Тадбиркорлик фаолияти соҳасида қЎлланиладиган шартномалар тизими


Download 31.67 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2023
Hajmi31.67 Kb.
#1235830
  1   2
Bog'liq
Tadbirkorlik faoliyatida shartnomalar va hisob-kitoblar 21


Tadbirkorlik faoliyatida shartnomalar va hisob-kitoblar
Reja:
1. Mol-mulkka nisbatan egalik huquqini o`tkazishga qaratilgan shartnomalar.
2. Mol-mulkka nisbatan foydalanish huquqini topshirishga qaratilgan shartnomalar.
3. Muayyan ishni bajarishga qaratilgan shartnomalar.
4. Xizmat ko`rsatishga qaratilgan shartnomalar.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida tadbirkorlik faoliyatining xo`jalik mexanizmini takomillashtirishda shartnomalarning o`rni muhimdir. Tadbirkorlik asosan shartnomalar orqali amalga oshiriladi. Shartnomalarsiz tadbirkorlik rejalarini amalga oshirishni tasavvur ham qilib bo`lmaydi. Tadbirkor ishlab chiqarish va xo`jalik faoliyati jarayonida muayyan shartnomalar tuzadi.
Tadbirkorlik shartnomalari – bu xo`jalik yurituvchi subyektlarning o`zaro iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishning huquqiy vositasidir. Tadbirkorlik shartnomasining tushunchasi, uni tuzish tartibi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bosh yo`nalishlaridan biri - bu tadbirkorlik shartnomalarining ahamiyatini oshirish va shartnomaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirishdan iborat.
Shu sababli O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida shartnomalarni, xususan tadbirkorlik shartnomalarini tartibga solishga oid qoidalar keng berilgan. Bundan tashqari shartnoma munosabatlarini yanada muvofiqlashtirish maqsadida «Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy -huquqiy bazasi to`g`risida» gi Qonun qabul qilingan.
Ma`lumki, shartnoma – ikki yoki bir necha shaxslarning huquq va burchlarini vujudga keltirish, o`zgartirish va bekor qilish haqidagi o`zaro kelishuvdir. Shartnoma o`zaro munosabatga kirishgan tomonlarning kelishuvini aks ettiruvchi hujjatdir. Tadbirkorlar o`rtasida vujudga keladigan munosabatlar qonunlar bilan bir qatorda shartnomalar bilan ham tartibga solinadi.
Tadbirkorlik faoliyatining yutug`i birinchi navbatda taraflar o`rtasida tuzilgan shartnomaning mukammal va uning qonunchilik doirasida tuzilganligiga bevosita bog`liqdir.
Tadbirkorlik shartnomalarining mukammalligi esa avvalo, uning taraflar manfaatlarini ifodalashi, amaldagi qonunchilikka mos bo`lishi va uning qonuniy maqsadga yo`naltirilganligi bilan bog`liqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik shartnomalari uning taraflari bo`lishi – o`rta va kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlar nisbatan yangi tuzilmalar sifatida xo`jalik munosbatlarida noteng mavqega egaligi, ularda shartnomalar tuzish tajribasini yetarlicha emasligi va aksincha shartnomaning ikkinchi tomoni - tayyorlovchi, ta`minotchi va xizmat ko`rsatuvchi korxonalarning monopolistik mavqega egaligi, ularda yuridik xizmatning yo`lga qo`yilganligi, shartnomalar tuzish tajribasining mavjudligi bilan xarakterlanadi.

Tadbirkorlik shartnomalarini boshqa fuqarolik–huquqiy shartnomalar kabi xarakteri, mazmuni va maqsadiga qarab quyidagicha tavsiflash mumkin:


a) mol-mulkka nisbatan egalik huquqini o`tkazishga qaratilgan shartnomalar (oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, qishloq xo`jalik mahsulotlarini kontraktatsiya, ayriboshlash, hadya, tarmoqqa ulash orqali energetika va boshqa resurslar bilan ta`minlash va boshqa shartnomalar);
b) mol-mulkka nisbatan foydalanish huquqini topshirishga qaratilgan shartnomalar (mulk ijarasi, prokat, qarz mulkdan tekin foydalanish, lizing va boshqa shartnomalar);
v) muayyan ishni bajarishga qaratilgan shartnomalar (pudrat, maishiy pudrat, qurilish pudrati, loyiha va qidiruv ishlari pudarti va boshqalar);
g) xizmat ko`rsatishga qaratilgan shartnomalar (haq evaziga xizmat ko`rsatish, yo`lovchi, bagaj, yuk tashish, transport ekspeditsiyasi, komissiya, vositachilik, omonat va boshqa shartnomalar)1.
1. Mol-mulkka nisbatan egalik huquqini o`tkazishga qaratilgan shartnomalar.

Mazkur toifadagi shartnomalarning asosiy xususiyati - tovarga bo`lgan egalik huquqining bir shaxsdan ikkinchi shaxsga (sotuvchidan sotib oluvchiga) o`tishdan iboratdir.


Bu turga mansub tadbirkorlik shartnomalari mol-mulkka nisbatan egalik huquqini o`tkazishga qaratilgan boshqa shartnomalardan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:


a) hech bo`lmaganda shartnomaning bir tarafi maxsus subyekt - tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi xo`jalik yurituvchi subyekt ekanligi bilan;


b) shartnomalarning asosiy maqsadi tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy talabini qondirishga qaratilganligi bilan;


v) tadbirkorga nisbatan «qattiqroq» qoidalarning o`rnatilganligi, jumladan, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun kuchaytirilgan javobgarlik chorasi belgilanganligi,


g) ayrim hollarda shartnoma subyektlari erkining cheklanganligi bilan;


Mol-mulkka nisbatan egalik huquqini o`tkazishga qaratilgan tadbirkorlik shartnomalar orasida oldi-sotdi shartnomasi muhim o`rin tutadi.


Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi oldi-sotdi shartnomasining tadbirkorlik munosabatlarini tartibga solishdagi huquqiy vosita sifatidagi ahamiyatini oshirdi.


Sotsialistik xo`jalik tizimi davrida oldi-sotdi shartnomasi instituti uchun unchalik ehtiyoj bo`lmagan. Mahsulotlar, tovarlar qat`i reja asosida ishlab chiqarilgan va «fond», «naryad» larga muvofviq taqsimlangan. Shartnomaning predmeti asosan moddiy-maishiy ahamiyatga ega bo`lgan tovarlar, tashkilotlar uchun esa yordamchi vositalardan iborat bo`lgan.


Mamlakatimizda mulkiy munosabatlarning rivojlanishi, bozor munosabatlarining tarkib topishi iqtisodiy munosabatlarning huquqiy shakli bo`lmish oldi-sotdi shartnomasidan kengroq foydalanish imkonini yaratdi.


O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 386-moddasiga binoan oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi) ga mulk qilib topshirish majburiyatlarini, sotib oluvchi esa tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasini to`lash majburiyatini oladi.


Oldi-sotdi shartnomasida bir taraf tovarni sotuvchi, ikkinchi taraf tovarni sotib oluvchi hisoblanib, shartnomaning tadbirkorlik shartnomasi «maqomini olish uchun» taraflardan biri – qonunda belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs bo`lish, shartnomaning predmeti ham tadbirkorlik maqsadiga yo`naltirilgan bo`lishi lozim.


Jumladan, yakka-tartibda mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi fuqaro o`z shaxsiy yoki oilasi ehtiyojlari uchun avtomobil sotib olsa, shartnoma fuqarolik huquqiy bitim xususiyatiga ega bo`ladi. Agarda u avtomashinani yo`lovchi va yuk tashish maqsadida sotib olsa, oldi-sotdi bitimi tadbirkorlik shartnomasi «maqomi»ni oladi.


Yuridik shaxs tuzmasdan Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi, ammo belgilangan tartibda davlat ro`yxatidan o`tmagan tadbirkor-fuqaro tomonidan tuzilgan bitimlarga ham Fuqarolik kodeksining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog`liq majburiyatlar haqidagi qoidalarni qo`llash mumkin.


Demak, tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq oldi-sotdi shartnomalarining tuzishdan ko`zlangan asosiy maqsad – tovarga bo`lgan egalik huquqini sotuvchidan sotib oluvchiga o`tkazishdan iborat.


Shartnoma belgilaridan yana biri – uning ikki tomonlama shartnomalar turkumiga kirishi bilan bog`liqdir. Shartnoma bo`yicha taraflarning har birida muayyan huquq va majburiyatlar paydo bo`ladi.


Oldi-sotdi shartnomasi konsensual xususiyatga ega, ya`ni tuzilgan shartnoma bilan uni ijro etish vaqti har doim bir-biriga mos bo`lavermaydi. Oldi-sotdi shartnomasining asosiy belgilaridan yana biri – uning haq evaziga tuziladigan shartnomalar turkumiga kirishdir. Sotib oluvchi qabul qilib olingan tovar uchun belgilangan va kelishilgan pul summasini (bahosini) to`lashi lozim.


Erkin muomalada bo`lgan har qanday mol-mulk, ashyo-tovar oldi-sotdi shartnomasining predmeti bo`ladi. Qonunda ko`zda tutilgan xollarda ayrim tovarlar muomaladan chiqarilgan yoki ularning muomalada bo`lishi cheklangan bo`lsa-da, shartnoma predmeti bo`lishi mumkin.


Tovarning nomi va uning miqdori oldi-sotdi shartnomasining asosiy shartlaridan hisoblanadi. Bu shartlar shartnoma aniq ko`rsatilmagan bo`lsa va ularni belgilash uchun imkoniyat bo`lmasa, shartnoma tuzilgan, deb hisoblanmaydi.


Tovarning nomi va miqdori shartnomada aniq ko`rsatilishi lozim. Tovarning nomi - adabiy til qoidalariga muvofiq umum e`tirof etilgan atamada aniq belgilanishi lozim. Tovarning miqdori tegishli ulchov birliklarida (metr, dona, tonna va boshqalar) yoki pul birligida ifodalanishi mumkin.


Tovarning bahosi, sifati va uning topshirilish muddati barcha xollarda ham shartnomaning asosiy sharti hisoblanmasligi mumkin. Ammo, shartnomaning ayrim turlari bo`yicha, xususan, ko`chmas mulkini va korxonani sotish shartnomasi uchun baho, kontraktatsiya uchun - muddat oldi-sotdi shartnomasining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.


Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda ayniqsa, shartnoma muddati muhim o`rin tutadi. Negaki, tovarning o`z vaqtida topshirilmaganligi ishlab chiqarish, xo`jalik faoliyatini izdan chiqaradi, tadbirkorga jiddiy zarar keltiradi. Masalan, fermer xo`jaligi paxta yetishtirish uchun ug`itni shartnomada ko`zda tutilgan vaqtda ololmasa, xosildorlik pasayib ketadi va fermerga jiddiy zarar yetadi.


Oldi-sotdi shartnomasining mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Sotuvchining asosiy majburiyati va huquqi - o`z tasarrufida bo`lgan, yoki kelajakda o`zi yaratadigan yoxud oladigan ashyolarni shartnomada ko`rsatilgan miqdorda, muddatda, sifatli, but va tegishli idishga joylashtirilgan va o`ralgan tarzda topshirishdan va buning evaziga tegishli haqni olishdan iborat.


Oluvchining asosiy huquq va majburiyati - sotilgan tovarni qabul qilib olish va belgilangan haqni to`lashdan, agar sotilgan tovar shartnomaga muvofiq topshirilmagan bo`lsa, uni topshirilishi talab etishdan iborat bo`ladi.


Mol-mulkka nisbatan egalik qilish huquqini o`tkazishga qaratilgan shartnomalar tizimida oldi-sotdi shartnomasiga turdosh shartnomalar - chakana oldi-sotdi, ko`chmas mulkni sotish, korxonalarni sotish, mahsulot yetkazib berish, tovarlar yetkazib berish to`g`risidagi davlat kontrakti, kontraktatsiya, energiya ta`minoti shartnomalari ham o`rin olgan.


Chakana oldi-sotdi shartnomasi tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan sotuvchining sotib oluvchiga shaxsiy maqsadlarda, ro`zg`orda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan boshqa maqsadlarda foydalanadigan tovarlarni topshirish majburiyatlarini ifodalaydi.


Shartnomaning o`ziga xos tomoni unda ishtirok etuvchi subyektlarning tarkibi bilan bog`liq. Shartnoma bo`yicha sotuvchi sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs chiqishi mumkin. Shartnomaning ikkinchi tarafi - iste`molchi tovarni qayta ishlab chiqarish yoki sotish uchun emas, balki shaxsiy maishiy ehtiyojlari uchun sotib oluvchi fuqarodir.


Chakana oldi-sotdi shartnomasining turlari sifatida o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish yo`li bilan sotish, namunalar bo`yicha sotish, tovarlarni kreditga sotish, tovarlarni ilgaridan berilgan buyurtma bo`yicha sotish va hokazo shartnomalarni ko`rsatish mumkin.


Chakana oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha huquqiy munosabatlar Fuqarolik kodeksidan tashqari «Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi, «Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini standartlashtirish va o`lchash to`g`risida»gi, «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida»gi Qonunlar hamda O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 14 iyundagi «Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari alohida turlarini chakanalab sotish qoidalari» va boshqa hujjatlar bilan tartibga solinadi.


Oldi-sotdi shartnomasining turlaridan biri – ko`chmas mulkni sotish shartnomasidir. FKning 83-85-moddalariga ko`ra shartnomani xususiyatlarini ifodalovchi asosiy belgi uning obyektidan iborat. O`zR yangi FK da fuqarolik huquqlarining obyekti bo`lmish mol-mulk birinchi marta ko`chmas va ko`char mulkka bulinadi.


Ko`chmas mulk - yer uchastkalari, yer osti boyliklari, bino va inshootlar, mulkiy kompleks sifatida korxonalar, shuningdek ko`p yillik dov-daraxtlardan iborat.


Havo, dengiz va daryo transportlari ham ko`chmas mulk katoriga kiritilishi mumkin. Ko`chmas mulknnig barcha turlari ham bu shartnomaning obyekti bo`lavermaydi. Chunonchi yer osti boyliklari sotilmasligi mumkin. Ko`chmas mulk sifatida sotiladigan har kanday mulk davlat ro`yxatidan o`tkaziladi.


Ko`chmas mulkni sotish kim oshdi savdosida, tanlov orqali, yuridik shaxslarning o`zaro kelishuvi asosida va qonunda taqiqlanmagan boshqa usullarda amalga oshirildi. Shartnomaning boshqa oldi-sotdi shartnomalaridan farqi uni tuzishga nistaban alohida usul qo`llanilishidan iborat. FKning 480-moddasiga ko`ra ko`chmas mulkni sotish shartnomasi bitta hujjat tarzida tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanish talab etilmaydi.


Shartnomaning yana bir xususiyati ko`chmas mulka bo`lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o`tganligi davlat ro`yxatidan o`tkazilishi shart. Buni shartnomaning o`zini davlat ro`yxatidan o`tkazilishidan farqlash lozim. Sotib oluvchining ko`chmas mulkka egalik huquqi ushbu huquqni davlat ro`yxatidan o`tkazish paytida vujudga keladi.


Oldi-sotdi shartnomasining tizimiga kiruvchi ko`chmas mulkni sotish shartnomasining yana bir turi – korxonani sotish shartnomasidir. FKning 489-moddasiga binoan korxonani sotish shartnomasiga muvofiq, sotuvchi xaridorga butun korxonani mulkiy majmua sifatida topshirish majburiyatlarini oladi, sotuvchi boshqa shaxslarga berishga haqli bo`lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.


Korxona faqatgina huquq subyekti emas, balki mol-mulklarning majmuasi sifatida huquq obyekti ham bo`ladi va butunlay yoki uning bir qismi yoxud qismlari oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlarning obyekti bo`lishi mumkin. Shu bilan u boshqa oldi-sotdi shartnomalaridan farqlanadi.


Korxona tarkibiga mol-mulklarning majmuasi sifatida uning yer uchastkalari, binolar, inshootlar, uskuna, inventar, xomashyo, tayyor mahsulotlar, talab qilish huquqi, qarzlar, shuningdek, korxona va uning mahsulot, ishlari va xizmatlarini aks ettiruvchi xususiy belgilari (firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari)ga bo`lgan huquqlar va boshqa huquqlar kiradi.


Shartnoma subyekti jismoniy shaxslar, (ular korxonani boshqarish uchun boshqa tadbirkorni jalb etish mumkin) yuridik shaxslar va davlat bo`lishi mumkin. Sotilayotgan korxona mulk huquqi asosida sotuvchiga tegishli bo`lishi va huquq subyekti sifatida tan olingan bo`lishi kerak. Korxonani sotish shartnomasi doimo yozma shaklda tuziladi va notarial guvohlantirilgan bo`lishi kerak.


Tadbirkorlik amaliyotida tovarlar oldi-sotdisi bo`yicha keng tarqalgan shartnomalardan biri - mahsulot yetkazib berish shartnomasidir. FK ning 437-moddasida mahsulot yetkazib berish shartnomasi quyidagicha ta`riflanadi: «Mahsulot yetkazish shartnomasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan mahsulot yetkazib beruvchi - sotuvchi shartlashilgan muddatda yoki muddatlarda o`zi ishlab chiqaradigan yoxud sotib oladigan tovarlarni sotib oluvchiga tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun yoki shaxsiy, oilaviy maqsadlarda, ro`zg`orda va shunga o`xshash boshqa maqsadlarda foydalanish bilan bog`liq bo`lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun topshirish, sotib oluvchi esa tovarlarni qabul qilish va ularning haqini to`lash majburiyatini oladi».


Mahsulot yetkazib berish shartnomasi turdosh shartnomalardan o`zining quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:


a) mahsulot yetkazib berish shartnomasi predmeti har qanday tovarlar emas, balki yetkazib beruvchi tomonidan ishlab chiqariladigan yoki sotib olinadigan tovarlardir. Oldi-sotdi shartnomasining predmeti esa tayyor tovarlardan iborat bo`lishi mumkin;


b) mahsulot yetkazib berish shartnomasiga ko`ra, tovarni topshirish muddati shartnomaning asosiy sharti sanalsa, oldi-sotdi shartnomasida muddat uning asosiy sharti hisoblanmaydi;


v) mahsulot yetkazib berish shartnomasida shartnomani tuzish va ijro etish davri deyarli bir vaqtga to`g`ri kelmaydi, oldi-sotdi shartnomasida uni tuzish payti ijro etish vaqtiga to`g`ri keladi;


g) mahsulot yetkazib berish shartnomasi nisbatan uzoq davom etadigan munosabatlarni tartibga solib, bir necha muddatda, qismlarga bo`lib ijro etiladi. Oldi-sotdi shartnomasi esa qisqa, odatda bir marta bo`ladigan munosabatlarni tartibga soladi.


Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi xo`jalik yurituvchi subyektlar mahsulot yetkazib berish shartnomasi orqali o`z faoliyatlari uchun zarur bo`lgan xom ashyo, uskunalar, materiallar va boshqa tovarlarni oladilar va shu bilan birga ishlab chiqargan tovarlarni sotish imkoniga ega bo`ladilar.


Mahsulot yetkazib berish shartnomasining mazmunini tashkil etuvchi asosiy shartlar – tovarning miqdori, assortimenti, sifati, butligi, narxi va boshqa shartlarga FKning oldi-sotdi shartnomasi to`g`risidagi qoidalar qo`llaniladi.


Mol-mulkka nisbatan egalik kilish huquqini o`tkazishga qaratilgan tadbirkorlik shartnomalari orasida fuqarolik huquqining yangi institutlaridan biri bo`lgan - davlat kontrakti bo`yicha mahsulot yetkazib berish shartnomasi muhim o`rin tutadi.


Ayrim turdagi tovarlar bilan jamiyat va davlat ehtiyojlarini to`laroq qondirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining yangi FKda oldi-sotdi shartnomasining bir turi bo`lmish davlat kontrakti joriy etildi.


Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, mudofaa, ilmiy-texnikaviy manfaatlari va boshqa umummilliy ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlat kontrakti bo`yicha alohida turdagi tovarlar ma`lum cheklangan miqdorda va davlat narxida tegishli davlat tashkilotlari, korxonalariga yetkazib beriladi.


O`zbekiston Respublikasi FKning 458-moddasiga ko`ra davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yekazib berish yuzasidan davlat kontrakti bo`yicha mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi), davlat buyurtmasiga yoki uning ko`rsatmasiga binoan, mahsulot yetkazib berish shartnomasi asosida boshqa shaxsga kelishilgan muddatda tovarlar yetkazib berishni, davlat-buyurtmachisi esa yetkazib berilgan tovarlar haqini belgilangan muddatda to`lanishini ta`minlashni o`z zimmasiga oladi.


Shartnoma bo`yicha bir tarafdan tovar yetkazib beruvchi har qanday xo`jalik yurituvchi subyekt, ikkinchi tarafdan, albatta davlat yoki davlat tashkiloti ishtirok etadi. (Masalan, «O`zdonmahsulot» davlat aksiyadorlik korporatsiyasi, «O`zpaxtasanoatsotish» uyushmasi va boshqalar).


Davlat kontrakti bo`yicha munosabatlarda mahsulotni yetkazib beruvchi (ijrochi), davlat buyurtmachisi va uning ko`rsatmasiga ko`ra boshqa shaxslar ishtirok etadi. Davlat buyurtmachisi bilan ijrochi o`rtasidagi munosabatlar ma`muriy-huquqiy, ijrochi bilan boshqa shaxslar o`rtasida munosabatlar esa - fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega.1


Davlat kontraktining o`ziga xos xususiyatlaridan biri shartnoma tomonlaridan biri bo`lgan tadbirkorlik subyekti hamma vaqt ham shartnomaviy munosabatlardan foyda olavermaydi. Ba`zi hollarda xo`jalik yurituvchi subyekt shartnomaviy munosabatlardan ma`lum zarar ko`rishi yoki ko`zlagan foydani ololmay qolishi mumkin. Albatta, tovar va mahsulotlar boshqa xo`jalik yurituvchi subyetlarga «erkin» sotilganda, ko`proq daromad olinishi mumkin bo`lardi.


Shu sababli FKning 459-moddasi 9-qismida davlat buyurtmachisi davlat kontraktini bajarish natijasida tovar yetkazib beruvchi ko`rishi mumkin bo`lgan barcha zararlarni qoplash majburiyatini oladi.


Mazkur tizimga kiruvchi tadbirkorlik shartnomalari orasida kontraktatsiya shartnomasi ko`p uchraydi.


FKning 465-moddasiga ko`ra kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xo`jalik mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xo`jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga - tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to`lash (to`lab turish) majburiyatini oladi.


Kontraktatsiya shartnomasi subyekti va predmeti bo`yicha oldi-sotdi shartnomasi va uning boshqa turlaridan farqlanadi. Shartnoma taraflaridan biri qishloq xo`jalik mahsulotlarini ekib, undirib, yetishtiruvchi shaxs bo`lsa, ikkinchi taraf bunday mahsulotlarni qayta ishlash yoki sotish uchun xarid qiluvchi tadbirkor hisoblanadi.


Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini xarid qilish bo`yicha munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 avgustdagi qarori bilan tasdiklangan «Qishloq xo`jalik mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi to`g`risida»gi Nizom bilan tartibga solinadi. Ba`zi asosiy turdagi mahsulotlar (paxta, g`alla va hokazo) bo`yicha ma`lum miqdorda davlat kontraktiga asosan topshirish ham kontraktatsiya shartnomasi tuzish orqali amalga oshiriladi.


Shartnoma taraflari sifatida bir tarafdan, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi xo`jalik yurituvchi xo`jaliklar – jamoa, shirkat, dehqon, fermer xo`jaliklari, ikkinchi tarafdan qishloq xo`jalik mahsulotlarini sotib oluvchi, uni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va sotish uchun xarid qiluvchi korxona, tashkilotlar qatnashadi.


Shartnomaning xususiyatlaridan yana biri davlat kontrakti bo`yicha sotiladigan mahsulotlarning bahosi olinadigan davlat tomonidan belgilangan bo`ladi.


Ortiqcha topshirilgan mahsulotlar uchun yuqori narx to`lash maxsus qarorlarda ko`rsatilishi yoki shartnoma taraflarining kelishuvi bilan erkin ravishda belgilanishi mumkin.


Oldi-sotdi shartnomasiga turdosh shartnomalar orasida energiya ta`minoti shartnomalari turmushda ko`p uchraydi. FKning 468-moddasiga ko`ra energiya ta`minoti shartnomasiga muvofiq, bir taraf energiya bilan ta`minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali ikkinchi taraf - abonentga (iste`molchiga) energiya berib turish majburiyatini oladi, abonent esa qabul qilingan energiya haqini to`lash, shuningdek, shartnomada belgilangan energiya iste`mol qilish tartibiga rioya etish, tasarrufidagi energetika shaxobchalaridan foydalanish xavfsizligini hamda o`zi foydalanadigan energiyani iste`mol qiluvchi asbob va uskunalarning sozligini ta`minlash majburiyatini oladi.


Shartnomada bir tomondan, ulangan tarmoq orqali energiya bilan ta`minlovchi tashkilot, boshqa tomondan, abonent (iste`molchi) qatnashadi.


Shartnoma predmeti – ulangan tarmoq orqali beriladigan energiya manbasidir.


Shartnomaga ko`ra energiya ta`minoti tashkiloti abonentning tarmog`iga uzluksiz yoki kelishilgan jadval asosida belgilangan miqdorda energiya uzatish majburiyatini oladi.


Shartnoma bo`yicha iste`molchi – belgilangan tarif asosda olingan energiya uchun haq to`lash, energiya tarmoqlarining ishlash xavfsizligi qoidalariga rioya etish majburiyatini oladi.


FK ning 478-moddasiga binoan, energiya ta`minoti shartnomasiga taalluqli qoidalar tutashtirilgan tarmoq orqali gaz, neft va neft mahsulotlari, suv va boshqa tovarlar bilan ta`minlash munosabatlariga ham qo`llaniladi.


2 §. Mol-mulkka nisbatan foydalanish huquqini topshirishga qaratilgan shartnomalar.

Mazkur toifaga kiruvchi shartnomalar orasida mulk ijarasi, prokat shartnomasi, transport vositalari ijarasi shartnomasi, binolar va inshootlar va uy-joy ijarasi shartnomasi, korxonani ijaraga berish shartnomasi, lizing shartnomasi, tekin foydalanish shartnomasi amaliyotda keng qo`llaniladi.


Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida mulkdan foydalanishga oid munosabatlarning qo`llanishi ham kengaya boradi. Mulk egasi o`z mulkidan unumli foydalanish maqsadida uni boshqa shaxslarga vaqtincha foydalanish uchun berishi mulkning foydalanilmasdan bekor yotishining oldini olish bilan birga mulkdorga katta foyda olish imkonini ham beradi.


Ayni paytda o`zida tadbirkorlik faoliyatini samarali yuritish uchun kerakli mol-mulklarga ega bo`lmagan xo`jalik yurituvchi subyektlar bunday mulkni boshqa shaxslardan vaqtincha foydalanish uchun olish va shu yo`l bilan bu mulkka bo`lgan ehtiyojini qodirishi mumkin bo`ladi.


Shartnomaning ahamiyatli tomoni shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik yurituvchi subyektlar o`zlariga tegishli mol-mulkdan to`la foydalanishlari uchun qulay imkoniyat yaratiladi.


Ijara - bu mulk egasining o`zaro kelishuviga muvofiq ishlab chiqarish vositalari va boshqa buyumlarni muayyan to`lov evaziga vaqtincha foydalanish uchun boshqa birovga topshirishdir. Mulk egasi (ijaraga beruvchi) o`z mulkining boshqa birov (ijarachi)ga ishlatish va foydalanish uchun berar ekan, har ikkala taraf ham foyda olishni ko`zda tutadi.


FKning 535-moddasiga ko`ra ijara shartnomasi deb shunday kelishuvga aytiladiki, bunga asosan bir taraf ijaraga beruvchi, ma`lum bir mulkni ikkinchi taraf – ijaraga oluvchiga xak baravariga vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Ijarachi shartnoma muddati tugashi bilan ijara mulkini qaytarishga majbur bo`ladi.


Shartnomaning o`ziga xos xususiyati shundaki, unga ko`ra ijarachiga mulkka egalik kilishning ikki jihati: mulkni egallash va undan foydalanish huquqi o`tadi. Mulkni tasarruf etish huquqi esa mulk egasida qoladi.


Shartnoma obyekti iste`mol qilinmaydigan va huquqiy alomatlari bilan belgilanadigan yer uchastkalari, korxonalari, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa ashyolar bo`lishi mumkin.


Mulk ijarasi shartnomasining alohida turlaridan biri – prokat shartnomasidir. O`zbekiston Respublikasi FKning 558-moddasiga ko`ra, prokat deb shunday shartnomaga aytiladiki, bunga asosan tadbirkorlik faoliyati sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi haq evaziga ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun ko`char mol-mulkni topshirish majburiyatini oladi.


Shartnoma bo`yicha ijaraga beruvchi sifatida barcha hollarda, tadbirkorlik subyektlari - yuridik va jismoniy shaxslar, ijaraga oluvchi esa faqat fuqarolar bo`ladi. Shartnomaga muvofiq buyumlarni ijaraga beruvchi tadbirkorning burchi - foydalanish uchun yaroqli ashyoni taqdim etish, prokatga berilayotgan ashyoning foydalanishga yaroqli ekanligini ijaraga oluvchi huzurida tekshirish, prokatga olingan ashyo buzilganda, yo`qolganda yoki komplektsiz qaytarilganda mulkiy javobgarligi to`g`risida ijarachini ogohlantirishdan iborat.


Ijaraga oluvchining burchlari esa ijara haqini vaqtida to`lash, mulkdan uning vazifasiga muvofiq foydlanish, prokatga olingan mulkni boshqa shaxsga foydalanish uchun bermaslik, ashyoni ta`mirlamaslik va shartnoma muddati tugagach, uni butun holda ijaraga beruvchiga kaytarib topshirishdan iboratdir. Xususiy alomatlari bilan belgilangan va iste`mol qilinmaydigan har xil ashyolar, xususan, musiqa asboblari, texnika vositalari, uy-ro`zg`or buyumlari, sport anjomlari va h.k shartnomaning predmeti bo`la oladi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma predmeti kengaya boradi. Masalan, avtotransport vositalari, kompyuter texnikalari va h.k.larni prokatga berish rivojlanadi.


Prokat shartnomasi aniq muddatga tuzilishi bilan boshqa shartnomalardan farq qiladi. Masalan, prokat shartnomasi mol-mulk ijarasi shartnomasidan bir yildan ko`p bo`lmagan muddatga tuzilishi hamda prokat narsasini yaxshilash, ta`mirlash uchun foydalanuvchi majburiyat olmasligi bilan farqlanadi.


Amaliyotda tadbirkorlik subyektlari transport vositalarini ijarasi shartnomasidan ham keng foydalanadilar. Ayniqsa, bozor iqtisodi sharoitida tadbirkorlik subyektlari o`zlarining transport vositalariga bo`lgan ehtiyojlarini to`la qondira olmaydilar. Shu sababli vaqtincha foydalanishi uchun ularni ijaraga olish zaruriyati tugiladi. Transport ijarasi shartnomasining turli shakllari mavjud.


FKning 564-moddasi 1-qismiga binoan transport vositasini ekipaji bilan ijaraga berish shartnomasi bo`yicha ijaraga beruvchi transport vositasini vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga ijaraga oluvchiga beradi va o`z kuchi bilan uni boshqarish hamda texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatadi.


Transport vositasini ekipajsiz ijaraga berish shartnomasi bo`yicha esa ijaraga beruvchi transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatilmagan holda vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun ijaraga oluvchiga haq evaziga beradi.


Transport vositalaridan tijorat maqsadlarida foydalanayotgan ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o`rtasida tuzilgan ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish munosabati bilan yoqilg`i-moylash mahsulotlari, extiyot qismlar va boshqa materiallar haqini to`lash majburiyati ijaraga oluvchi zimmasida bo`ladi.


Ijaraga oluvchi ijaraga olingan tarnsport vositasini ekipaji bilan yoki ekipajsiz ijara shartlari asosida ijaraga beruvchining roziligi bilan boshqa shaxslarga foydalanish uchun berishga haqli bo`ladi.


Transport vositasini ijaraga oluvchi undan tijorat maqsadlarida foydalanish imkoniyatiga ega. U ijaraga beruvchining roziligisiz o`z nomidan uchinchi shaxslar bilan yuk va yo`lovchilar tashish va boshqa shartnomalar tuzishga haqli. Bunda u transport vositalaridan foydalanish maqsadlariga, bunday maqsadlar shartnomada ko`zda tutilmagan hollarda esa transport vositasining vazifasiga va texnik imkoniyatlarga xilof bo`lmaydigan ravishda foydalanish mumkinligi haqidagi talablarga amal qiladi.


Transport vositalarini ayrim turlarini ijaraga berishning o`ziga xos xususiyatlari bor. Bular transportni saqlash, boshqarish, texnik xizmat ko`rsatish, foydalanish bilan bog`liqdir. Jumladan, suv va havo transporti, avtomobil transportini ijaraga berish o`ziga xos xususiyatlariga ega. Ularni ijaraga berishda tarnsport Nizomlari, kodekslar va boshqa qonun hujjatlarida alohida qoidalar belgilangan bo`ladi.


Xo`jalik yurituvchi subyektlar o`zlarining ishlab chiqarish, madaniy-maishiy ehtiyojlarini to`laroq qondirish maqsadida boshqa shaxslarning bino va inshootlarini vaqtincha foydalanishga olish zaruriyati tug`iladi.


Bino va inshootlar ijarasida ijara munosabatlarini tartibga solishning umumiy qoidalari qo`llaniladi. Bu shartnoma birinchidan, muddatli va haq to`lash nazarda tutilgan shartnoma hisoblanadi. Ikkinchidan, shartnoma bo`yicha binolar va inshootlar vaqtincha egallash va foydalanishga yoki vaqtinchalik foydalanishga beriladi.


Shartnoma boshqa ijara shartnomalaridan predmeti bo`yicha xarakterlanadi. Shartnoma predmeti bo`lib binolar yoki inshootlar yoxud ko`chmas mulkning boshqa turlari hisoblanadi. Bundan tashkari bu shartnomaning yana bir xususiyati bino va inshootlar bilan bir vaqtda ular joylashgan yer uchastkasi ham shartnoma predmeti hisoblanadi.


Qonunda bino va inshootlar tushunchasi berilmagan. Turmushda, umum foydalanishdagi ma`nosida bino - odamlar yashash va ishlash maqsadida qurilgan inshootlardir.


Bino va inshootlar ijarasi to`g`risidagi qoidalar ularning bir qismini ijaraga berganda ham qo`llaniladi. FKning 574-moddasiga ko`ra mazkur shartnoma taraflar imzolaydigan yagona hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Bir yildan kam bo`lmagan muddatga tuzilgan bino va inshootlarni ijaraga berish shartnomasi davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim.
Ijara shartnomasi shakllaridan biri korxonani ijaraga berish shartnomasidir. FK ning 579 - moddasiga ko`ra, korxonani ijaraga berish shartnomasi bo`yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun mulkiy kompleks sifatida butun korxonani yoki uning bir qismini haq evaziga berish majburiyatini oladi, ijaraga beruvchi boshqa shaxslarga o`tkazish mumkin bo`lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Korxonani ijaraga olishdan asosiy maqsad tadbirkorlik sohasida ishlab chiqarish va xo`jalikni yuritishda undan samaraliroq foydalanishdan iboratdir.
Shartnoma quyidagicha o`ziga xos xususiyatlarga ega:
- shartnoma predmeti butun korxona, ya`ni, mol-mulk kompleksidan iboratdir;
-korxonani ijaraga berish uni xususiylashtirishning o`ziga xos shaklidir;
- shartnoma bo`yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga korxonaning asosiy fondini tashkil etgan asosiy obyektlar, jumladan yer uchastkasi, binolar, inshootlar va boshqa asbob-uskunalarni topshirish majburiyatlarini oladi. Korxonaning aylanma mablag`lari ham shartnomada belgilangan tartibda ijaraga oluvchiga o`tkaziladi;
- ijaraga beruvchining intellektual mulkdan foydalanish huquqi ham korxonani ijaraga oluvchiga o`tadi;
- korxonani ijaraga oluvchiga ijaraga beruvchining uchinchi shaxslarga nisbatan talab kilish huquqi va qarz majburiyatlari ham o`tishi mumkin;

- ijaraga beruvchining tegishli faoliyat bilan shug`ullanishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari ijaraga oluvchiga berilishi mumkin emas.


Korxonani ijaraga berish muddati 5 yildan kam bo`lmasligi kerak.


Agar qonun hujjatlari va shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni o`z hisobidan kapital ta`mirlashi shart.


Ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga muvofiq, agar bunday shartlar shartnomada belgilangan bo`lmasa, mol-mulkining vazifasiga muvofiq foydalanishi zarur.
Shuningdek, ijaraga oluvchi shartnoma amalda bo`lgan davrda korxonani texnik holatda saqlab turishi, joriy va kapital ta`mirlashi, korxonani ishlatish bilan bog`liq harajatlar, soliq va boshqa to`lovlarni to`lab turishi lozim.
Bundan tashqari ijaraga oluvchi korxonani ijaraga beruvchining roziligisiz qayta qurishga, kengaytirib texnik sozlash, korxonani vaqtincha foydalanish yoxud qarzga berish, qo`shimcha ijaraga berish, ijaraga beruvchining roziligi bilan sotish, ayriboshlashga haqli bo`ladi.
Ijara shartnomasi shakllari orasida lizing shartnomasi ham muhim urin tutib, iqtisodiy hayotga tobora ko`proq kirib bormoqda. Bu shartnoma bo`yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf, lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirigiga binoan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) uchinchi tarf bilan o`z mablag`lari hisobiga lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa, buning uchun lizing beruvchiga lizing to`lovlarini to`lash majburiyatlarini oladi.
Boshqa shartnomalardan farqli o`laroq lizing shartnomasida 3 ta taraf – sotuvchi, lizing oluvchi va lizing beruvchi ishtirok etadi.
Iste`mol qilinmaydigan hamda tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo`lgan har qanday ashyolar lizing obyekti bo`ladi.
Mol-mulkdan foydalanish yuzasidan tuziladigan shartnomalarga guruxiga mulkdan tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi ham kiradi. Shartnomaga ko`ra bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi taraf (ssuda oluvchi)ga ashyoni vaqtincha tekin foydalanishi uchun berish majburiyatini oladi yoki beradi, ikkinchi taraf esa bu ashyoni qanday olgan bo`lsa, normal yoyilishini hisobga olib, xuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda kaytarib berish majburiyatini oladi.
Tekin foydalanish shartnomasi mulk ijarasi shartnomasidan haqsiz tuzilishi bilan farqlanadi. Bundan tashqari shartnoma - bir tomonlama shartnomalar turkumiga kiradi. Shartnomaning yana bir xususiyati shartnoma bo`yicha tekin foydalanuvchiga mulkdorning faqat ikki huquqi – mulkka egalik va undan foydalanish huquqi o`tadi.
Bu shartnoma xo`jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatida ko`p qo`llanilmasada, ba`zan uchrab turadi. Korxona, tashkilotlar bir-birlariga o`zlarida vaqtincha foydalanilmay yotgan asbob-uskunalarni vaqtincha tekin foydalanish uchun topshirishlari mumkin.
Ssuda shartnomasi ssuda beruvchilar manfaatlarini ko`zlab tuzilmaydi, balki faqat ssuda oluvchining manfaatlarini ko`zlovchi majburiyatlarini o`z ichiga oladi.
Shartnomannig predmeti iste`mol qilinmaydigan ashyolar – yer uchastkalari va boshqa alohida tabiiiy obyektlar, korxonlar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa mol-mulklar bo`lishi mumkin.

3. Muayyan ishni bajarishga qaratilgan shartnomalar.


Bozor iqtisodi sharoitida tadbirkorlik subyektlari o`z faoliyatini samarali yuritishlari uchun bajarilishi maxsus bilim va malaka talab etadigan ba`zi ishlarni, jumladan, maishiy pudrat, qurilish, loyihalash, qidiruv, ilmiy-tadqiqot va tajriba–konstruktorlik va texnologik ishlarni amalga oshirishga yanada ko`proq ehtiyoj sezadilar.


Korxonalar qurilish, ta`mirlash va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun tegishli qurilish–ta`mirlashga ixtisoslashgan tashkilotlar bilan shartnoma munosabatlariga kirishadi.
Bu munosabatlar ishni bajarishga qaratilgan shartnomalar – pudrat shartnomasi orqali tartibga solinadi. O`zbekiston Respublikasi FKning 631-moddasiga ko`ra pudrat shartnomasi bo`yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (byurtmachi)ning topshirig`iga binoan ma`lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to`lash majburiyatini oladi.

Pudrat shartnomasining obyekti – ma`lum bir bajarilgan ishning natijasi hisoblanadi. Shartnomannig taraflari bo`lib, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar korxona, tashkilotlar, xususiy tdbirkorlar va fuqarolar hisoblanadi.


Agar qonun va taraflarning kelishuvi bilan ishni pudratchining shaxsan o`zi bajarish belgilanmagan bo`lsa, pudratchi ma`lum bir ishlarni bajarish yuzasidan boshqa pudratchilar bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Bunday holda asosiy ishni bajaruvchi taraf – bosh pudratchi deb, ma`lum bir qo`shimcha ishni bajarish uchun bosh pudratchi bilan shartnoma tuzgan pudratchi – yordamchi pudratchi deb ataladi.
Bosh pudratchi yordamchi pudratchilarni shartnoma bo`yicha ishni bajarish bilan bog`liq zarur materiallar bilan ta`minlashga majbur bo`ladi.
Pudrat shartnomasining asosiy va turmushda keng uchraydigan turlaridan biri – maishiy pudrat shartnomasidir.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan pudratchi maishiy pudrat shartnomasi bo`yicha buyurtmachi-fuqaroning topshirig`i bilan uning maishiy yoxud boshqa shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ma`lum ishlarni bajarish majburiyatlarini, buyurtmachi esa ishni qabul qilish va haqini to`lash majburiyatini oladi.
Shartnoma taraflari – bir tomondan maishiy xizmat ko`rsatish korxonasi, ikkinchi tarafdan fuqaro hisoblanadi. Shartnoma fuqarolarning maishiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Mazkur guruhga kiruvchi shartnomalar orasida qurilish pudrati shartnomasi muhim o`rin tutadi. FKning 666-moddasiga ko`ra, bu shartnoma bo`yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig`i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to`lash majburiyatini oladi.
Qurilish pudrati shartnomasi boshqa pudrat shartnomalaridan bir kancha xususiyatlari bilan farqlanadi. Birinchidan, shartnoma konsensual, haq baravariga va ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi. Ikkinchidan, qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni, inshootni yoki boshqa obyektni qurish yoki qayta qurish bilan bevosita bog`liq bo`lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Uchinchidan, shartnoma taraflari – buyurtmachi pudratchini tanlash imkoniyatiga ega bo`lganidek, pudratchini qabul qilish, tanlash (tender asosida) imkoniyatiga ega bo`ladi. To`rtinchidan, pudratchi qurilish va boshqa ishlarni ishning hajmi, mazmuni va ularga qo`yiladigan boshqa talablarni belgilaydigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

Shartnomaning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri tugallangan qurilish obyektini qabul qilish davlat qabul kommisiyasi tomonidan buyurtmachi, bosh pudratchi va subpudratchilar ishtirokida amalga oshiriladi.


Qurilish pudrat shartnomasi ilgarigi kapital qurilishga oid pudrat shartnomasidan farq kilib, faqat yangi bino va inshootlarni qurishni emas, mavjud bino va inshootlarni kapital ta`mirlash va qurish bilan bog`liq boshqa ishlarni bajarishni ham nazarda tutadi.
Pudratchi odatda qurilish obyektini to`la tamomlash uchun shartnoma tuzadi. Bunga ishlarni loyihalashtirish, obyektni qurishga tayyorlash, tozalash, qurish, foydalanishga topshirish va boshqa ishlar kiradi.
Shartnomaning taraflari sifatida buyurtmachi va pudratchi ishtirok etib, buyurtmachi – har qanday jismoniy va yuridik shaxs bo`lishi mumkin, pudratchi esa tegishli litsenziya (ruxsatnoma)ga ega bo`lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Pudratchi qonunda va shartnomada nazarda tutilgan holatlarda kurilish ishlarini sifatli va o`z vaqtida bitkazish maqsadida boshqa shaxslar bilan subpudrat shartnomasini tuzishga haqli bo`ladi. Pudratchi shartnoma va qonunga muvofiq topshirayotgan qurilish obyektini foydalanishga kafolat berishi shart. Kafolat muddati qurilish muddati qabul qilingan kundan boshlab, shartnomada boshqacha holat kuzda tutilmagan bo`lsa, 10 yildan iboratdir.
Shartnomaning bajarilishini ta`minlash maqsadida shartnomada pudrat shartnomasi bo`yicha tomonlarning javobgarligi haqidagi qoidalardan tashqari qo`shimcha javobgarlik, xususan mulkiy javobgarlik choralari ham keng qo`llaniladi.
Fuqarolik kodeksida loyiha va qidiruv ishlari pudrati shartnomasi ham pudrat shrtnomasining turi sifatida ko`zda tutilgan. Ammo, bu shartnoma qurilish pudrati shartnomasi bilan uzviy bog`liqdir. Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo`yicha pudratchi (loyihalovchi, kidiruvchi) buyurtmachining topshirishni bo`yicha shartnomada belgilangan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa uni qabul qilib olish va haq to`lash majburiyatini oladi.
Ba`zan shartnoma va qurilish pudrati shartnomasi bo`yicha pudratchi bir shaxs bo`lishi mumkin. Shartnoma predmeti bo`lib pudratchi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish yoki qidiruv ishlarini bajarish hisoblanadi. Shartnoma subyektlari sifatida buyurtmachi va pudratchilar ishtirok etadi. Buyurtmachi sifatida har qanday jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etish mumkin. Pudratchilar sifatida maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi korxona, tashkilotlar chiqadi. Bundan tashqari buyurtmachining topshiriqlarini bajarishda subpudratchilar ham ishtirok etish mumkin.
Pudratga oid tadbirkorlik shartnomalarining yana bir turi ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudratchi shartnomasidir.
FK ning 693-moddasiga ko`ra ilmiy-tekshirish ishlari pudrat shartnomasi bo`yicha pudratchi (ijrochi) buyurtmachi bergan vazifasida ko`rsatilgan ilmiy-tekshirishlarni amalga oshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomasi bo`yicha esa - yangi buyum namunasini, unga tegishli konstruktorlik hujjatlarini, yangi texnologiyani ishlab chiqish yoki namuna nusxasini tayyorlash majburiyatini oladi. Bunda buyurtmachi pudratchiga (ijrochiga) texnikaviy topshirik berish, ishni qabul qilib olish va uning haqini to`lash majburiyatini oladi.
Shartnoma konsensual, ikki tomonlama va haq barovariga tuziladigan shartnomalar guruhiga kirib an`anaviy pudrat shartnomalaridan amalga oshiriladigan ishlar har doim intellektual, ijodiy faoliyat bo`lishi, erishiladigan natijani ham, unga ketadigan sarf-harajatlarni ham oldindan aniq belgilab qo`yish mumkin emasligi va h.k belgilari bilan farqlanadi.
Shartnoma subyekti – buyurtmachi har qanday tadbirkorlik korxonasi - yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs bo`lishi mumkin. Ishlarni ijro etuvchi (pdratchi) sifatida har qanday tashkilotlar emas, balki o`zlarining maxsus huquqlariga ko`ra ilmiy-tekshirish ishlarini amalga oshira oladigan tashkilotlargina qatnasha oladi. Masalan, ilmiy-tekshirish institutlari, konstruktorlik byurolari, oliy o`quv yurtlari shular jumlasiga kirishi mumkin.
Shartnoma predmeti pudratchining ijodiy (intellektual) faoliyati, ijodiy mehnatlari natijasi hisoblanadi. Odatda umumiy qoida bo`yicha shartnoma predmetida nazarda tutilgan ilmiy-tadkikotlar pudratchining shaxsan o`zi tomonidan amalga oshirilishi lozim. Faqat buyurtmachining roziligi bilan u shartnomani bajarishga uchinchi shaxslarni jalb etishi mumkin.
Tajriba konstruktorlik va texnologiya ishlarini bajarishda pudratchi buyurtmachining roziligisiz uchinchi shaxslarni jalb etishga haqli, ammo uchinchi shaxslar asosiy ishlarni emas, balki yordamchi ishlarni bajarishi mumkin.

Download 31.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling