Tabiiy va gumanitar fanlar fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Download 20.07 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi20.07 Kb.
#547887
Bog'liq
1-kafedra bayonidan ko\'chirma
59-31.01.2020, 59-31.01.2020, 59-31.01.2020, MA`ruza 1 zamonaviy kompyuterlarning texnik va dasturiy ta`minot, Algebra va sonlar nazariyasi fan dasturi, Algebra va sonlar nazariyasi fan dasturi, SAYLOVGA, Yosh gimnastikachilarning mashg, 1-amaliy mashg’ulot Habibov Shuhrat, Amaliy mashgulot (1), 2mavzu.Qahhorov Alisher, BDPI Kafolat xati, 03-04 YUZI, tehnologii formirovaniya grammaticheskih navykov, Mavzu Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI

TABIIY VA GUMANITAR FANLAR FAKULTETI

TABIIY FANLAR KAFEDRASI

1-son yig‘ilish bayonnomasidan

KO‘CHIRMA

Buxoro shahri 07.09. 2021

Yig‘ilish raisi: A.M.Mavlonov

Yig‘ilish kotibasi: D.S.Kalandarova

Kafedraning umumiy a’zolari soni: 5 nafar

Qatnashdilar: kafedraning 5 nafar a’zosi
KUN TARTIBI
6. Turli masalalar.

6.1. Kafedrada o‘qitiladigan har bir fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish va muhokama qilish

6.2. Kafedrada o‘qitiladigan har bir fan bo‘yicha nazorat savollarini ishlab chiqish va muhokama qilish


Eshitildi:

6.1-masala yuzasidan kafedra mudiri A.M.Mavlonov so‘zga chiqib, kafedrada o‘qitiladigan har bir fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqilishi lozimligini aytib o‘tdi. Jumladan, Kunduzgi va kechki ta’lim shakli uchun baholash quyidagicha:

1) Birinchi oraliq nazorat – 30 ballni, o‘z ichiga:

− amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida faol ishtiroki;

− kollokvium - savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob. Savollar tahliliy xarakterda bo‘ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan foydalanish mumkin.

– yozma topshiriqlar - kazus echish, jadval, sxema, glossariy tuzish, hujjat loyihasini tayyorlash.

1) Ikkinchi oraliq nazorat – 40 ballni (20 ball auditoriya mashg‘ulotlari, 20 ball mustaqil ta’lim), o‘z ichiga:

− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan auditoriya mashg‘ulotlaridagi fan mavzularidan tuzilgan savollar;

− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan tuzilgan savollar;

– yozma topshiriqlar.

2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlarda asosida nazariy savollar va echish uchun amaliy topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan olinadi. Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi.



2. Sirtqi ta’lim shakli uchun baholash quyidagicha:

1) Birinchi oraliq nazorat – 20 ballni, o‘z ichiga:

− dars mashg‘ulotlaridagi faol ishtiroki;

− savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob.

– yozma topshiriqlar.

1) Ikkinchi oraliq nazorat – 50 ballni (50 ball mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan), o‘z ichiga:

− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan tuzilgan savollar;

– yozma topshiriqlar.

2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlarda asosida nazariy savollar va echish uchun amaliy topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan olinadi. Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari bu borada o‘z fikrlarini bildirishdi.



6.2-masala yuzasidan kafedra mudiri A.M.Mavlonov so‘zga chiqib, har bir fan bo‘yicha o‘qituvchilar 100 tadan savol tayyorlashi va ushbu savollarga mutaxasislar tomonidan taqrizlar olinishi lozim. So’ngra tayyorlagan savollarini talabalar e’tiboriga taqdim etib, bir nushadan kafedra papkasiga joylashtrishi lozim ekanligini aytib o‘tdi. Bu borada kafedra professor o‘qituvchilar o‘z fikirlarini bildirishdi.

Bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib,


YIG‘ILISH QAROR QILADI:

1. Yuqoridagi masala yuzasidan kafedra mudiri tomonidan berilgan ma’lumotlar axborot uchun qabul qilinsin.

2. Har bir fan bo‘yicha tayyorlangan nazorat savollari talabalar e’tiboriga yetkazilsin (mas’ul kafedra o‘qituvchilari. Nazorat kafedra mudiri).

3. Mazkur majlis bayonida belgilangan topshiriqlarning bajarilishi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.


Kafedra mudiri v.v.b.: A.M.Mavlonov

Kotiba: D.S.Kalandarova
Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling