Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar


Download 351 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi351 Kb.
#188898
  1   2   3   4
Bog'liq
Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar


Tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar.

Evropaliklar Amerika atroflariga ko‘chib kelganlarida, ular ko‘rgan narsa shu bo‘ldiki, tabiatga umuman ziyon etkazilmagan manzara edi. SHundan keyin tuproqqa ishlov berish va dehqonchilik orqasidan sekin asta erlar eroziyaga uchraydi. Ba’zi yovvoyi tabiatdagi turlar xavf ostida qoldi, ba’zilari esa umuman yo‘qolib ketdi. YAngi texnologiya atrof muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Bug‘ va dizel mashinalari, kommersion neft qazib olish, ko‘mirni kuydirish, sanoat rivojlanishi chiqindilarni chiqishi va atrof muhitni ifloslanishiga olib keldi. Amerikada bu muammolarni oldini olish uchun 1970 yillarda “Atrof muhitni muhofaza qilish Agentligi” tashkil etildi va bu tashkilot atrof muhitni muhofaza qilishni maqsad qilgan edi. Oyna, qog‘oz, platik, shisha va metallarni ikkilamchi qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi (Peter Rillero, Dinah Zike. Ecology, 2005. 16-bet).

Bizning kuyosh tizimimizda Er sayyorasi etarli energiyani kuyoshdan oladi va bu undagi hayot uchun zarur bo‘lgan xarorat bilan to‘g‘ri taminlashga yordam beradi. Merkuriy Kuyoshga eng yakin sayyora ekanligi sababli kun bo‘yi yukori xarorat kuzatiladi. Tunda esa haroratning juda past bo‘lishi xayotni taminlab bermaydi. Venera kuyoshga yaqinligi jihatdan ikkinchi sayyoradir va uning harorati yuqori bo‘lib, qalin karbonat oksidi gazidan iborat. Bu esa u erda yashash uchun noqulaylik tug‘diradi. Mars to‘rtinchi sayyora erga nisbatan ancha sovuq chunki u kuyoshdan ancha uzok va atmosfera qobig‘i juda siyrak. Bu erda mikroskopik xayot bo‘lishi mumkin, lekin hanuzgacha noma’lum. Marsdan keyingi sayyoralarga etarlicha kuyosh nuri va issiklik etib bormaydi, shu sabab xayot uchun to‘la sharoit ta’minlanmaydi (Peter Rillero, Dinah Zike. Ecology, 2005 21-bet).

Antropogen omillar xozirgi vaktda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri bo‘lib xisoblanadi. Inson tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib yoki yashash sharoitini o‘zgartirib, uning tarqalishiga yoki qirilib yo‘q bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Inson tabiatga ko‘rsatadigankuchli ta`siri orkali abiotik va biotik sharoitlarni o‘zgartiradi. Inson million yil davomida tarkib topgan tirik dunyo manzarasini bir necha o‘n yilda o`zgartirib yubordi.Uning tirik organizmlariga salbiy ta’siri natijasida Er yuzida ko‘plab o‘simlik va hayvon turlari yo‘kolib ketdi.Ovchilik bilan shug‘illanish dastlab ozukaga talabni kondirish maksadida olib borilgan bo‘lsa, keyinchalik kiyim-kechak va xar xil kimmatli materiallar olish uchun avj olib ketdi. Masalan: Maxalliy Amerikaliklar bizonlarni o‘ldirib ularni terisidan kiyimlar, suv solish uchun idishlar, suyaklaridan kerakli asbob-uskunalar tayyorlangan. Insonning ongli yoki ongsiz ravishda o‘simlik va xayvon turlarini Er sharining bir joyidan ikkinchi joyiga olib borishi ba’zan flora va fauna tarkibini birmuncha o‘zgartirib yubordi. Inson tamonidan o‘simlik va xayvonlarning yashash sharoitlari o‘zgartirildi. Natijada muayyan joyda yashayotgan o‘simlik va xayvonlar jamoalari yo‘q bo‘lib yoki ularning sharoiti keskan o‘zgaririb ketdi.


Download 351 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling