Tabiiy fanlar fakulteti


Download 407.61 Kb.
bet1/8
Sana25.08.2020
Hajmi407.61 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

TABIIY FANLAR FAKULTETI

KIMYO O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI

IV kurs 16.26 –guruh talabasi

Musajonova Surayyoxonning

Kimyo o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan

KURS ISHI
Mavzu: “ANORGANIK MODDALARNING ASOSIY SINFLARI” MAVZUSINI O’QITISHDA O’QITISH METODIKASI.


Topshirdi: Musajonova Surayyo
Qabul qildi: M.Nishonov
Farg’ona 2020

ANORGANIK MODDALARNING ASOSIY SINFLARI MAVZUSINI O’QITISHDA O’QITISH METODIKASI.

Mundarija


I.Kirish 3

II.Asosiy qism 4

2.1 Anorganik moddalarning asosiy sinflari 4

Oddiy moddalar. 4

Murakkab moddalar 5

Oksidlar 5

Asoslar 10

Kislotalar 12

Tuzlar 17

2.2.Kimyo fanini o’qitishda foydalaniladigan pedagogik dasturiy vositalar. 21

2.3 O’qitishning interfaol metodlari 23

2.4Anorganik moddalarning asosiy sinflari mavzusi bo’yicha bir soatlik dars ishlanmasi 33

2.5 Anorganik moddalarning asosiy sinflari mavzusini interfaol usullarda o’qitish 37

XULOSA 46

Foyfalanilgan adabiyotlar 47

  1. Kirish


Umumiy o’rta ta’lim maktablarida kimyo fani 8-sinfdan boshlab o’qitiladi.O’quvchilarda kimyo faniga bo’lgan qiziqishlrini shakllantirish va bilim berish davomida uni rivojlantirib borish darslarni uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etishni taqoza qiladi.

Ma’lumki,maktab kimyo kursida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzulari alohida o’rin tutadi. Kimyoni keyingi bosqichlarda chuqur o’rganish albatta,o’quvchilarning oksid,asos,kislota va tuzlar mavzularini qanday o’zlashtirganliklariga bo’g’liq bo’ladi.

Shu sababdan ham «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularini o’qitishda turli xil interfaol metodlardan,zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishni taqoza etadi.

Kurs ishining maqsadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularini o’qitish samaradorligini noan’anaviy va interfaol metodlarni qo’llash orqali oshirish.

Kurs ishining vazifalari. -maktab kimyo kursida «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularining o’rnini aniqlash;

- «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzularini o`rganishda turli xil o’qitish metodlarining mohiyatini aniqlash;

- «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari» mavzulari bo’yicha noan’anaviy va interfaol darslarning senariylarini ishlab chiqish;

Kurs ishining amaliy ahamiyati.

Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o’quvchilarning «Anorganik birikmalarning eng muhim sinflari»mavzularini chuqur o’zlashtirishlariga yordam beradi va ularning kimyo fanidan bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshiradi.Bitiruv malakaviy ish materiallaridan maktab kimyo o’qituvchilari o’z faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.



  1. Asosiy qism

2.1 Anorganik moddalarning asosiy sinflari

Oddiy moddalar.


Anorganik moddalar ikkiga bo’linadi: oddiy moddalar va murakkab moddalar:

Tarkibi faqat bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Oddiy moddalarga misol sifatida davriy jadvaldagi barcha elementlarni olish mumkin. Masalan: K, Na, Al, H2, O2, O3, N2, S8, P4, C(grafit, olmos) va boshqalar. Oddiy moddalar tarkibiga ko’ra bir atomli (He, Ne, Ar, Xe, Kr), ko’p atomli (H2, N2, O2, O3, P4, S8) bo’lishi mumkin.

Oddiy moddalar ikkita guruhga bo’linadi: metallar va metallmaslar. Metall va metallmaslarni ajratish uchun 5 –element B dan 85-element At ga qarab diogonal o’tkazish kerak. Diagonalning pastida va diagonal ustidagi qo’shimcha guruhchalarda metallar joylashgan. Diagonal yuqorisidagi asosiy guruhchalarda bo’lsa metallmaslar keltirilgan (3-jadval).

3-jadval. Metallmaslarning davriy jadvalda joylanishi



III

IV

V

VI

VII

VIII













H

He

B

C

N

O

F

Ne




Si

P

S

Cl

Ar







As

Se

Br

Kr










Te

I

Xe

Metallmaslar odatdagi holatda gazsimon (N2, O2, H2, F2, Cl2 va inert gazlar), suyuq (Br2) va qattiq holda(qolgan barcha metallmaslar) uchraydi. Metallmaslar qattiq holda molekular yoki atom kristall panjaralar hosil qiladi.

Metallar odatdagi sharoitda (simobdan tashqari) qattiq moddalardir. Ular metall kristal panjaraga ega.

Bir elementning bir necha oddiy modda hosil qilish xossasi allotropiya deyiladi. Allotropiya hodisasining sababi oddiy modda molekulasining tarkibidagi atomlar sonining turlicha bo’lishi yoki moddaning kristall tuzilishining turlicha ekanligidir.

Masalan: O2 va O3 allotropik shakl o’zgarishlarga kiradi. Ular bir-biridan atomlar soni va molekula tuzilishi bilan farqlanadi. Uglerod bir necha xil allotropik shakl o’zgarishlarga ega. Uglerod olmos holatida (sp3giridlangan) fazoviy tuzilishli zanjir (tetraedrik) hosil qilgan. Uglerod grafit holatida qavat-qavat joylashgan.Har bir uglerod atomi qo’shni uchta atom bilan bog’langan. Uglerod karbin holatida oddiy yoki qo’sh bog’lar yordamida bog’langan.



Download 407.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling