Ta limdagi islihotlar, muammolar, yechimlar…


Download 19.51 Kb.
Sana18.09.2020
Hajmi19.51 Kb.
#130338
Bog'liq
DARSLIKLAR YOZISHGA


TA”LIMDAGI ISLIHOTLAR , MUAMMOLAR, YECHIMLAR…

So’nggi uch yilda respublika prezidenti SH.M.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda.Jumladan, o’qituvchilarning o’z vazifasidan boshqa ishlarga jalb etishga barham berilishi, ….o’rta maktab o’qituvchilari maoshlarining oshishi, o’rta maktab o’qituvchilarida qog’ozvozlikni keskin kamayishi…

Prezident tomonidan darsliklarni yangi avlodini yaratish , darslik soda o’quvchiga tushunarli tilda yozilishi haqidagi fikrlari ….

1-mavzu : darsliklardagi muammolar.

Bugungi kunda o’rta ta’limda:

1) o’rta ta’lim maktablari;

2) davlat ixtisoslashgan maktablari internatlari (DIMI);

3) kasb-hunar kollejlari;

4) akademik litseylar faoliyat olib bormoqda.

Yuqoridagi maktablarning dasturlari va darsliklari turlicha .

Taklif:

Darsliklar yozishda davlat byujetidan samarali foydalanish hamda bir xil yoshdagi o’quvchilarning sifatli bilim olishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish, turli darsliklardagi ayrim bir-biriga mos kelmaydigan ma’lumotlarga barham berish maqsadida:



1) o’rta maktab , DIMI ( 10-11-sinflariuchun) ,kasb-hunar kolleji va akademik litseylar( 1-2-kurslari uchun)ning barchasi uchun yagona dastur asosida bir xil darslik chiqarish ;

2) darslikdagi har bir mavzu va unga doir topshiriqlar 2 qismdan :

A guruh – barcha o’quvchilar bilishi zarur bo’lgan minimal talab asosida( mavzuga doir jami topshiriqlarning 75% i) , ya’ni davlat ta’lim standartlari darajasida;

B guruh – iqtidorli o’quvchilarga mo’ljallangan topshiriqlardan (mavzuga doir jami topshiriqlarning 25% i) iborat bo’lishi;

3) darslikdagi topshiriqlarda 1996-2019-yillar davomida DTM tomonidan foydalanilgan test topshiriqlaridan keng foydalanish (bu testlarning ko’pchiligi yillar davomida salohiyatli o’qituvchilar tomonidan jamoatchilik topshirig’i sifatida tekinga tuzib berilganligi bois, DTM mulki sifatida e’tirof etilmay darslik yozuvchi ishchi guruhga bepul berilishi) ;

4) darslik o’quvchi yoshiga mos sodda tilda yozilishi, undan oliy ta’limga tegishli (masalan, akademik litsey algebra) mavzularni chiqarib tashlanishi maqsadga muvofiq.

Buning natijasida darslik yozishdagi sarflanadigan davlat mablag’lari qisqaradi, turli sabablarga ko’ra DIMI yoki akademik litseylarda o’qishni davom ettira olmagan o’rta maktab va kasb-hunar kollejlaridagi iqtidorli o’quvchilar ham yaratilajak darslikning B guruhidagi - chuqur bilim olishdan bebahra qolmaydilar.Shuningdek, oliy ta’limga o’qishga kirishda barcha abiturientlarga teng imkoniyatlar yaratilgan bo’ladi.

2-mavzu : ta’limdagi qog’ozbozliklar.

Ta’lim sohasidagi prezidentimizning olib borayotgan siyosatlariga labbay deb javob berayotgan, sadoqat va bilim bilan xizmat qilayotgan xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovni alohida e’tirof etish maqsadga muvofiq. Chunki, uzoq yillar mobaynida ta’lim sifatiga to’g’anoq bo’lib kelgan, bu sohada korrupsiyani avj olishiga sababchi bo’lgan, qog’ozbozlikni o’zagi bo’lmish PEDAGOGIK YUKLAMA balosidan voz kechilishi ta’lim rivojiga qo’yilgan eng katta qadam bo’ldi……Pandemiya sharoitida qisqa fursatda xalq ta’limi vazirligi maktab o’quvchilari uchun sifatli tele darslar tashkil eta oldi(tele darsdan barcha foydalana oladi, uzatilish sifati yuqori, harajati ota-onalarga og’irlik qilmaydi, internet onlayn darslarda uzatilish sifati hamma joyda ham yaxshi emas, tele darsga nisbatan ota-ona va o’qituvchilardan harajat talab etadi).

Bu borada oliy va o’rta-maxsus ta’limi vazirkigi xalq ta’limi vazirligidan o’rnak olsa arziydi.

Chunki o’rta-maxsus kolleji va akademik litseylarda 10 yillar oldin qabul qilingan(ped yuklama daftari ilova qilindi 2008-yilgi Vazirlar Mahkamasi talablari asosida…) 4 ta bob va 54 ta punkdan iborat hisobot va qog’ozbozliklarni o’zida jo etgan , ta’lim tizimini ichidan kemiruvchi, korrupsiya avj olishiga imkoniyat yaratuvchi balo - PEDAGOGIK YUKLAMA hanuzgacha amal qilishini qanday baholash mumkin. Raqamlashtirish siyosati olib borilayorgan bugungi kunda oliy va o’rta-maxsus ta’limi vazirligining bu ish uslubi president siyoyatiga HIYONAT emasmi? Vazirlik bu holatga qanday munosabat bildiradi?

(….keltirilgan fikrlarni tasqig’ini yana bir karra kollej va litseylardan tekshirib ishonch hosil qiling…)



(…O’z ismini oshkor etilishini istamagan o’qituvchi…)
Download 19.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling