Tabiiy gazlar. Elementar va guruhiy tarkibi


Download 56.63 Kb.
bet1/4
Sana26.03.2022
Hajmi56.63 Kb.
#615580
  1   2   3   4
Bog'liq
амалий машғулот Neft va gazlarning tarkibidagi alkanlar, alkenlar
@rustili onlayin имя существительное, 3 mavzu maruza, konteynerlar, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi-fayllar.org, Anatomiyani o’rganish usullari, ona tili Mustaqil ish, 5 главных упражнений для футболиста, 2 5364137084363737273, Atom elektr stansiyasi - Vikipediya, Atom elektr stansiyasi - Vikipediya, Atom elektr stansiyasi - Vikipediya, Atom elektr stansiyasi - Vikipediya, Atom elektr stansiyasi - Vikipediya, Atom elektr stansiyasi - Vikipediya, Atom elektr stansiyasi - Vikipediya

4-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Neft va gazlarning tarkibidagi alkanlar, alkenlar.


Amaliy mashg’ulot rejasi:
Elementar va guruhiy tarkibi.
Tо‘yingan (alkanlar) uglevodorodlar.
Izomeriya (zanjirlarning tarmoqlanishi).
Tabiiy gazlar.


Elementar va guruhiy tarkibi. Neft – bu qazib olinadigan yoqilg‘isimon suyuqlik bо‘lib, tarkibi har xil uglevodorodlar, oltingugurtli birikmalar, kislorod, azot va bir qancha metallardan tashkil topgan. Neftni elementar tarkibi quyidagi elementlarning massa ulushi nisbatidan tashkil topgan (massa, %):
uglerod ………………………. 82,0 – 87,0
vodorod………………………. 11,0 – 15,0
oltingugurt……………………..0,1 – 7,0
azot …………………………... 2,2 gacha
kislorod ……………………. …1,5 gacha
Shu jumladan neft tarkibidan vanadiy, nikel, temir, kalsiy, natriy, kaliy, mis, xlor, yod, fosfor, kremniy, mishyak va boshqa elementlar ham topilgan.
Neft va neft mahsulotlari qayta ishlanganda tarkibida turli xususiyatga ega bо‘lgan uglevodorodlar guruhi va noorganik moddalar mavjudligi aniqlangan. Bu о‘z navbatida neftni qayta ishlash uslublari, distillyat fraksiyalari va qoldiq mahsulotlarini tozalash hamda yoqilg‘i va moylarni tayyor sifatli sortlarini olish usullarini aniqlashga olib keladi.
Tо‘yingan (alkanlar) uglevodorodlar. Molekulalari о‘zaro faqat bog‘lar bilan bog‘langan uglerod va vodorod atomlaridan tuzilgan birikmalar tо‘yingan uglevodorodlar (alkanlar) deyiladi. Tо‘yingan uglevodorodlarning molekulalarida uglerod atomlari sp3-gibridlangan holatda bо‘lib, uglerod zanjirini hosil qilishda sarf bо‘lmagan valentlik birikmalari vodorod atomlari bilan batamom tо‘yininadi. Shuning uchun ham ular tо‘yingan uglevodorodlar deyiladi. Bu qator uglevodorodlarning har bir a’zosi (2-jadval) о‘zidan oldingi va keyingi a’zodan CH2 guruhi bilan farq qilib, CnH2n+2 umumiy formulaga ega. Tuzilishi о‘zaro о‘xshash, kimyoviy xossalari esa yaqin bо‘lib, tarkibi bir yoki bir necha CH2 guruh bilan farq qiluvchi moddalar qatori gomologik qator deyiladi. Gomologik qatordagi moddalar esa gomologlar deyiladi.
Gomologik qator a’zolarining fizik-kimyoviy xossalari biridan ikkinchisiga о‘tganda asta-sekin о‘zgarib boradi. Qatordagi ayrim a’zolarning xossalarini о‘rganish bilan bu qatordagi quyi va yuqori gomologlarning xossalari haqida fikr yuritish mumkin.
Gazsimon tо‘yingan uglevodorodlar: metan, etan, propan, normal butan va butan izomerlari – neft tarkibida eritma holida hamda asosiy qismi gaz holatida bо‘lib, yer qarida neft bilan birga yoki mustaqil holda paydo bо‘ladi. Neftning benzinli va kerosinli fraksiyalari tarkibida normal sharoitlarda uglevodorodlar pentanadan C15H12 to geksadekangacha C16H34 suyuq holatda bо‘ladi.
Normal tо‘yingan (alkanlar) uglevodorodlar molekulasida 17 ta va undan ortiqroq uglerod atomlarini saqlab, xona haroratida qattiq holatga о‘tadi. Neft fraksiya qilinganda kо‘p miqdorda qattiq uglevodorodlar aralashmasi ajralib chiqadi. Bular parafinlari serezinlar deb ataladi. Serezinlar molekulasida alkanlar zanjiridan tashqari siklik uglevodorodlar strukturalarini ham saqlaydi. Parafinlar va serezinlar bir biridan kristall tuzilishi va fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan farqlanadi, masalan zichligi, qovushqoqligi, fraksiyaga ajralishi bilan. Parafin kristallari plastik va lentasimon tuzilishga ega bо‘lsa, serezin kristallari – ignasimon tuzilishga egadir.

Download 56.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling