borgan.  Obi  rahm at  soyi yoqasida  rasadxona 
qurdirgan.  K obrinib  turibdiki,  u  tabiat  m uam m olarini  yechish  bilan 
birga diniy e’tiq oddan voz kechm agan.  Uning falsafasida m oddiylik va 
m a ’naviylik  m ujassam   edi.  U lu g ‘bek  1437-  yilda  «Ziji  K o‘ragoniy» 
risolasini  yozib  tugatgan.  U ning  asari  hozirgacha  olim lar  q o ‘lidan
64

tu sh m a y d i. 
O  z
  rasa d x o n a sid a   ijod  q ilib,  1018  ta  y u ld u zn in g  
m uvozanatini  aniqlagan.
M irzo  U lu g ‘bek  ilm iy  k u zatish lar  olib  borish  va  m adrasada 
falakkiyot  ilm idan  va’z  aytish  bilan  birga  m adaniy-m aishiy  ishlarga 
h am   jid d iy   e ’tib o r  bergan.  O 'n la b   m ad rasa,  x o n a q o h ,  m asjid, 
karvonsaroylar  qurdirgan.  O ldinroq  boshlangan  Bibixonim  masjidi, 
G o ‘ri am ir maqbarasi,  Shohi zinda ansamblining qurilishini  nihoyasiga 
yetkazgan.  U lug ‘bek  h aq id a  yuzlab  asarlar  m avjudki,  ularda  u 
donish m an d  faylasuf,  adolatli  sulton,  ijodkor  ustoz  sifatida  m adh 
etiladi.  Alisher  N avoiyning  «Farhod  va  Shirin»  dostonida  «Ulug‘bek 
madhiyasi» degan  maxsus bob  mavjud.  Unda  Ulug‘bek zam inda osmon 
yaratgan  olim ,  deb  ta ’riflanadi:
Rasadkim  bog‘lamish  zebi jahondir,
Jah o n   ichra  yana bir osm ondir.
Bilib  bu  nav’  ilmi  osm oniy,
Ki  andin  yozdi  «Ziji  Ko‘ragoniy».
Qiyomatga degancha ahli  ayyom,
Y ozarlar  aning  ahkom idin  ahkom .
«Ziji  K o‘ragoniy»  asari  nazariy-kirish qism  va to ‘rtta katta bobdan 
iborat.  Birinchi  bobida  m uallif xitoylar,  hindlar,  greklar,  eroniylar va 
boshqa xalqlarning kalendarlari bilan tanishib,  o ‘z fikrlarini  bildiradi. 
Ikkinchi  bobda  esa  am aliy  astronom iya,  uchinchi  bobda  sayyoralar 
nazariyasi va to ‘rtinchi bobda astrologiya haqida o ‘z fikrlarini bildiradi. 
Uzoq yillar kuzatish va ilmiy tekshirishlar natijasida  Ulug‘bek fazodagi 
sir-asrorlarni  ijod qilishda,  yil,  hafta va kecha-kunduzlarni belgilashda 
ulkan  yutuqlarga  erishadi.  0 ‘zidan  oldin  o ‘tgan  Eratosfen,  G ip - 
parx,  Ptolom ey,  al  -  B atonniy,  ibn  Yunus,  N osiriddin  Tusiy  va 
boshqa astronom lam ing bu sohadagi yutuqlarini orqada qoldirgan edi.
«Ziji  K o‘ragoniy»  asaridan  tashqari,  Ulug‘bek,  «Bir  darajaning 
sinusini  aniqlash  haqida  risola»,  «Risola-dar  ilmu  musiqa»  asarlarini 
ham   yozib  qoldirgan.  U lug‘bek  ijodi  dunyoviy  falsafa  bo'lib,  jahon 
tabiatshunosligi,  ijtimoiy  fanlarini  rivojlantirishda  m uhim   hissadir.
65

Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling