Talaba: Ulasheva Dildora


Download 137 Kb.
Sana26.09.2020
Hajmi137 Kb.
#131450
Bog'liq
Ulasheva D. 202. Monopoliya. yakuniy


Guruh : 202

Talaba:Ulasheva Dildora.

Variant: 3

1. Monopoliyaga qarshi tartibga solish organlarining funksiyalari .

2.Monopoliyaga qarshi tartibga solish organlari tomonidan monopol korxonalar faoliyatini taxlil qilish tartibi.

3.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish orqali monopoliyani tartibga solish.

Javoblar

1.Monopoliyaga qarshi tartibga solish organlarining funksiyalari.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va tartibga solish organlari o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishning yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni rivojlantirish va monopolistik faoliyatni cheklash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etishni amalga oshiradi;

vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi;

tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;

b) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo‘yish sohasida:

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;

ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;

“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etadi;

ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;

tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;

v) savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida;

tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;

tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi;

maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tovar-xomashyo birjalari a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga tovar-xomashyo birjalari tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;

o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;

g) bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash sohasida:

yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;

yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi;

tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;

raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi;

tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;

d) qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik sohasida:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritadi;

raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boshqarmalar hamda unga idoraviy mansub tuzilmalar orqali amalga oshiradi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil etadi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini huquqiy ta’minlaydi;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

raqobatni rivojlantirish va monopol faoliyatni cheklash bo‘yicha davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirsh sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganadi va joriy etadi;

vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;

raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va e’lon qiladi;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi;

tovar yoki moliya bozorlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;

ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;

“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etadi;

ustun mavqeyini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik subyektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;

tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;

tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;

tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi;

maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tovar-xomashyo birjalari a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga tovar-xomashyo birjalari tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;

o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etadi;

yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;

yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi;

tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;

raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarining asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi;

tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritadi;

raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Markaziy apparati qonunchilikka va qo‘mita rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

2. Monopoliyaga qarshi tartibga solish organlari tomonidan monopol korxonalar faoliyatini taxlil qilish tartibi.

Monopoliyaga qarshi boshqaruv organlari tomonidan monopol korxonalar faoliyatini tahlil qilish borasidagi amaldagi eng muhim xujjatlardan biri Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-son “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi qarori hisoblanadi.

Monopoliyaga qarshi organ subʼektlar tovarlariga narxlarning oʼzgarishi dinamikasini kuzatib borish maqsadida muntazam ravishda: har chorakda subʼektlar tomonidan taqdim etilgan Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar davlat reestriga kiritilgan tovarlarga qoʼllaniladigan narxlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni; statistika organlari maʼlumotlarini; ommaviy axborot vositalari maʼlumotlarini; belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat funktsiyalari materiallarini va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar maʼlumotlarini tahlil qiladi.

Davlat tomonidan korxonalar faoliyatini monopoliyadan himoya qilishni kuchaytirish choralarining ishlab chiqilishi va joriy qilinishi bir necha bosqichdan iborat. Bunda quyidagi xujjatlarda kiritilgan tartiblar muhim oʼrin tutadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori

1. Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasining «Raqobat toʼgʼrisida»gi Qonuniga muvofiq Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar davlat reestriga kiritilgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar (keyingi oʼrinlarda subʼekt deb ataladi) tomonidan sotiladigan, ular boʼyicha ushbu subʼektning ustun mavqei eʼtirof etilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlar aniqlanishi tartibini nazarda tutadi.

2. Ushbu Nizom talablari narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar koʼrsatuvchi) (keyingi oʼrinlarda tovar deb ataladi) xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

3. Tovarning monopol yuqori narxi, agar ushbu narx:

bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʼlgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori boʼlsa;

asossiz xarajatlarning oʼrnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qoʼshimcha foyda olishga yoʼnaltirilgan boʼlsa, tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼekt tomonidan belgilanadigan tovarning narxi hisoblanadi.

Аgar tovar narxi birja savdolari yakunlari boʼyicha shakllangan boʼlsa, bunday narx monopol yuqori narx deb eʼtirof etilmaydi. Bunda, ushbu Nizom normalari birja savdolarida narxlar boshlangʼich narx sifatida qoʼllanilishiga tatbiq etiladi.

4. Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.

5. Subʼektlarning ular boʼyicha mavqei ustun deb eʼtirof etilgan tovarlariga monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

2-bob. Tovarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash uchun maʼlumotlarni olish va tahlil qilish

6. Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar davlat reestriga kiritilgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar har chorakda chorak birinchi oyining 10-kuniga qadar monopoliyaga qarshi organga Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar davlat reestriga kiritilgan tovarlariga qoʼllaniladigan narxlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar.

7. Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi (keyingi oʼrinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) subʼektlar tovarlariga narxlarning oʼzgarishi dinamikasini kuzatib borish maqsadida muntazam ravishda:

har chorakda subʼektlar tomonidan taqdim etilgan Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar davlat reestriga kiritilgan tovarlarga qoʼllaniladigan narxlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni;

statistika organlari maʼlumotlarini (maʼlumotnomalar, byulletenlar va boshqalarni);

ommaviy axborot vositalari maʼlumotlarini;

belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat funktsiyalari materiallarini (oʼrganishlar natijasida tekshirish boʼyicha dalolatnomalar va maʼlumotnomalar, berilgan koʼrsatmalar va boshqalarni);

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar maʼlumotlarini tahlil qiladi.

8. Subʼektlar tovarlariga narxlar oʼzgarishi holati aniqlanganda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan monopol yuqori va monopol past narxlar qoʼllanilganligi holati toʼgʼrisida murojaatlar tushgan taqdirda monopoliyaga qarshi organ uch kun muddatda davlat organlariga, xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga va boshqa tashkilotlarga:

tovarlarning ishlab chiqarilishi, sotilishi, importi va eksporti hajmi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni;

ushbu Nizomning 12 va 13-bandlariga muvofiq narx oʼzgarishi belgilarini aniqlash, shuningdek, tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bogʼliq zarur xarajatlar va foydani aniqlash uchun zarur boʼlgan hisob-kitob va tasdiqlovchi hujjatlarni;

tovar bozorining oʼziga xosligidan kelib chiqib boshqa hujjatlarni olish uchun yozma soʼrovlar yuboradi.

9. Davlat organlari, xoʼjalik yurituvchi subʼektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi organ talabiga koʼra zarur hujjatlar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda unga bepul taqdim etishlari shart. Maʼlumotlar soʼrov olingandan keyin 15 kun mobaynida monopoliyaga qarshi organga taqdim etiladi.

10. Monopoliyaga qarshi organ maʼlumot olingandan keyin bir oy mobaynida olingan maʼlumotlarni oʼrganib chiqadi va ular natijasi boʼyicha tovarga monopol yuqori narxlar belgilanganligi belgilari aniqlanadi, bu:

xuddi shu turdagi boshqa tovar narxidan, shu jumladan, bozorning boshqa subʼektlarining uning oʼrnini bosuvchi tovarlardan ancha yuqori boʼlgan miqdorda narx belgilanganligi aniqlanishida;

tovarga belgilangan narx iqtisodiy va texnologik omillar bilan tushuntirib boʼlmaydigan 10 foizdan ziyodga oshirilishida;

tovar bozorida qiyoslanadigan narxlarning tegishli oʼsish surʼatlari bilan taqqoslash boʼyicha tovar narxining 10 foizga asossiz oshirilishida;

tovarning fizik tavsiflarini (tovarning ogʼirligi yoki birligi soni, sifatini oʼzgartirish) sezilarli pasaytirish yoʼli bilan tovarga narxlarni oshirish yoki saqlab qolishda;

tovar narxi asossiz oʼzgartirilishidan dalolat beruvchi boshqa xatti-harakatlarda ifodalanadi.

11. Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʼlgan xarajatlar qiymatini qoplamaydigan va foyda olishni nazarda tutmaydigan tovarga narx qoʼllash, agar u:

raqobatning cheklanishiga;

raqobatchilarning bozordan siqib chiqarilishiga;

raqobat toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga zid boʼlgan boshqa oqibatlarga olib kelsa, monopol past narxni oʼrnatish belgisi hisoblanadi.

12. Subʼekt tovariga narx oʼzgarishi belgilarini va ushbu oʼzgarishlarga taʼsir koʼrsatuvchi omillarni aniqlash uchun:

subʼektning moliya-xoʼjalik faoliyati;

tovar tannarxi, ishlab chiqarish xarajatlari va davr sarflari oʼzgarishi;

subʼektning tovarni sotishdan olgan daromadi yoki koʼrgan zarari;

subʼekt va bozorning boshqa ishtirokchilari tovariga narxlarning oʼzgarishi dinamikasi;

subʼekt va bozorning boshqa ishtirokchilari ishlab chiqarish, tovar realizatsiyasi va bozordagi ulushi hajmlari;

ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlil qilinadi.

13. Ular boʼyicha subʼektning ustun mavqei eʼtirof etilgan tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bogʼliq zarur xarajatlar va foydani aniqlashda:

tovar birligini ishlab chiqarishga xomashyo, materiallar, yoqilgʼi, energiya, moddiy resurslar sarfining qoʼllaniladigan normalaridan va ularning yillik normalaridan kelib chiqib tasdiqlovchi hujjatlarda (shartnomalar, schyot-fakturalarda) va moddiy resurslarning fizik hajmida nazarda tutilgan narxlardan kelib chiqib aniqlanadigan tannarxga kiradigan moddiy sarf-xarajatlar;

xodimlar mehnatiga haq toʼlash xarajatlari, shu jumladan, mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq mehnatga haq toʼlash tizimida nazarda tutilgan mehnat sharoiti uchun toʼlanadigan qoʼshimcha haq va ustamalar;

subʼektning hisob siyosatida nazarda tutilgan usulni qoʼllagan holda aniqlanadigan amortizatsiya xarajatlari;

jalb etilgan mablagʼlarga xizmat koʼrsatish xarajatlari;

subʼektning tovarini ishlab chiqarish va sotishga bevosita tegishli boʼlgan boshqa xarajatlar;

korxonaning samarali faoliyat yuritishi va rivojlanishini taʼminlovchi foyda darajasi hisobga olinadi.

14. Foyda ular boʼyicha subʼektning ustun mavqei eʼtirof etilgan tovarni ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromad bilan tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʼlgan asoslangan sarf-xarajatlar, shuningdek, amalda toʼlangan soliqlar oʼrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.

15. Subʼektni rivojlantirish uchun talab etiladigan zarur foyda miqdori ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarning xususiyatlarini, tovar bozorining oʼziga xosligini va subʼektning faoliyat koʼrsatishi shart-sharoitlarini aks ettirishi, shuningdek:

yangi aktivlarni yaratishga, mavjud aktivlarni kengaytirish, yangilash, rekonstruktsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga investitsiyalarni;

tavakkalchiliklar darajasini (ishlab chiqarish yoki isteʼmolning mavsumiy xususiyati, iqlim omillariga yuqori bogʼliqlik);

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʼlovlarni hisobga olishi kerak.

16. Tovar birligiga subʼektning zarur xarajatlari va foydasini baholashda zarurat boʼlganda oʼxshash xarajatlar va bozorning boshqa qatnashchilari foydasining qiyosiy tahlili usuli qoʼllaniladi.

17. Tahlil qilishda tovar bozorida davlat tomonidan tartibga solishning mavjudligi, shuningdek, tegishli bozorda biror-bir tovarni ishlab chiqarish, sotish yoki xarid qilishga davlatning mutlaq huquqi mavjudligi eʼtiborga olinadi.

Tovarga monopol yuqori narxni aniqlash

18. Tovarga monopol yuqori narxni aniqlashda:

a) tovarga oldin belgilangan narxni oshirish yoʼli bilan, agar bunda jamlangan holda:

tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʼlgan xarajatlar oʼzgarishsiz qolishi yoki ularning oʼzgarishi tovarning narxi oʼzgarishiga muvofiq emasligi;

tovarni sotuvchilar yoki xaridorlar tarkibi oʼzgarishsiz qolishi yoxud tovarlarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi oʼzgarishi sezilarli emasligi;

tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari oʼzgarishsiz qolishi yoki ularning oʼzgarishi tovarning narxi darajasi oʼzgarishiga muvofiq emasligi;

tovarga talab va (yoki) taklif oʼzgarishsiz qolishi yoki ularning oʼzgarishi tovarning narxi oʼzgarishiga mutanosib emasligi shartlari bajarilsa;

b) tovarning oldin belgilangan narxini saqlab qolish yoki pasaytirmaslik yoʼli bilan, agar bunda jamlangan holda:

tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʼlgan xarajatlar jiddiy ravishda pasayishi;

tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi tovarning narxini kamaytirish tomonga oʼzgartirish imkoniyatini aniqlashi;

tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari tovarning narxi kamayish tomonga oʼzgarishi imkoniyatini taʼminlashi;

tovar boʼyicha talab va (yoki) taklifning oʼzgarishi tovar narxining kamayish tomonga oʼzgarishini belgilaydigan shartlar bajarilsa, subʼekt tomonidan bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʼlgan xarajatlar va foydaning tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllangan narxdan oshadigan summasi belgilanishi holati hisobga olinadi.

Tovarga monopol past narxni aniqlash

19. Tovarga monopol past narxni aniqlashda:

a) tovarga oldin belgilangan narxni pasaytirish yoʼli bilan, agar bunda jamlangan holda:

tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʼlgan xarajatlar oʼzgarishsiz qolishi yoki ularning oʼzgarishi tovarning narxi oʼzgarishiga muvofiq emasligi;

tovarni sotuvchilar yoki xaridorlar tarkibi oʼzgarishsiz qolishi yoxud tovarlarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi oʼzgarishi sezilarli emasligi;

tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari oʼzgarishsiz qolishi yoki ularning oʼzgarishi tovarning narxi oʼzgarishiga mutanosib emasligi;

tovarga talab va (yoki) taklif oʼzgarishsiz qolishi yoki ularning oʼzgarishi tovarning narxi oʼzgarishiga mutanosib emasligi shartlari bajarilsa;

b) tovarning oldin belgilangan narxini saqlab turish yoki pasaytirmaslik yoʼli bilan, agar bunda jamlangan holda:

tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʼlgan xarajatlar jiddiy ravishda oʼsganligi;

tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari tarkibi tovarning narxini koʼpaytirish tomonga oʼzgartirish imkoniyatini aniqlashi;

tovarning tovar bozorida, shu jumladan, davlat tomonidan tartibga solish, shu jumladan, soliq solish, tarif bilan tartibga solish choralari bilan belgilanadigan aylanishi shartlari tovarning narxi koʼpayish tomonga oʼzgarishi imkoniyatini taʼminlashi;

tovar boʼyicha talab va (yoki) taklifning oʼzgarishi tovar narxining koʼpayishi tomonga oʼzgarishini belgilaydigan shartlar bajarilsa, subʼekt tomonidan bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur boʼlgan xarajatlar va foydani qoplamaydigan qiyoslanadigan tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllanadigan narxdan past belgilanishi holati hisobga olinadi.

20. Аgar: narx qiyoslanadigan tovar bozorida raqobat sharoitlarida shakllangan narxdan past boʼlmasa;

narxning tovarni sotuvchi tomonidan belgilanishi tegishli tovar bozorida tovarning sotuvchilari yoki xaridorlari bilan shaxslarning bir guruhiga kirmaydigan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar sonining qisqarishi munosabati bilan raqobatning cheklanishiga olib kelmasa yoki olib kelishi mumkin boʼlmagan taqdirda tovarning monopol past narxi eʼtirof etilmaydi.

Monopol yuqori va monopol past narxni qoʼllash aniqlanganda chora-tadbirlar koʼrish tartibi

21. Аmalga oshirilgan tahlil yakunlari boʼyicha monopol yuqori yoki monopol past narx qoʼllanilishi belgilari aniqlanganda monopoliyaga qarshi organ oʼrganish yakunlangandan keyin uch kun mobaynida Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʼzgʼatish va ularni koʼrib chiqish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq chora-tadbirlar koʼradi.

Yuqorida koʼrsatib oʼtilgan Nizomga muvofiq raqobat toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzgan subʼektga nisbatan qoʼzgʼatiladigan ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan koʼrib chiqiladi. Koʼrib chiqish yakunlari boʼyicha koʼrsatma berish yoki huquqni buzish mavjud emasligi toʼgʼrisida qaror qabul qilinadi.

22. Monopol yuqori yoki monopol past narx aniqlanganda bunday narx qoʼllanilishi bilan yetkazilgan ziyon (boy berilgan foyda) xoʼjalik yurituvchi subʼektlar — raqobatchilar yoki isteʼmolchilar (kontragentlar) tomonidan sud tartibida undirilishi mumkin.

23. Monopoliyaga qarshi organga maʼlumotlar taqdim etilmasligi yoki oʼz vaqtida taqdim etilmasligi, ishonchsiz yoki yolgʼon maʼlumotlar taqdim etilishi uchun xoʼjalik yurituvchi subʼektlar, ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʼlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

3.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish orqali monopoliyani tartibga solish.

Kishilar oʼrtasida iqtisodiy munosabatlar, avvalo ishlab chiqarish jarayonini oʼzi taqozo etadigan mulkiy munosabatlardir. Ishlab chiqarish vositalarining kishilar tomonidan oʼzlashtirish ular oʼrtasida oʼziga xos ijtimoiy uzaro munosabatlari keltirib chikaradi.! Kishilarning uzaro munosabatlari, yaʼni ularning ishlab chiqarish vositalariga va mehnat natijalariga uzlarinikidek yoki uzganiqidek qarashlarga muvofiq keluvchi munosabatlar mulk munosabatlari deb ataladi. Mulk munosabatlari har doim buyumlar, yaʼni mehnat vositalari va predmetlari bilan, shuningdek mehnat natijasi-mahsulot bilan bogʼliqdir.

Mulk munosabatlari mulkka egalik qilishni, foydalanishni va tassaruf etish'(takdirini xal etish)ning uzviy birligini taqozo etadi. Egalik qilish-mulkka rasmiy va xuquqiy (yuridik) egalik qilish. Foydalanish, ishlatish-mulkni iqtisodiyotda amaliy kullash, ishlatish va undan daromad olishdir. Mulk egasi uni amaliyotda ikki xil yoʼl bilan ishlatishi mumkin.

1. Mulkni bevosita oʼzi ishlatishi va undan olingan foydaning butunlay oʼziga tegishli boʼlishi.

2. Mulkni ijaraga berish. Bunda olingan daromad ijarasi oʼrtasida har-xil nisbatlarda taksimlanishi mumkin.

Tasarruf etish-mulkning takdirini xal etish, yaʼni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab koʼpaytirish yoki yukotib yuborish xatti-harakatlaridan iboratdir.

Mulkchilikning obʼekti va subʼekti mavjuddir. Mulkchilik obʼektiga yer, suv, konlar, usimlik va xayvonot dunyosi, mashina, uskunalar, bino-inshootlar, mahsulotlar xizmatlar, tarixiy-madaniy yodgorliklar, tovarlarning oʼzi va boshqalar kiradi. Mulkchilik subʼektiga-ayrim kishilar, oilalar, sotsial guruhlar, xududiy birlashmalar, har xil jamoalar, ijtimoiy diniy tashkilotlar va davlat kiradi.

Mulk munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarining mohiyatini tashkil etadi, lekin uz turi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Аgar ishlab chiqarish vositalari va natijalari butun jamiyatga tegishli boʼlsa, bu holda jamiyat aʼzolarining bir qismiga, uning ayrim guruhlari yoki ayrim shaxslarga tegishli boʼlsa, bu holda mulkning xususiy tipi mavjud boʼladi.

Mulkiy munosabatlar turli shakllardagi mulkni uz ichiga oladi. Mulk shakllari uni oʼzlashtirishning tavsifiga bogʼliqdir. Oʼzlashtirishning tavsifi uzgalar boyligini tekinga oʼzlashtirishdan, yakka tartibda jamoa boʼlib, sherikchilik asosida oʼzlashtirishdan iboratdir.

Mulkchilik shakllariga:

1. Xususiy mulk.

2. Jamoa mulki.

3. Davlat mulki kiradi.

4. Аralash mulk

Bulardan tashqari shaxsiy mulk shakli mavjuddir.

Xususiy mulk - ayrim kishilarga tegishli va ularga daromad keltiruvchi mulk. Uning ikki koʼrinishi mavjuddir: Individual xususiy mulk vakooperativ guruhiy mulk. Individual xususiyda- mulk bir kishiga tegishli boʼladi. Olingan daromadning hammasi shu mulkdorga tegishli boʼladi. Kooperativ-xususiy mulk deganda maʼlum bir guruh tomonidan boylikni sherikchilik asosida oʼzlashtirishdan iboratdir. Mulkning bunday shakli xissadorlikka tayanadi. Guruh aʼzosi umumiy ishga uz xissasini pay (ulush) sifatida xususiy mulkni kushadi va shu ulushning miqdoriga yarasha daromad oladi.

Jamoa mulki-boylikning muayyan maqsad yoʼlida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda oʼzlashtirishdir. Jamoa mulki mayda mulk egalarining koʼpchilik tarzda va uz manfaati yoʼlida birlashuvidan tashkil topadi. Jamoa aʼzolarining hammasi mehnat jarayonida katnashishi shart. Jamoada yaratilgan daromad ikki kismdan, jamoa aʼzolarining individual daromadidan va jamoa mulkini koʼpaytirish hamda rivojlantirishdan tashkil topadi.

Jamoa mulkining turlari quyidagilardan iborat: 1. Kooperativ mulk; 2. Korxona jamoasining mulki; 3. Korxona va tashkilot uyushmasi (assotsiatsiyasi) mulki. Bu muayyan maqsad yoʼlida uyushmaga birlashganlarning umumiy mulki (savdo, sotiq, ishlab chiqarish, boshqarishni tashkil etish). 4. Ijtimoiy tashkilotlar mulki (partiyalar, kasaba tashkilotlari) xalq harakatlari turli fondlar mulki, badal puli, ajratmalar. 5. Diniy tashkilotlar mulki. Shu bilan birga oila mulki va mahalla mulki mavjud.3. Davlat mulki-boylikni oʼz vazifasini ado etish uchun davlat tomonidan oʼzlashtirilishidir.

Davlat mulki xususiy mulkni natsionalizatsiya qilish (milliylashtirish) va davlat mablagʼi hisobiga korxonalar kurishidan tashkil topadi.

Ushbu mulk shakllari jamiyat taraqqiyotiga har-xil darajada taʼsir koʼrsatadi. Bu shakllardan qaysi birini ishlab chiqarish jarayonida samaradorlik darajasi yuqori boʼlsa u yetakchi rolь uynaydi.

Аralash mulk esa har xil mulk shakllarning birgalikdagi formasi boʼlib, ularni asosan qoʼshma korxonalar kiradi.

Xususiy mulk shaklining boshqalarga nisbatan samaradorlik darajasi yuqoridir.

Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni koʼrsatdikim qaerda xususiy mulkchilik mavjud boʼlsa, u yerda rivojlanish yaxshi, xalqning turmush darajasi ancha yuqori. Davlat mulki (yoki uni ijtimoiy, hammaga tegishli mulk deb izohlash) iqtisodiyotni rivojlantirishga qodir emas, u xususiy mulkdan oʼz ustunliklarini koʼrsataolmadi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyoti xususiy mulkchilikning ancha ustun ekanligini koʼrsatmoqda. Shutufayli mulkni davlat tasarrufidan chiqarib, xususiylashtirish bozor iqtisodiyotining muhim tomonlaridir.

Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrida privatizatsiyani amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Privatizatsiyaning lugʼaviy maʼnosi xususiylashtirish demakdir. Privatizatsiya oʼtmishda ham boʼlgan, yer suv oʼrmon boyliklari davlat mulkidan chiqarilib, ayrim shaxslarga ularning davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun, xususiy mulk sifatida berilgan. Аmmo u paytlardagi privatizatsiya davlat mulkini faqat xususiy mulkka aylanishidan iborat boʼlgan. Hozirgi privatizatsiya umuminsoniy, umumdunyoviy hodisa boʼlib, monopollashgan bozor iqtisodiyotidan erkin bozor iqtisodiyotiga oʼtish bilan bogʼliqdir.

Xususiylashtirishni amalga oshirishning bir necha yoʼllari mavjud:

1. Davlat korxonalarini aktsionerlar jamiyatiga aylantirib, uning molu-mulki hisobidan chiqargan aktsiyalarni xalqqa sotish. Аktsiyani sotib olgan kishi mulkdorga aylanadi.

2. Ijaraga olingan davlat korxonasi ijarachilar jamoasi tomonidan oʼzi ishlab topgan pulga yoki qarzga sotib olib, uni jamoa mulkiga aylantirish. Bunda yangi mulkdorlar xalq emas, faqat korxona jamoasi boʼladi.

3. Davlat mulkini qiymatiga qarab chiqarilgan sertifikatlar yoki vaucherlarga binoan fuqarolarga bepul berish. Bunda mulk xalq oʼrtasida tarqatiladi, chunki vaucher va sertifikat korxona aktsiyasini olish huquqini beradi.

4. Davlat mulkini faqat tanilgan, ishning kuzini biladigan, masʼ-uliyatni zimmasiga ola biladigan tadbirkorlarga boshqaruvchilarga sotish. Bunda ham maʼlum qatlamgina mulk sohibiga aylanadi.

5. Davlat mulkni xorijiy qarzni evaziga chet el firmalari va fu-qarolariga berish. Bunda milliy mulk hisobidan xorijiy mulk usadi.

6. Davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orkali so-tish. Bunda xam fakat maʼlum toifadagi kishilargina yangi mulk soxibiga aylanadilar.

Privatizatsiya usullarini tanlash undan kutilgan maqsadga bogʼliq.

Аgar ishbilarmonlikni ragʼbatlantirib mulkiy maʼsuldiyatni kuchaytirish nazarda tutilsa, privatizatsiya saralangan ozchilik oʼrtasida oʼtkaziladi. Mulkchilikda sotsial adolatni taʼminlab hamma uchun teng imkoniyat yaratish shart boʼlsa, privatizatsiya butun xalq ishtirokida oʼtkaziladi.

Bozor munosabatlariga oʼtishning asosiy sharti koʼp ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashish muhitini huquqiy, tashkiliy shart-sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat.

Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi boʼlib xizmat qiladi. Bu masala sotsialistik tuzumdan keyin bozor munosabatlari yoʼlini tanlagan mamlakatlarda katta ahamiyatga ega boʼlgan dolzarb masaladir. Xuddi shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy munosabatlar poydevoriga birinchi gʼisht qoʼyiladi. Ushbu masalaning davr talablariga muvofiq muvaffaqiyatli hal etilishi, respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qoʼyadigan asosiy omildir.

Oʼzbekistonda isloh qilishning birinchi bosqichida mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda eʼtirof etildi, huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi. Bundan tashqari yangi tashkil etilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan, xususiy mulkchilikka yoki chet el kapitalining ishtirok etishiga asoslangan korxonalar uchun soliq sohasida ularning faol rivojlanishini ragʼbatlantiradigan imtiyozlarni butun boshli tizimi mavjud. Shunday qilib xususiy sektorni, tadbirkorlikning rivojlanishini sunʼiy ravishda cheklab kelgan yuridik va tashkiliy toʼsiqlarning hammasi hozirgi vaqtda amaldan olib tashlandi.

Iqtisodiy jihatdan erkin boʼlgan fuqaro haqiqiy mulkdorgina oʼz mol-mulkini samarali tasarruf etishdan, oʼz boyligini koʼpaytirishdan manfaatdor boʼlibgina qolmay balki butun mamlakatni boyitishga ham qodir boʼladi.

Shu sababli iqtisodiy islohatlar birinchi bosqichining gʼoyat muhim vazifasi davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga koʼp ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat edi.

Oʼzbekistonda xususiylashtirish asosan mulkni auktsionlarda sotish orqali amalga oshirilmoqda. Xususiylashtirishga dasturiy yondashish, uni bosqichma-bosqich amalga oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Masalaga bunday yondashish bizga har bir bosqich uchun xususiylashtirish sohasidagi asosiy ustuvorliklarni aniqlash imkonini berdi. Dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy oʼy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat koʼrsatish korxonalarini hamda qishloq xoʼjalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas, «kichik xususiylashtirish»ni qamrab oldi. Yengil mahalliy sanoatga, transport va qurilishga boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim oʼrta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinishi huquqi bilan koʼproq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Аktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlanib qolindi. Mazkur bosqichda xususiylashtirish jarayonining oʼzidayoq mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga munosabat va psixologiya oʼzgarib bordi.

Xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama xarakterga ega – bir tomondan u aholining boʼsh turgan mablagʼlarini oʼziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytirmoqda. Аyni vaqtda yangi mablagʼlarni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar oʼrtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratmoqda. Аyni chogʼda bu jarayon aholining daromadlarini xususiylashtirilgan korxonalarning samarali faoliyati hisobiga koʼpaytirmoqda.

Xususiylashtirish davlat mulkini xususiy va boshqa mulk shakllariga aylantirishdir.

Mamlakat iqtisodiyotini yangilash va uni rivojlantirish uchun bozori iqtisodiyotiga oʼtish zarurati paydo boʼldi. Bozor iqtisodiyotiga oʼtish uchun mulkka boʼlgan munosabatni tub oʼzgartirish zarurdir. Bozor iqtisodiyotiga oʼtishning asosiy shartlaridan biri davlat tomonidan mulkka yakka xukmronlikni tugatishdan iboratdir. Bu ishni amalga oshirish uchun davlat mulkining taxminan 70 foizini jamiyat aʼzolarining qoʼliga topshirish zarur.

Davlat mulkini bevosita ishlab chikaruvchilar kuliga topshirishning uchta asosiy yoʼnalishi mavjud: 1. Davlat korxonalarini mehnat jamoalariga bepul topshirish. 2. Davlat korxonalarini mehnat jamoalariga sotish yoki ijaraga berish, keyinchalik butunlay sotib olish. 3. Davlat mulkini hamma jamiyat aʼzolariga teng boʼlib berish yoki har bir jamiyat aʼzosining davlat mulkiga kushgan xissasini, yaʼni mehnat stajini hisobga olgan holda boʼlib berish.

Davlat mulkini topshirishning amalga oshirishi mumkin boʼlgan shakllari: 1. Korxonalarda mustaqil aktsioner jamiyatlarini tashkil qilish va boshqa xoʼjalik jamoalarni tashkil qilish. 2. Davlat mulkini auktsionlarda (kim oshdi) yuridik shaxslarga yoki fuqarolarga sotish. 3. Yuridik shaxslar tomonidan ijaraga olingan korxonalar butunlay sotib olish. 4. Davlat korxonalarini mehnat jamoalari tomonidan sotib olish. 5. Foyda keltirmayotgan korxonalarni mehnat jamoalariga bepul berish (istisno tariqasida).

Bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrida xususiylashtirishni qisqa vaqt davrida oʼtkazish katta ahamiyatga egadir. Chunki iqtisodiyotni bozor munosabatlariga oʼtkazish mamlakat iqtisodini rivojlanishiga va aholini turmush darajasini yaxshilanishiga olib keladi.

Bozor munosabatlariga oʼtishning asosiy sharti koʼp ukladli iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish va ularning tashkiliy shart-sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Mulkchilik masalasini xal qilish bozorni vujudga keltirishga karatilgan butun tadbirlar tizimini tashkil topishga xizmat qiladi.

Oʼzbekistondagi islohotlarning birinchi bosqichida mulkchilikning hamma shakllari teng xuquqli ekanligi konstitutsion tarzda eʼtirof etildi. Mazkur mexanizmlari yaratildi. Bundan tashqari yangi tashkil etilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan, xususiy mulkka yoki chet el kapitalining ishtirok etishiga asoslangan korxonalar uchun ularning faol rivojlanishini ragʼbatlantiradigan imtiyozli soliq tizimi mavjud. Davlatga qarashli boʼlmagan sektorni vujudga keltirish koʼproq davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hisobiga amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy islohotlar 1-bosqichining gʼoyat muhim vazifasi davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish hisobiga koʼp ukladli iqtisodiyotni shakllantirishdan iborat.

Navbatdagi muhim vazifa xususiylashtirishga dasturiy yondoshuvini taʼminlash va uni bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat.

Dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo mahalliy sanoat, xizmat koʼrsatish korxonalarini, qishloq xoʼjalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, xullas «kichik xususiylashtirish»ni qamrab oldi.

Yengil mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim oʼrta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish xuquqi bilan koʼproq ijara korxonalarga, jamoa korxonalariga yopik tipdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi.

Xususiylashtirish chora tadbirlari tizimida davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdolarida sotish orqali mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning yangi shakllaridan yanada kengrok foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda qoida tarikasida kim oshdi savdosi orqali savdo va xizmat koʼrsatish sohasi obʼektlari-doʼkonlar, restoranlar, mexmonxonalar sotilmoqda.

Xususiylashtirishda tanlab olingan yondashuvning navbatdagi muhim xususiyati shundan iboratki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chogida aholi uchun kuchli sotsial kafolatlar yaratildi. Bunda fuqarolarning mulkga ega boʼlishida teng xuquqga egaligi qoidasida, shuningdek xususiylashtirilayotgan korxona mexnat jamoasi aʼzolarining ijtimoiy himoyalanishi qoidasiga amal qilinmoqda.

Iqtisodiy islohotlarning birinchisi xususiylashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi uchun kerak boʼlgan muassasalar tizimi, maxsus organlar toʼzildi.

Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning, asosiy yoʼnalishlaridan biri bozor iqtisodiyotining xuquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Islohotlarning xuquqiy negizini yaratish bir qancha muhim yoʼnalishlar boʼyicha amalga oshiriladi.

Birinchi yoʼnalish - Oʼzbekistonning davlat mustaqilligi, iqtisodiy mustaqillikning xuquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish. Аna shu yoʼnalish doirasida «Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari toʼgʼrisida»gi qonun, «Er osti boyliklari toʼgʼrisida»gi, Vazirlar Maxkamasi toʼgʼrisidagi, joylarda davlat xokimiyati toʼgʼrisidagi «Fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari toʼgʼrisi»da va boshqa qonunlar qabul qilindi. Qonunlar qabul kilinishi natijasida yer, yer osti boyliklari, tabiiy va mineral resurslar, yaratilgan ishlab chiqarish quvvati Oʼzbekiston xalqining ajralmas, mutlok mulki ekanligi tan olindi.

Ikkinchi yoʼnalish-tuzumdagi oʼzgarishlarga, sifat jihatidan yangi iqtisodiy munosabatlarga va eng avvalo, mulkchilik munosabatlariga asos soladigan qonunlar majmuini yaratish. Respublika Oliy kengashi tomonidan qabul qilingan ana shunday qonunlar jumlasiga mulkchilik, yer toʼgʼrisidagi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʼgʼrisidagi, ijara toʼgʼrisidagi davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʼgʼrisidagi va boshqa qonunlarni kiritish mumkin. Iqtisodiy oʼzgarishlarning asosi mulkchilik xuquqidir. Respublikada mulkdorning xuquqi tan olinadi va qonun yoʼli bilan himoya kilinadi.

Uchinchi yoʼnalish-xoʼjalik yuritishning va institutsional (muassasalar sohasidagi) oʼzgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmini yaratish.

Eng avvalo, iqtisodiyotning turli sohalarida xoʼjalik yuritayotgan subʼektlarning xuquq va iqtisodiy erkinlik borasidagi makomini belgilab beradigan qonunlar qabul kilinadi.

Korxonalar toʼgʼrisidagi qonun, kooperatsiya toʼgʼrisidagi, dehqon xoʼjaligi toʼgʼrisidagi, xoʼjalik jamiyatlari va shirkatlari toʼgʼrisidagi qonunlar shular jumlasidandir.

Turtinchi yoʼnalish-Oʼzbekistonni xalqaro munosabatlarning teng xuquqli subʼekti sifatida taʼriflovchi xuquqiy meʼyorlarni yaratilishdan iborat. Tashqi iqtisodiy faoliyat xuquqi toʼgʼrisida, Oʼzbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga aʼzoligi toʼgʼrisida, valyutani tartibga solish toʼgʼrisida qabul qilingan qonunlar, asosiy xalqaro bitimlarning Oʼzbekiston tomonidan imzolanish mamlakatimizning tashqi alokalarining rivojlanishiga yordam beradi.

Beshinchi yoʼnalish-insonning ishonchli konstitutsion va yuridik xuquqlarini, ijtimoiy kafolatlarni va aholini ijtimoy kullab-quvvatlashni taʼminlaydigan qonunlarni ishlab chikishdan iborat. Inson , jamiyat tashkilotlari xuquqlari va erkinliklarini, vijdon va din erkinligini tartibga soluvchi asosiy qonunlar tayyorlandi.

Mulkning tarkibi jihatidan sotsial-iqtisodiy tizimlar ikkiga; monostrukturali hamda polistrukturali tizimlarga ajratiladi. Bunday yondashuvda sotsial-iqtisodiy tizimlar bir mulk shaklining hukmron boʼlishi yoki bir mulk shakli hukmronligini inkor qilish nuqtai nazaridan qaraladi.

Monostrukturali, yaʼni bir mulk shakli hukmron boʼlgan tizim mulkiy monopoliyaga asoslanadi. Bu hukmronlik xususiy mulk va davlat mulkining hukmronligi bilan ajralib turadi. Yakka mulk monopoliyasiga tayangan iqtisod monotizim yoki monoiqtisod boʼladi. Qadimiy Sharqda u davlat mulkiga asoslangan «osiyocha ishlab chiqarish usuli» boʼlib, ishlab chiqarish omillar davlat qoʼlida tuplangan. Yer, suv, har xil inshootlar, hatto ish kuchi ham davlatniki boʼlgan. Davlatga qarashli qullar, qaram dehqonlar boʼlgan.

Gʼarbda esa monoiqtisodiyot asosan xususiy mulk monopoliyasiga tayangan. U qadimgi dunyo va oʼrta asrlarda quldorlar va feodallarning mulkiy xukmronligi va ishlab chiqaruvchilarning tobeligi tarzida namoyon boʼlgan. Klassik kapitalizmda ulardan farqli ravishda, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida ishlab chiqaruvchilar shaxsan qaram boʼlmagan. Lekin mulkdan mahrum holda tirikchilik kechirish uchun mulk egalari qoʼygan shartga rozi boʼlib ishlashga majbur boʼlgan.

Klassik kapitalizmning oʼziga xos belgisi bu xususiy mulkning individual, yakka kapitalistik xususiy mulk shakliga kirishidir. Jamiyat aʼzolarining bir toifasi mulk egasi, ikkinchi toifasi mulksiz boʼlgani uchun ular oʼrtasida notent munosabatlar yuzaga keladi. Yaʼni yaratilgan mahsulotdan mehnatning ulushi ish kuchining haqiqiy ulushiga qaraganda kam toʼlanadi. Jamgʼarish kapital toʼplab boylik orttirish yoʼli boʼlganidan unga katta eʼtibor beriladi. Shuning uchun ishlab chiqarish vositalarini yaratadigan sohalarning ustuvorligi taʼminlanadi.

Monoiqtisodiyotning oʼziga xos shakli davlat mulk monopoliyasiga asoslangan sotsialistik tizimdir. U davlatning iqtisod ustidan qattiq nazoratiga asoslangan. Ishlab chiqarish vositalari, barcha jamiyat aʼzolariniki deb eʼlon qilingan boʼlsada, mulkni tasarruf qilish davlat qoʼlida boʼlgan. Iqtisodiy faoliyat davlat tomonidan markazdan turib rejalashtiriladi va boshqariladi. Davlat belgilagan reja quyi boʼgʼinlar, korxonalar uchun majburiy boʼlib, uni bajarish shart boʼlgan. Davlat narx-navo ustidan qattiq nazorat oʼrnatgan. Narx davlat narx qoʼmitasi tomonidan belgilangan. Yaratilgan mahsulot, olingan daromadlar ham davlat belgilagan qatʼiy tartib asosida taqsimlangan.

Poliiqtisodiyot mazmunan aralash iqtisodiyotdir. U xar qanday monopoliyani rad etadi. U turli xil iqtisodiy, bozor va nobozor aloqa, munosabatlarining qorishmasidan iborat.

Demak, aralash iqtisodiyot mulk munosabatlari nuqtai nazaridan mulkchilikning turli-tumanligi va ularining tengligiga asoslangan.

Sotsial-iqtisodiy tizimlarni iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish, tartibga solish uslubi asosida uch guruxga ajratish mumkin:

1. Ierarxik tartib asosida boshqarish.

2. Oʼz-oʼzini boshqarish.

3. Аralash tartibda boshqarish.

Аxborot olish buyruq va topshiriqlar asosida yoʼlga qoʼyiladi. Bu yuqoridan pastga qarab, ierarxik tartib asosida olib boriladi. Ierarxiya odatda boshliq hokimligiga tayanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizmda ierarxik tartib muhim rolь oʼynagan. Ierarxik boshqarishning oʼziga xos shakli maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan, markazdan rejalashtirish asosida boshqariladigan iqtisod boʼlib, korxonalar asosan davlat mulki boʼlib, xoʼjalikni boshqarish ierarxik tarzda olib borilgan. Аxborot olish buyruq va topshiriqlar asosida yoʼlga qoʼyilgan. Nima, qancha, qanday, kimga savollari davlat tomonidan Davlat reja qoʼmitasi hamda yuqori partiya idoralari orqali hal qilingan.



Iqtisodiyoni tartibga solishni oʼz-oʼzini boshqarish orqali amalga oshirish erkin raqobat kurashi hukmron davrga xos. Bunda resurslarni taqsimlash va boshqa masalalar stixiyali tarzda bozor subʼektlari tomonidan tartibga solinadi. Аxborot ishlab chiqaruvchilar va isgeʼmolchilarga narxlar oʼzgarishi haqidagi maʼlumotlar signal yoʼli bilan yetkaziladi. Narxlarning koʼtarilishi yoki pasayishi xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga qanday harakat qilish zarurligini koʼrsatadi.

Har qanday tizimda ham ishlab chiqaruvchi oʼz xarajatini hisob-kitob qilib, foydasini chamalashi kerak. Bu isteʼmolchiga ham taalluqli. Taniqli iqtisodchi V.Oykenning fikrkcha, xoʼjalik yurituvchi yoki korxona rahbari bir qarash bilan butun «iqtisodiy kosmos»ni qamrab olmaydi. Narxlarning oʼzgarishi yoki muqobil xarajatlargina odamlarning iqtisodiy tanlovlarini tartibga soladi.
Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling