Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lganlar nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi


Download 7.16 Kb.
Sana20.02.2020
Hajmi7.16 Kb.

Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lganlar nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati cheklangan aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlari talab mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati cheklangan aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini talab mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish, ularni ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini joriy etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

Unga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga imkoniyati cheklangan aholiga quyidagi xizmatlar taqdim etiladi:

  • talab bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish;

  • tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatish;

  • tadbirkorlarni qonunchilik, yangi texnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashni (bepul telefon va onlayn-maslaxat xizmatlari, o‘quv markazlari, biznes — inkubatorlar, axborot xizmatlari va boshqalar) tashkil etish.

2020 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlariga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan subsidiya mablag‘lari ajratilishi belgilab qo‘yildi:

  • talab bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘nalishida har bir fuqaro uchun bir oyga o‘qitish xarajatlariga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida;

  • tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini o‘rgatish yo‘nalishida bir fuqaro uchun bir oyga o‘qitish jarayonida yotoq va oziq ovqat bilan ta’minlash xarajatlariga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;

  • tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa xarajatlariga har bir fuqaro uchun bir martalik bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 12 sentyabrga qadar havola orqali muhokamada qatnashib, oʻz fikr va mulohazalarni bayon qilish mumkin.
Download 7.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling