Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Ikkilamchi xom ashyolar asosida tereftal kislota olish xamda olingan tereftal kislota asosida yangi tarkibli organik pigmentlarni olish texnologiyasi yaratilgan; tereftal kislota asosida yangi organik pigmentlarni ishlab chikarishda ikkilamchi xomashyolardan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslari ishlab chikilgan; polimer kompozitsion materiallari, jumladan lok-bo'yok koplamalari uchun tereftal kislota amidi• tutgan organik pigmentlarni olish jarayonining makbul sharoitlari, ularning strukturasi va boshka muxim xususiyatlari aniklangan; ikkilamchi xom ashyolar asosida yangi ftalotsianin pigmentlarini olishning energiya va resurs tejamkor texnologiyalari ishlab chikilgan.
Tadkikot natijalarining ishonchliligi. Olingan yangi organik pigmentlarning identifikatsiyasiga asoslangan xulosalar va tavsiyalar, yukori informatsion, zamonaviy fizik-kimyoviy usullardan (IKspektroskopiyasi, UB-spektrofotometriya, skanerlovchi elektron mikroskopiyasi va termogravimetrik taxlil) foydalanilganligi, tajriba va nazariy jixatdan tadkikot natijalarining uzaro mutanosibligi xamda ishlanmaning amaliyotga jariy kilinganligi bilan izoxlanadi.
Tadkikot natijalarining ilmiy va amaliy axamiyati. Tadkikot natijalarining ilmiy axamiyati tereftal kislota asosida yangi organik pigmentlar olish, tereftal kislota koldig’i tutgan organik pigmentlar ishlab chikilganligi, ularning fizik-kimyoviy xossalari tadkik etilganligi, shuningdek, olingan ftalotsianin pigmentlarning nazariyasi va amaliyotini rivojlantirish uchun muxim urin tutishi bilan izoxlanadi.
Tadkikot natijalarining amaliy axamiyati ikkilamchi xom ashyolar asosida yangi samarador ftalotsianin pigmentlar olish xamda ular asosida yukori rang intensivlikka, yaxshi termik barkarorlikka va erituvchilarga chidamlilik kabi xossalarga ega bo'lgan pigmentlar olish texnologiyasining ishlab chikilganligi, shuningdek, ularni polimer maxsulotlariga va lok buyok sanoatida rang beruvchi pigmentlar sifatida kullash xamda ushbu pigmentlarni amaliyotga joriy kilishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |