T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev


Download 9.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana27.12.2019
Hajmi9.03 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

T.U.  USMONOV,  B.C.  MIRZAYEV, 
I.S.  HASANOV
MUTAXASSISLIKKA 
KIR1SH


> v *   -  - 
.  •  v *   \ \  
• 
'  >  л
:  • 
s v»v  S»v 
'• 
c-
••  1  \   . 

 ■. 
4 4  ■
  •  . 

 

 
.

v  

. \ Ч -   ь   ^  ■
TOSHKENT — 2013

O 'ZB EK ISTO N  RESPUBLIK ASI 
OLIY  VA  O'RTA  MAXSUS  T A 'H M   VAZIRLIGI
USMONOV  Т., MIRZAYEV B.  S., HASANOV I.  S.
MUTAXASSISLIKKA KIRISH
O'zbekiston Respublikasi  Oliy va  о rta maxsus  talim  
vazirligi tomonidan  5650300-«Suv xo'jaligi  va melioratsiya 
ishlarini mexanizatsiyalash»  bakalavr ta’lim y o ‘nalishi 
talabalari  uchim  o'quv  qo'llanma sifatida  tavsiya etilgan
TOSH KENT
«VORIS-NASHRIYOT»
2013

UO‘K  631.6  (075.8) 
КВК 40.723 
U  
73
T aqrizchilar:
A .D o'stqu lov — Toshkent D avlat  agrar  universiteti 
«Q ishloq  xo’jaligi  m ash in alari,  foydalanish v a  t a ’m irlash»  kafedrasi  dotsenti, 
te x n ik a   fanlari  nom zodi 
A .M uxam eclov -  Toshkent  irrigatsiya va m elioratsiya  instituti, 
«QXGM» k afed rasi  dotsenti,  te x n ik a fanlari  nom zodi
O'qav  qoilanma «Mutaxassislikka kirish»  feni bo‘yicha 
tasdiqlangan dastur  asosida 
tayyorlandi.
Usmonov  Т., Mirzayev B.  S., Hasanov I.  S,
Mutaxassislikka  kirish.  ( 0 ‘quv  qo‘llanma).  5650300-«Suv  xo‘ja- 
ligi  va  melioratsiya  ishlarini  mexanizatsiyalash»  bakalavr  ta'lim 
yo‘na!ishi talabalari  uchun moijallangan
O 'quv  q o 'lla n m a d a   « M u tax assislik k a  k irish »   fan in in g   m aq sad i,  v azifasi.  u n in g  
k elajakdagi  o 'rn i,  g idrom elioratsiya  v a   u n in g   m ex an izatsiy a sid a  q o 'llan ilay o tg an  
m elioratsiya  v a   q u rilish   m ash in alarin in g   qisqacha  tarix i,  o liy  o'quv  y u rtm in g   ta rix i 
(T IM I  raisolida),  alo h id a  b o 'lim lard a   d av latim izd a  oliy  t a 'lif f   tizim i.  undagi  o'q itish  
tiz im ilari,  k u tu b x o n a   ish lari  haqida  m a ’lum orlar.  m elio ratsiy a  tarix i  va  boshqa  m a'lu - 
m o tlar k eltirilg an .
UO‘K 631.6  (075.8) 
KBK 40.723
-ISBN  978^943-4212-6-4
©  «V oris-nashriyot»,  2013-y.

KIRISH
Mamlakatimiz  Prezidentining  «Jahon  moliyaviy -  iqtisodiy 
inqirozi,  0 ‘zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo'llari  va 
choralari»  kitobida  belgilangan  mamlakatimizda  jahon  iqtisodiy 
inqirozining  salbiy  oqibatlarini  bartaraf  etish  bo‘yicha  2 0 09- 
2012-yillarga  mo'ljallab  qabul  qilingan  inqirozga  qarshi  choralar 
dasturida  ustuvor  vazifalardan  biri  etib,  2008-2012-yillarda 
sug‘oriladigan  yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilash  davlat 
dasturida  ko‘zda  tutilgan  chora-tadbirlar  tizim ining  izchil  amalga 
oshirilishiga  ya’ni,  ekin  maydonlarining  meliorativ  ahvolini 
yaxshilashda 
faoliyat 
ko‘rsatayotgan 
irrigatsiya-melioratsiya 
obyektlarining  tegishli  texnik  xolatini  ta’minlash,  ixtisoslashgan 
suv  xo‘jaligi,  qurilish  va  ekspluatatsiya  tashkilotlarining  moddiy- 
texnik  bazasini  mustahkamlash,  ularni  zamonaviy  texnika  bilan 
jihozlash  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratish  lozimligi  ko‘rsatib 
o4ilgan.
Prezidentimizning  O'zbekistonni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish- 
ning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga  bag‘ishlangan  bir 
qator  ma’ruzalarida  ta’kidlangan  ustuvor  yo‘nalish -  yerlarning 
meliorativ  holatini  yaxshilash  dasturini  amalga  oshirish  doirasida 
yerlarning  meliorativ  holatini  yaxshilashga  130  milliard  so‘mdan 
ko‘proq  mablag‘lar  yo‘naltirildi.  Natijada  240  ming  gektardan 
ortiq  sug‘oriladigan  yerlarning  meliorativ  holati  yaxshilandi  bu 
esa,  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  hosildorligini,  fermer  xo‘jaliklarining 
daromadini  oshirish  imkonini  beradi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  mamlakatni 
ijtimoiy  iqtisodiy  rivojlantirish  hamda  iqtisodiyotni  erkinlashtirish 
va 
islohotlarni 
chuqurlashtirishning 
ustuvor 
yo‘nalishlariga
3

bag‘ishlangan  majlislarida  qishloq  va  suv  xo'jaligi  vazirligi.  xo‘ja- 
liklar  sohaga yetarli  e'tibor  bermayotganliklarini  ta’kidlanib,  hozirgi 
paytda  mamlakatimizda  50  foizga  yaqin  sug‘oriladigan  yerlarning 
meliorativ  holati  yaxshilanishga  muhtojligini,  bunga  e'tibor  qaratil- 
masa,  kelajakda  bu  yerlarning  unumdorligi  keskin  pasayishini  ko‘r- 
satib  o‘tilgandir.  Ushbu  masalaga javoban,  O'zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  «Qishloq  xo‘jaligida  islohotlarni  chuqurlashtirishning 
eng  muhirn  yo'nalishlari  to‘g‘risida»gi  Farmoniga  asoslanib  zamo- 
naviy  agrotexnologivalarni  takomillashtirish  va  ularni  qishloq 
xo‘jaligiga  joriy  etish  va  yer  unumdorligini  oshirish  kabi  kont- 
septsiyalar  ishlab  chiqilmoqda.  So‘nggi  m a’lumotlarga  e’tibor 
berilsa  sug‘oriladigan yerlarning  62,7%  dan  ortig‘i  sho'rlanganligini 
kuzatiladi.
Demak  yuqoridagilardan  ko‘rinib  turibdiki,  qishloq  xo'jaligi 
mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni yanada  rivojlantirishni yerlarning 
meliorativ  holatini  yaxshilamasdan  amalga  oshirish  mumkin 
emas.  Bunday  ishlarni  amalga  oshirish  melioratsiya  va  qurilishida 
qoMlanilayotgan  mashina  va  mexanizmlar  tizim ini  boshqarishni 
avtomatlashtirish.  ularga  texnik  xizmat  ko‘rsatish,  hamda  ishlatish 
oliy  toifali  yetuk  mutaxassis  kadrlarni  talab  etadi.  Bunga'  esa 
melioratsiya  tizimida  va  qurilishda  qo‘llanilayotgan  mashina 
va  mexanizmlarni  puxta  bilish,  ulardan  maqsadli  va  samarali 
foydalanish,  kadrlar malakasini  oshirish,  mashina texnik  darajasini 
yaxshilash  orqali  erishish  mumkin.  Hozirda  va  kelgusida  oliy 
o‘quv  yurtlarining  roli  ortmoqda  va  ortib  boradi.  Chunki  ular  xalq 
xo‘jaligining  barcha  tarmoqlari  uchun  malakali  mutaxassislar, 
ilmiy-tadqiqot  institutlari  uchun  mutaxassis  tayyorlash  bilan 
birga, 
ilm-fanning 
hamma  jabhalarida 
yirik 
tadqiqotlarni 
amalga  oshirmoqdalar.  Ushbu  sohadagi  ijodiy-ilmiy  ishlarni 
har  tomonlama  sermahsul  qilish  uchun  talabalarni  oliy  maktab 
hayotiga  tezroq  odatlantirish,  oliy  maktab  mezonlarini  o‘zlashtirib 
va  uning  sirlarini  mukammal  bilib  olish  kabilarni  to‘laroq  amalga 
oshirish  maqsadida  «Mutaxassislikka  kirish»  fani  o‘quv jarayoniga 
joriy  etilgan.
4

Haqiqatdan  ham  o‘quv  jarayonini  ilmiy  asosda  tashkil  etish, 
vaqtdan  unumli  foydalanish.  mustaqil  ishlashga  o‘rganish,  kitob 
o‘qish  usullaridan  samarali  foydalanish,  aqliy  mehnat  gigiyenasi 
va  madaniyati,  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  bajarishni  bilib  olish, 
o'qitish  jarayonini  asosiy  shakllarini  nimalar  tashkil  etishi,  o‘quv 
mehnati  va  turmush  nafosati,  materiallarni  o‘zlashtirish  mezonlari, 
talabalar  bilimini  baholashda  reyting  tizimi  va  test  usullarining 
mazmuni  kabi  muhim  masalalar  «Mutaxassislikka  kirish»  fani 
orqali  o‘rganiladi.
5

1-B O B .  « M U T A X A S S IS L IK K A   K IR IS H » 
FANI  VA  O LIY   TA’LIM D A   0 ‘Q ITIS H   JAR A YO N I 
M A S A L A L A R I
1.1.  «MUTAXASSISLIKKA  KIRISH»
FANI  VA  UNING  VAZIFALARI
Mamlakatimizda  ta’lim  sohasinx  isloh  qilishning  muhim  hujjat- 
larida ko‘rsatib  o‘tilganidek,  oliy  o‘quv yurtlarining  asosiy  vazifalari 
o‘rgatilayotgan  fanlarni  mukammal  egallagan,  o‘z  mutaxassisligi 
bo‘yicha  har tomonlama  chuqur  va  mustahkam  bilimga  ega  bo‘lgan, 
mustaqil  tafakkur  qila  oladigan  davlat  siyosatini  xalq  ommasi 
o‘rtasiga  targ'ibot  qilishga  layoqatli,  g'oyaviy  e’tiqodli,  ijodkor  va 
intizomda  namuna  bo‘la  oladigan  yetuk  kishilarni  tarbiyalashdan 
iboratdir.
Ayniqsa,  yoshlarimizning  fan-texnika  taraqqiyotini  jadallash* 
tirishda  kompyuter,  internet  bilan  ish  yurita  oladigan,  bilimdon 
bo‘lishlari  davr  talabi  bo‘lib  qolmoqda.  Buni  har  yili  muntazam 
ravishda  o‘tkazilayotgan  «Talaba  va  fan-texnika  taraqqiyoti» 
olimpiadasi  nomidan  ham  bilib  olish  qiyin  emas.  Oliy  o‘quv 
yurtlari  xalq  xo‘jaligini  malakali  mutaxassis  bilan  ta’minlash 
manbai  bo‘libgina  qolmay,  shu  bilan  birga  mamlakat  ilmiy  tadqiqot 
majmuasining muhim  tarkibiy  qismi  hamdir.
Davlatimizni  qaror  va  ko‘rsatmalaridan  kelib  chiqib,  oliy 
ma'lumotli  yetuk  mutaxassislar  tayyorlash,  ularning  sifatli  va 
samarali  bilim  olishlarini  ta'minlash  uchun  o‘quv.  ma’naviy-ma’rifiy, 
ilmiy  va  jamoat  ishlarini  yuqori  talablar  darajasida  ko‘tarish 
maqsadida  talabalar  bilan  ta’limning  dastlabki  bosqichlaridayoq 
muntazam  va  astoydil  shug'ullanish  zarurligini  kun  tartibiga 
qo‘ymoqda.  Ko‘p  yillik  tajriba  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  I—II  kurs 
talabalarining  ko‘plari  oliy  maktab  metodlarini  juda  sekinlik  bilan

o‘zlashtiradi,  o‘z  vaqtini  to‘g‘ri  rejalashtira  olmaydi,  undan  unumli 
foydalanishni  bilmaydi.  Ba’zan  esa  o‘z  tanlagan  kasbi  haqida  yetarli 
tasavvurga  ega boUmaydi.
M a’lumki barcha ta’lim yo‘nalishlarida  mustaqillikning dastlabki 
yillaridan  boshlab  o'quv  rejalariga  «Mutaxassislikka  kirish»  tanlov 
fani  sifatida  o‘qitib  kelinmoqda.  Bundan  ko‘zlangan  maqsad. 
talabalarni  oliy  o'quv  yurti  hayotiga  tezroq  moslashtirish.  uning 
sharoitini  o‘zlashtirib  olishda ko‘maklashish bo‘lib,  oqibatda  fanlarni 
yaxshi  o‘zlashtirishlarida  yordam  berish,  o‘zlashtirmaslikning  oldini 
olishdan  iboratdir.
«Mutaxassislikka  kirish»  fani  talabalarni  hozirgi  xalqaro  ahvol, 
davlatimizning  ichki  va  tashqi  siyosati,  o‘quv  yurtlarining  qisqacha 
taraqqiyoti  tarixi,  ularning  tuzilishi  va  vazifalari,  o‘quv  jarayonini 
ilmiy asosda tashkil  etish,  o‘qitish jarayonining asosiy formalari,  o‘quv 
rejalari  mazmuni,  ilmiy  tekshirish  ishlari,  o’qish  va  ilmiy  ishlarni 
bajarishda  texnika  vositalaridan  foydalanish,  talabalarning  huquq  va 
burchlari,  kunlik  ish  rejimi  va  mustaqil  ishlashni  to'g‘ri  tashkil  etish, 
axborot  resurs  markazlaridan  foydalanish,  kitob  ustida  ishlash,  tabiat 
muhofazasi,  bibliografiya texnikasi kabilar  bilan tanishtiradi.
Ushbu  kursda  materiallarning  o‘zlashtirilishi  uchun  nimalar 
qilinishi 
lozimligi, 
o‘zlashtirishni 
hisobga 
olish, 
talabalarni 
reyting  tizimi  va  test  usullar  orqali  bilmini  aniqlashga  tayyorlash 
hamda  ularni  o'tkazishni  tashkil  etish,  talabalar  o‘quv  tadqiqot  va 
ilmiy  tekshirish  ishlarining  asosiy  mazmuni,  ularning  turmushi, 
madaniyati  va  dam  olishini  tashkil  etish,  o‘quv  mehnati  va  turmush 
nafosati  singari  sohalarga ham  alohida o'rin  ajratiladi.
Barkamol,  komil  shaxsni  kamol  toptirmay  turib,  jamiyatning 
moddiy  bazasini,  intellektual  boyligini  yaratmay  turib,  demokratik 
jamiyatni  takomillashtirib  bo'lmavdi.  Hukumatimiz  qo‘ygan  bu 
vazifa har  birimizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.
Bu  ulug'vor  vazifani  amalga  oshirish  uchun  yangi  kishini 
shakllantirish  qonunlarini  aniq  va  ravshan  bilib  olishimiz  kerak. 
Ayniqsa,  yoshlarni  o'qitish  va  tarbiyalash  ishida  bevosita  band 
bo‘lgan kishilar  buni  chuqur bilishlari zarur.
7

Prezidentimiz  Islom  Karimov  «Farzandlarimiz  bizdan  ko‘ra 
kuchli,  bilimli,  dono  va  albatta baxtli  bo‘lishlari  shart»  yana  «Bilimga 
chanqoq,  iste’dodli  yoshlarni  topib,  ularni  Vatanga  fidoyi  insonlar 
qilib  tarbiyalash  muqaddas  vazifadir»  deb  ta'kidlaganlar.  Ushbu 
murakkab  vazifani  ado  etishlari  uchun  vatanga  sadoqat  va  insonga 
xos  bo‘lgan  fazilatlar-samimiylik,  oddiylik,  kamtarinlik,  yuksak 
prinsipiallik,  do‘stona  munosabat  va  talabchanlik,  kishilarga  hurmat 
va  ishonch,  ularning  taqdiri  uchun  qayg‘urish  kabilarni  o‘zlashtirish, 
o’ziga  singdirib  borish  har  bir  mamlakatimiz  kishisi  uchun,  ayniqsa, 
yoshlarimiz uchun g‘oyat muhimdir.
Yuqorida  bayon  etilgan  yuksak  insoniy  fazilatlar  o'z-o'zidan 
paydo 
bo‘lmaydi, 
albatta. 
Buning 
uchun 
farzandlarimizga 
hayotning  dastlabki  qadamlaridan  boshlab  g‘amxo‘rlik  qilishimiz 
lozim.  Maktabgacha  tarbiya  muassasalari  yildan-yilga  ko'payib 
va  takomillashib  bormoqda.  O'rta  ta’lim  maktablarining  moddiy 
texnikasi  va  binolarining  qurilishi  zamonaviylashib,  o‘qitish  tizimi 
takomillashmoqda.  Oliy  va  o‘rta  maxsus  kasb-hunar  tizimida 
zamonaviy  o‘quv  binolari  bilan  birgalikda  laboratoriya  va  amaliy 
mashg‘ulotlar zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanmoqda. 
>
Yoshlarimizning  umumiy  saviyasini  oshirish  ko'p  jihatdan 
ularning  bo’sh  vaqtdan  oqilona  foylanishlariga  bog'liq.  Chunki 
yoshlar  bo'sh  vaqtdan  unumli  foydalanishni  bilishlari  lozim. 
Ishyoqmaslik,  dangasalik, vaqtni mayda-chuyda narsalarga  sarf etish 
umrni behuda o‘tkazish bilan  barobar. 
-
Bugungi  mamlakatimiz  talabalari  dunyoda  yangi  o‘zgarishlar 
yuz  berayotgan  davrda  yashamoqda,  o‘qimoqda.  Mamlakatimizda 
sogiom   va  uyg‘un  barkamol  avlodni  tarbiyalash  uchun  zarur 
imkoniyatlar hamda shart sharoitlarni yaratish, XXI asr -  intellektual 
qadriyatlar  ustuvorlik  qiladigan  asr  ekanligini  e’tiborga olgan  holda, 
Vatanimiz  yigit  va  qizlarini  har  tomonlama  barkamol  shaxslar  etib 
shakllantirish  borasidagi  keng  ko‘lamli  chora  tadbirlar  kompleksi 
mamlakatimiz  Prezidenti  va  hukumatimiz  tomonidan  ishlab 
chiqilgan  dasturlar,  ko‘rsatmalar  asosida  olib  borilmoqda.  Shu 
sababli  bugungi  kun  yosh  mutaxassisi -  bu  mohir  tashkilotchi,

mehnatni  ilmiy  asosda  tashkil  qilish  masalasini  amalga  oshira 
oladigan  xodim  hisoblanadi.  U  odamlar  bilan  ishlaydi,  jamoani 
boshqaradi,  jamoa  tajribasiga  tayanib  ish  ko‘radi,  o‘z  o‘rtoqlarining 
maslahatiga  quloq  soladi,  qo‘lga  kiritilgan  yutuqlarga  tanqidiy 
yondashadi.  Bunday  kishi  yuqori  madaniyatli,  keng  mulohazali, 
tadbirkor,  o‘z  ishining  ustasi,  qisqasi,  jamiyatimizning  haqiqiy 
ziyolisidir.
1.2.  O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASINING  TA’LIM TIZIMI 
VA  UNDAGI  ISLOHOTLAR
0 ‘zbekistonda  qoiga  kiritilgan  mustaqillik jamiyatimiz  hayotida 
ijtimoiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  ma’naviy  sohalarda  yangilanish 
jarayonini  amalga  oshirish  uchun  keng  yo‘l  ochib  berdi,  shu  bilan 
birga yechilishi zarur bo‘lgan  qator muammolarni ham  ilgari  surdi.
Hukumatimiz  uzoqni  o‘ylab  kadrlar  tayyorlash  sifatini  oshirish 
maqsadida 
1997-yil 
29-avgust 
Respublika 
Oliy 
Majlisining
9-sessiyasida  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonuni  va  u  asosida  «Kadrlar 
tayyorlash  milliy  dasturi»ni  qabul  qildi.  Dastur  kadrlar  tayyorlash 
milliy  modelini  ro‘yobga  chiqarishni,  har  tomonlama  kamol 
topgan,  jamiyatda  turmushga  moslangan,  ta’lim  va  kasb-hunar 
dasturlarini  ongli  ravishda tanlash va  keyinchalik puxta  o‘zlashtirish 
uchun  ijtimoiy-siyosiy,  hududiy,  psixologik-pedagogik  va  boshqa 
tarzdagi  sharoitlarni  yaratishni,  jamiyat,  davlat  va  oila  oldida  o‘z 
javobgarligini his  etadigan  fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Mazkur  dasturning  maqsadi  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish, 
uni  o‘tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to‘la 
xalos  etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar  darajasida  yuksak 
ma’naviy  va  axloqiy  talablarga  javob  beruvchi  ma’naviy,  malakali 
kadrlar  tayyorlash  milliy  tizimini  yaratishdir.  Dasturni  ro‘yobga 
chiqarishda  quyidagi vaziflar hal  etilishi nazarda tutiladi:
Hozirgi  kunda  Respublika  oliy  maktabi  tizimi  64  oliy  o‘quv 
yurtlarini,  shu  jumladan,  20  universitet  va  43  institutni  o‘z  ichiga 
oladi.  Jumladan,  14  ta  texnik,  3  ta  iqtisodiy,  15  ta  gumanitar,  6  ta 
pedagogik,  7  ta tibbiyot,  4  ta  qishloq  xo'jaligi  (agrar),  12  ta  maxsus,
9

hamda  V.G.Plexanov  nomidagi  akademiya  filiali,  Lomonosov 
nomidagi  Moskva  universiteti  filiali  va  Halqaro  Vestminster 
universiteti,  Italiya -  O'zbekiston  xalqaro  TURIN  politexnika 
universiteti.  20 universitetning o'n to'rttasi O'zbekiston mustaqillikka 
erishgach  tashkil  topdi.  Oliy  o'quv  yurtlarida  ishlayotgan  18,5 
ming  o'qituvchining  52  foizi  fan  doktori  va  fan  nomzodlaridir. 
Oliy  ta’limda  kadrlar  tayyorlashni  markazlashtirishdan  huquqiy 
yo‘nalishga  o'tkazish  ishi  olib  borilmoqda,  o‘quv  yurtlarining 
tarmog‘i 
kengaymoqda, 
universitet 
ta’limi 
rivojlanmoqda. 
Bilimlarning  yangi  tarmoqlari  bo'yicha  kadrlar  tayyorlash  boshlab 
yuborildi,  oliy  maktabni  ko‘p  bosqichli  tizimga  o'tkazish  amalga 
oshirilmoqda.  Abituriyentlar  va  talabalarning  bilim  darajasini  test 
va reyting asosida baholashning  ilg'or usullari joriy  etilmoqda.
Oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  sifatiga  oshgan 
talablarga  muvofiq  aspirantura  va  doktoranturada  kadrlar  tayyorlash 
ishi  kengaymoqda.  Oliy  attestatsiya  komissiyasi  tashkil  etildi. 
Respublikada  qariyb  4  ming  aspirant  bo'lib,  ulardan  69  foizi  oliy 
ta’lim  tizimida  va  31  foizi  ilmiy  tadqiqot  institutlarida  ta’lim 
olmoqda.  Jami  ilmiy  va  ilm iy-pedagog  kadrlarni  8  foizini  fan 
doktorlari va 37  foizini fan nomzodlari tashqil  etadi.
Kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash  tizimida 
23  institut,  16  fakultet,  4  markaz  va  14  malaka  oshirish  kurslari 
ishlab  turibdi.
Iqtidorli bolalar va o'quvchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash  bo'yicha 
davlat  siyosati  sobitqadamlik  bilan olib  borilmoqda.  Iste’dodli  o'smir 
va  qizlarni  izlab  topish,  ularga  ko'maklashish,  ularning  qobiliyati  va 
iste’dodini  o'stirish  bo'yicha maxsus  fondlar tashkil  etildi,  qobiliyatli 
yoshlarni chet  ellardagi yetakchi o'quv yurtlari va ilmiy markazlarda 
o'qitish  va  stajirovkadan  o'tkazish  vo'lga  qo'yildi.  Fan  va  ta’lim 
sohasida xalqaro  aloqalar kengayib  bormoqda.
O'zbekiston  Respublikasining  ta’lim  tizimi  quyidagilarni  o'z 
ichiga  oladi:
-D av la t  ta’lim  standartlariga  muvofiq  ta’lim  dasturlarini  amalga 
oshiruvchi  davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;
10

- T a ’lim  tizimining 
faoliyat  ko‘rsatishi  va  rivojlanishini 
ta'minlash  uchun  zarur  bo‘lgan  tadqiqot  ishlarini  bajaruvchi  ilmiy- 
pedagogik muassasalar;
-  
Ta’lim  sohasidagi  davlat  boshqaruv  organlari,  shuningdek 
ularga  qarashli  korxonalar,  muassasalar  va  boshqa  tashkilotlar 
«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonuniga  muvofiq 
ta’lim  tizimini  isloh  qilish,  davlat  va  nodavlat  ta’lim  muassasalari 
hamda  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sohasidagi  raqobat  muhitini 
shakllantirish  negizida  ta’lim  tizimining  yagona  o‘quv  ilmiy 
ishlab  chiqarish  majmui  sifatida  izchil  rivojlantirishni  ta’minlash, 
ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimi  jamiyatda  amalga  oshirish, 
yangilanish,  rivojlangan  demokratik  huquqiy  davlat  qurilish 
jarayonlariga  moslash,  kadrlar  tayyorlash  tizimini  muassalarini 
yuqori  mutaxassislar  bilan  ta’minlash,  kadrlar  tayyorlash  tizimini 
va  mazmunini  mamlakatning  ijtimoiy  taraqqiyot  istiqbollaridan, 
jamiyat ehtiyojlaridan, fan,  madaniyat, texnika va texnologiyalarning 
zamonaviy  yutuqlaridan  kelib  chiqqan  holda  qayta  qurish,  ta’lim 
oluvchilarni  ma’naviy  axloqiy  tarbiyalashning  va  ma’rifiy  ishlarning 
samarali  shakllari  hamda  uslublarini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish, 
ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash,  ta’lim  muassalarini  attestatsiyadan 
o‘tkazish  va  akkereditatsiya  tizimini  joriy  qilish,  yangi  ijtimoiy 
iqtisodiy  sharoitlarda  ta’limning  talab  qilinadigan  darajali  va 
sifatini  kadrlar  tayyorlash  tizimining  amalda  faoliyat  ko‘rsatishi  va 
barqaror  rivojlanishning  kafolatlarini,  ustuvorligini  ta’minlovchi 
normativ,  moddiy  texnika  va  axborot  bazasini  yaratish  ta’lim,  fan, 
integratsiyalashuvini ta ’minlash;
- t a ’lim  tizimiga  byudjetdan  tashqari  mablag‘larni  va  chet  el 
investitsiyalarini jalb  etish;
-k a d rla r  tayyorlash  sohasida  o'zaro  manfaatli  xalqaro  ham- 
korlikni  rivojlantirish.
Milliy  dasturni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirish  rejalash- 
tirildi.
Birinchi  bosqich  (1997-2001-yilIar).  Bunda  mavjud  kadrlar 
tayyorlash  tizimining  ijobiy  salohiyatini  saqlab  qolish  asosida  ushbu
11

tizimni  isloh qilish  va rivojlantirish uchun huquqiy,  kadrlar jihatidan, 
ilmiy-uslubiy,  moliyaviy moddiy  shart-sharoitlar yaratildi.
Ikkinchi  bosqich  (2001-2005-y.y.).  (Sifat  bosqichi)  milliy 
dasturni  to‘liq  ro‘yobga  chiqarish,  mehnat  bozorini  rivojlantirish 
va  real  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarni  hisobga  olgan  holda  unga 
aniqliklar kiritadi.
Majburiy  umumiy  o‘rta  va  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limiga, 
shuningdek,  o‘quvchilarning  qobiliyati  va  imkoniyatlariga  qarab, 
tabaqalashtirilgan ta’limga o4ish  to‘liq  amalga oshiriladi.
Uchinchi  bosqich  (2005  va  undan  keyingi  yillar).  To‘plangan 
tajribalarni  tahlil  qilish  asosida  mamlakatni  ijtimoiy -  iqtisodiy 
rivojlantirish tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari:
-  maktabgacha ta’lim;
-  umumiy  o‘rta ta’lim  (1-9  sinflar);
-  o‘rta  maxsus  kasb-hunar ta’lim;
-  oliy ta’lim.
Oliy o'quv yurtlaridan  keyingi  ta’lim.
-  kadrlar malakasini  oshirish va ularni qayta tayyorlash.
-  maktabdan tashqari ta’lim.
Ta’lim to’g'risidagi  qonunni  tarkibi  quyidagilardan  iborat:

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. ramazonov, S. Buriyev tuproqshunoslik va dehqonchilik
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> J. S. Sattorovning umumiy tahriri ostida
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> T o s h k e n t davlat a g r a r u n IV e r s it e t I s. A. Azimboyev dehqonchilik, tuproqshunoslik ya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Ipakchilik va tutchilik o'krkuston
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> U sm o n norqulov, h a m id u L l a sheraliyev
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> A. Q. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiya
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> M u o ‘K: 638. 21 (075) kbk 46. 92 I 70 a 90 Taqrizchilar
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> X. Q. Nomozov, sh. M. Turdimetov o'zbekiston tuproqlari va ularning
40%20Кишлок%20ва%20урмон%20хужалиги -> Tuproqshunoslik

Download 9.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling