„Tabiiy va aniq fanlar ga ixtisoslashtirilgan S. H


Download 14.81 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi14.81 Kb.
#385209
Bog'liq
баённома
228, 228, Bazaviy Qimmatl, Презентация english, bank faoliyati, bank faoliyati, Short story. Akbaraliyeva Shahnoza, 1 eastern philosophy, Bmtning korrups-WPS Office, Bmtning korrups-WPS Office, YUMB 2-topshiriq, metallurgik jarayonllar, 1-мавзу матн, 6TARIX SAVOL JAVOB, 1-Tajriba ish

„Tabiiy va aniq fanlar“ga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, Tarix fani o’qituvchisi Omonov Mansurning “ 1991-2017-yillarda Buyuk Britaniya ” mavzusidagi Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishi II bosqich 202-guruhida o’tkazilgan Ochiq darsi tahlilining

BAYONNOMASI

09.12.2019 yil Toshkent shahri



Qatnashdilar: Akademik litsey direktori v.b. Nazarova.F, O’qituvchilar: Meliboyev.M Abdugaffarov.U, Pannameryova.T

Eshitildi:

Dastlab akademik litsey direktori v.b. Nazarova.F, so’zga chiqib “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, Tarix fani o’qituvchisi Omonov Mansurning Ijtimoiy-gumanitar fanlar yo’nalishi 2-bosqich 202-guruhida “1991-2017-yillarda Buyuk Britaniya” mavzusida o’tkazilgan darsi Ochiq dars talablariga mos ravishda o’tkazilganligini, o’qituvchi DTS talablari bo’yicha o’quvchilarda mavzu bo’yicha o’zlashtirilishi kerak bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirganligini, maqsadlarga erisha olganligini aytib o’tdi va ochiq darsni „Namunali“ deb baholadi.

Tarix fani o’qituvchisi Meliboyev.M. ochiq darsda bir qancha zamonaviy metodlardan, xususan, „Klaster“, “Guruhlarda ishlash”, „Aqliy hujum“, „Tushunchalar tahlili“ va x.k., foydalanilganligini, darsning ko’rgazmali vositalari juda yaxshi tayyorlanganligini, darsda vaqt taqsimotiga to’g’ri amal qilinganligini aytib, darsni namunali deb baholadi.

Abdugaffarov.U o’z so’zida ochiq dars talab darajasida o’tilganligini, o’qituvchining dars o’tish malakasi juda yaxshi ekanligini, darsda zamonaviy pedtexnologiyalardan va texnik vositalardan unumli foydalanilganligini, dars qiziqarli o’tganligini ta’kidlab o’tdi.



Oxirida Pannameryova.T so’zga chiqib, darsda o’qituvchi o’quvchilarga mavzuni to’liq tushuntirib bera olganligini, o’quvchilarda mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar shakllanganligini, dars talab darajasida o’tilganligini aytib o’tdi.
Qaror qilindi:


  1. Tarix fani o’qituvchisi Kushbekov Sanjarning 202-guruhda “1991-2017-yillarda Buyuk Britaniya” mavzusida o’tkazgan Ochiq darsi „Namunali“ deb topilsin.

  2. Darsda foydalanilgan pedtexnologiyalar barcha o’qituvchilar tomonidan o’zlashtirilsin va darslarda qo’llab borilsin.

Yig’ilish raisi:

Yig’ilish kotibasi:
Download 14.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling