Tabiiy fanlar


Download 13.79 Kb.
Sana23.08.2023
Hajmi13.79 Kb.
#1669596
Bog'liq
Taqriz yozish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYАLARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
TABIIY FANLAR” KAFEDRASI

AKADEMIK YOZUV FANIDAN
JORIY NAZORAT

Fakul’tet :__Komp’yuter injiniring


Kafedra: _Tabiiy fanlar____________

Grux: __810 - 22


Bajardi: ____Shakirjonov Sunnatulla

Qabul qildi: ____O.Xamdamova_______________



O‘zingiz o‘qigan badiiy asaringiz asosida taqriz yozing.
Said Axmadning “Qorako‘z Majnun” xikoyasiga taqriz.

Bizga"Ufq"roman trilogiyasi,"Jimjitlik",kabi romanlari orqali yaxshigina tanish bo'lgan ijodkorimiz Said Ahmad hikoyalar yozishda ham mohir yozuvchi desam adashmagan bo'laman.Jumladan, Qorako'z Majnun nomli hikoyasi ham adibning Mustaqillik yillarida yozilgan eng yaxshi hikoyasi sanaladi.


Qadamlar ostida shitirlaydi-kuz...Hikoya jarayonlari kuzning ilk kunlarida bo'lib o'tadi.Ushbu hikoya tili sodda,tushunarli,hech qanday murakkab bo'yoqlarsiz yoritilgan ammo bir muncha o'ylantiradigan,bir muncha achinish hissi beradigan tarzda ifodalangan.Hikoyada Saodat ayaning 32yil orziqib,duo qilib armiyaga ketgan o'g'li Bo'rixon qaytib kelishini intizor bo'lib kutishi,hatto duolari ijobat bo'lib qaytib kelganida qanchalar iztirobga tushib qolgan bechora sho'rlik ona tasvirlangan.Yillar davomida kutgan o'g'li-islom dinidan chiqqan,o'z onasini otasini unutgan,o'z tilini unutgan manfur kimsa edi.Saodat ayaning o'g'li mana shu "Qorako'z Majnun"dek-bir itchalik ham mehrli bo'lolmadi.Nahot voyaga yetkazgan,oq yuvib oq taragan onaning qadri bo'lmadi.O'g'lini yana bir bor ko'rish uchun yashagan onaizor,qaytib kelgan o'g'lining boshqa dinga o'tganini bilgach bunga dosh berolmadi-omonatini topshirdi...
Saodat aya barcha farzandlariga birdek mehribon edi,baxti ochilmagan qizi Qumriga ham har duosida baxt tiladi.Saodat ayaning iti- Qorako'z Majnun doim onaxonga ergashib,bir zum ham yolg'iz qoldirmaydi,hatto onaxonning farzandlarining uyini ham yaxshi eslab qolgan.Mana shu Qorako'z Majnun,onasini unutib yuborgan -Bo'rixondan ming marta mehrliroq edi Saodat ayaga.Saodat aya kunlab shifoxonada qolib ketganida ham bir on ham shifoxona derazasi yonidan ketmagan-Qorako'z Majnun edi.Saodat ayaning o'limidan so'ng Qorako'z Majnunning qilgan harakatlari inson qalbini o'rtab yuboradi.Oylab onaxonning barcha farzandlarini uyidan Saodat ayani qidirishni bas qilmadi.Bechora Qorako'z Majnun,odamlarning o'ylamasdan quturgan it deb o'ylashlari oqibati qurboni bo'lib,ko'ksini miltiq o'qlari kemirdi...Vaholanki u egasini qanchalar yaxshi ko'rishini isbotlab berdi.
Hikoya juda ham ta'sirli.Insonlarni bir-biriga mehrliroq bo'lishiga,o'z tili,dinini oyoqosti qilmasdan bu dunyoda yashab o'tishga chaqiradi.Nahot insonlar,bir it egasiga qilgan mehr-shafqatni,bir birlaridan ayasalar...Hikoyada yozuvchi juda ham og'riqli,mulohazali holatlarni qalamga olib o'quvchiga oyna tutgandek go'yo.
Download 13.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling