Ta'lim jarayoninig qonuniyatlari va tamoyillari. Ta'lim mazmuni


Download 35.07 Kb.
bet2/7
Sana11.11.2021
Hajmi35.07 Kb.
#443391
1   2   3   4   5   6   7
Semenar
Bog'liq
8-variant AF, 8-variant AF, Сем 1, CV, gazlar va sochiluvchan moddalar namligini olchash (1), Fonetik-fonologik sath., Fonetik-fonologik sath., Fonetik-fonologik sath., Fonetik-fonologik sath., Fonetik-fonologik sath., Fonetik-fonologik sath., 2, Kiber (1-amaliy)
«Ma`lumot mazmuni - yoshlarning ma`lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo‘ljallab 
hozirgi  zamon  fani,  texnikasi,  ishlab  chiqarishi,  fikrlashining  umumiy  asoslarini 
didaktik  ishlov  berish  yo‘li  bilan  tanlangan  bilimlar,  ko‘nikma-  malakalar,  ijodiy 
faoliyat  tajribasi  va  munosabatlardir»  (Didaktika,  -  T.,  «Fan»,  1997,  85  b) 
Ma`lumot  mazmuni  o‘quv  rejalari,  dasturlari,  predmetlari,  darsliklari, 
qo‘llanmalarida  moddiylashtiriladi.  Shunga  qo‘ra  bular  ma`lumot  mazmunini 
loyihalash vositalari hisoblanadi.  
Ta`lim mazmuni ma`lumot mazmunidan tanlab olinadi. O‘qitish va o‘qish uchun 
sinfga  olib  kiriladigan  bilim,  ko‘nikma-malaka,  ijodiy  faoliyat  tajribasi, 
shakllantiriladigan  munosbatlarni  «ta`lim  mazmuni»tushunchasi  kontekstida 
qaraymiz. quv materiallari, o‘quv elementlari, o‘quv savollari, o‘quv ko‘rsatmalari, 
o‘quv  topshiriklari  ta`lim  mazmunining  shakllari  bo‘lib,  ularni  loyihxalashda 
topshiriq,  savol,  muammo,  test,  mustaqil  ish  kabilar  ta`lim  mazmunini  loyihalash 
vositasi bo‘lib hisoblanadi.  
Ta`limni  didaktik  loyihalash  muammosi  murakkab  tizim  sifatida  quyidagicha 
tarkibiy  qismlardan  iborat:  ma`lumot  mazmuniga  ijtimoiy  talab  -  komil  insonni 
yetishtirib chiqarish maqsadiga ko‘ra didaktik ishlov berish.  
Didaktik  loyihalash  muammosini  tasavvur  qilish  darajalarini  pastdan  yuqoriga 
qarab  raqamlab  chiqamiz:  I  o‘quv  materiali  darajasi.  Bunda  «ta`lim  mazmuni 
o‘quv  materialida  moddiylashadi».  Moddiylashtirish  shakllari:  o‘quv  topshirigi, 
muammosi,  savoli,  ko‘rsatmalar,  misol  va  masalalar,  test,  texnik  vosita,  chizma, 
jadval  va  boshqalar.  II  Ta`lim  mazmuni  darajasi.  Bu  erda  «  ta`lim  mazmuni 
darsliklarda  moddiylashadi»  degan  ezisga  asoslanamiz.  III  ma`lumot  mazmuni 
darajasi,  «ma`lumot  mazmuni  dasturlarda  moddiylashadi»  degan  tezisga 
asoslanamiz.  IV  fan  darajasi.  Bunda  «fanning  umumiy  asoslari  o‘quv 
predmetlarida  moddiylashadi»  degan  tezisga  asoslanamiz.  V  ijtimoiy  tajriba 
didaktik  loyihalashning  so‘nggi,  eng  yuqori  darajasida  «ijtimoiy  tajribaning 
mazmuni pedagogik konsepsiyalarda moddiylashadi» degan tezisda ish ko‘riladi.  
Buni qo‘yidagi jadvalda ifodalashimiz mumkin:  

  • XVI  asrning  oxiri  va  XVII  asrning  boshlarida  buyuk  Chex  pedagogi  Yan  Amos 


    Komenskiy  (1592-1670)  tarixda  birinchi  bo‘lib  maktab  ta‘limida  sinf  –  dars 
    tizimini yaratdi.  
    Sinf  –  yoshi  va  bilimi  jixatdan  bir  xil  bo‘lgan  ma‘lum  miqdordagi  o‘quvchilar 
    guruhidir.  
    O‘qitishda talabalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish  
    Ma‘lim  guruh  uchun  belgilangan  o‘quv  materiallarining  harakteri,  mazmuni  va 
    hajmi shu sinf talabalarining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi lozim.  
    O‘qitish jarayonida shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish  
    Talabaning  o‘ziga  yarasha  qiziqishlari  mavjud,  shu  bilan  birgalikda  talabaning 
    o‘ziga  xos  bo‘lgan  yutuqlari  va  kamchiliklari  ham  bor.  Agar  pedagoglar  o‘quv 
    jarayonida ana shu individual xususiyatlarni hisobga olmasalar, har qancha unumli 
    metodlardan  foydalanmasinlar  o‘quv  jarayonida  yaxshi  natijalarga  erisha 
    olmaydilar.  

    Download 35.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
    ma'muriyatiga murojaat qiling