Ta`lim muassasasi menejmenti Reja


Download 33 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi33 Kb.
#1139740

Ta`lim muassasasi menejmenti


Reja:



  1. Boshqarishning mohiyati va tuzilishi

  2. Ta’lim tizimini boshqarishning maqsadi

Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o`ta muhim hisoblanadi.
Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko`rsatish demakdir.
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko`ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag`batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo`yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o`rniga «o`zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo`llanilmoqda.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o`zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Xo`sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo`nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so`z yuritilganda, O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so`z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to`xtalib o`tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:

  • uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o`zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo`li bilan boshqarib borilishi;

  • barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to`g`risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi;

  • ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;

  • moliya-xo`jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o`quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;

  • ta’lim muassasalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o`tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko`ra ta’lim sohasida faoliyat ko`rsatish huquqi beriladi;

  • muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o`z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o`tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

  • ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so`zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o`lchovga ega;

  • ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar katta rol o`ynaydi);

  • menejment mazmunida o`z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o`zaro dialektik birligi;

  • ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.

Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o`tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o`qituvchilar, o`quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi O`zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o`zini vakolatlik doirasida:

  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro`yobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;

  • davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo`lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;

  • o`qitishning ilg`or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o`quv jarayoniga joriy etadi, o`quv va o`quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;

  • ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to`g`risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;

  • davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

  • pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.

Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling