Tabiiy va aniq fanlar


Download 1.08 Mb.
Sana13.01.2022
Hajmi1.08 Mb.
#544568
Fan oyligi Tabiiy @ustozlar uchun
Bog'liq
1 - Оралиқ назорат (тест асосида) Attempt review, Collingo test, Axtrap, 2-мавзу (4), collecation words 1200 , Matematika o'qitish metodikasi 1-t, Baggage, Календарный план маг Ахмедова Н , Жуманазар, 11111111111111111111111111111111, markazij osiyo zhahon tsivilizatsiyasining azhralmas qismi 2, markazij osiyo zhahon tsivilizatsiyasining azhralmas qismi 2, SHAXMAT



Yangiyer shahar 9 – umumiy o’rta ta’lim maktabi “Tabiiy va aniq fanlar” metodbirlashmasida bajarilgan yarim yillik ishlar

hisoboti

Metod birlashma raisi va a’zolari bilan birgalikda 2017-2018 o’quv yilida ko’pgina ishlar amalga oshirildi. Tabiiy va aniq fanlar metodbirlashmasiavgust oyida 2017-2018 o’quv yilida olib boriladigan ishlar yuzasidan o’tkazgan yig’ilishida metodbirlashma raisi tasdiqlandi va yillik ish reja tuzildi. Bu o’quv yilidagi jamoadagi o’zgarishlar tanishtirib o’tildi. Geografiya fanidan Amanova CH, matematika fanidan Yo’ldosheva A, kimyo fanidan Assatullayeva Yu kabi yosh mutaxassislar ishga qabul qilingani va ularga ish o’rgatish maqsadida tajribali o’qituvchilarga biriktirildi.

Har bir fan xonasida sinf monitoring tashkil etildi. Sinf xonalari DTS talablari asosida jihozlandi. Metodbirlashma a’zolarining yillik taqvim – mavzu rejalari tuzib chiqildi va muhokama qilindi, metodbirlashma tomonidant tasdiqlandi. O’qituvchilarning yillik ish yuklamalari, yil davomida amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar belgilandi. O’quvchilar fanlarga oid darsliklar bilan ta’minlandi.

Yangi o’quv yili 2 sentyabrdan boshlanib, Bilimlar kuni, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Siz qalbimizda xamisha mangu!” mavzusi asosida xotirlash kuni tadbirlari o’tkazildi.

Sentyabr oyida “Geografiya va iqtisod fanlari oyligi” oylik davomida sinflar o’rtasida ochiq darslar o’tkazildi. Shu munosabat bilan geografiya fanidan ko’rgazma tashkil qilinib, sinflar o’rtasida ochiq darslar o’tkazildi. O’quvchilar bilimlarini mustahkamlash va bilim darajalarini aniqlash maqsadida, kirish va chiqish testlari olindi. O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlar kuzatilib bartaraf etish yo’llari, ko’rib chiqildi. Sinflar o’rtasida “Rasm va xaritalar” ko’rigi o’tkazildi. Maktab o’quvchilari faol qatnashdi.

Oktyabr oyida sinf jurnalini yuritilishi va o’quvchilarning kundalik aylanma daftarlari tekshirilib chiqildi. Tabiiy va aniq fanlar o’qituvchilarining ko’rgazmali qurollar va konspektlar ko’rigi o’tkazildi. 7 oktyabr viloyat Xalq ta’limi boshqarmasining buyrug’iga asosan “Jamoaviy bilimlar bellashuvi” ning nizomi bilan tanishdik. Nizom asosida oktyabr oyida matematika fanidan “Jamoaviy bilimlar bellashuvi” o’tkazildi.



Quyidagi natijalarga erishildi. I-bosqich maktab bosqichida sinflar kesimida 10-nafar o’quvchidan qatnashdi. 6,7,8,9 sinflar o’rtasida o’tkazilib, 5-ta tur bo’yicha 100 ballik sistemada baholandi. Jamnoaviy bilimlar bellashuvida 6-b, 7-a, 8-a, 9 sinflar shahar bosqichiga yo’l oldi. 4-shart ko’rgazmali qurollar yasash sharti bo’yicha 6-sinflar kubik, 7-sinflar geometric shakillardan maket, 8-9 sinflar Burchagi aniq bo’lgan geometric shakil chizishdi. Shahar bosqichida 6-b sin 63 ball, 7-a sinf 66 ball, 8-a sinf 76 ball, 9-sinf 68 ball to’plashdi.

Kimyo va fizika fanidan laborotoriya va nazorat ishlari daftarlari tuzilb, birinchi nazorat ishlari olindi. Fan to’garaklari nazorat qilib borildi. Oktyabr oyida fizika fanidan honaning labaratoriya jixozlaridan foydalanilgani tekshirildi.

Noyabr oyida informatika fanidan “Jamoaviy bilimlar bellashuvi” o’tkazildi.

Quyidagi natijalarga erishildi. Informatika fanidan 9-sinflar shahar bosqichiga chiqishdi va 59 ball to’plashdi.

Noyabr oyidan iqtidorli o’quvchilar tanlanib, “Fan olimpiadasi”ga tayyorgarlik ko’rish boshlanldi.

Noyabr oyida shaharda biologiya, kimyo, fizika fanlari o’qituvchilari o’rtasida “Fan kabineti mudiri” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.Biologiya fani o’qituvchisi Karimqulova G shahar bosqichida 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichiga yo’llanma oldi.


Noyabr oyida I-chorak yakulandi. Fanlar kesimida monitoring o’tkazildi.Matematika fanidan 5-a 84 %, 5-B-72%, Geografiya fanidan 5-A-54%, 5-B-60% ko’rsatishdi. O’quvchilarda aniqlangan bo’shliqlar yuzasidan qo’shimcha qiziqarli testlat, didaktik o’yinlar o’tkazildi va to’ldirildi.

O’quv yili yarim yilligi davomida “Ustoz-shogird” ana’nasida asosida yosh mutahasislar bilan ish olib borildi. Dars tahlillarida ishtirok etilib, yutuq va kamchiliklar ko’rib chiqildi.

Dekabr oyida tabiiy va aniq fanlardan oraliq va yakuniy nazorat ishlari olindi. Bo’shliqlar aniqlandi, aniqlangan bo’shliqlar ustidan ishlash rejalari tuzildi. Dekabr oyida sho’ba yig’ilishi 10-maktabda bo’ldi. 10-maktab fizika fani o’qituvchisi yohs mutaxassis Pirimqulov Ulug’bek tomonidan ochiq dars o’tildi. Ochiq dars yuzasidan yutuq va kamchiliklar aytildi. Dekabr oyida fizika fanidan “Jamoaviy bilimlar bellashuvi” o’tkazildi.va quyidagi natijalarga erishildi. 7-sinflar jami 92,5 ball bilan I-o’rin, 8-sinflar 70 ball, 9-sinflar 77 ball to’plab qaytishdi.

Sinf jurnallarining yuritilishi, kundalik daftar, loborotoriya ishlari yuritilishi tekshirilib chiqildi. 20 dekabr kuni “Fan kabineti mudiri” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi o’tkazilib, biologiya fani o’qituvchisi Karimqulova G ishtirok etib I-o’rin g’olibi bo’ldi.

Dekabr oyida II-chorak yakunlandi.

Umumiy kamchiliklar: 2017-2018 o`quv yilida informatika, matematika 6-sinflar Jamoaviy bilimlar bellashuvida past ko`rsatkichlarga ega bo`ldi. fan o`qituvhcilari maktab bosqichida va undan so`ng qat`iy tayyorgarlik ishlarini sustroq olib borishgan.

Xulosa: O`quvchilarni to`g`ri tanlashga erishish , o`quvchilar bilan yakka tartibda doimiy shug`ullanishga qat`iy rioya qilish choralarini ko`rish lozim.


Metodbilashma rahbari: Karimqulova G

Yangiyer shahar

9–umumiy o’rta ta’lim maktabi “Tabiiy fanlar'' metod birlashmasining 2017-2018 o’quv yili yarim yillik


HISOBOTI



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling