Такрорлаш учун саволлар ва топшириқлар


Download 15.03 Kb.
Sana11.06.2020
Hajmi15.03 Kb.
#117514
Bog'liq
3. Топшириқ Абдувалиев С. 18.110-гурух


Такрорлаш учун саволлар ва топшириқлар.

1. Эконометрика фанинг мақсади нималардан иборат?

2. Эконометрик моделлаштиришнинг зарурлиги нималардан иборат?

3. Эконометриканинг қўлланиш соҳаларини тушунтириб беринг.

4. Эконометрик модел сўзини тушунтириб беринг.

5. Модель ва иқтисодий модель нима?

6. Иқтисодий математик модель нима, моделлаштириш деганда нимани тушунасиз ва у қандай элементларни ўз ичига олади?

7. Назарий-аналитик, амалий, макроиқтисодий ва микроиқтисодий моделларга таъриф беринг.

8. Қандай моделлар функционал, тузилмавий, детерминирланган ва стохастик моделлар деб аталади?

9. Статик, динамик, чизиқли, чизиқсиз, фазовий ва нуқтавий моделлар ҳақида нима биласиз?

10. Математик иқтисодиётнинг эконометрикадан фарқи нимада?

11. Моделлаштиришнинг қайси босқичларини биласиз ва моделлаштиришнинг биринчи иккита босқичининг иоҳияти нимадан иборат?

12. Эконометрик моделлаштиришнинг сўнгги икки босқичи нимага мўлжалланган?

Javoblar

1. Эконометрика фанинг мақсади нималардан иборат?

Ekonometrika fani korxona, iqtisodiy tuzilma, tizim, tarmoq milliy iqtisodiyoti yoki jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalarni omillar ta’siri nuqtai nazaridan o’rganib jarayonlarni modellash va ushbu modellar asosida muqobil senariy bo’yicha istiqbolli prognozlash imkoniyatini yaratadi, shuningdek yuz bergan aniq voqelikni qanday muqobil ko’rinishda yuz berishi mumkinligini o’rganish imkonini beradi.

Ya’ni ekonometrikaning asosiy maqsadini real iqtisodiy obyektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat deb etirof etish mumkin.
2. Эконометрик моделлаштиришнинг зарурлиги нималардан иборат?

Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:

1) Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.

2) Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo’lib xizmat qiladi.

3) Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan ‘rognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo’ladi.

4) Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o’rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. SHuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.

5) Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
3. Эконометриканинг қўлланиш соҳаларини тушунтириб беринг.
Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar.

Matematik statistika usullari - dispersion tahlil, korrelyatsiya tahlili, regressiya tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi.

Ekonometrik usullar - iqtisodiy o’sish nazariyasi, ishlab chiqarish funktsiyasi nazariyasi, talab va taklif nazariyasi.

Ekonometrikani o’rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir.

Asosiy qo’llanadigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usuli.

Ekonometrik modellashtirish quyidagi ilmiy yo’nalishlar kom’leksidir:

- iqtisodiy nazariya;

- ehtimollar nazariyasi;

- matematik statistika;

- kompyuter texnologiyalari.


4. Эконометрик модел сўзини тушунтириб беринг.

Ekonometrik model – bu ehtimollik. Bu model yordamida iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarish qonuniyatlarini matematik ko’rinishida tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko’rinishda ifodalash mumkin. Umumiy ko’rinishida ekonometrik modelg’ quyidagicha yoziladi:



Y=f(x1,x2,x3…xn)

Ekonometrik modelda Y – asosiy endogen ko’rsatkich, modelda Y o’zgarish qonuniyatlarini (x1,x2,x3…xn)yordamida o’rganish mumkin.

(x1,x2,x3…xn)– tasir etuvchi, ekzogen ko’rsatkichlar.

Ekonometrik modelda fiktiv ko’rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv ko’rsatkichlar – bu sifatli ko’rsatkichlar miqdoriy ko’rsatkichlarga o’tkazilgan

ko’rsatkichlar.

Ekonometrik model chiziqli va chiziqsiz ko’rinishda tuzilishi mumkin:

Chiziqsiz modellar parabola, giperbola, darajali funksiya, ko’rsatkichli funksiya, trigonometrik funksiya va boshqalar ko’rinishida bo’lishi mumkin.

Tuzilgan ekonometrik modelning haqiqiyligi to’plangan ma’lumotlar hajmiga; ma’lumotlarning aniqlik darajasiga; tadqiqotchining malakasiga; modellashtirish jarayoniga; yechiladigan masalaning xarakteriga bog’liq.


5. Модель ва иқтисодий модель нима?

Model so’zi lotincha “modulus” so’zidan olingan bo’lib, o’lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi.

Iqtisodiy model – iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan obyektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o’rganilayotgan obyektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Bunda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.
6. Иқтисодий математик модель нима, моделлаштириш деганда нимани тушунасиз ва у қандай элементларни ўз ичига олади?

Iqtisodiy matematik model bu - iqtisodiy jarayon yoki obyektni tadqiq etish va boshqarish maqsadida amalga oshirilgan matematik ifodasi bo’lib, yechilayotgan iqtisodiy masalaning matematik ifodasini bildiradi.

Iqtisodiy matematik modelda iqtisodiy jarayonlarni tenglamalar, tengsizliklar, funksiyalar, mantiqiy sxemalar orqali ifodalanadi.

Modellashtirish – deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi.

Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:


  1. subyekt (tadqiqotchi);

  2. tadqiqot obyekti;

  3. o’rganuvchi subyekt bilan o’rganilayotgan obyektning munosabatlarini vositalovchi model.



7. Назарий-аналитик, амалий, макроиқтисодий ва микроиқтисодий моделларга таъриф беринг.

Iqtisodiy-matematik modellar amaliy maqsadiga ko’ra nazariy-analitik va amaliy modellarga bo’linadi.

Nazariy-analitik model – iqtisodiy jarayonlarning umumiy xususiyatlarini tadqiq qilishda ishlatiladi.

Amaliy model esa – tayinli iqtisodiy masalalarni yechishda qo’llaniladi.

Iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiyotning turli tomonlari (xususan, uning ishlab chiqarish-texnologik, ijtimoiy, hududiy tuzilmalari)ni va uning alohida qismlarini tadqiq qilish uchun mo’ljallanishi mumkin. Modellarni tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlar va muammolar mazmuni bo’yicha tasniflashda butun iqtisodiyot modellari (makroiqtisodiy modellar)ni va uning quyi tizimlari — tarmoqlar, hududlar va hokazolarning modellari, ishlab chiqarish, iste’mol, daromadlarni shakllantirish va taqsimlash, mehnat resurslari, baholarni shakllantirish, moliyaviy aloqalar va shu kabilar modellarining majmualari (mikroiqtisodiy modellar)ni ajratib ko’rsatish mumkin.
8. Қандай моделлар функционал, тузилмавий, детерминирланган ва стохастик моделлар деб аталади?

Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichki parametrlarini, ular orasidagi o’zaro boѓliqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot miqyosidagi tadqiqotlarda ko’proq tuzilmaviy modellar qo’llaniladi, chunki quyi tizimlarning o’zaro boѓliqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega. O’ziga xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish mumkin.

Funktsional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo’llaniladi, bunda ob’ektning holati («chiqish»)ga «kirish»ni o’zgartirish yo’li bilan ta’sir ko’rsatiladi.

Iste’molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagi xatti-harakatlari modeli bunga misol bo’la oladi. Aynan bir ob’ekt bir vaqtning o’zida ham tuzilmaviy, ham funktsional model bilan tasvirlanishi mumkin. Masalan, alohida tarmoq tizimini rejalashtirish uchun tuzilmaviy modeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har bir tarmoq funktsional model bilan ifodalanishi mumkin.

Determinirlangan modellar model o’zgaruvchilari orasidagi qat’iy funktsional bog`lanishlar borligini nazarda tutadi.

Stoxastik modellar tadqiq qilinayotgan ko’rsatkichlarga tasodifiy ta’sirlarning borligiga yo’l qo’yadi hamda ularni tasvirlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning vositalaridan foydalanadi.


9. Статик, динамик, чизиқли, чизиқсиз, фазовий ва нуқтавий моделлар ҳақида нима биласиз?

Statik modellarda barcha bog`lanishlar vaqtning tayinli payti yoki davriga tegishlidir.

Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining uzunligiga qarab bashoratlash va rejalashtirishning qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha), uzoq muddatli (10-15 va undan ko’proq yilgacha) modellari farqlanadi. Iqtisodiy-matematik modellarda vaqtning o’zi yo uzluksiz, yo diskret ravishda o’zgarishi mumkin.

Iqtisodiy jarayonlarning modellari matematik boѓlanishlarning shakli bo’yicha juda xilma-xildir. Ayniqsa tahlil va hisoblashlar uchun eng qulay bo’lib, shu tufayli keng tarqalgan chiziqli modellar sinfini ajratib ko’rsatish muhimdir. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan modellar orasidagi farqlar nafaqat matematik nuqtai nazardan, balki nazariy-iqtisodiy jihatdan ham muhimdir, chunki iqtisodiyotdagi ko’p boѓlanishlar aniq chiziqli bo’lmagan tabiatga ega: ishlab chiqarish o’sganda resurslardan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish ko’payganda yoki daromadlar o’sganda aholi talabi va iste’molining o’zgarishi va h.k.

Iqtisodiyot modellari fazoviy omillar va shartlarni o’z ichiga olishiga qarab fazoviy va nuqtaviy modellar farqlanadi.
10. Математик иқтисодиётнинг эконометрикадан фарқи нимада?

Iqtisodiy-matematik usullardan matematik iqtisodiyotda va ekonometrikada qo’llaniladigan usullarni alohida ajratib ko’rsatish lozim.

Matematik iqtisodiyot — iqtisodiy fanning iqtisodiy jarayonlar matematik modellarining xossalari va echimlarini tahlil qilish bilan shug’ullanadigan bo’limidir. Matematik iqtisodiyotda tayinli formal asoslar (chiziqlilik, qavariqlik, monotonlik va shu kabi bog’liqliklar, kattaliklar o’zaro bog’liqligining konkret formulalari)ga asoslangan nazariy modellar tadqiq qilinadi. Matematik iqtisodiyotning vazifasi model yechimining mavjudligi, uning nomanfiyligi, statsionarligi shartlari, boshqa xossalarning borligi haqidagi muammoni o’rganishdir.

Ekonometrika — iqtisodiyotdagi miqdoriy qonuniyatlar va o’zaro bog`liqliklarni matematik statistika usullari yordamida tadqiq qiluvchi fan. Bu usullarning asosi — korrelyatsiyaviy-regressiyaviy tahlil. Ekonometrika empirik ma’lumotlarni o’rganish asosida iqtisodiy bog’liqliklar va modellarni statistik baholash va tahlil qilish bilan shug’ullanadi. Iqtisodiy o'lchash - tom ma'noda ekonometriyani anglatadi.



11. Моделлаштиришнинг қайси босқичларини биласиз ва моделлаштиришнинг биринчи иккита босқичининг иоҳияти нимадан иборат?

12. Эконометрик моделлаштиришнинг сўнгги икки босқичи нимага мўлжалланган?
Ekonometrik modellashtirish bosqichlari:

Birinchi bosqich – spetsifikatsiyalash - iqtisodiy muammoni qo’yilishi – asosiy omillar guruhi tanlanadi, iqtisodiy mahlumot to’planadi, asosiy omil va ta’sir etuvchi omillar guruhi belgilanadi; korrelyatsion tahlil usuli yordamida ekonometrik modelda qatnashadigan omillar aniqlanadi.

Ikkinchi bosqich – identifikatsiya qilish. «Eng kichik kvadratlar usuli» yordamida tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi.

Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to’rtta yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:

- modelning sifati ko’plikdagi korrelyatsiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi;

- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;

- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo’yicha baholanadi;

- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari tekshiriladi.



To’rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.

Iqtisodiyot 2-kurs
Download 15.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling