Talaba: 3-kurs dhf b1 Egamov Otabek Domla: Isayeva Farida Davlat notarial idoralari


Download 0.75 Mb.
Sana22.05.2022
Hajmi0.75 Mb.
#687754
Bog'liq
Egamov Otabek
pul va banklar. valyuta, suiy intelelekt, adu qoshidagi 3 - akademik litsey bitiruvchilarini bandlik monitoringini olib boruvchi dastur taminotini yaratish, Yusupova Shahnoza, qul ubay, bugalteriya (1), 1-Ама.машғ., Bolalarda mavsumlar almashinuvi, 11-amaliy 100522042710, 6 жавоб Injektorli dvigatellarning zamonaviy yonilg0i purkash tizimi, 1 issiqlik jumladan ichki yonuv dvigatelleri kashf etilishi rivojlanish, Fuqarolik jamiyati fanidan test savollari (2), O\'zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasining, 4-жавоб Alternativ yoqlig`ilar nima -hozir.org

Talaba: 3-kurs DHF B1 Egamov Otabek Domla: Isayeva Farida

Davlat notarial idoralari

Davlat notarial idorasi

  • Davlat notarial idoralari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
  • Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi.
  • Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan so‘zlar bo‘lishi, tegishli tuman, shahar ko‘rsatilishi va zarur bo‘lganda, davlat notarial idorasining raqami bo‘lishi kerak.

Yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin.

Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas:

  • Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas:
  • muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
  • qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
  • notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs — uch yil mobaynida.

Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov

  • Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov notarius lavozimi bo‘sh bo‘lgan taqdirda yoki qo‘shimcha (yangi) notarius lavozimi ta’sis etilganda o‘tkaziladi.
  • Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olish istagini bildirgan talabgor shaxs tomonidan komissiyaga hujjat topshirilgandan boshlab bir oy ichida o‘tkaziladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar

  • Komissiya nomiga ariza;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) nusxasi;
  • So‘rovnoma;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning tan olinganligi haqidagi guvohnomasi nusxasi;
  • mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma;
  • sudlanganlik haqida ma’lumotnoma;
  • malaka imtihonini topshirganligi (qayta topshirganligi) haqida hududiy adliya organi huzuridagi malaka komissiyasining qaroridan ko‘chirma yoki belgilangan tartibda stajirovka o‘taganligi haqida ma’lumotnoma.

Suhbat savollari:

Notarius qasamyodi: “Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.

 Komissiyaning tanlov yakunlari bo‘yicha qabul qilgan qarori tanlovda g‘olib deb topilgan talabgor bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlashga asos bo‘ladi. Komissiyaning malaka imtihoni yakunlari bo‘yicha qabul qilgan qarori malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga litsenziya berishga asos bo‘ladi. Tanlov g‘olibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni davlat notarial idorasi notariusi lavozimiga tayinlash tegishli hududiy adliya organining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Agar talabgor davlat notarial idorasi notariusining bolani parvarishlash ta’tili davriga uning o‘rnida vaqtincha ushbu lavozimda ishlash uchun tayinlangan bo‘lsa, u bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va tegishli buyruq chiqariladi.

Davlat notarial idoralarining notariuslari ish joyini o‘zgartirish (rotatsiya) tartibida boshqa notarial idoralarga tayinlanishi mumkin. Notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish va ish joyini o‘zgartirish (rotatsiya) tartibi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Notariuslar o‘z kasbiy malakasini davriy oshirish yakunlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tadi. Davlat notarial idoralari notariuslariga maxsus unvonlar — mansab darajalari beriladi. Notarius uch yilda kamida bir marta o‘z kasbiy malakasini oshirishga majburdir.

Notarius litsenziyasining amal qilishini tugatish notariusni hisobga olgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: notarius litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda; notarius ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan, shuningdek Notarial palata va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyatdan tashqari boshqa haq to‘lanadigan lavozimga tayinlanganda (saylanganda); notariusning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; sudning notariusni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganda; notarius oltmish besh yoshga to‘lganda; notarius vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.

  • Litsenziyaning amal qilishini tugatish notarius maqomining tugatilishiga sabab bo‘ladi.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi uch kunlik muddatda Notarial palatani xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling