Takrorlash savollari


Download 24.26 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi24.26 Kb.
#145829
Bog'liq
falsafa





AXBOROT XAVFSIZLIGI FAKUTETI 712 – 20 GURUH 1- KURS

TALABASI G’OYIBNAZAROV SHERZOD TOMONIDAN

FALSAFA FANING MAVZU BO’YICHA TAKRORLASH UCHUN

SAVOLLAR BO’YICHA

2020- YIL

TAKRORLASH SAVOLLARI :



  1. FALSAFA FANING LUG’AVIY MA’NOSI? FAROBIYNING FIKIRLARINI AYTING.

  2. Daunyoqarash va uning asosiy xususiyatlari haqida fikr mulohazalaringizni bayon qiling .

  3. Dunyoqarashning asosiy tiplari vaularning o’ziga xos xususiyatlarinimalardan iborat? Mifologik dunyoqarash haqida nimalarni bilasiz?

  4. Diniy dunyoqarashning mohiyati,asosiy elementlari nimalardan iborat?

  5. Diniy etiqot erkinligi , din va siyosat nisbati haqida nimalarni bilasiz ?

  6. Falsafiy dunyoqarash va unung xususiyatlari nimalardan iborat?

  7. Insonning tafakkurlash madanyati ,dunyoqarashini shakillantirishda falsafaning ahamiyati nimalardan iborat?

  8. Falsafaning asosiy muammolari tarkibiga nimalar kiradi?

1. “falsafa” atamasining lug’aviy manosi shundan iboratki qadimda yunon ya’ni grek tilidagi “filosofiya “ yani “filo”-sevish , “sofiya “ – donolik “donishmandlikni sevish “ so’zidan kelib chiqqan .

ABU NASR FAROBIY “falsani borliqning mohiyati , butun mavjud narsalarning mazmuni haqidagi mukammal va to’liq bilim beradigan fam” deb hisoblagan.

“ Mavjudod haqidagi bilim qo’lga kiritilsa , shu haqia ta’lim berilsa , mavjudotdagi bo’lgan narsalarning zoti bilinsa ,ishonhli dalil va hujjatlar asosida shu narsa haqida miyaga bir turli ishonch va tasavvur paydo bo’lsa, mana shu ma’lumotlarga doir fanni falsafa deymiz .” deyishi orqali FAROBIY falsafa o’zi qanday fan ekanligini va nega va qanday fanlarni falsafa deyishligimizni o’z so’zlaridz=a bayon qilib bergan .

2. Dunyoqarash kishilarning dunyo to’g’risidagi yaxlitlatlangan ,umumlashkan bilimlarini ifodalaydi . ya’ni har bir insonni o’z dunyoqarashi yani aytib o’tganimizdek tuli inson dunyo haqida turli malumotlarga ega hisoblanadi va pirovardida dunyo qarashi ham turlicha bo’ladi . dunyoqarash inson tafakkurining eng muhim tomoni hisoblanadi shu jumladan insonlarning olamga , jamiyatga , tabiatga , borliqqa va o’z hayotiga va boshqa insonlarga nisbatan bo’lgan munosabatida o’z ifodasini topadi .

Dunyoqarashning hususiyati jamiyat rivoji darajasi bilan fan, madaniyat ,talim va boshqa sohalarning taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi .

Biror inson haqidagi tasavvurlarni uning dunyo qarashidan bilib olishimiz mumkin zero ilimli, bilimli insonning dunyoqarashi nimasi bilandir boshqa insonlardan ajralib turadi .

“ Dunyoqarsh dunyoga ya’ni tabiat , jamiyat tafakkur qarashlarining yaxlit sistemasi bo’lib, bu qarashlarning inson faolyatiga muhim ta’sir ko’rsatadi “ deya tarif beriladi .

Har bir insonning o’z dunyoqarashi bo’lish zarur chunki insonni dunyoqarashi bo’lmas ekan u hech qachon yetuklikka yeta olmaydi.

3. Dunyoqarash insonlarning olam haqidagi umumlashma xarakteriga ega bo’lgan bilimlari sifatida muntazam o’zgarib , yangilanib boradi . jamiyat taraqqiyotning o’ziga xos tomonlari , xususiyatlari unda aks etadi . kishilik jamiyati taraqqiyoti jarayoni dunyoqarshning muayyan tarixiy tiplarida o’z aksini topadi .


  1. Mifologik (afsonaviy )

  2. Diniy

  3. Ilmiy – falsafiy dunyoqarash

Mifalogiya qadimgi yunon afsonarida zevs momaqaldiroq va yashin xudosi sifatida tasvirlangan . Apallon Zevsning o’g’li , kuch – qudrat xudosi bo’lgan

diniy dunyoqarash ilohiylashtirish , diniy xulq va diniy urf odatlar bilan chambarchas bog’liq , falsafiy dunyoqarash yaxlit , muayyan tizimga tushgan bilimlar yig’indisi.



  1. Diniy dunyoqarashni cheklangan , xato dunyoqarash tarzida emas , balki insonyat ma’naviy madanyatining muhim tarkibiy qismi sifatida qaralishi lozim .

  1. Insonlarning olamga o’ziga xos munosabatini aks ettiradi

  2. Ddiniy dunyoqarash doirasida ajdodlarimiz bizga me’ros qilib qoldirgan umuminsoniy , tarbiyaviy qadiryatlar mujassamlashgan ;

  3. Din , diniy dunyoqarash ijtimoiy hayotda , ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda muhim o’rin tutib kelgan ;

  4. Asrlar mobaynida diniy dunyoqarash kishilarni hamjihatli bo’lishga , hamkorlikka , ezgulikka xizmat qilishga undagan va shunday bo’lib kelmoqda din, diniy dunyoqarash ayniqsa hozirgi zamonda katta ahamiyatga ega muammo bo’lmoqda . shuning uchun ko’plab xalqlar va davlatlar bu sohaga katta etibor qaratishmoqda . Xususan bizning mamlakatimiz va jamyatimizda bunga katta e’tibor qaratiladi .



  1. E’tiqod erkinligi – uzviy huquqlardan biri . Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida yozib qo’yilganidek “ odam o’zi istagan dinga sig’inishi yoki hech qanday dinga etiqod qilmasligi belgilangan . biror tomon , jumladan davlat yoki fuqarolar , shaxsga uning etiqodiga sababsiz tazyiq o’tkazishi yoki uni dini uchun jazolashi mumkin emas . bunday hollarda bu hatti xarakatlar jinoyat hisoblanadi” deb belgilab qo’yilgan . Bu qaror o’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida ham belgilab qo’yilgan.

vijdon erkinligi – ijtimoiy-falsafiy – falsafiy tushuncha ; har kimning kimning o’z etiqodiga ko’ra mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani bo’yicha yashash ishlash imkonyati . Bunda dinga munosabat masalasining bir tomoni hisoblanadi .

siyosiy jihatdan vijdon erkinligiga demokratiya ko’rinishlaridan biri sifatida qaraladi.



  1. Falsafiy dunyoqarash olam haqidagi yaxlit , muayyan tizimga tushgan bilimlar yig’indisidir .falsafiy dunyoqarshda olam qanday bo’lsa shundayligicha aks etadi .

Olam bir butun yaxlit tizim . olamda barcha narsa va hodisalar harakatda , o’zgarishda tarqqiyotda bo’ladi. Olamni falsafiy tushunish jisimlar va muayyan hodisalar , aloqa va munosabatlarni tushunishdir. Falsafiy dunyoqarash kishilarda muayyan tayyorgarlikni , madaniyatni talab qiladi. Falsafiy tushunchalar , so’zlar tamoyillarni o’zlashtirish , falsafa va fanlar taraqqiyotiga suyanish muhim ahamiyatga ega .

7. Falsafa insonning tarbiyalashning muhim omilidir deganda biz avval uning inson hayotiga ko’rsatadigan ta’sirini , insonning jamiyatda o’ziga hos o’rnini topishga zamin yaratishni nazarda tutamiz. U inson ma’naviyatiga yuksalishni muhim omili bo’lib hisoblanadi. Falsafa doirasida qo’yilgan inson muammosining muhim tomonini uning komilligi, barkamolligi tashkil qilindi.

Falsafa jamyatda ro’y berayotgan murkkab jarayonlarni mushohada etish orqali uning holati ziddiyatli taraqiyyot istiqbollari to’g’risida fikr yuritishga jamyat uning taraqqiyotiga zid , murakkab muammolarni aniqlashga yordam beradi. Har bir davrning , har bir jamyatning hal etlishi lozim bo’lgan o’z falsafiy muammolari bo’ladi.

8. Falsafa doirasidagi muammolarni shartli ravshda 3 guruhga bo’lish mumkin

Inson nuqtai nazarida :


  1. Olam borliqning mohiyati to’g’risidagi muammolar.

  2. Olamning qandayligi xosa-hususiyatlari to’g’risidagi muammolar.

  3. Insonni olamga va o’z-o’ziga munosabatlariga doir muammolarni bilish.

Falsafiy muammolarni yechimini izlanishda falsafiy talimotlar ham shakillangan.

Monism – olamning asosi yakkayu-yagona sababga bitta asosga ega ta’lim beradigan falsafiy ta’limot. Materialism – olamni asosida moddiy narsalar , ya’ni

Materiya yotishi deb qaraydigan falsafiy ta’limotdir .

Dualizm – olamning asosida modda va maeriya bilan birgalikda ruh va g’oya ya’ni ideya yotadi deb qarovchilar.




Download 24.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling