Talaba: Tashjanova Gulchexra Mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash


Download 28.3 Kb.
bet1/3
Sana13.06.2022
Hajmi28.3 Kb.
#753757
  1   2   3
Bog'liq
Tashjanova Gulchexra.Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
harbiy litsey, Nazorat ishi, O2 (Автосохраненный), 107240 II VARIANT.2-kurs ON, Shuhrat.3-mavzu, 119451 Midterm paper 2nd semestr, Bo\'tayeva Mehriniso.303, Kelishilgan, Muxamedova Ra\'no, 2 SINF MATEM, ko\'paytirish amali, Narziyeva Shaxnoza

Talaba: Tashjanova Gulchexra
Mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni oʻrgatishda bolalarning aqli, idroki, tarbiyalanganlik darajasi, dunyoqarashi va boshqa qator omillarni hisobga olish zarur. Chunki shunday omillarga qarab oʻqituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu manbaga murojat qiladi.
Oʻquvchilarga milliy-ma’naviy qadriyatlarni oʻquvchilarga oʻrgatishga dars jarayoni bloki, «Oila-mahalla-maktab” tizimidan foydalanish mumkin. Ushbu tizimda keltirilgan tarkibiy qismlarning barchasi ham milliy tarbiyani amalga oshirishda oʻz oʻrni va ahamiyatga yega. Tarkibiy tuzilmada oilaning asosiy oʻringa qoʻyilishiga bir qator sabablarni koʻrsatish mumkin.

  • Birinchidan, bolada dastlabki tarbiya yelementlari oiladagi muhit asosida shakllanadi;

  • ikkinchidan, oiladan tashqarida oʻrganilgan tarbiya yelementlari oilada mustahkamlanadi;

  • uchinchidan, oila bolaning muqim yashash joyi boʻlganligi sababli shakllangan yelementlarga amal qilinishini nazorat qilishi mumkinboʻladi va hakazo.

Aytib oʻtilganidek, tarkibiy qismlarning har birida milliy tarbiya oʻziga xos tarzda amalga oshiriladi. Ammo, ularning maqsadi bir boʻlganligi sababli ishni yoʻlga qoʻyishda tarbiyalanuvchilar yosh xususiyatlaridan kelib chiqish asosiy masalalardan biridir.
Kichik yoshdagi oʻquvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ularning tasavvuri doirasidagi tushunchalardan foydalanish yaxshi samara beradi, deb aytish mumkin. Jumladan, bola ongi, idroki, shuuri oʻziga singdira oladigan ma’lumotlar bola xotirasida uzoq muddat saqlanib qoladi va keyinchalik hayot yoʻlida ulardan bevosita foydalanib keladi. Aksincha, kichik yoshdagi bolalarning ongshida gavdalanmaydigan tushunchalar haqida soʻz yuritish ularda notoʻgʻri tasavvurlarning shakllanishiga sabab boʻladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishda dastlab bolalarga muomala madaniyatini oʻrgatish zarur. Chunki, muomala madaniyatiga amal qilish ma’naviy-axloqiy tarbiyani samarali amalga oshirish yoʻllaridan biri hisoblanadi. Muomalaga kirishishning avvali salom berishdan boshlanadi. Juda koʻplab tarbiyaviy va badiiy-ommabop adabiyotlarda salom berish haqidagi masalaga takror va takror toʻxtalib oʻtilgan. Salom berishning ahamiyati haqidagi yeng sodda tushuntirish afsonalarda ham juda ajoyib tarzda keltirilgan. Masalan, badiiy-mifologik toʻqima adabiyotlardagi ham ijobiy, ham salbiy qahramonlar salomlashishning afzalliklari, yaxshi jixatlarini oʻz soʻzlari va xatti-xarakatlari orqali bildirishadi. Misol tariqasida adabiyotlarda, xalq ogʻzaki ijodi namunalarida uchraydigan quyidagi holatni keltirish mumkin. Ya’ni, yertak qahramoni yalmogʻiz kampirning kulbasiga kirganida salom berganligi uchun yalmogʻiz kampir «Agar saloming boʻlmaganda ikki yamlab, bir yutar yedim» deydi. Yalmogʻiz kampir salbiy obraz sifatida talqin qilinishi ma’lum. Biroq, salomlashish tufayli uning ijobiy qahramonga nisbatan iliq munosabat namoyon qilganligini koʻrishimiz mumkin. Bu ibora bilan yosh bolalarda «Salom bersang yomon odam ham yaxshi munosabatda boʻlar yekan!» degan tushuncha hosil qilinadi va salomlashishga oʻrgatish uchun bir vosita boʻlib xizmat qiladi.
Salomlashish har bir insonning burchi yekanligi haqida hadislarda ham koʻp yozilgan. Hatto, salom berishning tartibi ham mantiqiy jihatdan asosli qilib tushuntiriladi. Manbalarda koʻrsatilishicha, ulovda yurgan odam piyodaga, piyoda yurgan odam turgan odamga salom berishi yoki yeshikdan xonaga kirib kelgan odam oʻtirgan odamga yoxud boʻsh xonaga ham salom berib kirishi lozim. Bu ham ma’naviy tarbiyaning oʻziga xos bir koʻrinishidir.
Milliy – ma’naviy qadriyatlarni kichik yoshdagi oʻquvchilar ongiga singdirishda qadriyat tushunchasiga albatta toʻxtalib oʻtish kerak.

Download 28.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling