Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13. 01. 00. 00 Ta’lim / 13. 01. 01. 00 Umumiy qoidalar]


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari


Download 172 Kb.
bet22/60
Sana11.11.2021
Hajmi172 Kb.
#443387
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
Bog'liq
O‘RQ-637 23.09.2020
Amaliyot ishi 10, rangli, Standart zardob, Qon guruhlari., A.J.Hoge - Learn to speak English like a native.2014, Europass CV template (2) (копия), mpdf, fayl 1493 20210818, «hosil bayrami» ssenariysi, жахон тарихи, Veb dasturlashga kirish ON (1), THE SPECIFIC FEATURES OF DOCUMENTARY NOVEL GENRE IN THE MODERN AM, THE SPECIFIC FEATURES OF DOCUMENTARY NOVEL GENRE IN THE MODERN AM, sonli-ketmaketliklar
27-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

ta’lim sohasidagi vakolati davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan holda davlat ta’lim muassasalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, bundan respublika tasarrufidagi ta’lim muassasalari mustasno;

o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududda davlat ta’lim muassasalari uchun moliyalashtirish hajmini belgilaydi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan hamkorlik qiladi;

davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni (mikrouchastkalarni) belgilaydi;

ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ta’lim tashkilotlariga ko‘maklashadi;

ta’lim oluvchilar uchun sifatli ta’limni, tarbiyani ta’minlash, ularning iste’dodini shakllantirish va namoyon etish maqsadida joylarda ularga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqadi;

o‘z vakolatlari doirasida ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantiradi va nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga ko‘maklashadi;

umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.



Oldingi tahrirga qarang.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)


Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling