Tadqiqotlarda idrok masalalari ifodalanishi


Download 6.58 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi6.58 Kb.
#770816
Bog'liq
M.Xumora
018 2 MB ni logik va fizik tasvirlash, ergaSHEV UMIDJON, TEST-SAVOLLARI-VA-ULARNING-JAVOBLARI, 1 Mavzu O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY ISLOHOTLAR VA, 1 Mavzu O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY ISLOHOTLAR VA, 2 5355332787953994564, Doc1, 2 5267111367965412275, 1, Narbaeva Maftuna XOM., Mirmakhmudov, Test for 5 th grade, Kimyo, Курсовая работа ОРГАНИЗАЦИЙ ПРЕДПРИЯТИЙ Атабаева Хилола, 2 kurs MOODLE DEUTSCH -Stunde 17

O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Urganch Davlat Universiteti

Amaliy psixologiya yoʻnalishi(sirtqi) 213-guruh talabasi Masharipova Xumoraning psixologiya tarixi fanidan tayyorlagan slayd-taqdimoti

Tadqiqotlarda idrok masalalari ifodalanishi.


Mavzu:
REJA:
I. Idrok haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari.
1) idrok tushunchasining ta`rifi. 2) idrokning murakkabligi.
3) kuzatish va kuzatuvchanlik. 4) idrokning fiziologik asoslari.
II. Idrokning xossalari:I. Idrok haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari.
1) idrok tushunchasining ta`rifi. 2) idrokning murakkabligi.
3) kuzatish va kuzatuvchanlik. 4) idrokning fiziologik asoslari.
II. Idrokning xossalari:
1) idrokda ob`ekt va fon. 2) appertseptsiya. 3) idrokning konstantligi. 4) illyuziya va gallyutsinatsiya.
1) idrokda ob`ekt va fon. 2) appertseptsiya. 3) idrokning konstantligi. 4) illyuziya va gallyutsinatsiya.
Shaxs tevarak - atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi a`zolariga bevosita ta`sir etib turgan narsa - hodisalarning obrazlarining kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir - biri bilan chambarchas bog`liq. Kishi narsa - hodisalarning ayrim xossalarini sezadi, uni bir butun holda idrok qiladi.
Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi:
1. Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan: qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtiroq etadi. Qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi ko`rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta`m sezgisi, harakatni aks ettiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar tahlil yordamida ajratib olinadi va idrokning retseptiv tomonini tashqil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu esa idrokning pertseptiv tomonini tashkil etadi.
2. Har bir idrok tarkibiga kishining o`tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi.
Biz bunday shakl va buyumlarni ilgari juda ko`p marta ko`rganmiz. Ular haqida muayyan bilimlarimiz bor. SHuning uchun bu shakllardagi etishmagan joylarni o`sha bilimlardan olib qo`shamiz va bir butun aks ettiramiz. Demak, idrok jarayoniga xotira faoliyati qo`shiladi.
3. Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi, Masalan, derazadagi qirovni idrok qilib, tropik o`rmon yoki gullarga o`xshatish, kesib olingan daraxt to`nkasini idrok qilib biror yovvoyi hayvonga o`xshatish, osmondagi pag`a – pag`a so`zib yurgan oq bulutlarni idrok qilib, to`plab qo`yilgan paxtaga o`xshatish va boshqalar
4. Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo`lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va “bu nima”, “buning nomi nima” degan savol tug`iladi. SHuning, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. YA`ni narsa yoki hodisaga nom beriladi, uni so`z bilan aytiladi va mavjud tushuncha doirasiga kiritiladi. Masalan “bu gul”, “bu mashina”, “bu kitob” va boshqalar.
5. Idrok jarayoniga his - tuyg`ular ta`sir qiladi. Bu his - tuyg`ular idrok qilinayotgan narsa- hodisalar to`g`risida o`tmishda tug`ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonida vujudga kelishi mumkin.
His - tuyg`ular idrokning faollik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, yorqin qiladi.
6. Idrok jarayonida diqqat g`oyat katta ahamiyatga ega.
Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo`lishda aniq, yaqqol faoliyatining psixologik tomoni, insonning jamiyatga nisbatan psixologik munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxs faoliyat ko`rsatar ekan har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq atvor normalarini bilish va shunga ko`ra ish olib borish muhimdir.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo`nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o`rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqqoza etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy gumanitar fan sohalari bo`lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o`ziga xos va etakchidir.
Adabiyotlar:
1.P.I.Ivanov «Umumiy psixologiya». Toshkent «O’qituvchi» - 1967 yil.
2.Z Turaqulov ,S.Rahimov. «Abu Rayhon Beruniy v ta’lim tarbiya haqida» Toshkent «O’qituvchi»-1992 yil.
3.«O’rta Osiy mutafakkkirlarining hayoti va ijodi» xrestomatiyasi. Toshkent «Fan» 19 yil.
4..Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 6.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling